cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси. Саволлар бўлса: [email protected] почта манзилига юборинг✅ Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22 Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi

Больше
Рекламные посты
4 079
Подписчики
+1024 часа
+347 дней
-1330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

⚡️Texnikumni muvaffaqiyatli tugatganlar OTMda 2-kursdan o'qish uchun yetarli kredit to'plashi kerak Hukumatining tegishli (11.01.2022-yildagi 17-son) qarori bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lganlar muvaffaqiyatli tamomlaganlar bitiruvchilar hisoblanadi. Shunday yoshlar tegishli ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi. Asosiy o‘zgarishlardan biri, texnikumlarda ham 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimi joriy etilganligidir. Endi talabalar OTM larga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina suhbat bosqichiga o‘tadi. Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar tegishli (texnikumda tahsil olgan) yo‘nalish doirasida OTM larga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu yangi tartib 2023/2024-o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab kuchga kiradi. @TEXNIKUMLAR
Показать все...
👍 6
#Диққат #Расман ‼️ОТМга кириш тест синовлари 14-28-июль кунлари ўтказилади. Бу ҳақда Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Конгратбай Шарипов Қонунчилик палатасидаги “Ҳукумат соати”да айтиб ўтди. Абитуриентларга юбориб қўямиз! @TEXNIKUMLAR
Показать все...
👍 3😡 1
#Qabul2024 #Professional_taʼlim ⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. ➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: ✔️Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✔️Matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball. ✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball. ➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha: ✔️1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. ✔️2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. 👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. 📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189. ➡️Faylni yuklab olish ☝️Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. @TEXNIKUMLAR
Показать все...
👍 8 1
#Qabul_2024 #Professional_taʼlim ⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi. ✔️Shundan: ▶️ Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta; ▶️ Dual ta’lim shakli – 14 324 ta. 💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈 💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈 Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi. @TEXNIKUMLAR
Показать все...
🔥 2👍 1
⚡️Professional ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. @TEXNIKUMLAR
Показать все...
👍 3
#qabul_2024 #infografika Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi 7-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 35 ming 692 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan, 23 ming 296 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 12 ming 396 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir. @TEXNIKUMLAR
Показать все...
👍 5
Бу йил ўқишга топширадиганлар учун маслаҳат Университетни танлашда, нафақат олдинги ютуқларингизни қадрлайдиган, балки уларни ортда қолдириш учун имкониятлар яратадиган университетни танланг, университетга кирган қанча иқтидорли болаларни биламан, 1-2 йилда ном-нишонсиз “йўқолиб” кетади. Сизнинг ўсишингизни қўллаб-қувватлайдиган, сизни дунёқарашингизни кенгайтиришга ундайдиган ва ҳар бир кунни аввалгисидан яхшироқ қилиш учун сизни замонавий кўникмалар билан таъминлайдиган университетни қидиринг. Сифатсиз университетда тўлиқ грантга ўқигандан кўра ўз пулингизга сифатли жойда 100% контрактда ўқинг. Ёлғон рекламага алданманг! Университетни яхшилаб ўрганиб чиқинг, у ерда ўқиб турганларнинг фикрини олинг. Университетдан сўранг, тўрт йилдан сўнг олган билимингиз сизга камида 1000 АҚШ долларида ойлик олиш имконини берадими? Акс ҳолда, бошқа жойни қидиринг. Ўқиш давомида ҳар йили сизнинг тажрибангиз ва кўникмаларингиз даромад потенциалингизни камида 250 долларга ошириши керак. Охирги йиллар ўзидан олдингиларни йўлини танлаб, тўрт йил ўқиб, ойига 300 доллар эвазига ишга рози бўлганларни ҳақиқатан ҳам тушунолмайман! 10-15 йил олдин одамларда сизда мавжуд бўлган имконлар йўқ эди, шунинг учун улар керакли билим ва малака билан битирмаган ва бутун умри давомида кам маошга ишлашга рози бўлишган. Аммо бугунги кун бошқача - осонгина таслим бўлманг. Келажагингиз учун интилинг ва курашинг. Бугунги кунимиз кечагидан, эртанги кунимиз бугундан яхшироқ бўлиши керак. Ҳатто ҳадиси шарифда: “Кимнинг кечаги ва бугунги куни бир ҳил бўлса, зиёндадурлар”, дейилган. Келажак ёшлари университетни битиргандан сўнг, устозидан кўп ойлик топиши керак, чунки у бозорга янги билимлар билан кириб боради, янги дунёнинг бир парчасига айланади. Бу эволюциядир!
Показать все...
👍 13🔥 4 3
⚡️Ertaga, 8-iyun kuni abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli yakunlanadi Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi. ✅ Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi. Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari: 👉 https://t.me/uztdi/6770 Ushbu tavsiyanoma qanday imtiyoz berishi haqida batafsil bu yerda: 👉 https://t.me/uztdi/6792 ❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. ⏳❓Tavsiyanoma muddati qancha? 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. ‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi. ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi. @TEXNIKUMLAR
Показать все...
Ta'lim nazorati

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan grantga tanlov uchun tavsiyanoma haqida Granti asosidagi oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: ✔️ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori(980 ming so‘m)ning 0,527 baravaridan (516 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi; ✔️ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; ✔️ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; ✔️ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; ✔️ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan…

#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) @TEXNIKUMLAR
Показать все...
👍 6🔥 1
#brifing ⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi. 💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. 🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✔️fanlar majmuasi; ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi. ↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi; ✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. 🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ✔️oliy taʼlim muassasasi; ✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✔️taʼlim shakli; ✔️tanlov ustuvorligi. 🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ✔️kollej va (yoki) texnikum; ✔️kasb va mutaxassislik; ✔️taʼlim shakli. 🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin. @TEXNIKUMLAR
Показать все...
👍 9😡 3 1