🍇 Dasturchining kundaligi
Открыть в Telegram
2 859
Подписчики
+124 часа
-77 дней
-3130 дней
Архив постов
Shu yerda ham ayb Yandexda. Chaqirishda X narx koʻrsatyabdi, borganda X+15000 koʻrsatyabdi. Avval e’tibor bermasdim, hisoblasam 50$ ga yaqin oyiga shu narsalarni oʻziga ketyabdi ekan.
Bularga bitta customer olib kelish narxi $25-30. Shunchaki oʻchirib tashladim. 1 haftada ketaman bu yolgʻonchi servislardan uzoqqa.
Toʻlovlarga Kapitalbank ishlatyabman, taksiga my taxi ishlataman. Bilaman uncha yaxshi emas, lekin Yandexdan koʻrsa sifat yaxshiroq.
Alam qiladigani Toshkentda yana 3 kun qolish kerak bu xorami appni deb.
Viza markazi 5 da yopiladi, man 16:15 da taksi chaqirdim. 3 daqiqa koʻrsatdi. Ulgurib chiqdim, qarasam 7 daqiqa. Keyin bekor qilib yangi chaqirdim. 3 daqiqa koʻrsatdi, keyin qarasam 5 daqiqa, driver teskari ketyabdi.
Muammo appda emas, sohta umid berishida. Ertalab 25 daqiqa koʻrsatsa nonushta buyurtma qilasiz, keyin u 1.5 soatda yetib keladi.
Man qarshi emasman agar shuni 25 daqiqadan boshlab desa hech boʻlmasa.
Bugun Yandexni telefonimdan oʻchirib yubordim. Dunyodagi eng yolgʻonchi va scam app. Uzumbank va Uzumtezkor ni ham oʻchirib yuboraman.
Toshkentda manga yoqadigan narsa, boyib ketish haqida o'ylamaysiz, "avval internet tuzalsin" - degan bahonani hali 20 yil ishlatsa bo'ladi )
Kecha 2 soatcha ovqatlangani borgan edik, qaytib kelsam:
-> gpt 6 sol release qilingan
-> opus 5.5 release qilingan
-> grok 4.7 fail bo'lgan
-> gemini 4 release qilishga ulgurmagan
bruh, it was 2 hrs
Latviyaga kelmanglar, rossiyaga oʻxshagan joy 😂😂
Ish topish qiyin, shunga 5500 euro+ toʻlashardi
Shunaqa odamlar kallani qayerdan olarkana?
Toshkentda offline running shoes sotadigan yaxshiroq doʻkon qaysi. 250% profit margin qilmaydigan :)
1fit dagi qaysidir activitylarga jamoa bo'lib borish kerak ekan, futbolni tanlasam 15 kishi bo'lib kelmasangiz foydasi yo'q debdi. Endi 14 ta futbol o'ynaydigan odam topish kerak 😂
Manga kimdir eshikni ochib berishidan hechqanday foyda ko'rmayman, lekin bir narsani tushunish kerak.
Man misol uchun $80-100 lik kafega boryabman ovqatlangani. Shu payt girgitton manga nomdor osh markazidagidek xizmat ko'rsatmasligi kerak. Sababi undayam bundayam ketadigan mahsulot bir xil, lekin man sifat uchun boryabman. O'sha kun qandaydir muhim kundir manga, yoki shunaqa experience olmoqchidirman. Balki yaxshi choychaqa puli qoldirarman. O'zi odatda 20% ($20 atrofida bitta o'rtacha chekdan) oladi qimmat kafedagi girgittonlar.
Endi, man $3-4 qimmatga biznes taksi chaqiryabmanmi, taksining nomi: "business class" bo'lgandan keyin, o'sha biznes klass standartlariga amal qilishimiz kerak. Toshkentdagi 90% taksi biznesda ham hozir chamadonimni avtomobil yukxonasiga solishimga hechbo'lmasa mashinadan tushib, yukxonani ochib bermaydi. Bir kuni Rigadan Toshkentga to'g'ridan to'g'ri reysda uchib kelayotgandim. Uyimdan airportga Boltdan standart tarif chaqirdim. Bir oyog'i yo'q driver kelishdi. Yoshlariyam katta. Qo'limdagi chamadonni ko'rib, mashinadan tushib yukxonaga solishga yordamlashaman deb asosini olib turgandi, "qo'yaver, o'zim solaman" - dedim. Shu reysda uchib kelib, Toshkentdan biznes taksi chaqirdim. Bitta aka keldi. Qo'limda chamadon, aka ko'rib qarab turibdi. "yukxonani ochmaysizmi?" - desam, "tugmasini bossang ochiladi" - dedi. "okay" - dedimda, bekor qilib, boshqa taksi chaqirdim.
Aytmoqchi bo'lganim, agar bu narsani or-nomus masalasi deb o'ylasangiz, boshqa ish qilsa ham bo'ladi. Qo'l qo'yib biznes taksida ishlashni boshladingizmi, biznes taksi qoidalari va standartlariga amal qiling :)
