cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

.

Больше
Узбекистан24 671Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
618
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

DUNYODA POYMOL ETILGAN HAQLAR OXIRATDA O'Z EGALARIGA QAYTARILADI. Qiyomat kuni ummati muhammadiya a'zolaridan biri hisob-kitob qilinish uchun Alloh huzuriga keladi. Uning nomai a'molida namoz, ro'za, zakotning tog'dek ulkan savoblari bo'ladi. Sirtdan qaraganda, bunday odamning hisobi yengil o'tadigandek, nomai a'moli o'ng tarafdan berilib, jannatga kiradigandek ko'rinadi. Biroq hali ish nihoyasiga yetgani yo'q. Chunki uning odamlar bilan o'zaro oldi-berdisi turibdi: u kimnidir so'kkan, haqoratlagan, g'iybat qilgan, kimningdir hurmatini oyoqosti qilgan, allakimga bo'hton toshlarini otgan, birovlar haqqini yegan, tarozidan urgan, yana kimningdir qonini nohaq to'kkan, odam o'ldirgan, boshqalarga qo'li bilan aziyat yetkazgan, urgan, kaltaklagan. Xullas, birovlardan ancha-muncha qarzi bor ( U qo'lida 5000 dinori bor odamga o'xshaydi. Boshqalar uni boy deb o'ylashadi. Shuncha puli bo'lsa-da, lekin bo'ynida 8000-9000 dinorlik qarzi bor. Undagi mablag' qarzni to'lashga yetmaydi. Qiyomatdagi muflis (muflis - mol-mulkidam ayrilgan, kasodga uchragan odam) holati ham shunday. Solih amallari savobi mazlumga yetkazilgan zararni qoplashga kamlik qiladi). Shunda namozi, ro'zasi, zakoti savobidan haligi ishlari uchun badal to'lanadi. Ya'ni, qilgan jinoyatlari evaziga uning savoblari mazlumlarga olib beriladi. Agar qarzlari to'lab bo'linishidan oldin savoblari tugab qolsa, mazlumlar gunohi uning bo'yniga yuklanadi. Shundan keyin - gunohiga yarasha jazolanishi uchun - do'zaxga tashlanadi... Inson farzandi dunyoda ming mashaqqat bilan ibodat qilsa-yu, huzurini boshqalar ko'rsa, zahmat chekib ishlagan savoblaridan bir zumda ayrilsa... Bu ham yetmaganidek, jahannamga tashlansa... Bundan ham ortiq halokat, mag'lubiyat bo'ladimi??! Demak: 1. Quruq namoz o'qish, ro'za tutish, zakot berish yoki hajga borib-kelish bilan ish bitmaydi. Solih amallar qilishdan tashqari gunohlardan, ayniqsa, o'zgalar haqi bilan bog'liq og'ir gunohlardan: g'iybat, tuhmat, haqorat, urib-so'kish, o'g'rilik, odam o'ldirish va hokazolardan tiyilish ham zarur. Zero, tirikligida qilgan jinoyatlari soni ko'payib ketsa, namoz ham, ro'za ham, zakot ham foyda bermay qolarkan. Chunki qing'ir ishlar gunohini yuvish uchun ezgu amallar savobi yetmay qolishi xavfi bor. 2. Oxiratda har bir ish Alloh tarafidan hisob qilinadi. Agar biron kishi dunyoda zulm ko'rgan bo'lsa, uning haqi zolimdan olib beriladi. Hech bir holat, hatto ikki taraf allaqachon unutib yuborgan mayda masalalar ham nazardan chetda qolmaydi. Dunyoda toptalgan haq huquqlar qiyomat kuni egalariga olib beriladi. 3. Banda tirikligida kimdan qancha qarzi bo'lsa, hammasini to'lagani, ko'nglini o'ksitgan odamlardan uzr so'rab, roziligini olgani, birovning haqini yegan bo'lsa, molni egasiga qaytargani ma'qul. Chunki o'zaro hisob-kitoblarni oxiratga qoldirmasdan, ko'z ochiqligida hal etib olinsa, qiyomat kuni ishi yengilroq bo'ladi.
Показать все...
Показать все...
🥲🥲🥲 Yuragimni siq sen, yo'q qil Unutgan narsamni eslatib🕯 Meyli, Allohga hammasi oson… eng go'zali keladi hali… Bir opaga nicklari Muhammad Sodiq edi: Saodat asri qissalarini 1-2qismini 1,5 oy oldin bergandim.. meni topa olmayaptilar shekl🥺 Student qiz kelgandi, ismini bilmayman: Zo'rg'a erishgan, Madina hadya qilgan: “Ihyo ulumid din” G'azzoliy Van Lav shuni kitobini bergandim🥲🥲🥲🥲
Показать все...
Siz tanigan Bushro endi shu yerda ;)
Показать все...
@Robiyabdu 💕🕯 Faqat qizlar uchun! Erkaklar kirmasin!
Показать все...
Assalamu alaykum Abdusamatova Bushrodan kitob olib qaytarmagan shaxslar (:/) Bushroga kitobi qaytaring. @dugonalar_uchun_bot ga yozishingizni iltimos qilardim…
Показать все...
1.49 MB
Namozga ehtiyot bo'ling... Turli ilmlarni olaman deb yuguramiz, lekin o'xshamaydi, nega? Balki ilm olaman deb farz bo'lgan namozni zoye qilayotgandirmiz... Qur'onga ehtiyot bo'ling... Qabrda, oxiratda yoningizda qoladigan narsalar shu... Oz-ozdan bo'lsa ham o'qishni tark qilmang...
Показать все...
Umar roziyallohu anhu jon berar chogʻlarida : "Namozga mahkam boʻling ! Namozga beparvo boʻlmang ! Namozni tark qilgan kishining Islomda nasibasi yoʻq ! Namozini saqlaganni Alloh saqlaydi ! Namozini zoye qilganni Alloh zoye qiladi ! " Dedilar
Показать все...
Join❤️
Показать все...