San'at tanqidchisi kundaligi(non-conformist)
Открыть в Telegram
Estetik did, kino va vizaul poeziya haqida ba'zida esa muhabbat fojealari haqida yozaman. Diqqat! Diktatura!!
Больше773
Подписчики
-124 часа
-47 дней
-1130 дней
Архив постов
Hozirgi kinemotografiyaning klassik afsonalaridan biri, tirik afsona Pedro Almadovarning bugun tug'ilgan kuni.
77 yoshni qarshilabdi. Rejissyorning filmlaridan deyarli barchasi yoqadi. Lekin eng masterpiece asari bu "All about my mother"(1999) filmi. O'tgan asr so'ngidagi bebaho film. Tavsiya qilaman. Filmlariga tushunmasangiz ham ekrandagi estitika-did nima ekanligiga guvoh bo'lasiz.
@artjingo
Yozuvchi Murod Muhammad Do'stning Ne'mat Aminov haqidagi xotiralarni o'qinglar. M.M.Do'st shunchalik samimiy yozganki, o'quvchi kulaverib, ko'zlardan yosh oqib, qah-qah otib, buralib, yumalab qolishi hech gap emas: https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/memuarlar/murod-muhammad-dost-zarbulmasal-va-boshqa-masalalar-nemat-aminov-haqida-hangomalar.html
Postmodernist(uddaburon ko'chirmachilar) Tarantinoning "Pulp fiction"inidagi raqsning originali shu bo'ladi. Afsuski Tarantino buni tan olmagan.
Iloji bo'lsa, original, eski filmlar ko'rishga harakat qilinglar, hayotimiz go'zalroq bo'ladi))
Ispan rejissyori Fernando Fernan Gomezning "El extraño viaje" (G'alati sayohat, filmi. 1964-yil)
@artjingo
+3
Rossi de Palma — butun dunyoga mashhur bo‘lgan sanoqli ispan aktrisalaridan biri. Uni Rossiya, Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Italiyada yaxshi ko‘rishadi… Fransiyada esa, xuddi o‘z vaqtida uni kashf etgan Pedro Almodovarni bo'lgani kabi, jon-dildan sevishadi. Balki buning sababi shundaki, bunday kino va bu tipaj fransuz kinosiga xos bo‘lgan erkinlik ruhi hamda uning qoliplarni buzishga (transgressiyaga) moyilligi bilan hamohangdir?
Baxtimizga, aktrisa o‘z vatanida ham tan olingan yulduz, garchi u yerda mamlakatni xorijda mashhur qiladigan iste’dodlarga har doim ham moyillik beraverishmasa-da.
So‘nggi paytlarda "iste’dodli, ammo xunuk" qabilidagi izohlar ancha tingan. Xudoga shukurki, kinematograf nafaqat klassik go‘zallik andozalariga mos keladigan yuzlarni, balki ifodali va betakror qiyofalarni ham qadrlab kelganidir.
Mening nazarimda, Rossining o‘ziga xos yuzini xunuk deb baholash — bu Pikasso polotnolaridagi ayollarni xunuk deb ta’kidlash bilan barobardir.
Tug‘ilgan kuning bilan, go‘zal Rossi de Palma!
"Bande à part" by Jean-Luc Godard (1964)
Aktyorlar: Claude Brasseur, Anna Karina e Sami Frey
1960-yillar kinemotografiyasidagi "fransuz yangi to'lqini"ning vizual va plastic ko'rinishi. Bu kadr kinoda dastlabki postmodernizm elementlari sanaladi.
@artjingo
OSHO nutqlarini tarix va falsafa darslarida talabalarga eshittirish kerak.
@artjingo
Rostan, Abbas Kiorastami filmlarini tomosha qilganingda undagi qahromonlar bilan birga yashaging keladi.
@artjingo
+8
Ispan shoiri Garsia Lorkaning chizganlari ekan. O'z vaqtida Salvador Dali, buyuk rejissyor Luis Bunuel va Lorka yaqin do'st bo'lishgan. 1927-yilda Barselonada Lorka asarlari ko'rgazmasi bo'lib o'tadi va asarlar haqida Dali shunday yozadi: «Lorkaning poetik va ehtirosli rasmlarida faqat bitta kamchilik bor… Lorkaning rasmlari kundan-kunga yanada nafis va noziklashib bormoqda».
@artjingo
Ijodkor(san'atkor) odamda sense of humour(yumor hissi) bo'lmasa, uning ruhoniydan farqi qolmaydi.
@artjingo
Rostakam tajriba haqida Zizekning versiyasi
@artjingo
elnur egamov oyina.uzga men haqimda shunaqa debdi))
elnurni birinchi ko'rgazmasiga men kuratorlik qilganman. so'ngra ikkita katta xato qilib, o'z reputatsiyasini boltalab tashlagandan keyin blokka tiqib quyganman.
1-xatosi: o'z asariga narx quyib, uni ijtimoiy tarmoqqa joylagani uchun. birinchdian, bunday holat rassom etikasiga umuman to'g'ri kemaydi, ikkinchidan, dunyodagi yirik gallery, auksionlar bunday rassom bilan hechqachon hamkorlik qilmaydi.(o'zbekcha aytganda, elnur asarlarini optom-yarmarka qilib tashlagandi)
2-xatosi: Jama Adilovning bitta asarini 100ga-100 nusxa ko'chirib ijtimoiy tarmoqqa joylagan. bu judayam achinarli.
mana shu ikkita xatosi sababli ijtimoiy tarmoqdan bloklab yuborganman.
bor gap shu
@artjingo
+1
Hindiston nafaqat o'zining sirliligi, donishmandligi, masalalari, odamlari...bilan xotiramda qolgan, balki hozirgi kinemotografiyaning tirik afsonasi Wim Winders bilan uchrashuv bilan-da xotiramda abadiy yashaydi. O'tgan yili "yerdagi jannatning bir parchasi" deb nomlanadigan Kerala poytaxti Trivandrumda afsona bilan ko'rishish nasib qilgandi. Bugun Wim Winders bugun 81 yoshni to'libdi.
Uchrashuvda Wimning she'riyatning chinakam muxlisi ekanligini anglagandim. Chunki u ko'proq vizual poeziya haqida gapirardi. Umuman shoir-rejissyorlar boshqa daraja bo'lishadi. Wimning yo'l-yo'lakay(roadmove) uslubidagi filmlarini ko'rishni tavsiya qilaman. Masalan, " The American friend", "Parij, Texas", Wings of desire", "Tokio-go" "Perfect days", "Alisa in the Cities", "Lisbon story" "Kings of the Road", "Pina"... va boshqa filmlarini ko'rish kerak. Ulkan, ruhiy hamdardlikkka yo'g'rilgan she'riyat yashaydi uning filmlarida.
Tug'ilgan kuning bilan afsona!
@artjingo
+8
SI estetikasi asosidagi musulmoncha barokkoni tomosha qilish uchun Islom svilizatsiya markaziga borsa arziydi. Lekin original artefactni topish muammo, chunki ekspozitsiyalar asosan mulyaj, maket va nusxalaridan iborat. Shunisi xafsalani pir qiladi, axir muzey yoki galleryga noyob, alternativi yo'q buyumni ko'rish uchun boramiz-ku))
Menimcha, Markazdagi ekspozitsiyalar bir martalik, ya'ni ekspozitsiyalar doimiy yangilanib, almashib turmaydi. Bu degani bir marta borib ko'rishga arziydi xolos.
P.s) aytarli noyob, unikal asarning o'zi yo'q, lekin har qadamda nazoratchi-qoravullar ko'p. Nimani qo'riqlayapti hayronman))
@artjingo
Zamonaviy san'atkorlar ko'pchiligi fikrlar, manifestlar bilan maydonga chiqadi. Ularni o'qish, poetik, pafosli fikrlarini kuzatish odamga qandaydir yaxshi kayfiyat beradi. masalan, klassik Marina Abramovichning “An Artist’s Life Manifesto”(rassom hayoti manifesti) nomli manifesti juda mashhur. Huddi shu kabi Qozog'istonda ijod qiluvchi uyg'ur san'atkor qizlaridan tashkil topgan "Sulton kizlar" jamoasi «НАС ТОШНИТ ОТ ДЕКОЛОНИАЛЬНОСТИ» (Dekoloniallik ko'nglimizni aynitdi) nomli manifesti e'lon qilgan. Bu manifest san'atni to'liq qamrab olmagan-u, lekin ajoyib fikrlar bor. Qiziq bo'lsa qarab chiqinglar link: https://syg.ma/@sultan-kizlar/nas-toshnit-ot-dekolonialnosti---manifest-dlya-aziatskogo-iskusstva
@artjingo
Kolonializm sindromi sababli paydo bo'lgan ajoyib hazillardan biri
@artjingo
