cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Karim Raximov

Yo asling kabi ko'rin, Yo ko'ringaning kabi bo'l! Jaloliddin Rumiy https://sites.google.com/view/karimraximov

Больше
Рекламные посты
1 372
Подписчики
-224 часа
Нет данных7 дней
-130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Iqtisodchilar matematikani o'qishi bo'yicha ajoyib tavsiya. Ma'lumot o'rnida: hozircha Toshkentda matematikani o'qitish bo'yicha O'zbekiston Milliy Universitetiga yetadigani yo'q. @karimraximov
Показать все...
👍 86 26🤣 10 6🔥 4😁 3💯 2
03:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
Odatda yozda juda ko‘p ishlayman va ko`p natijalarimni aynan yozda olganman. Erkin va bosimsiz ishlash insonga yangi natijalar olishga ko‘makchi bo‘ladi. Shuning uchun anchadan buyon telegram kanalimda post yozishga vaqtim bo‘lmadi, lekin ajoyib inson Bekzod aka To‘xtasinov tashabbusi bilan qilingan ishlarni ko`rib buni albatta ulashishim kerak deb oyladim. Bekzod aka respekt. Bekzod aka va qilingan ish bo‘yicha to‘liqroq ma'lumot: https://t.me/bazarbaevs/10468 @karimraximov
Показать все...
IMG_1626.MP468.28 MB
👍 56👏 6💯 6 3
Kriptografiya va Matematika Yaqin insoningiz bilan boshqalar tushunmaydigan qilib gaplaringizni shifrlab gapirib ko'rganmisiz? Shuni o'zi kriptografiyadi shifrlashning bir ko'rinishi. Shifrlash anchadan buyon juda dolzarb hisoblanadi va ayni damda esa super dolzarb. Kriptografiyaga yaqinda qiziqib oz oz o'rganib boshlagan edim. Lekin ajoyib yosh matematiklarimizdan biri Dr. Aliyev Abdurahmon mendan oldin qiziqib ancha narsa o'rganib qo'yibdi. Bugun Fikratda shu haqida suhbatlashdik. Matematikani zamonaviy kriptografiyadagi roli juda katta ekanligini ushbu ko'rsatuvda oz bo'lsada anglab olishingiz mumkin deb umid qilaman: https://www.youtube.com/live/8Dr2G9F4BTs?si=vQ21ZxQ4MLKTPKgK @karimraximov
Показать все...
👍 49 12👏 5🔥 4
Repost from Sodiq School
01:11
Видео недоступноПоказать в Telegram
2-son ❤️‍🔥Bu safargi podkastimizda ayrim muammolarga matematiklar nuqtayi nazaridan fikr bildirishga harakat qildik. O‘zbekistonda xalqaro darajadagi matematiklar bormi? Ular yiliga qancha pul topa olishi mumkin? Xalqaro matematik olimpiadani nega yuta olmaymiz? Finlandiya yoki Singapur? Qaysi birining ta’lim tizimi biz uchun ma’qul? Shu kabi savollarga quyidagi spikerlar javob berishadi: Karim Rahimov – V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori. Sardor Bazarboyev – bir necha xalqaro olimpiadalar g‘olibi, xalq ta’limi a’lochisi, matematikaga oid kitoblar muallifi. Azimjon Mahmudov – "Sodiq School" maktabi matematika va SAT fani ustozi, “Abituriyent” gazetasi va kitobi muallifi. Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq – "Sodiq School" maktabi asoschisi, matematika fani ustozi. P.S. bundan keyin buxanka trendga chiqsa kerak. 🕸To'liq videoni ko'rish uchun https://youtu.be/oQhNtTutVhc
Показать все...
Sequence 01_1.mp483.87 MB
👍 43🔥 8 6 2🏆 2😁 1
Inson uchun oddiy lekin robot uchun murakkab! Bilasizmi kundalik hayotda inson miyasi murakkab darajadagi matematikaga tayanib ishlaydi, lekin insonning o`zi buni uncha his qilmaydi. Eng sodda misol: Barchamiz katta yo`llarni kesib o`tganmiz, ayniqsa bizda odatiy hol bo`lgan svetofor ishlamay qolganda bu ishni amalga oshirish ancha diqqat talab qiladi, lekin inson odatda vaziyatni tez tahlil qiladi va o`zi uchun optimal vaqt topib yo`lni kesib o`tadi. Aynan shu vaziyatda robot shu ishni bajarishi uchun nima qilishi kerak bilasizmi? U yo`lni kesib o`tishdagi optimal vaqtni topish uchun xususiy hosilali differensial tenglama yechishiga to`g`ri keladi, bu esa oddiy hisob kitob emas, bu murakkab darajadagi matematika. Inson bu o`zini haligacha to`liq anglay olmagan bir mo`jiza. O`zimizni oz bo`lsada anglay olish undan tashqari dunyoda o`z o`rnimizni munosib egallash uchun kompleks bilim kerak bo`ladi, bu uchun esa ilm olishdan, murakkab bo`lsada yuqori darajadagi aniq fanlarni o`rganishdan to`xtamaslik kerak. O`zimiz o`rgana olmasak ham hech bo`lmaganda shu fanlar muhimligini his qilishimiz va yoshlarni aniq fanlarni chuqur o`rganishga targ`ib qilishimiz lozim. @karimraximov
Показать все...
89👍 64 9🔥 2👏 2💯 2
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin! Alloh vatanimizga tinchlik bersin barchamizni iymonimizni mustahkam qilsin, xalqimizga ilm bersin, musofirlarimizga kuch quvvat bersin, zolimlarga insof bersin va tez orada bizni ozod Falastin bilan mukofotlasin! @karimraximov
Показать все...
👍 81🔥 28👏 8 4 2
Ozginadan keyin Fikrat dasturida Fraktallar haqida gaplashamiz: https://www.youtube.com/live/Igh0gckoZ80?si=ruPOwo_rTKKbFSSh @karimraximov
Показать все...
👍 39 14🔥 10🏆 4👏 2 1💯 1
Sen ratsional emassan, irratsionalsan, buni bilish uchun necha necha matematiklar umrini senga bag`ishladi. Seni verguldan keyingi sonlaringni topish uchun qanchadan qancha matematiklar doiraga ichki va tashqi ko`pburchaklar chizib yuzalarni solishtirdi. Seni yetarlicha aniqlikda topish uchun 2^62-burchakni yuzi bilan ishlashlariga to`g`ri keldi. Lekin Nyuton seni yetarlicha aniqlikda topishning eng yaxshi usuli bo`lgan qatorni integrallash usuli bilan seni aniqlashni o`ylab topdi va Matematik analiz rivojlanishiga katta poydevor qo`ydi. Hozir kompyuterlar seni verguldan keyingi millionlab raqamlaringni topyabdi, lekin bu ham seni to`liq anglash imkonini bermaydi, sen takrorlanmassan. Bugun sening kuning (03.14), lekin o`zing bilmaysan janob π=3.14159265... Xalqaro matematiklar kuni bilan barchani tabriklayman, doimo π sonidek muhim, murakkab va o`rganilishga arziydigan bo`lib yuring! @karimraximov
Показать все...
135👏 51👍 34🤣 6 5😁 4🔥 2
Kirib kelgan Ramazon oy barchamizga muborak bo'lsin!!! @karimraximov
Показать все...
👍 138🔥 24 7 2👏 2🏆 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#aynidamda #live Hakimjon bilan O'zbekiston Milliy Universitetida! @karimraximov
Показать все...
👍 102👏 9 4🔥 3🤣 3🏆 3
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.