53-DIUM RASMIY
Открыть в Telegram
637
Подписчики
-224 часа
-127 дней
-2330 дней
Архив постов
+3
11- a sinfda " Kelajak soati" darsidan fotolavhalar
Mavzu: " Bir yaxshilik haqida"
+5
9 a sinf Kelajak soatidan fotolavhalar.Mavzu:Bir yaxshilik haqida. O'q'uvchilar bir birlari bilan o'zaro fikr almashdilar.
+4
Chortoq tumani 53- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi Sharipova Nodira tomonidan Fevral -"Zararli odatlar va qaramlikning oldini olish oyligi doirasida 5- sinf oʻquvchilari oʻrtasida" Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida rasmlar tanlovi hamda suhbat oʻtkazildi.
Maqsad: Oʻquvchilarda oʻz kuchli tomonlarini anglash , oʻziga ishonch hosil qilish, sogʻlom turmush tarzining ularni kuchli qiladigan jihatlarini tanish.
Bugun 7-“A” sinf o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa ko‘tarinki ruhda, sportga xos halollik va do‘stlik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligiga, kelajagiga va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida tushuntirishlar berildi.
Futbol bahslarida sinf o‘quvchilari faol ishtirok etib, jamoaviylik, chaqqonlik va epchillik namunasini ko‘rsatdilar. G‘olib jamoa ragʻmatlantirildi.
Mazkur sport tadbiri o‘quvchilar qalbida sog‘lom hayotga intilish, zararli odatlarga qarshi qat’iy munosabat va bir maqsad yo‘lida birlashish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Tashkilotchilar:
7-A sinf rahbari Zebo Azimova hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Raxmonjon Mirzaaxmedov.
+2
📚📚📚 Chortoq tuman MMTB ga qarashli 53-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumta'lim maktabning
Yosh kitobxon to'garak a'zolari bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan sovg'a qilingan
"Ildiz" to'plami 10 ta buyuk allomalarning bolalik hikoyalarini o'qib,mutolaa qilindi.
"Ildiz "- o'zbek xalqining chuqur ildizlari,qadriyatlari haqida loyiha.Unda ulug' ajdodlarimizning bolalik siymosi gavdalantirilgan.
Kutubxonachi. Asqarova Hosiyatxon
Kitob mutolaasi inson hayotida muhim o'rin tutadi.Kitob-bu bilim manbai,tafakkur charxi va ma'naviyati ozuqasidir.
Kutubxonaga sayohatni sinf rahbari Zebo Azimova va maktab kutubxonachisi Hosiyatxon Asqarovalar bilan birgalikda olib borildi.
+4
📚📚📚 Kitob targ'iboti.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqishini oshirish chora- tadbirlari to'g'risida 2026 yil 15- yanvar 9-sonli qarorni targ'ib qilish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish o'quvchi yoshlarimizni kitob o'qish mutolaasini shakllantirish maqsadida
Chortoq tuman MMTB.ga qarashli 53-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumta'lim maktabning 7-A sinf o'quvchilari Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan kutubxonaga sayohat uyushtirildi.
Kutubxonada o'quvchilar yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtirib chiqildi,va elektron bo'limini ham ko'rib chiqishdi,va mutaxassislar tomonidan kitoblarni ko'rsatib, tushuntirib o'tishdi.O'quvchilarimiz yangi adabiyotlardan olib, mutolaa qilishdi,hamda tumanimiz kutubxonasiga a'zo bo'lishdi.
Kitob o'qish aqliy salohiyatimizni kuchaytirib,tasavvurimizni boyitadi.
