cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

✿𝙱𝚒𝚝𝚒𝚔𝚕𝚊𝚛✿

• vaqting borida sara adabiyotlar o'qib qol! • postlar ba'zan ramziylik kasb etadi • @Bitiklarga_bot - aloqa uchun • @book_wrap | kitob o'ramlari 🎈 • https://t.me/+GjLDVDIEPMYwZTQ6 kitoblardan xoli joy • since 03.04.2021

Больше
Рекламные посты
324
Подписчики
-324 часа
-117 дней
-3130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

​​#mart Bizda mart oyi shunday o'tibdi. @Mirahmedovas_blog
Показать все...

8 3
Judayam "qisqa" yozilgan postlarimni o'qiysizlarmi o'zi? 🤭
Показать все...
11 7 4
​​#taqriz #tavsiya "Jenni Gerxardt" Teodor Drayzer Muallif ijodi bilan endi tanishdim. Kutubxonamda yozuvchining 4 kitobi bor edi. Hali birortasiniyam o'qib ko'rmagandim. Birinchi qadam Jenni va uning dunyosi bilan tanishish bo'ldi. Syujet o'quvchini kitobga mixlab qo'yoladigan hamda qahramonlar bilan birga Amerikaning u shaharidan bu shahariga ko'chib yurishingizga majbur qiladigan tarzda yozilgan. Birinchi e'tiborimni tortgan joyi Jennining otasi germaniyalik ekani uning amerikaliklar hayot tarzidan keskin ajralib turishi bo'ladi. Muallif uni uy xo'jaligiga jonini beradigan, uydagi tartib-qoida-yu, intizom uning istaganidek bo'lishini xohlashiga hamda dinga nisbatan munosabatini, aynan bu munosabatini oila a'zolariga yetkazib berishdagi muammolariga urg'u beradi. Jenning tarbiyasi, xususan, qiz bolaning tarbiyasi bevosita va bilvosita otasi bilan uzviy bog'liqligi, bunda ko'zdan qochiriladigan holatlar yaxshi holatga olib kelmasligi yoki qiz bola xarakteri va axloqida o'zini namoyon qilishini yozuvchi ustalik bilan tasvirlagan. Qahramonlar tasviri, ularning hissiy olami tasviri hamda Drayzer falsafasi o'ziga maftun qildi. Hamma narsaning ikir-chikirgacha erinmay tasvirlashi voqelikni yoki qahramonlar xarakterini, ular ayni vaziyatda nima xohlashini sizga o'zgacha ruhda yetkazib berishga harakat qilgan. Ikki toifadagi oila: Lester hamda Jennining oilasi. Biri badavlat oila bo'lsa, biri kambag'al oila. Ikkala oilaga farzandlari o'zaro tarqoq, manfaatlar ustunligi bor hamda pul jamiyatda muhim rol o'ynashi ularning hayotini ham chetlab o'tmaydi. Pulni markazga qo'yish, oila a'zolarining hayoti qay darajada o'zgarib ketishiga zamin yaratganidan xabardor bo'lasiz. "Jenni shu choqqacha sira ham o'z taqdirining sohibasi bo'lmagandi. Unga doimo boshqalar xo'jayinlik qilishgandi". Shu jumlalarni o'qigach, endi men insonlarga shunday tilak bildiraman, ya'ni "o'z taqdiring sohibasi bo'l!" Hayotining so'nggiga qadar oila deb atalmish halovat maskanida insonligi-yu ayolligini his qilib yashash muhim, nazarimda. Jenni umr bo'yi shu hislarni to'la his qilmadi, afsuski. Jennining tabiati ham alohida tahlilga muhtoj. U ehtimol itoatkordir, biroq sadoqatda davomli deyolmayman. Va yana aynan o'z qarorlarini qarshisidagiga ochiq aytolmaydi. "Mayli", deya ko'nadiganlar xilidan. Haqiqiy samimiy tuyg'ularga ega, soddadil qizdir, biroq bu soddadillig-u, samimiylikning ham o'z chegarasi bor. Ayrim vaziyatlarni tahlil qilib yozay desam, spoylersevmaslarga jabr qilgim yo'q. Asardagi voqealar, ya'ni kutuvlar sizni dovdiratishiga aminman. Avval badiiy asarlar o'qiganimda, ayrim joylarida ko'zimdan dona yoshlar ham dumalardi, biroq bu gal bunday holat yuz bermadi. Biror qahramonni qattiq yaxshi ko'rib, uning tomonida bo'lmabman. Ehtimol, ulg'ayishdir.. qaydam) Biroq asarni o'qishingizni tavsiya qilardim. Har tomonlama tahlil va talqin qilsa bo'ladigan roman. Mendek badiiy asardan uzoqlashib qolganlarni ham bir kunda 200 betdan ko'proq o'qishga majbur qilguvchi asar. #nashriyot "Yangi asr avlodi" da nashr qilingan. Kitobdagi ayrim imloviy xatolar ta'bimni xira qildi. #iqtibos "Himoyasiz kimsalarda qiziq bir narsa bo'ladi. Ular asal solingan idishga o'xshaydilar, ularga birov hech nima bermaydi-yu, ko'plab olaveradi. Yumshoq, bo'shtob, beg'araz odam doimo olomonning o'ljasi bo'lib qoladi. Odamlar uning yaxshiligi va himoyasizligini olisdan sezadilar" ©Mirahmedova @Mirahmedovas_blog
Показать все...

8 5 3
Premiumchilar bormi? Storislarda ko'rinib turardik) https://t.me/boost/Mirahmedovas_blog
Показать все...
✿𝙱𝚒𝚝𝚒𝚔𝚕𝚊𝚛✿

Bu kanal qoʻshimcha funksiyalarni ochishiga yordam berish uchun unga ovoz bering.

5 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Anchadan beri bunday kitob o'qimayotgandim. Aynan, badiiy kitoblarni. Badiiy o'xshatishlar-u, tasvir vositalarini shu darajada sog'inibmanmi, yoki Drayzer azaldan shunday yozuvchi-yu, men bexabar yurganmidim, hayronman. Badiiy asarda yana bir narsa borki, yozuvchi o'z qahramonlarining "yonini" oladi, tarafkashlik qiladi. Drayzerda ham xuddi shu narsani ko'rdim. Bu xuddi Qodiriy Kumushning yonini olgani-u, Zaynabga aksincha munosabat ko'rsatganidek. @Mirahmedovas_blog
Показать все...
17
​​#taqriz. #tavsiya Gustav Lebon – "Omma psixologiyasi Har qanday odamni o'ziga jalb qiladigan nom-a? Masalan, o'zini anglay boshlagan insonlarga o'zining har qanday sharoitdagi, jumladan, omma ichidagi psixologiyasi ham qiziq bo'ladi. Kitobning menga eng yoqqan jihati, mavzuni keng qamrab olgani hamda dastlab shaxsning omma ichidagi psixologiyasidan to siyosiy institutlar psixologiyasiga qadar batafsil tushuntirgani bo'ldi. Siz ommadan ajralgan holatingizda, masalan, xayol surganingizda, o'y o'ylaganingizda, o'zingiz bilan yolg'iz qolganingizda fikrlaringiz boshqacha tusda bo'ladi. Kimdir bilan suhbatlashganingizda esa qarshingizdagi inson sizga ta'sir qilishi, manipulyatsiyasi ostida fikrlaringiz unikiga qorishib ketishi mumkin. Ana endi, ko'pchilik ichiga kirib borsangiz, sizdagi o'zgarish tamomila o'zgaradi. Bunga e'tibor bermaslingiz mumkin. Biroq, kun oxirida nimalar qilganingiz, nimalar deganingizni tahlil qilsangiz seziladi. Ayni bir xalqqa tegishli ommaviy ong bo'ladi. Bu nasldan naslga o'tib keladi. Ayni bir xalq haqida gapirilganda, ularga xos jihat va turmush tarzi eslanadi. Ommaviy ongda ham shunday. Shuningdek, ommaviy ong butun dunyodagi insonlar uchun bir xil qiymatga ham ega bo'lishi mumkin. Masalan, siz ommaning ichida bo'lganingizda, o'zligingizdan, "men"ingizdan hamda insonligingizdan tashqarida harakatga tushib, yovvoyilashib ketasiz. Inson qachonki, yovvoyiligini yengsa, ommaga aylanadi, omma ta'siridan tashqarida bo'lganida xalqqa aylanadi. "Shaxsiy tafakkur tarzi yo'qolib, hislar va g'oyalar bir xil shaklga kirishi ommaning asosiy xususiyatlaridan biridir." Kitobda ommaga tegishli xususiyatlar alohida qism holatida tushuntirilgan. Yuqoridagi iqtibosda siz asosiy xususiyatlardan biri bilan tanishasiz. Ommada tafakkur tarzi o'chadi. Masalan, tarixdagi namoyish yoki qo'zg'olonlarni eslasak, bularning bari qahramonlik uchun uyushtiriladi. Bu vaqtda insonlar omma ichida yanada yovvoyilashadi. Ularning bitta missiyasi bo'ladi: g'alaba. Ular ongsiz ravishda harakatga kelishadi. "Ommaviy ong haqiqatni ko'rish qobiliyatiga ega emas. Omma tarkibiga kirgan aqlli odam ham nodon kishi ham xolis kuzatuv qobiliyatini birdek yo'qotadi." Bizning xalqda ommaviy ongsizlik yuqori darajada, deb o'ylayman. Hamma qilgan ishni qilish, hamma to'g'ri degan narsani to'g'ri deb qarash, hamma yurgan yo'ldan izma-iz yurish shu kabi holatlar juda urchigan. Bu ommaviy ongsizlik xarakterga ham quyilib ketgan, natijada xalqning turmush tarzi hamda qarashlari alohida bo'lgan holidayam shunday fikrlashlariga sabab bo'ladi. Ya'ni dogmalarga aylanib bo'lgan. Ommaning fikrlariga bilvosita sabablardan biriga ta'lim kiradi. Maktabdalardan to universitetgacha bo'lgan jarayonda ta'lim oluvchi, ta'limni olmaydi, aksincha uni yodlaydi. Yodlashga asoslangan tizimda esa shaxsiy fikr, o'rinli tanqid qilish kabi qobiliyatlari rivojlanish o'rniga so'nadi. Bunday holatda ta'lim oluvchi o'smaydi, dangasa va loqayd bo'lishni boshlaydi. Bu esa boshqalar uni oson manipulyatsiya qilishiga sabab bo'ladi. Endi illyuziyalarga to'xtalsak, har qanday jamiyatda har qanday insonlar illyuziya talab qilishadi. Bu ularning instiktiv xohishlari. Masalan, biror xalq kimnidir yoki kimlarnidir qahramonga aylantiradi. O'zlarini o'zlari ishontiradi. O'zlari o'ylab topmasa-da, ularni boshqarayotganlar o'ylab topadi. Ommani boshqarib turishning omillaridan biri sifatida ham izohlanadi. Omma bugun bilan emas, kelajakdagi sarob tasavvurlari bilan yashashi ham shundan(dir, ehtimol). #nashriyot "Yangi asr avlodi" da chop etilgan. Kitobda uchragan imloviy, texnik xatolar (muharrir e'tiborsizligidir ehtimol) hamda bo'g'in ko'chirishdagi xatolar ta'bimni xira qildi. Kitobning avvalgi nashri kirill alifbosida chiqqan bo'lsa, shuni tahrirlamay lotin yozuvida nashr qilishgandek tuyildi. #iqtibos "Ommaning fikridek tez o'zgaruvchan narsa yo'q, faqat ommagina bugun qorayotgan narsasini kecha olqishlagan bo'lishi mumkin." ©Mirahmedova @Mirahmedovas_blog
Показать все...

15
Kitoblardan holi sahifam: https://t.me/+GjLDVDIEPMYwZTQ6
Показать все...
•overthinkerszone•

•yozishni unutib qo'ymasligim uchun hamda nimalarnidir qoralab qo'yish uchun sahifani ochdim •fikrlarimiz, dunyoqarashlarimiz bir nuqtada kesishmasligi, it's normal* •.

Bahor yangilanish fasli. Nafaqat tabiatni balki, fikrlarimiz, shaxsiyatimizni ham o‘zgartirishimizning ayni payti. Bugun biz sizlar uchun Telegram tarmog‘idagi adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni to‘plab, havola etmoqdamiz. Tarixiy, ilmiy, falsafiy, diniy va mifologik asarlar bilan tanishib borish uchun — @stoik_kutubxonasi Kitoblar ila Quyosh taftini his eting — @quyoshtaraflarda Iqtisodiyot va ijtimoiy hayot haqida —@economist_martin Adabiyot, sanʼat, tarjima va hokazo — @usmonosphere Kitoblar, filmlar va sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan hamma narsa haqida — @bookerberg BDSM - @santuagaraoflibrary Biroz telba va biroz qimorboz Ivan Karamazov kanali — @Karamazovlar Jahon adabiyotiga bir nazar — @dunyo_klassikasi Kitoblar, fikrlar, tuygʻular haqida – @salimov_blogi Kitoblar dunyosidan so’ngi xabarlar - @dildora_bookaholic Kitoblar, jamiyat va siyosat haqida — @panda_books Kitob, psixologiya va hayotiy mulohazalar — @marufjonblogi Gʻaroyib doktorning gʻaroyib kitoblari — @Xushnudbek_kutubxonasi Ijobiy odatlarni shakllantirish va kitoblar haqida — @kitobxorr Har kuni yangilan, har kuni tug‘il — @perezagruzka_2021 Soyabon ostidagi hayot — @RaxshonaAhmedova ☔️ Kitoblar olamidan bitiklar) — @Mirahmedovas_blog Faqat kitoblar haqida gaplashamiz — @doctorsmind📖 Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal — @mutolaa_olami Adabiyot, noshirlik, san'at va siyosat haqida mulohazalar — @timur_books Kitoblar, tabiat, hislar olami –  @nigohlarda
Показать все...
2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kitob tanlayaptilar) @Mirahmedovas_blog
Показать все...
12
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.