cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj

Больше
Рекламные посты
1 648
Подписчики
+324 часа
+267 дней
+4430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Bu turkchada tahterevalli deyiladi. O’zbekchada nima deb ataladi? Shevadagi ismini bilsangiz ayting.
Показать все...
👍 1
Qaysi biri turkiy so’z sanaladi? @shevashunosAnonymous voting
  • Xanjar
  • Shamshir
  • Nayza
  • Qilich
  • Bilmayman
0 votes
👍 2
Mana shu yerda qurbon bayrami bilan bog’liq post bor! Bayram munosabati bilan Turkiyada to’qqiz kun dam. İlk uch kun ommaviy transport vositalari bepul bo’ladi. Tijorat markazlari, bozorlar gavjum bo’ladi. Bayramning ikkinchi kuni qarindoshlar, yoshi kattalar ziyorat qilinadi. Bolalarga sovg’alar beriladi. Siz ham bolajonlarga hayitlik berishni unutmang. O’qishni tugatib yozgi tatilga chiqqan talaba obunachilarimizga maroqli dam tilayman. Ta’tilda qiziqqan sohangiz bo’yicha bir necha kitob o’qishni esdan chiqarmang. Ota-onangizning duolarini olşb, mehrlariga to’ying! @shevashunos
Показать все...
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Qurbon قربان Yaqin boʻlish, yaqinlashish g'oyasi bilan Alloh yoʻlida kesilgan qoʻy, qoramol, tuya va boshqa hayvonlar uchun qurbon deyiladi. Ushbu atama arabchada "yaqin boʻlmoq, yaqinlashmoq" ma'nolarni bildiruvchi "q-r-b (ق ر ب)" negizidan chiqqan soʻzdir. Somiy tillaridan Oromiy tillariga qurbanu/qūrbânâ (hediye) va Ibroniychadagi qarbân soʻzlari ayni negizdan shakllangan. Qarib : (vaqt va joy oʻlaroq) yaqin Aqrabo : yaqinlar Taqriban : taxmin oʻlaroq. Qurbon soʻzi oʻzbek tilida shu ma'nolarda ishlatiladi: 1. Alloh yoʻlida qurbonlik uchun soʻyilgan jonliq; 2. Ko'chma maʼnoda: Biror ezgu maqsad, vatan, sevikli yoʻlida oʻzini fido qilish. Urush qurboni va erklik qurboni boʻlish kabi; 3. Tabiiy ofat, falokat, koʻngilsiz voqea yoki boshqalarning qilmishi tufayli qattiq zarar koʻrgan, halok boʻlgan kishi. 4. Qurbon erkak va xotin-qizlarning ismi. Mavzuga oid soʻzlar: Qurbon hayiti, Qurbon bayrami, qurbonlik, qurbon soʻyish, yongʻin qurboni, urush qurboni, zilzila qurboni, jaholat qurboni, qurbon bermoq;…

9👍 6
Qurbon bayrami ham yaqinlashmoqda! Bu munosabat bilan Turkiyada 9 kun dam berildi. Qurbon bayrami bilan bog’liq postlarimiz yuqorida berilgan! Bolalarga hayitlik berishni unutmang! Ta’tilga chiqqan talabala onunachilarimga maroqli damalr tilayaman! Ota-onangizni bag’rida maza qilib yuringlar! Qiziqqan sohangiz bo’yicha nimalarnidir qoralab qo’yishni unutmanglar! 🎉🎊 @shevashunos
Показать все...
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Arafa Arafa - bu soʻz bo'yicha bir qancha qarashlar ilgari suriladi. Bulardan eng bilingan va maqbuli sifatida Qurbon bayramidan avvalgi kun hojilar "Arafot" ( arabcha arafaning koʻplik shakli) togʻiga chiqib, haj arkonlaridan birini ado etadilar. Ushbu jarayonni nazarda tutib, Arafa so'zini mana shu diniy marosimdan kelib chiqqan deyiladi. Bayramdan oldingi kun mohiyatida ishlatiladi. Keyinchalik esa bu so'zning semantik doirasi kengayib, boshqa bayramlar yoki muhim hodisalardan oldingi kunga ham shu atamani qo'llay boshlaydilar. (Masalan: Navro'z arafasi, To'y arafasi). Bu soʻzning togʻ nomidan tashqari o'zagi arabcha "arafa", ya'ni bizga tanish bo'lgan bilmoq mazmunidagi irfon, ma'rifat so'zlarining o'zagi boʻlib, oldindan bayram daragini bilish, idrok qilish deb talqin qilinadi. Yana, xalq ogʻzida yolg'on arafa degan so'z ham ishlatiladi. Bu Qurbon bayramidan ikki kun oldinga toʻgʻri keladi. @shevashunos

“Boburnoma”dan olingan misollarga e’tibor berilsa, muallif Kobul viloyatidagi xalqlarning tili to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, sart yoki tojik tilini eslamaydi, u arabiy, forsiy, turkiy, mug‘uliy va boshqa tillarni eslaydi, xolos. Yana Bobur Marg‘ilon elini ham sartlar deb ataydi. Chamasi, marg‘ilonlik sartlar deyilganda ustachilik bilan shug‘ullanuvchi (o‘troq hayot kechiruvchi) toifa ko‘zda tutilgan ko‘rinadi. Bulardan anglashiladiki, sart atamasi o‘sha chog‘lar ham forsiy, ham turkiy tilli o‘troq, shahar aholisiga nisbatan qo‘llanilgan.
Показать все...
👍 2
O‘tmishda o‘zbek xalqi va uning tilini anglatgan atamalardan boshqa biri sart dir. Sart (<skr. sartha) so‘zi Yusuf Xos Hojib va Mahmud Koshg‘ariy asarlarida “savdogar” ma’nosini bildirgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da: Nekü ter ešitkil bu sartlar bašï (Bu savdogarlar boshi nima deydi, eshitgin) (QB.474). Yoki: Sartnïŋ azuqï arïğ bolsa, yol üzä yer (Savdogarning moli toza bo‘lsa, yo‘l ustida yoyadi. So‘zma-so‘z: Savdogarning ozig‘i halol bo‘lsa, yo‘l ustida yeydi) (MK.I.97). Ushbu so‘z etnonim sifatida keyingi davrlardan boshlab ishlatilgan. U boshlab forsigo‘ylarni, keyinchalik turkiy o‘troq ulusga nisbatan ham qo‘llanilgan. “Muhokamatu-l-lug‘atayn”da Alisher Navoiy forsiy tilda so‘zlovchilarni sart (sart, sart ulusï, sart eli) hamda fārsîgoy otlari bilan tilga oladi. Ularning tilini esa sart tili, sart lafzï, fārsî (fārsî, fārsî til, fārsî alfāz) deb ataydi. Bu so‘zning “Boburnoma”dagi ma’nosi e’tiborga molik. Zahiriddin Bobur Marg‘ilon (Marğïnān)ni ta’riflar ekan, uning eli sartlar ekanini ta’kidlaydi. U yozadi: Eli sarttur va muštzan-u puršaru šor eldür. Jaŋaralïq rasmï Māvarāunnahrda šāye‘dur. Samarqand-u Buxārāda nāmdār jaŋaralar aksar marğïnānidur (BN.7). Kobul viloyatining ta’rifida sartlarni tojik va atrok (turklar) bilan qorishtirmaydi; ayri oladi. U shunday yozadi: Julgasïda va tüzläridä atrāk-u aymaq va ’arābdur. Šahrïda va ba’zi kentläridä sartlardur. Yana ba’zi kentläridä va vilāyatïda pašāyi-vu parāji va tājik-u baraki va afğāndur (BN.120). Ushbu viloyatda yashovchi ellarning tili xususida yozadi: On bir-on ikki lafz bilä Kābul vilāyatïda talaffuz qïlurlar: ’arabî, fārsî, türkî, moğulî, hindî, afğānî, pašāyî, parājî, gabrî, barakî, lamğānî. Munča muhtalif aqvām-u muğāyir alfāz ma’lum emäs-kim, heč vilāyatta bolğay (o‘sha joyda). Manba: Prof. Qosimjon Sodiqov, Turkiy Til tarixi @shevashunos
Показать все...
👍 6
O’zbek tili o’tmishda qanday atalagan?! Davomi Čïğatay so‘zi atama sifatida XIII asrdan boshlab qo‘llanilgan. Manbalarga qaraganda, bu atama boshlab (XIII–XIV asrlarda) Chig‘atoyxon sulolasi (turk-mo‘g‘ullar), davlat hokimiyatining oliy tabaqa vakillari, shuningdek, cherikka nisbatan qo‘llanilgan. Keyinchalik (XV asrda) butunMavoraunnahr va Xurosondagi turk ulusiga nisbatan, XVI asrdan boshlab Mavoraunnahrdagi ham turkiy, ham forsiy tilli ulusga nisbatan qo‘llanilgan (Благова 1982,155–156). XV–XVI asrlarda bu atamaning ijtimoiy-siyosiy vazifasi o‘ta kengaygan bir sharoitda butun Mavoraunnahr elini, uning xalqini, xalqining tilini ham ifodalay boshladi: yurtini, elini Čïğatay, Čïğatay eli, xalqini Čïğatay ulusï, uning tilini esa čïğatay türkîsi deyildi. Jumladan, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarida: Čïğatay el meni özbek demäsün, Behuda fikr qïlïp ğam yemäsün (ŠN.111). “Abushqa” lug‘atida “yurt” ma’nosida Čïğatay, Čïğatay diyārï atamalari qo‘llanilgan (DDT.96,276).
Показать все...
👍 2
​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​Ilm va ijod ixlosmandlari uchun telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar jamlanmasi. Marhamat: Barcha kanallarga ulanish uchun
Показать все...

👍 3 2🔥 2
Repost from Nasim Kutub
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Nasim Kutub”dan bayram tanlovi! Yozuvchimiz Fotih Dumanning kitoblar to’plami 7 kishiga hadya qilinadi. Tanlovdagi hadyalar telegramdagilar uchun alohida, instagramdagilar uchun ham alohida. Ishtirok etish shartlari: ✅ Kanalimizga obuna boʻling. ✅ Postni uchta tanishingizga yuboring. ✅ Shartlar bajarilganini skrinshot orqali @nasimkitob ga bildirib, ishtirok raqami oling. Gʻoliblar 16-iyun kuni soat 21:00 da jonli efir orqali aniqlanadi. @nasimkutub — Eng yaxshisini baham koʻramiz
Показать все...
👍 9👎 3
To’g’ri tovar turkiy so’z bo’lib, ilk ma’nosi “hayvon, mol” degani. Keyinchalik “mulk” ma’nosiga aylangan. So’z turkiy tildan mo’g’ul tiliga tabar, rus tiliga tovar shaklida o’tgan. Lekin tovarni tabiiy ravishda tilimizda yashab kelgan so’z deb bo’lmaydi. Boshqacha aytganda bu so’z ruschadan qayta o’zlashgan so’zdir. Ya’ni avval turkiy tildan rus tiliga o’tgan, rus tilida ommalashgan, keyinchalik biz aynan rus tilidagi shaklini olganmiz. Zero asliy shakli bilan bizda tabiiy ravishda yashasa edi, uni ruslardek yozib, ruslardek talaffuz qilmas edik. So’zni asosan tavar deb talaffuz qila turib, nega tovar deb yozyapmiz. Yo’qsa olma so’zidagi o bilan tovar so’zidagi o tovushini bir xil talaffuz qilishimiz kerak edi. Tovardagi o, huddi konditsioner so’zidagi ilk o kabi a talaffuz qilinadi. Bu rus tilidagi orfografik hodisa. Xullas, tovar turkiy so’z, lekin tilimizga qayta olingan so’zlardan biri. Etimologiya burchagi
Показать все...
Etimologiya burchagi

O'zbek tilidagi so'zlarning kelib chiqishi, tarixdan hozirgacha ma'no sayrlari haqida ilmiy-ommabop yozuvlar burchagi.

👍 10