cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

NamSU English faculty

Ingliz filologiyasi fakultetining rasmiy telegram sahifasi✅ The official telegram page of the Faculty of English Philology📌

Больше
Рекламные посты
420
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-1330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
📚Kitob o‘qishni yoqtirasiz lekin kitob do‘konida soatlab vaqtingiz kitob tanlashga ketadi. 📖O‘qigan kitoblaringiz haqida so‘ralganda faqat voqealar so‘zlab berish bilan kifoyalandingiz va bu albatta ko‘p vaqtingizni oladi. 📝O‘qiganlaringizni kimgadir ulashgingiz keladi, lekin bunday jamoani topolmayapsiz. 🏛Unday bo‘lsa Namangan davlat universiteti Istedodli talabalar bilan ishlash sektori  tomonidan yangi  tashkil etilayotgan  "Tafakkur sohili"  loyihasi aynan siz uchun! 📧Barchangizni loyihamizning ilk namunaviy offline sonida kutib qolamiz. 🗓Sana: 03.07.2024 ⏳Soat: 10:00 🗺Manzil: Boburshox ko‘chasi 161-uy Axborot resurs markazi binosi ✒️Murojaat uchun: @tafakkur_sohili_muhokama Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показать все...
👍 1
Repost from N/a
05:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
Har kimning oʻzigagina maʼlum qoʻrquvlari bor. Bu qo‘rquvlarni yengish avvalo ularni tan olish bilan boshlanadi! Manba Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Показать все...
Bizni_xam_eshiting…@istedodusmonov_@[email protected]27.66 MB
Repost from RENESSANS NamDU
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗣🗣🗣🗣🗣🗣 🏛️ Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan 2024/2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga nomzod talabalar uchun "ovozli chat" bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz 🎤Spikerlar: 🎙Ma'rufjon Habibullayev - Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i 🎙Mirjalol Rustamaliyev - Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti bosh mutaxassisi 🎙Fazliddin Mamasidiqov - Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi 👫 Ovozli chat doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanloviga qo‘yilgan talablar, tanlov tartibi va bosqichlari hamda belgilangan Nizom qoidalari haqida batafsil ma'lumotlar beriladi. 🎙 Ovozli chat 28-iyun kuni soat 20:00da @NamDU_iqtidor kanalida bo‘lib o‘tadi 😎@NamDU_iqtidor 👈 🌐 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi 👈
Показать все...
Xabaringiz 28-31 may kunlari Toshkent shahridagi "Zakovat arenasi"da "Intellektual haftalik"ning Respublika bosqichi bo'lib o'tdi va unda respublikamizdagi 50 OTM jamoalari o'zaro bahs olib bordilar. Tanlov natijalariga ko'ra Namangan davlat universiteti Zakovat terma jamoasi 1-o'rinni g'olibi deb topildi. Quvonarlisi Shundaki universitet terma jamoasida Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi Yusupov Nosirjon ham borligi quvontiradi. Ushbu munosabat bilan fakultet dekani Q.Sidiqov tomonidan yutuqqa erishgan talabalar munosib rag'batlantirildi.
Показать все...
👍 2🔥 1
00:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 📣QADRLI NAMANGANLIK YOSHLAR!!! 🇺🇿Sizlarni 19-iyun soat 19:30da Davlatobod tumanida joylashgan "Afsonalar vodiysi" tematik parkida "Yoshlar oyligi" munosabati bilan bo'lib o'tadigan “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi GALAKONSERTga taklif etamiz. 🎶Dastur mehmonlari yoshlarimiz suygan san'atkorlar, estradamiz yulduzlari Bojalar guruhi, Shohruh REPPER, Benom guruhi, Shohruhxon, Bravo jamoasi vakillari hamda Yoshlar ovozi tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari shuningdek viloyatimizning bir guruh xushovoz xonandalari ishtirok etishadi. 🎙Konsertga kirish mutlaqo BEPUL. #yoshlarkuni #yoshlik #yoshlarbilan @namanganlive24
Показать все...
namangan davlatobod.mp43.01 MB
👍 1
Ассалому алайкум! Ҳурматли факультет деканлари! Бугун соат 19:00 да "Афсоналар водийси" тематик паркида "Янги Ўзбекистон ёшлари бирлашайлик" шиори остида галаконцерт ўтказилади. Шу муносабат билан Чора-тадбирлар режасининг 8-бандида "ҳар бир олий таълим муассасаларидан 1000 нафардан" ёшларни таъминлаш топшириғи берилган. Ушбу топшириқ ижросини таъминлаш мақсадида ҳар бир тюторлар 25 нафардан талабаларни бугун соат 18:00 га (оқ футболка, оқ кепка бўлиши лозим) "Афсоналар водийси" тематик паркига бириктирилган масъуллар (декан ўринбосарлари ва тьюторлар) билан биргаликда иштирокини таъминлашингиз сўралади.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🟩🟩🟩 🏛️ Namangan davlat universiteti Yoshlar ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti Iste'dodli talabalar bilan ishlash sektori 30-iyun Yoshlar kunini munosib kutib olish, o'sib kelayotgan yosh avlod vakillari o'rtasida mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarning mazmun va mohiyatini, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlarini targ'ib qilish maqsadida talaba-yoshlar o'rtasida onlayn tartibda 30-iyun Yoshlar kuni bag'ishlangan “Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘laman!” shiori ostidagi she'rlar tanlovini e'lon qiladi.
🔻 G'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadilar.
✉️Tanlov uchun she'rlaringizni quyidagi telegram manziliga jo'natishingiz mumkin. @Isroilov400 ✈️ Murojaat uchun tel: +998934093449 💬 Iste’dodli talabalar bilan ishlash sektori
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показать все...
😜🤪🤨🧐 Joriy yilning 14 iyun kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan respublika insholar tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 🔺 Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi rahbari Sa'dullayev Alisher Zafar o‘g‘li, so'zga chiqdi va yoshlar oyligida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi. 📝Tanlovga Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari bo'yicha taqdim etilgan ishlarni baholash uchun Fanlar akademiyasi olimlaridan iborat maxsus komissiya tashkil etildi. Tanlov nizom talablariga asosan baholandi hamda tanlov g'oliblari quyidagicha belgilandi.
🥇 -o‘rin Abdullayeva Mohidilxon Dilshodbek qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 🥈-o‘rin Tursunaliyeva Munojot Abdukarim qizi - Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi 🥉-o‘rin Jo‘raboyeva Diyoraxon Bahodir qizi - Namangan davlat universiteti talabasi
👩‍💼 Ushbu tanlovda faxrli 3-o'rinni egallaganligi uchun Jo'raboyeva Diyorani tabriklaymiz va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показать все...
👍 1🔥 1
Joriy yilning 14 iyun kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan respublika insholar tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi rahbari Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li, so‘zga chiqdi va yoshlar oyligida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Tanlovga Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari bo'yicha taqdim etilgan ishlarni baholash uchun Fanlar akademiyasi olimlaridan iborat maxsus Komissiya tashkil etildi. Tanlov Nizom talablariga asosan baholandi hamda tanlov g‘oliblari aniqlandi. 1-o‘rin Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasiAbdullayeva Mohidilxon Dilshodbek qizi 2-o‘rin Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Tursunaliyeva Munojot Abdukarim qizi 3-o‘rin Namangan davlat universiteti talabasi Jo‘raboyeva Diyora Bahodir qizi ikki million so‘m pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Показать все...
Жорий йилнинг 14 июнь куни Истеъдодли ёшларни қўллаб-қувватлаш “Улуғбек” жамғармаси томонидан “Ёшлар ойлигида амалга ошириладиган чора -тадбирлар” мавзусидаги маъруза ташкил этилди. Тадбирда Ёшлар ишлари агентлиги раҳбари Саъдуллаев Алишер Зафар ўғли, сўзга чиқди ва ёшлар ойлигида амалга ошириладиган чора-тадбирларнинг мазмун-моҳияти, тўғрисида батафсил маълумот берилди. Танловга тақдим этилган ишларни баҳолаш учун олий таълим муассасалари ва Фанлар академияси олимларидан иборат махсус Комиссия ташкил этилди. Барча иштирокчиларнинг ишлари махсус Комиссия аъзолари томонидан кўриб чиқилиб, Низом талабларига асосан баҳоланди ҳамда танлов ғолиблари аниқланди. 1-ўрин Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети талабасиАбдуллаева Моҳидилхон Дилшодбек қизи 2-ўрин Тошкент давлат педагогика университети талабаси Турсуналиева Муножот Абдукарим қизи 3-ўрин Наманган давлат университети талабаси Жўрабоева Диёра Баҳодир қизи икки миллион сўм пул мукофоти ва эсдалик совғалари билан тақдирланди.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.