cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

КАТТАҚЎРҒОН ТУМАН МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ

KATTAQO‘RG‘ON TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI RASMIY KANALI

Больше
Рекламные посты
953
Подписчики
-424 часа
-97 дней
-2630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Ommalashtirish.uz платформасида вилоятда оммлаштирилган ҳамда республикага тавсия этилган методик ишлар натижалари эълон қилинди Баҳоланган методик ишларидан норози бўлган педагоглар жорий йилнинг 29 май куни соат 19-00 дан 31 май куни соат 19-00 га қадар шахсий кабинети орқали ариза қолдириши мумкин. Ушбу аризалар тегишли вилоятларда ташкил этилган апелляция кенгашлари томонидан кўриб чиқилади ва жавоб берилади. 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Показать все...
04:38
Видео недоступноПоказать в Telegram
📸📸 TKT, TESOL, TEFL каби сертификатлар билан устама олиш учун қўшимча B2 даражадаги сертификат ҳам талаб қилинади “Хорижий тиллар ва умумтаълим фанларини билиш даражасини белгиловчи миллий ва халқаро тан олинган сертификатлар рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида”ги қарорга шарҳ берилди. Маълумот учун: Умумий ўрта таълим тизимида фаолият юритаётган педагог ходимларга устама белгилашда қўлланиладиган хорижий тиллар бўйича миллий ва халқаро тан олинган сертификатлар рўйхати ушбу қўшма қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан икки ойдан кейин кучга киради. ❗️Қарор кучга киргунга қадар амалдаги норматив-ҳуқуқий ҳужжатларга мувофиқ олинган сертификатларга уларнинг олинган кунидан бошлаб амал қилиш муддати тугагунга (муддати чекланмаган (белгиланмаган) сертификатлар учун сертификат олинган кундан бошлаб уч йилдан кўп бўлмаган вақт мобайнида) қадар имтиёз ва устамалар қўлланилади. 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️11-синф ўқувчилари учун математика фанидан 2- ва 4-вариантлар асосида имтихон олинади Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан махсус сайт орқали 11-синф битирувчилари учун математика фанидан ўтказиладиган тест вариантларини аниқлаш бўйича қуръа ташланди Бунда ўқувчилар 2- ва 4- вариантлар асосида имтиҳон топширишлари маълум бўлди. ❗️Изоҳ: Вазирлик томонидан эълон қилинган саволлар асосида 11-синф якуний аттестацияси учун вариантлар қайта шакллантирилади. Яъни 11-синф математика учун баҳолаш мезонига кўра 10 та мавзунинг ҳар биридан биттадан савол танлаб олинади. Барча саволлар аввал эълон қилинган тўпламдан олинади, бироқ ўқувчи имтиҳонда айнан қайси саволга жавоб беришини аввалдан била олмайди. Имтиҳон саволлари 👉 Юклаб олиш 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Показать все...
⚡️Rasman: Fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ham ustama to‘lanadi Bu haqida mas’ul vazirliklarning 29.05.2024 yildagi "Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 3515-sonli qarori Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qarorga ko‘ra Rash modeli bo‘yicha fan o‘qituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.
@kattakurgon_tmmtb
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
▪️Таъзия Самарқанд вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ходими Эркин Бекбўтаевнинг Ўктам бобо Бекбўтаевни вафоти муносабати билан Каттақўрғон туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими маъмурияти у кишининг барча оила аъзоларига ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этади. Марҳумнинг барча солиҳ амалларини Аллоҳ таоло ўзларига ҳамроҳ айлаб, Ўз мағфиратига олсин.  
Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъуун!
Жаноза намози  29-май соат  11:00 да адо этилади. Манзил: Қумоқ МФЙ Қипчоқ қишлоғи
Показать все...
00:37
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚡️9-sinflar uchun matematika fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi 🔰 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur'a tashlandi. ☑️ Bunda o‘quvchilar 5- va 7- savollar asosida imtihon topshirishlari ma'lum bo‘ldi. ❗️Ayrim telegram kanallarda vazirlik tomonidan e’lon qilingan 9-sinf matematika fanidan namunaviy nazorat materiallaridagi 5- va 7-savollardagi topshiriqlar beriladi deb noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Vazirlik tomonidan e‘lon qilingan savollar asosida 9- va 11-sinflar yakuniy attestatsiyasi uchun variantlar qayta shakllantiriladi. Ya’ni 9-sinf matematika uchun baholash mezoniga ko‘ra 10 ta mavzuning har biridan bittadan savol tanlab olinadi. Barcha savollar avval e’lon qilingan to‘plamdan olinadi, biroq o‘quvchi imtihonda aynan qaysi savolga javob berishini avvaldan bila olmaydi.
Eslatma: Shu bilan birga, bu yildan boshlab har bir o‘quvchiga A4 formatdagi 3 dona qog‘oz blankalar tarqatiladi. Avval har bir o‘quvchi 12 varaqli daftarga yozgan bo‘lsa endi bunday holatga ehtiyoj qolmaydi.
↗️ Yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish va baholash mezonlari hududiy boshqarmalar orqali barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktablariga yetkaziladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показать все...
03:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚡️TKT va TESOL sertifikatlarini nima uchun ro‘yxatdan chiqarish taklif etilayotganiga izoh berildi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov pedagoglarga ustama belgilashda inobaatga olinayotgan TKT va TESOL sertfikatlarini nima uchun ro‘yxatdan chiqarish taklif etilayotganiga izoh berdi. Avvaloq pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yilgan edi. Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, loyihaga bildirilgan takliflar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib chiqilmoqda va yakuniy qarorga kelinadi. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показать все...
⚡️Endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida yaxshi baholarga oʻqiydigan talabalarga ajratiladi Prezident farmoniga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi. birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida; ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi. Taʼlim krediti ajratish uchun talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi lozim. Oʻz dasturiy taʼminotiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim kreditini olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz“ va ”prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantirilish ta’minlanadi. 2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar taʼlim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️ Keyingi yildan chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda muhokamalar portalida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘qishga kirishda tan olish rejalashtirilayotgan sertifikatlar ro‘yxati (yuqoridagi rasmda) e’lon qilingan edi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показать все...
KATTAQO‘RGʻONLIK AVIAMODELCHI O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIDA GʻOLIB BO‘LDI Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, Kattaqo‘rg‘on shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining to‘garak a’zosi Abduraufov Shohjahon joriy yilning 23-26 may kunlari Andijon shahrida o‘tkazilgan "Kordli aviamodel sporti" bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasida ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shohjahon Abduraufovni ushbu yutug‘i bilan tabriklab, yutuqlari bardavom bo‘lishiga tilakdoshmiz.
Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati
Показать все...
👍 2