cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Fakt va Fikr

Faktlarga asoslangan fikrlar. Mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaning siyosiy-örğatim kanali.

Больше
Рекламные посты
4 309
Подписчики
+724 часа
-297 дней
-13030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Yusuf Ro‘zimurod
Dissididentlik hayotimdan bir şoda marvarid. Rahmatlik hofiz Rahmatjon Qurbonov nega kutilmaganda sahnani tark etdi? 2006 - yil may oyida Qiziltepadagi 47- koloniyada jazo muddatini ötayotgan diniy köz qaraşdagi siyosiy mahkumlar uçun maxsus lokal sahn taşkillaştirildi. Bu içki tartib talablarini muntazam buzib keluvçi mahkumlarni qayta tarbiyalash maqsadida öta qattiq tartib tatbiq qilingan sahn edi. Bu sahnni tuziş bilan aslida öz diniy e'tiqodidan qaytmagan taqvofor musulmonlarni sindiriş nazarda tutilgan. Ular aslida içki tartibni umuman buzişmas edi. Islomofob Karimov rejiminiñ ğaşiga tegadigan jihati, ularniñ beş vaqt namozni kanda qilmay öqişgani edi. Bu vaqtda diktator Karmovniñ mazkur noqonuniy va ğayriinsoniy tadbiri Özbekistondagi barça jazoni ijro etiş koloniyalari va qamoqxonalarida joriy qilinayotgan edi. Diniy mahkumlarni boşqa sahnlardan maxsus lokal sahnga ötkaziş uçun esa jiddiy sabab kerak edi. 6 may kuni tuşlikka yaqin koloniyadagi barça mahkumlarni yotoqxonalariga kiritişdi. Barçamiz yotoqxonaga kirib, örindiqlarda ötirdik. Şu vaqt taşqarida, koloniya böylab qattiq şovqin-suron, tartibsiz baqir-çaqirlar eşitila boşladi. Bu holat bir soatlar davom etdi. Keyin birdaniga harbiy nazoratçilar, zobitlar va ularniñ SPP taqib olgan mahkum malaylari yotoqxonamizga kirib kelib, oramizdan diniy e'tiqodi tufayli qamalgan mahkumlarni ajratib olib, heç qanday sababsiz qo'llarini qayirib, sudrab olib çiqa boşlaşdi. Bu holat butun koloniya böylab 5 soat davom etdi. Tadbir çoğida qöqqisdan qo'lini qayirib, sudraşganiga e'tiroz bildirgan mahkumlarni vahşiylarça kaltaklab, oğir tan jarohatlari etkazişdi. Ikki nafar mahkum kaltaklaş oqibatida halok bölganligi haqida ham gap tarqadi. Halok bölganlar haqida aniq tafsilotini bilişniñ imkoni bölmadi, ammo, bir neça mahkumga tinçlantiruvçi ko'ylak kiydirib qiynoqqa solinganligi aniq tasdiğini topdi. Qiynoqqa solinganlarniñ bir nafari kar bölib, tildan qoldi. Keyin bilişimizça voqeaniñ tafsiloti quyidagiça bölgan: Diniy mahkumlarniñ aksariyati öta bosiq va halim insonlar bo‘lib, ular jazo muddatlarini ötaş davrida umuman tartibbuzarlik qilişmaydi. Zobitlarni qöyaveriñ, hatto mahkumlarga ham qöpollik tugul, dağallik ham qilişmaydi. Ularni lokal sahnga ötkaziş uçun esa oldin uyuşgan holda isyon kötarişdi, deb soxta ayblov rasmiylaştirişga töğri kelgan. Aynan mana şu isyonkorlar rolini bizni yotoqxonalarga kiritib qöyişgan vaqtda koloniyadagi 50 nafar SPP chi mahkumlar öynab berişgan. Isyonni bostiriş çoğida muassasa ma'muriyatiniñ qonuniy talabiga böyshnişdan böş tortdi, degan ayb va isyonchilar taşkilotçilari sifatida tinç ötirgan mahkumlarni sudrab olib ketiş çoğida urib kaltaklangan va halok bölgan mahkumlar körsatilgan. Oradan ikki kun ötib koloniyada bölgan "isyon"niñ tafsilotlari va oqibatlari haqida mahkumlar özaro şipşib muhokama qilişldi. Butun koloniyada qandaydir motam kayfiyati hukm surar edi. Şanba kuni tuşlikdan keyin koloniyada bölgan barça mahkumlarni, şu jumladan lokal sahnga ötkazilgan dindor mahkumlarni ham koloniya klubiga çaqirişdi. Klubga kelganimizda sahnadagi stullarda taniqli hofiz, rahmatlik Rahmatjon Qurbonov öng qo'lida tor ulşagan holda va yonida bir nafar doiraçisi bilan savlat tökib turar edi. Barça mahkumlar kelib ötirişganidan keyin koloniya boşliği hofizni hamma tanisada, mikrofon orqali rasmiyatchilik uçun taniştirib, "Uzoq yillik dösti" Rahmatjon Qurbonov koloniyamizga konsert beriş uçun maxsus kelganligini ma'lum qildi. Boşqa vaqt bölganida albatta konsertni hamma jon dili bilan tiñlab, tomoşa qilar edi lekin bundan ikki kun oldin bölib ötgan soxta isyon bilan boğliq mudhiş voqea tufayli heç kim konsertni olqişlamadi, hatto, qarsakni ham naridan- beri, nomiga çalib qöyişdi. Bu holatni hofiz ham, albatta, sezmasdan iloji yöq edi. U oldin mahkumlarniñ tezroq ozodlikka çiqib ketişlarini tilab, keyin ona töğrisidagi aşula bilan konsertni böşlab berdi. davomi bor⬇️
Показать все...
Repost from Yusuf Ro‘zimurod
.. davomi Hofiz birinçi qöşiqni tugatayotib, tomoşabin mahkumlardan kelgan bir parça qog'ozdagi xatga köz yugurtirib olib, aşulasini tugatdida, kutilmaganda öziniñ şoşib turganligini rökaç qilib, mahkumlar bilan şoşilinç xayrlashib, sahnani tark etdi. Hofizniñ bu harakatidan hatto koloniya boşliği ham hayrat va taajjubda qolganligi körinib turar edi lekin heç kim hamma gap hofiz kuylayotganda köz yugurtirgan maktubda ekanligidan şubha qilmagan edi. Keyinçalik bizga ma'lum bölişiça, öşa bir parça xatda quyidagi ma'noda yozuv bitilgan ekan: "Hofiz, biz betakror san'atingizniñ muxlisimiz lekin sizniñ bugungi konsertingiz köñlimizga siğmaydi, çunki, ikki kun oldin sizni "döstim" deb taniştirgan yoningizdagi odamniñ buyruği bilan namozxon mahkumlar namoz öqişganlari uçun vahşiylarça qiynoqqa solindi. Ikki birodarimiz urib öldirildi" Hofizniñ mulohazali, iymonli insonligi uning qat'iyatlilik bilan qilgan qaroridan ma'lum böldi. U san'atniñ qadr-qiymatini yurakdan fahmlaydigan haqiqiy san'atkor odam ekanligini şunda köpçilik körib, xulosa qilgan edi. Hofizni Olloh rahmatiga olsin! Yusuf Rözimurod 19.12.2021.
Показать все...
Repost from Yusuf Ro‘zimurod
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hofiz Rahmatjon Qurbonovning zonaga konsert berish uchun borib, kutilmaganda sahnani tark etganligi to'g'risidagi voqea bilan tanishing! Quyida⬇️
Показать все...
02:37
Видео недоступноПоказать в Telegram
Zokir Almatovning izdoşlari yana bir yurtdoşni jonsarak qilişibdi. @faktvafikr2021
Показать все...
IMG_1372.MP430.97 MB
00:54
Видео недоступноПоказать в Telegram
Turkiya-Avstriya öyinida Arda Gular avstrialik irqçi muhlislarning jism uloqtirişiga golga kömakçilik (assist) bilan munosib javob berdi. @faktvafikr2021
Показать все...
2.58 MB
00:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
Сариқвой Олавойнинг қулоғига: "Оқвой орқангдан сени ғийбат қилмоқда". @faktvafikr2021
Показать все...
1.81 KB
Фото недоступноПоказать в Telegram
АРДА ГУЛАР: "РОНАЛДУ ТЕРМАМИЗНИНГ КИЙИНИШ ХОНАСИГА КЕЛДИ ВА МЕНГА ФУТБОЛКАСИНИ БЕРДИ". Туркия термаси ва "Реал" (Мадрид) клубининг футболчиси Арда Гулар Туркия-Португалия ўйинидан кейин Криштиану Роналдудан футболкасини сўрашга тортинган. Бу ҳақида бошқа бир португалиялик - Жоау Феликсга айтган. "Термамизнинг кийиниш хонасида эдик. Кутилмаганда Роналду қўлида футболкаси билан кириб келди ва уни менга совға қилди. Бундай буюк футболчи мендек танилмаган ёш йигитнинг илтимосига қаттиқ эътибор қилишини, очиғи, тасаввур қилмаган эдим", дея ҳикоя қилади туркиялик футболчи. @faktvafikr2021
Показать все...
Туркия- Австрия ўйинида туркиялик футболчи Мериҳ Демиралнинг ҳаракати (кулранг бўрилар ишорасини кўрсатгани) билан боғлиқ вазият юзасидан Германия элчиси Туркия Ташқи ишлар вазирлигига чақиртирилди. Туркия ТИВ “UEFA томонидан олиб борилган ушбу терговга йўл қўйиб бўлмаслигини” эълон қилди ва Германия расмийларининг бунга муносабатини “сиёсий ва ксенофобия”, деб атади. “UEFA 2024 йилги Европа футбол чемпионати доирасида 2 июль куни Австрия терма жамоаси билан ўйинидан сўнг терма жамоамиз футболчиси Мериҳ Демиралга нисбатан интизомий тергов очганини қабул қилиб бўлмайди”, дейилади Туркия ТИВ хабарида. Вазирликнинг эслатишича, Германия Конституциясини ҳимоя қилиш бўйича Федерал ташкилот томонидан 2023 йил сентябрь ойида эълон қилинган ҳисоботда “кулранг бўри” белгисини кўрсатадиган ҳар бир одамни ўта ўнг томон сифатида тавсифлаш мумкин эмаслиги таъкидланган. “Гарчи “кулранг бўри” имо-ишораси Германияда тақиқланмаган бўлса-да, немис расмийларининг Демиралнинг ҳаракатига муносабати ксенофобиядан далолат беради, биз ушбу тарихий ва маданий рамздан фойдаланишга сиёсий сабабларга кўра муносабат билдирилганини қоралаймиз”, дейилади вазирлик баёнотида. @faktvafikr2021
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
ТУРКИЯ ТИВ: "КУЛРАНГ БЎРИЛАР" ИШОРАСИНИ КЎРСАТИШ ТУРКИЯДА ҲАМ, ГЕРМАНИЯДА ҲАМ УЛЬТРАМИЛЛАТЧИЛИККА КИРМАЙДИ. ШУ САБАБДАН БИЗ БУ ИШОРАНИ ҲАМ, ФУТБОЛЧИМИЗ МЕРИҲ ДЕМИРАЛНИ ҲАМ ҲИМОЯ ҚИЛАМИЗ".
Показать все...
00:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
Hindistoniyning qamoqdagi hatmi haqida. @faktvafikr2021
Показать все...
1.30 MB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.