53-DIUM RASMIY
Открыть в Telegram
630
Подписчики
+124 часа
+57 дней
-630 дней
Архив постов
Har bir abiturientning yagona orzusi — talaba bo‘lish. Talaba bo‘lish uchun o‘qish izlanish va doimo harakatda bo‘lish kerak.
Bizning 2023-2024-o‘quv yili maktab bitiruvchi o‘quvchilari ham talaba bo‘lishdi. Talaba bo‘lgan o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini maktab jamoasi chin qalbdan tabriklaydi.
TALABALIK MUBORAK AZIZ O‘QUVCHILAR!!!
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
Bizning kanalga obuna bo'ling.
53-DIUM RASMIY
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+o0dtux28HCs5M2Qy
17 авг. 2024, 12:41
+2
Sizga ma'lumki NAMANGANDA PREZIDENT SOVRINI UCHUN O’TKAZILGAN “XORIJIY TILLARNI O’QITISH BO’YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G’OLIBI BO‘LGAN 53-sonli maktab o‘quvchilari tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.
Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘lim boshlig‘i S. Mamatvaliyev 53-maktabga tashrif buyurib, o‘quvchilarni tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. PREZIDENT SOVRINI UCHUN O’TKAZILADIGAN “XORIJIY TILLARNI O’QITISH BO’YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING Respublika bosqichida o‘quvchilarga omad tilab, ularga g‘olib bo‘lishlariga ishonch bildirdilar.
17 авг. 2024, 09:18
Yangi o‘quv yili arafasida ota-onalarga qulaylik yaratish uchun Chortoq tumanidagi 53 - sonli maktabda yarmarka tashkil etildi. Unda tashkil etilgan mazkur yarmarkada ota – onalar, maktab direktorlari ishtirok etdi.Yarmarkada ishtirok etgan ota-onalar o’gil-qizlar uchun milliy mentalitet va fasllarga mos, sifatli ishlab chiqarilgan maktab liboslarni yuqori baholadi. Mahsulot borasida tadbirkorlar tomonidan batafsil tushunchalar berilib, amaliy jarayonlar orqali ko’rsatib o’tildi.
“Farzandimga maktab formasini sotib oldim, xarid qilish ancha qulayligi, narxning arzonligi menga manzur boʻldi ", — deydi yarmarkada ishtirok etgan ota-onalar. Tashkil etilgan yarmarkada maktab formasining sifatliligi va hamyonbopligi barchaga manzur bo‘lib, bugunning o‘zida 400 dan ortiq maktab formasi sotildi.
Quvonarlisi, izlanish va intilish, yangi davr odimlariga muvofiq 53-maktabning pedagogik jamoasi o’ziga xos tashabbus ko’rsatib, yangi o’quv yilini bir xil maktab yangi maktab formasida faoliyatlarini boshladilar.
Shuningdek, muassasada yangi o’quv yili oldidan tumandagi barcha maktab direktorlari ishtirokida ta’lim sifatini oshirish, maktablarni ham mazmun, ham sharoit jihatidan yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.
17 авг. 2024, 06:41
+2
📣📣📣DIQQAT E'LON 📣📣📣
📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
📆Namangan viloyati Chortoq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 53-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabiga 2024-yil 17-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan ARZONLASHTIRILGAN maktab libosi hamda o‘quv qurollari yarmarkasiga taklif etamiz!
🔊 Hurmatli ota-onalar arzonlashtirilgan yarmakada SIZ ⚡️
✅har bir yosh doirasi uchun maktab libosi tanlab olasiz
✅maktab libosi arzonlashtirilgan narxlarda
‼️Hurmatli ota-onalar arzonlashtirilgan yarmarkaga marhamat!
15 авг. 2024, 12:59
+2
📣📣📣DIQQAT E'LON 📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
📆Namangan viloyati Chortoq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 53-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabiga 2024-yil 17-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan ARZONLASHTIRILGAN maktab libosi hamda o‘quv qurollari yarmarkasiga taklif etamiz!
🔊 Hurmatli ota-onalar arzonlashtirilgan yarmakada SIZ !
✅har bir yosh doirasi uchun maktab libosi tanlab olasiz
✅maktab libosi arzonlashtirilgan narxlarda
‼️Hurmatli ota-onalar arzonlashtirilgan yarmarkaga marhamat!
15 авг. 2024, 12:55
15 авг. 2024, ~12:59
YIL NOMLARI
1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili.
15 авг. 2024, 09:38
❗️«208 ta davlat qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda ko'rsatib, DUNYODA 13-O'RIN, OSIYODA 4-O'RIN, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida faxrli 1-O'RINNI egallashdi!»
Prеzidеnt tabrigi
12 авг. 2024, 10:22
Ўзбекистон спорт делегацияси Париж Олимпиадасидаги иштирокини якунлаб, тарихий натижага эришди. Ўйинларнинг охирги кунида боксчиларимиз Баҳодир Жалолов ва Абдумалик Ҳалоков, эркин курашчи Разамбек Жамалов олтин, таэквондочимиз Светлана Осипова ва оғир атлетикачимиз Акбар Жўраев кумуш медалларни қўлга киритди. Бугун Президент Шавкат Мирзиёев улар билан ҳамда 9 август куни бронза медалига сазовор бўлган эркин курашчимиз Ғуломжон Абдуллаев билан телефон орқали мулоқот қилди.
Давлатимиз раҳбари бутун халқимиз номидан чемпион ва совриндорларни самимий табриклаб, мураккаб курашларда кўрсатган юксак маҳорати ва матонати учун миннатдорлик билдирди. Уларнинг ота-оналари ва мураббийларига эл-юртга муносиб шундай ўғил-қизларни тарбиялагани учун раҳмат айтди.
11 авг. 2024, 13:41
