cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali Murojaat uchun: t.me/tosh_vil_maslahat Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56 Sayt: soliq.uz Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_

Больше
Рекламные посты
2 883
Подписчики
-1324 часа
-957 дней
+1 42630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 23-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada to‘lanishi belgilangan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 24-iyunga ko‘chiriladi. 📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. 👉Soliq kodeksi 5-modda 👉Soliq kodeksi 86-modda ______ #календарь_налогоплательщика 🗓 В связи с тем, что 23 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 24 июня. 📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день. 👉ст.5 НК 👉ст.86 НК Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показать все...
04:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi 🔹Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi.
Показать все...
mutahasisi sharxi 2024.06.19_1.mp4187.60 MB
#onlayn_NKT Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi? O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart. Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi. 👉 VMQ-943 23.11.2019 Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim. Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-nazorat kassa texnikalari ro‘yxatini va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlarni olish mumkin. *fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar. ___________ #онлайн_ККТ Мы оказываем услуги общественного питания. В своей деятельности, кроме онлайн-ККТ, используем и другую систему учета (программный продукт). Это незаконно? При осуществлении денежных расчетов с населением субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККТ, интегрированную с информационными системами налоговых органов и внесенную в Государственный реестр. В пунктах торговли (оказания услуг) запрещается одновременное использование наряду с онлайн-ККТ других видов (вторичных) систем учета фискальных данных*. 👉ПКМ № 943 от 23.11.2019 Согласно этому, субъекты предпринимательства, оказывающие услуги в сфере розничной торговли и общественного питания, должны использовать только программные продукты, интегрированные с информационными системами налоговых органов и внесенные в Государственный реестр. Для информации: с перечнем онлайн контрольно-кассовой техники, внесенной в Государственный реестр, и информацией об ее использовании можно ознакомиться на сайте ofd.uz. *Фискальные данные - это данные о расчетах, субъекте предпринимательства, осуществляющем расчеты, другие данные, используемые при расчетах онлайн-ККМ, виртуальных касс либо Маркетплейс или вводимые оператором. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
#seminar 🔹Toshkent viloyati soliq boshqarmasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish maqdasida seminar o‘tkazildi. ♻️Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirok etgan seminarda sohada mehnat qilayotgan yosh xodimlar bilan tizimli ishlarni tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi. 📌Shuningdek, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, borasida tizimda keng qamrovli ishlarni amalga oshirish maqsadida ma’muriy binoning kirish qismiga bannerlar joylashtirildi.
Показать все...
Bo‘stonliq tumanida bajarilayotgan vazifalar ijrosi 🔹Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Tursunboev Bo‘stonliq tumanida bo‘lib, Navro‘z maxalla fuqarolari bilan uchrashdi. ♻️Uchrashuv davomida mutasaddilar soliq to‘lovlari va uni undirish bo‘yicha tushuntirishlar berdilar. 📌Shundan so‘ng, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Bo‘stonliq tumani soliq inspeksiya rahbari Sari qangli maxallasida joylashgan 12-sonli qishloq vrachlik punkida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam bilan yaqindan tanishdi. ❇️Tumanning Boyterak mahallasida tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan jismoniy shaxs bilan muloqot davomida esa uni norasmiy sektordan rasmiy sektorga o‘tkazish va qo‘shimcha 1 ta ish o‘rni yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Показать все...
#Bilganingiz_foyda Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: ➡️foizlar; ➡️dividеndlar; ➡️mol-mulkni ijaraga bеrishdan olingan daromadlar; ➡️soliq to`lovchiga mulk huquqi asosida tеgishli bo`lgan mol-mulkni rеalizasiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni rеalizasiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni rеalizasiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lmagan taqdirda, mol-mulkni rеalizasiya qilish qiymati, ko`chmas mulk bo`yicha esa – kadastr qiymati hamda rеalizasiya qilish narxi o`rtasidagi ijobiy farq daromad dеb e`tirof etiladi; ➡️sanoat mulki ob`еktlariga, sеlеksiya yutug`iga oid patеnt (lisеnziya) egasi bo`lgan soliq to`lovchining patеntdan boshqa shaxs foydasiga voz kеchganda yoki lisеnziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi; ➡️royalti; ➡️ishonchli boshqaruvga bеrilgan mol-mulk bo`yicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad; ➡️Soliq Kodеksining 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan RЕPO opеrasiyalari bo`yicha daromad; ➡️Soliq Kodеksining 327 - 329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, qimmatli qog`ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan opеrasiyalar bo`yicha daromad; ➡️Soliq Kodеksining VII bo`limida bеlgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chеt el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi; ➡️Soliq Kodеksining 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to`g`risidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtiyoz 📌2023-yil 16-noyabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar – 🔸budjet tashkilotlari, 🔸davlat korxonalari, 🔸ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi (Oʻzbekiston tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar bundan mustasno) QQSdan ozod qilingan.
Показать все...
#qonunchilikdagi_yangiliklar Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024) Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda: Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi: 🟩yuqori toifaga – 80-100 % ▫️“AAA” – 100 % ▫️“AA” – 90 % ▫️“A” – 80 % 🟦o‘rta toifaga – 50-70 % ▫️“BBB” – 70 % ▫️“BB” – 60 % ▫️“B” – 50 % ❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan. Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi. 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi. Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori. Tadbirkorlarning reyting darajasi: ⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi; ⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.