53-DIUM RASMIY
Открыть в Telegram
638
Подписчики
Нет данных24 часа
-87 дней
-2430 дней
Архив постов
+9
14- yanvar Vatan himoyichilari kuni munosabati bilan 2-"A" sinf oʻquvchilari oʻrtasida diktantlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda IbragimovaMehrinoz,Ne'matillayeva Muhtaram va Dilshodova Faridaxonlar gʻolib boʻldi
+7
2-A sinf oʻquvchilari oʻrtasida 14- yanvar Vatan himoyichilari kuni munosabati bilan "Men kichik ijodkor" tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda A'zamjanova Mubina,Obidjonova Farzona va Xolmuhammadov Shahrizoda gʻolib boʻldi
+9
14- yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan 1-"G" sinfning alp yigitlari o‘rtasida "Diktantlar tanlovi" tashkil etildi. Barchalari katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. G‘oliblar aniqlanib, rag‘batlantirildi. Qolgan barcha yigitlar ham mukofotlanildi.
+5
Bugun 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 53-maktabda 5-“V” sinf o‘quvchilari tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar Vatanga muhabbat, mardlik va jasoratni tarannum etuvchi she’rlar o‘qishdi, vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni ijro etishdi hamda sahna ko‘rinishlari orqali harbiylarimizning sharafli mehnatini yoritib berishdi.
+3
Bugun 53-maktabga MMTB mudiri Sh.Turgʻunova tashrif buyurdi.
Tashrif davomida maktab binosining isitilish tizimi, o‘quv xonalarining jihozlanishi hamda ta’lim jarayoni uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Sh. Turgʻunova mavjud imkoniyatlarni yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha muhim tavsilar berdi.
Mazkur tashrif maktabimizda ta’lim sifatini yanada oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
+4
Yosh informatiklar to'garagi jarayonlarida o'quvchilar bilan MS EXCEL dasturida matematik amallarni mustaqil bajarishdi.
