cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Tuproqqal'a.uz

Tuproqqal'a tumani hokimligi Rasmiy sahifalar linktr.ee/tuproqqala Hokimga murojaat @tuproqqala_aloqa_bot

Больше
Рекламные посты
4 588
Подписчики
+124 часа
+77 дней
+8430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Tuproqqal'a tumanida "Toza havo" oyligi davomida 706 ta avtoransport vositalari texnik ko'rikdan o'tkazildi Shu kunlarda “Toza havo” oyligi doirasida Xorazm viloyatining barcha hududlarida viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi hamda Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda avtoransport vositalari texnik ko'rikdan o'tkazilmoqda. Jumladan Tuproqqal'a tumani "Toshsaqa" blok postida ham viloyatimizga kirib kelayotgan transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilib, ulardan chiquvchi is gazi va tutun miqdorini oʻlchash ishlari amalga oshirilmoqda. 👉@tuproqqala_uz
Показать все...
👍 11😁 4
Tuproqqal'ada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari OAV nigohida youtu.be/DmJTEqN_u8I 👉@tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati
Показать все...
Tuproqqal'ada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari OAV nigohida

👍 11
O'zboshimchalik bilan qurilgan uy va imoratlar ayovsiz buziladi! Hurmatli Tuproqqal'a tumani aholisi! Bugungi kunda aholi orasida "yer hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etishga qaratilgan qonun chiqsa hujjat qilib olaman" g'oyasi bilan noqonuniy qurilishlar amalga oshirayotgan ko'plab uchramoqda. Natija esa "otni kallasidek" jarima, qilingan xarajat ustiga yerni asl holiga qaytarish xarajatlari qo'shilib, moliyaviy inqirozlarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish ham imkonsiz. Shu yuzasidan sizlardan egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo'lmasdan turib, uy va inshootlar qurilishini amalga oshirmasligingizni so'raymiz. Ma'lumot uchun: Sudlar tomonidan 75 ta noqonuniy inshootlarni bartaraf etish bo'yicha ijro hujjatlari tuman majburiy ijro bo'limi ish yurituvida "jarayonda" turibdi. Kadastr agentligi Tuproqqal'a tumani bo'limi 👉@tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati
Показать все...
🤬 34👍 10👎 5😱 1
#DIQQAT Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling! Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi. Hukumat qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq, oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta'lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar ushbu👉 https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.   Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha diplom.   ➖ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. Ma'lumot uchun, tumanimiz xotin-qizlari uchun Tuproqal'a tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limida hujjatlar yig‘ish boshlandi. Murojaat uchun tel: 97 514 09 67 🏢 Manzil: Tuproqqal'a tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi 👉@tuproqqala_uz
Показать все...

👍 9🤬 2👎 1
Hokim va yoshlar uchrashuvi Bugun Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov Saxovat mahallasida bo'lib, o'ziga berkitilgan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlar o'zlarini qiynab kelayotgan bir qator muammo va takliflarini bildirildilar. Ularning bugungi asosiy muammolari ishsizlik va kredit masalalarini tashkil etdi. Bir guruh yoshlarning muammolari uchrashuvning o'zida hal etildi. 👉@tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati
Показать все...
👎 15👍 10 2🤬 2
My.gov.uz муҳим янгиликни эълон қилди Энди кам таъминланган оилаларга болалар нафақаси ва моддий ёрдам тайинлашга онлайн ариза бериш мумкин. My.gov.uz орқали кўрсатиладиган ушбу қулайликдан кам таминланган, жумладан, оиласида 18 ёшгача фарзанди бор ижтимоий нафақа олиш истагида бўлган талабгорлар фойдаланиши мумкин. Болалар нафақаси 12 ой (бола 18 ёшга тўлгангача), моддий ёрдам 6 ой муддатга тўланади. Болалар нафақаси ва моддий ёрдам миқдорлари қонунчилик ҳужжатлари билан белгиланган. Ушбу хизматдан фойдаланиш тартиби ҳақида ушбу ҳавола орқали батафсил маълумот олинг. Видео Реклама
Показать все...
👍 6👏 2🏆 1
#TAYINLOV Tuproqqal'a tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga yangi rahbar tayinlandi. Bekturdiyev Bunyod Bog‘ibekovich Tuproqqal'a tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga boshliq etib tayinlandi. Tayinlovga qadar podpolkovnik B.Bekturdiyev Hazorasp tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Boshqa yangiliklar👇 Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Показать все...
👍 34 3
10-son umumta'lim maktabida harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi Bugun Tuproqqal'a tumani Yo'ldosh Oxunboboyev mahallasidagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Vatan muqaddas - uni himoya qilish sharafli burchdir" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi 👉@tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati
Показать все...
15👍 7🔥 3🤩 1
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA MEN VATANPARVARMAN SHIORI OSTIDAGI TADBIRLAR #Xorazm24 👉@tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati
Показать все...
👍 16 2🏆 2
Xivada Lazgi II xalqaro raqs fesvali bo'lib o'tdi. 👉@tuproqqala_uz
Показать все...
👏 9👍 2🎉 1