cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

Hammasi 🇰🇷 Koreya haqida 🔹Koreya va O'zbekiston misolida tahlillar, takliflar 🔹 Koreya va koreys tili haqida ma'lumotlar, tahlillar 🔹 Sayohat joylari 🔹 Foydali maslahatlar, tajribalar Aloqa uchun: @uzbeknurgamurojaatbot

Больше
Рекламные посты
1 026
Подписчики
Нет данных24 часа
-77 дней
-2030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
🇰🇷🇺🇿 Janubiy Koreya presidenti Yun Sok Yolning Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifi bugundan Turkmanistonga tashrif bilan boshlandi. Eslatib o’tamiz, payshanba kuni prezident O‘zbekiston poytaxti Toshkentga uch kunlik tashrif bilan boradi, unda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan sammit va ikki tomonlama biznes-forum o‘tkaziladi. 🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea
Показать все...
🔥 4🤩 2👍 1💯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🕌 Janubiy Koreya Musulmonlar Federatsiyaning hozirgina ma’lum qilishicha, bu yilgi Qurbon hayiti kuni 17-iyun, dushanba kuniga to’g’ri kelarkan. 🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea
Показать все...
👍 5 1💯 1
🇰🇷 Janubiy Koreya presidenti Yun Sok Yol kelayotgan 10-15-iyun kunlari Turkmaniston, Qozog’iston va O’zbekistonga davlat tashrifi bilan borishi ma’lum qilindi. Manba: ⤵️ https://www.yna.co.kr/view/AKR20240607080900001 🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea
Показать все...
尹대통령, 10∼15일 투르크·카자흐·우즈베크 국빈 방문

(서울=연합뉴스) 안용수 곽민서 기자 = 윤석열 대통령은 오는 10∼15일 투르크메니스탄, 카자흐스탄, 우즈베키스탄을 각각 국빈 방문한다.

3👏 3🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇰🇷 Koreya Musulmonlari Federatsiyasiga ko’ra ertaga 2024-yil 10-aprel (chorshanba)kuni Ramazon Hayiti deb e'lon qilindi ☪️Hayit Ayyomingiz muborak bo'lsin 🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea
Показать все...
👍 9 4🔥 1🥰 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📌 2024-yil 20-maydan boshlab Janubiy Koreyada shifoxona, dorixona kabi tibbiyot muassasalarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko’rsatish majburiy bo’lmoqda. Oldinlari tug’ilgan kun sanalaridan boshlanadigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqamlarini o’zini aytish orqali ham bu xizmatlardan foydalanish mumkin edi. Endilikda boshqa shaxslar foydalanishini oldini olish maqsadida shunday tizim joriy qilinmoqda. ✅ Koreyadagi chet elliklar esa bu holatda chet ellik shaxsning ro’yxatga olinganlik guvohnomasidan (외국인등증) foydalanishlari mumkin. 🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea
Показать все...
👍 4🔥 2👌 2
Hayotda shunday kunlar bo'ladi, yozging keladi. Yozaverasan, aytaverasan, ichingdagini izhor qilib charchamaysan. Ammo shunday davr ham bor ekanki, qo'ling yozishga bormaydi. Befoyda deb o'ylaysanmi, befarqlikka mubtalo bo'lasanmi yoki o'z tashvishlaringdan ortmaysanmi, aniqmas. Ikki davr ham vaqtincha va ikkisi ham o'tib ketadi deb o'ylayman. Tavfiq Allohdan. P.S. Lekin yozish kerak. Oz-ozdan bo'lsa ham yozaverish kerak. 📌 @javharuz 📌
Показать все...
🔥 6👍 3 2😭 2😢 1
"Muammolarga yechimlar (2024)" jonli suhbatlarning birinchisini bugun, Koreya vaqti bilan soat 23:00'da boshlaymiz. https://t.me/salomkoreya?videochat
Показать все...
SALOM KOREYA guruhi

Bu guruhda Koreyadagi aziz yurtdoshlarimiz bilan muhim va foydali xabarlar, immigratsiya-viza bo'yicha yangiliklar, qiziqarli tadbir va ko'pchilik bilmaydigan imkoniyatlarni rasmiy manbalar, chuqur bilim va boy hayotiy tajriba asosida o'rtoqlashib boramiz

👍 1 1🤗 1
Repost from SALOM KOREYA kanali
🌙 Ramazonning qolgan kunlarida muammoingizga yechim topishga harakat qilamiz (2024-yil) Koreyada yashayotganlar orasida kimning viza va immigratsiya masalasida muammosi va bu muammo bo'yicha to'g'ri yo'nalishga ehtiyoji bo'lsa, qo'ldan kelganicha qonuniy yechim va maslahat bilan xolis yordam berishga harakat qilamiz. Buning uchun maxsus bot orqali murojaatlarni oldindan qabul qilamiz va https://t.me/SalomKoreya guruhida Telegram orqali jonli suhbatlar o'tkazamiz. Murojaatlar soniga qarab, vaqt va imkoniyatni ham inobatga olib, birinchi navbatda eng zarurlari va yechimi faqat sanoqli kishilarga emas, balki ko'pchilikka foydali bo'ladiganlarini saralab olamiz. Muammosi bo'lmasa ham, murojaatlar bo'yicha foydali ma'lumot olmoqchi yoki bermoqchi bo'lgan istagan kishi suhbatda qatnashishi mumkin. ✳️ Murojaat Koreyadagi faqat viza va immigratsiya sohasidagi aniq bir muammoingiz haqida bo'lsin. 👉 Viza almashtirish yoki viza cho'zish tartibi va talablari haqidagi odatiy savollarni 1345 (immigratsiya call-markazi) orqali ham so'rab, bilish mumkin. 📝 Muammoni imkon boricha to'liq va aniq yozishga harakat qiling va bir nechta mayda xabarlarga bo'lmay, bitta qilib yuboring. 📨 Murojaatlar faqat quyidagi bot orqali qabul qilinadi: https://t.me/MaktubUchunBot 🎙 Onlayn suhbatlar Telegramdagi https://t.me/SalomKoreya guruhida bo'ladi (aniq kuni va vaqti guruhda alohida e'lon qilib boriladi). Yordam kerak bo'lgan tanishingiz bo'lsa, bu postni u kishiga yoki boshqa guruhlarda ham o'rtoqlashib qo'ying. Guruhga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKoreya
Показать все...
🔥 1🤗 1
🛑 Koreyada bu yil Cherry blossom mavsumi kutilganidan kechikmoqda 🌸 20-martdan keyin mavsum boshlanishi taxmin qilingandi. 📸 Suratda ham ko’rib turganingizdek, ertaga 27-mart kuni Cherry blossom festivali boshlanadi deb e’lon berilgan. Ammo daraxtlar hali gullashni boshlamaganini ko’rishingiz mumkin. 🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea
Показать все...
👍 6 2💯 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇰🇷 Qiziqarli xarita 🔵 Xaritada ko’k rang bilan belgilangan hududlarda Janubiy Koreya aholisining 94 foizi yashamoqda. ✅ Ya’ni odamlarning markaz shaharlarga intilishi natijasida aholining ma’lum hududlarda to’planishi sodir bo’lgan. 🇺🇿🇰🇷 @uzbeknur_korea
Показать все...
👍 10 2💯 2❤‍🔥 1🔥 1😢 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.