cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Oylik Qancha?

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir. Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Больше
Рекламные посты
6 384
Подписчики
-624 часа
-437 дней
-16130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️1-iyundan bog‘cha opalarining oylik maoshi oshadi Davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Davlat rahbarining 2023-yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat bog‘chalarining oliy ma’lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so‘m olishi belgilangan. Maktablarning oliy ma’lumotli boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so‘m oladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
2👍 1🔥 1🥰 1😁 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Islom Karimovga tegishli mashina 300 ming dollarga sotuvga qo‘yilibdi “Instagram”da O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga tegishli ekanligi aytilayotgan zirxlangan “Mercedes Benz 221” sotuvga qo‘yildi. Narxi 300 ming dollar etib belgilangan. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
🥴 9 3👍 2😢 2👎 1🥰 1🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
«Haj» ziyorati faqat Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi Mamlakatimiz fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston Respublikasining Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun “Haj” ziyoratini ado etishning asosiy sharti – “haj” vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar – “umra”, “turizm”, “biznes” va boshqalar bilan “Haj” ziyoratiga borish taqiqlanadi. Tartibni buzgan xorijlik Saudiya Arabistonidan deport qilinib, ushbu mamlakatga 10 yil muddatga kirishi taqiqlanadi hamda 50 ming saudiya riyoli miqdorida jarimaga tortiladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
👍 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marta eng ko‘p maosh oluvchi sportchiga aylandi Saudiya Arabistonida u yiliga 260 million dollar oladi. Forbes 2023-yilda eng ko‘p daromad qilgan sportchilarni e’lon qildi: 1. Krishtianu Ronaldu (futbol, 39 yosh), 260 million dollar; 2. Jon Ram (golf, 29 yosh), 218 million dollar; 3. Lionel Messi (futbol, 36 yosh), 135 million dollar; 4. Lebron Jeyms (basketbol, 39 yosh), 128,2 million dollar; 5. Yannis Adetokunbo (basketbol, 29 yosh), 111 million dollar; 6. Kilian Mbappe (futbol, 25 yosh), 110 million dollar; 7. Neymar (futbol, 32 yosh), 108 million dollar; 8. Karim Benzema (futbol, 36 yosh), 106 million dollar; 9. Stefen Karri (basketbol, 36 yosh), 102 million dollar; 10. Lamar Jekson (amerikacha futbol, 27 yosh), 100,5 million dollar. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
👍 12 1
01:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
Ipoteka krediti qanday olinadi? Yo'riqnoma ❗️Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun arizalar joriy yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi. 📝 Arizalarni shaxsiy kompyuter yoki uyali aloqa vositasidan foydalanib YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborish mumkin. ✅ Arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish bepul. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkentda bitiruv kechasini nishonlash qancha turishi mumkin? "Kursiv" tahririyati Toshkentda bitiruv kechasini tashkil qilishga qancha mablag' sarflanish kerak ekanligini aniqladi. Restorandagi ziyofat ichiga kiradigan xizmatlarga qarab narxlar katta farq qilishi mumkin. Fabis va Bourbon kabi ba'zi restoranlar oziq-ovqat, ichimliklar, musiqa va fotosessiyani o'z ichiga olgan asosiy paketlarni har bir kishi uchun taxminan 300 ming so'mga taklif qiladi. Qimmatroq varintlar ham bor, masalan, Level, bu yerda har bir kishiga 750 ming so'mga fotosurat va video suratga olish, boshlovchi va DJning xizmatlari bilan tematik bitiruv kechasini o'tkazish taklif etiladi. Shuningdek, alohida tadbir uchun $300 ga boshlovchi va $200 ga fotografni yollash mumkin. Undan tashqari, vinyetkalar narxi 2 sahifa uchun 100 ming so'mdan 20 sahifa uchun 1 million so'mgacha o'zgarib turadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
👎 7👍 2🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Eng qimmat tug'ilgan kun Bruney sultoni o‘zining 50 yilligi sharafiga eng qimmat ziyofat uyushtirgan. Bayram 1996-yil 13-iyulda bo'lib o'tdi. Buning uchun qariyb 30 million dollar sarflandi. Bu pulning yarmini Sulton va mehmonlar uchun bayramda chiqish qilgan Maykl Jekson olgan. Aniq summa: 27 million 200 ming dollar. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
👎 9👍 1 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Eng uzun va eng qimmat ko'prik Gonkong-Chjuxay-Makao ko'prigi mintaqadagi eng yirik shaharlarni bog'laydigan bir qator ko'priklar va suv osti tunnellaridan iborat ulkan loyihadir. Ko‘prikning uzunligi 55 km. Uning umumiy qurilish qiymati 20 milliard dollarni tashkil etdi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
👍 6 1
00:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
Dunyodagi eng hashamatli qamoqxonada yashash narxi qancha? Xolden qamoqxonasi Norvegiyadagi eng xavfsiz qamoqxona hisoblanadi. Mahbuslar bu yerda og‘ir jinoyatlar uchun qamalgan. Bu yerda ovoz yozish studiyasi, sport majmuasi, qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish uchun yozgi uy bor. Bir kishini saqlash yiliga 185 ming dollar turadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
😁 13👍 1👎 1🔥 1🥰 1😱 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️"Toshkent city"dagi Hilton mexmonxonasida to'y o'tkazishning narxi qancha? Poytaxtimizdagi "Toshkent city" parkida joylashgan beshyulduzli Hilton mexmonxonasida joylashgan banket zalida o'rtacha 200 kishiga mo'ljalangan to'y o'tkazish mumkin. Bu joyda yaxshi to'y o'tkazish narxi menyuga qarab odam boshiga $100 dan boshlanib $400 gacha boradi. Demak eng qimmat menyuda 200 kishiga dasturxon tuzalsa $80 ming bo'ladi va qolgan xarajatlari bilan $100 mingdan oshiq bo'ladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Показать все...
👎 17😁 5👍 1 1🔥 1