53-DIUM RASMIY
Открыть в Telegram
642
Подписчики
-324 часа
-47 дней
-1930 дней
Архив постов
+4
53-maktabda Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi oʻquvchilar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va adabiyotga qiziqishni yanada oshirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida maktab oʻquvchilari shoirning sermazmun va yuraklarga yaqin she’rlaridan namunalar yod olib, ifodali tarzda ijro etdilar. Ayniqsa, ona Vatan, muhabbat va insoniylikni ulugʻlovchi satrlar yigʻilganlarga chuqur ta’sir qoldirdi. Sahna koʻrinishlari, badiiy chiqishlar va qoʻshiqlar orqali Muhammad Yusuf ijodi keng yoritib berildi.
Shuningdek, tadbirda oʻqituvchilar tomonidan shoir hayoti va ijod yoʻli haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Oʻquvchilar uning hayoti, ijodiy merosi va oʻzbek adabiyotidagi oʻrni haqida yanada kengroq tasavvurga ega boʻldilar.
Ushbu tadbir oʻquvchilarda adabiyotga boʻlgan mehrni yanada kuchaytirib, ularni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
