cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

"Bulung‘ur hayoti" gazetasi

"Bulung'ur hayoti" gazetasi tahririyati ☎️ +99897 576 05 61, +99893 220 77 54 Веб-сайт: www.bulungurhayoti.uz Телеграм: @bulungurhayoti Facebook: https://www.facebook.com/bulungurhayoti.uz/

Больше
Рекламные посты
640
Подписчики
Нет данных24 часа
+157 дней
+3130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

⚡️Joriy yilning 7-iyun kuni Bulungʻur tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanda “Mahalla xodimlari bilan ishlash, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularga qulay sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar”ga bagʻishlangan PRESS-TUR tashkil etildi. Viloyat teleradiokompaniyasi, OAVlari xodimlari, blogerlar, taniqli jurnalistlar tumandagi “Amir Temur”, “Yangiqoʻrgʻon”, “Navbahor” va “Fozil Yoʻldosh” nomidagi mahallalarda boʻlishib, xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, mahalla yoshlari hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ishbilarmonlar va tadbirkorlarning amalga oshirayotgan ishlari, mahallalarda olib borilayotgan keng koʻlamdagi obodonchilik ishlari bilan batafsil tanishdilar. ✍️ Rabbim HOTAMOV Kanalga ulaning:@bulungurhayoti
Показать все...
📜 “Bulung‘ur hayoti” gazetasining 2024-yil № 16 -sonida o‘qing! 📌 Sifatli ta’lim – yuksalish yo`li 📌 Ta’lim krediti olish… 📌 Boburning do`sti 📌 G`laba o`z-o`zidan kelmaydi… 👆 Shu va shu kabi boshqa qiziqarli xabarlarni http://www.bulungurhayoti.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin. Kanalga ulaning:@bulungurhayoti
Показать все...
⚡️ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Dilshod Ismailov tuman-shahar boʻlinmalari rahbar-xodimlarining joriy yilning 5 oyi davomidagi faoliyati va kelgusidagi 90 kunlik ish rejalari aks etgan taqdimotlari bilan tanishmoqda. Xususan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Bulungʻur tumani va Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlinmalari rahbar hamda mas'ul xodimlari tomonidan joriy yil 5 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berishdi. Kanalga ulaning:@bulungurhayoti
Показать все...
👍 2
⚡️ Vazifalar belgilab olindi Bugun tumandagi 22-IDUMda tumandagi DMTT rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig'ilishda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i O.Jangirov, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimi J.Danaboyev va tuman SEO va JSB vrachi J.Allaboyevlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida DMTTlari faoliyatini tizimli tashkil etish, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyuldagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 626-sonli qaroriga muvofiq MTTlari faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish, ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash, "Yagona mavsumiy taomnoma" bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, mavjud jihozlar holati, tarbiyalanuvchilar davomatini elektron platforma orqali yuritish, bolalar uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. Mavjud muammolar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Kanalga ulaning: ✅ @ bulungurhayoti
Показать все...
👍 1
#Infografika ⚡️Bulung`ur tumanida qishloq xujaligi sohasi statistik ko`rsatkichlari (2024-yil yanvar-mart) ✍️ Bulung`ur tuman Statistika bo`limi Kanalga ulaning: @bulungurhayoti
Показать все...
👍 1
#Matbuot_anjumani ⚡️ “Bulung‘ur hayoti” gazetasida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi Unda tumanda sog`liqni saqlash sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Fayzullayev Fazliddin Sayfullayevich tomonidan atroflicha ma’lumot berildi… 👉 Batafsil Tadbir so’ngida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarining savollariga javoblar olishdi. Kanalga ulaning: @bulungurhayoti
Показать все...
⚡️Bulung`ur tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi ishtirokida “1-iyundan 7-iyunga qadar yurtimizda o'tkazilayotgan aholini zilzilaga tayyorlash havftaligi” doirasida 8-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida seminar, davra suhbati hamda amaliy mashg’ulotlar o'tkazildi. Tadbirlar davomida tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan qatnashchilarga mavzuga oid eslatma va bukletlar tarqatildi. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar bo`limi tomonidan Bulung`ur tumanida joylashgan “UMIDJON ELETA” MCHJda quruvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Kanalga ulaning:@bulungurhayoti
Показать все...
Перейти в архив постов