Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Открыть в Telegram
Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Больше1 585
Подписчики
+524 часа
+197 дней
+2730 дней
Архив постов
🚌 RASMIY MUNOSABAT
Nazarbek hududida jamoat transporti qatnovlarini yaxşilaş böyiça yangi yönalişlar taşkil etiladi
📢 Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Nazarbek hududida jamoat transporti yetişmasligi, avtobuslarni uzoq kutişga töğri kelayotgani hamda Toşkent şahriga qatnovçi avtobuslar sonini köpaytiriş yuzasidan bildirilgan murojaat böyiça Toşkent şahar Transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
🚍 Amaldagi avtobus yönalişlari
Hozirgi kunda Toşkent viloyatining Zangiota tumanini Toşkent şahri bilan boğlovçi 15 ta avtobus yönalişi brutto-şartnoma asosida faoliyat yuritmoqda.
Jumladan:
🔹 134-sonli “Boğişamol mahallasi — Çilonzor metrosi” avtobus yönalişida 11 ta “Yutong GAZ” rusumli katta siğimli avtobus xizmat körsatib, kun davomida 134 ta qatnovni amalga oşiradi. Avtobuslarning örtacha harakat oraliği 13 daqiqani taşkil etadi.
🔹 135-sonli avtobus yönalişida 9 ta “SAZ LE-60” rusumli avtobus xizmat körsatib, kun davomida 119 ta qatnovni amalga oşirişi rejalaştirilgan. Mazkur yönalişda avtobuslarning harakat oraliği 14 daqiqani taşkil etadi.
Bundan taşqari, 1253-sonli “Töqimaçilar-15 — Çilonzor metrosi” hamda 1254-sonli “Töqimaçilar-15 — Çorsu savdo markazi” yönalişlarida yönalişli taksilar ham aholiga transport xizmatlarini körsatmoqda.
🚌 Yangi avtobuslar va yönalişlar taşkil etiladi
“Keles Renesans” MÇJ tomonidan Xitoyning “ZHONGTONG” kompaniyasida işlab çiqariladigan 54 ta yangi avtobusni xarid qiliş böyiça şartnoma imzolangan va dastlabki tölovlar amalga oşirilgan.
Uşbu avtobuslarning 2026-yil noyabr oyi oxiriga qadar yetib kelişi kutilmoqda.
🛣 Yölovçilar oqimini inobatga olgan holda, yangi avtobuslarni Toşkent viloyatining Toşkent va Zangiota tumanlarini Toşkent şahri bilan boğlovçi, brutto-şartnoma asosida taşkil etilişi rejalaştirilgan quyidagi yönalişlarga biriktiriş közda tutilgan:
🔹 162-sonli — “Quşqöndi mahallasi — Çorsu savdo markazi AŞB”;
🔹 163-sonli — “Töqimaçilar mahallasi — Çorsu savdo markazi AŞB”;
🔹 167-sonli — “Toşkent jamoa xöjaligi — Çorsu savdo markazi AŞB”.
📍 Xususan, 163-sonli “Töqimaçilar mahallasi — Çorsu savdo markazi AŞB” yönalişi Toşkent viloyatidagi Töqimaçi mahallasi, Nazarbek va Tarnov hududlari, Şifobaxş suvlar hamda Beruniy köçalari orqali harakatlanişi rejalaştirilgan.
✅ Yangi yönalişlarning işga tuşirilişi Toşkent va Zangiota tumanlari aholisining poytaxtga qatnov imkoniyatlarini kengaytiriş, avtobuslarni kutiş vaqtini qisqartiriş hamda amaldagi yönalişlardagi yölovçilar yuklamasini kamaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Aholiga qulay, işonçli va sifatli jamoat transporti xizmatlarini körsatiş yönalişidagi işlar davom ettiriladi.
🚌 JAMOAT TRANSPORTI: KECHA VA BUGUN
Toshkent jamoat transporti yillar davomida katta o‘zgarishlarga yuz tutdi. Bugun zamonaviy avtobuslar, yangilangan bekatlar va raqamli to‘lov tizimlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning yangi bosqichini namoyon etmoqda.
Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
🚌 JAMOAT TRANSPORTIDAN KIMLAR BEPUL FOYDALANISH HUQUQIGA EGA?
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 278-I-sonli Qonuniga muvofiq, quyidagi toifadagi fuqarolar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega:
✅ 1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatchilar;
✅ 1941–1945-yillardagi urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
✅ Urush davrida front ortidagi fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
✅ Afg‘oniston va boshqa mamlakatlar hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar;
✅ Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hamda kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
✅ “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;
✅ Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
✅ O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
✅ Nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxs.
💳 IMTIYOZLI TRANSPORT KARTASINI QANDAY OLISH MUMKIN?
Bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartasini rasmiylashtirish jarayoni elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
📲 Fuqarolar kartani olish uchun my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishlari mumkin.
📬 Rasmiylashtirilgan imtiyozli transport kartasi UzPost milliy pochta operatori orqali arizada ko‘rsatilgan pochta manziliga yetkazib beriladi.
🚌 Jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi — yo‘lovchilar uchun yaratilgan muhim ijtimoiy imkoniyat!
📢 E’LON!
2026-yil 21-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)
Toshkent shahar hududidagi shahar avtobus yo'nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:
▸158 - Kensoy qo'rg'oni-Yunusobod Universam bekati (Ikkala tomondan) (M3)
⚠️ Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
⚡️ DIQQAT, E’LON!
🚍 Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Beruniy ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli 181-sonli avtobus yo‘nalishi harakati vaqtinchalik Samarqand, Nazirova va Beshariq ko‘chalari orqali tashkil etiladi.
⚠️ Mazkur hududda transport oqimining ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli sababli avtobuslarning qatnov intervallari uzayishi, shuningdek, yo‘nalish harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
📢 Yo‘lovchilardan ushbu holatni inobatga olib, safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
📢 E’LON!
2026-yil 16-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)
Toshkent shahar hududidagi shahar yo'nalishli taksi yo'nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:
▸13 I - Qoraqamish 2/5 mavzesi-Chilonzor buyum bozori AShB (Ikkala tomondan) (M2)
⚠️ Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
⚡️ DIQQAT, MUHIM E’LON!
Toshkent shahridagi Katta Darxon ko'chasida joylashgan "Ekskavator zavodi" bekatining avtobuslarni sig'dirish imkoniyati cheklanganligi inobatga olindi. Shuningdek, yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlash maqsadida 58-sonli avtobus yo‘nalishining harakati "Darxon maydoni" bekatigacha qisqartirilmoqda.
🚌 2026-yil 19-oktabrdan boshlab ushbu yo'nalishdagi avtobuslar harakati ko'rsatilgan bekatgacha amalga oshiriladi.
Yo'lovchilarimizdan ushbu o'zgarishni hisobga olgan holda o'z safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so'raymiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
⚡️ DIQQAT, MUHIM E’LON!
Toshkent shahri yo'lovchilaridan kelib tushgan murojaatlar inobatga olinib, Dilsaroy ko'chasini jamoat transporti bilan ta'minlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 100-sonli avtobus yo‘nalishining harakat yo'li o'zgartirilmoqda.
🚌 2026-yil 19-oktabrdan boshlab ushbu yo'nalishdagi avtobuslar quyidagi ko'chalar orqali harakatlanadi:
🔹Darxon ko'chasi
🔹Yangi Olmazor ko'chasi
🔹Dilsaroy ko'chasi
🔹Sag'bon ko'chasi
Yo'lovchilarimizdan ushbu o'zgarishni hisobga olgan holda o'z safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so'raymiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
🚌 TOSHKENT SHAHAR JAMOAT TRANSPORTINING 15-OKTABR HOLATIGA KO‘RA KO‘RSATGICHLARI
📊 2026-yil 15-oktabr kuni Toshkent shahar jamoat transportida 1 410 444 nafar yo‘lovchi tashilgan.
Yo‘l haqini to‘lamaganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan yo'lovchilar 1 054 nafarni tashkil qiladi.
📅 2025-yilning shu kunida esa 1 307 918 nafar yo‘lovchi tashilgan va yo‘l haqini to‘lamaganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan 299 nafar yo'lovchi.
📈 2025-yilning mos kuniga nisbatan:
🟢 Tashilgan yo‘lovchilar soni 102 526 nafarga yoki 7,8 foizga oshgan.
🔴 Yo'l haqini to'lamaganlik uchun ma'muriy javobgarlik 755 taga yoki 252,5 foizga oshgan.
💳 Hurmatli yo‘lovchilar!
Jamoat transportidan foydalanishda yo‘l haqini o‘z vaqtida, ya’ni avtobusga chiqishingiz bilanoq to‘lashingiz lozim. To‘lovni kechiktirmang va belgilangan tartibga rioya qiling.
✅ Yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash — har bir yo‘lovchining majburiyati!
Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
📢 DIQQAT, E’LON!
Toshkent viloyati Toshkent tumani Qizg‘aldoq mahallasidagi Mustaqillik ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li (THAY) bilan kesishmasidan temir yo‘l kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘l qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.
Shu sababli, 2026-yil 15-oktabrdan boshlab 65-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Mustaqillik ko‘chasi orqali emas, balki THAY va Keles yo‘li orqali vaqtinchalik tashkil etiladi.
Mazkur o‘zgarish yo‘l qurilish-montaj ishlari yakunlanib, transport harakati qayta tiklangunga qadar amal qiladi.
⚠️ Yo‘nalish harakati o‘zgartirilishi munosabati bilan avtobuslarning qatnov oraliqlari uzayishi mumkin.
Yo‘lovchilardan o‘z qatnovlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
📍 Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
📢 E’LON!
Toshkent shahar hududidagi shahar yo'nalishli taksi yo'nalishlarini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:
2026-yil 16-oktabr, soat 14:00 (vaqtinchalik shartnoma asosida)
▸76 M TTZ AShB-Chorsu savdo markazi (Ikkala tomondan) (M2)
2026-yil 12-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)
▸76 M - TTZ AShB-Chorsu savdo markazi (Ikkala tomondan) (M2)
▸29 M- Zarafshon mahallasi-Chilonzor metrosi (Ikkala tomondan) (M2)
⚠️Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
🚌 Tarif rejalari bilan yo‘l haqi arzonroq!
Toshkent jamoat transportida bir martalik elektron to‘lov — 2 500 so‘m, naqd pulga xarid qilinadigan QR-chipta — 3 000 so‘m.
✅ Barcha aholi uchun tarif rejasi muddatiga qarab chegirmalar:
▫️ 1 oygacha — taxminan 23%
▫️ 3 oy — 30%
▫️ 6 oy — 40%
▫️ 1 yil — 50%
👥 Talabalar, maktab o‘quvchilari, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha imtiyoz!
Ushbu toifadagi yo‘lovchilarga barcha aholi uchun amal qiladigan tarif rejalaridagi 50% gacha chegirmadan tashqari, shaxsiy imtiyozli transport kartasi orqali chegirmali tarif narxidan yana qo‘shimcha 50% chegirma taqdim etiladi.
Ya’ni umumiy tarif chegirmasi va qo‘shimcha imtiyoz hisobiga yo‘l haqi xarajatlarini yanada kamaytirish imkoniyati yaratiladi.
📊 30 kunlik tarif bilan bir qatnovning o‘rtacha qiymati:
▫️ Avtobus — 1 923 so‘m, imtiyoz bilan 962 so‘m
▫️ Avtobus + metro — 1 917 so‘m, imtiyoz bilan 958 so‘m
Hisobda o‘rtacha oylik qatnovlar soni avtobusda 130 ta, avtobus + metroda jami 180 ta deb olingan.
🔄 ATTO kartasi bilan 60 daqiqa ichida avtobusdan avtobusga o‘tilganda:
▫️ Birinchi qatnov — 2 500 so‘m
▫️ Ikkinchi qatnov — 1 500 so‘m
▫️ Uchinchi va keyingi avtobuslar — bepul
Tariflarni yangilashdan maqsad — transport tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xizmat sifatini oshirish.
✅ Bepul yurish huquqiga ega 9 ta toifadagi fuqarolarning (O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 278-I-son Qonuni) amaldagi imtiyozlari saqlanadi.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
RASMIY MUNOSABAT!
Ijtimoiy tarmoqlarda Yandex Go ilovasi faoliyatidagi texnik uzilishlar yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan Yandex kompaniyasining ayrim serverlarida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli Yandex Go xizmati faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Mazkur uzilishlar Yandex Go xizmatining xorijiy serverlarga bog‘liqligi sababli O‘zbekiston bilan bir qatorda MDHning boshqa davlatlarida ham qayd etilgan.
Hozirda kompaniya tomonidan texnik nosozliklarni bartaraf etish va xizmat faoliyatini tiklash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, uzilishlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar fuqarolarga muqobil xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
📢 E’LON!
Toshkent shahar hududidagi shahar yo'nalishli taksi yo'nalishi hamda avtobus yo’nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:
2026-yil 15-oktabr, soat 14:00 (vaqtinchalik shartnoma asosida)
▸191M - Beshqo'rg'on mahallasi-Chorsu savdo markazi (Ikkala tomondan) (M2)
2026-yil 11-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)
▸191M - Beshqo'rg'on mahallasi-Chorsu savdo markazi (Ikkala tomondan) (M2)
▸194- Niyozboshi mahallasi-Janubiy vokzali (Ikkala tomondan) (M3)
⚠️ Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
🚌 JAMOAT TRANSPORTIDAN MUNTAZAM FOYDALANIB, TARIF REJALARI ORQALI YO‘L HAQI XARAJATLARINGIZNI TEJANG!
Toshkent shahrida pensionerlar, nogironligi bo'lgan shaxslar, talabalar va maktab o‘quvchilari uchun avtobus hamda metrodan foydalanishda chegirmali yo‘l haqi tarif rejalari mavjud.
📌 IMTIYOZLI TARIF REJALARI: 🚌 Avtobus | 🚇 Avtobus + metro 🔹 1 kun — 5 750 / 6 750 so‘m 🔹 5 kun — 21 250 / 28 750 so‘m 🔹 7 kun — 27 000 / 36 500 so‘m 🔹 10 kun — 42 250 / 57 750 so‘m 🔹 15 kun — 63 500 / 86 500 so‘m 🔹 20 kun — 84 750 / 115 500 so‘m 🔹 1 oy — 125 000 / 172 500 so‘m 🔹 3 oy — 341 250 / 472 500 so‘m 🔹 6 oy — 585 000 / 810 000 so‘m 🔹 1 yil — 975 000 / 1 350 000 so‘m✅ Imtiyozli tarif rejalar pensionerlar, nogironligi bo'lgan shaxslar, talabalar va maktab o‘quvchilarining transport xarajatlarini kamaytirish hamda kundalik qatnovlarda qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
📢 E’LON!
2026-yil 8-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)
Toshkent shahar hududidagi shahar yo'nalishli taksi yo'nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:
▸163M - Qo'yliq bozori-Tashkent vokzali (Ikkala tomondan) (M2)
⚠️ Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
⚡️ DIQQAT, E’LON!
Toshkent shahridagi Shahrisabz ko‘chasida avtobus yo‘nalishlari uchun maxsus yo‘lak (BRT) qurish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida chapga harakatlanish vaqtincha cheklandi.
Shu sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2, 26, 37, 68, 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan harakatlanishi bir tomonlama tartibda Shahrisabz, Maxtumquli, S.Azimov ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartirildi.
⚠️ Mazkur hududda transport oqimining ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli borligi sababli, qatnov oraliq intervallari uzayishi hamda yo‘nalish harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Yo‘lovchilardan o‘z qatnovlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
📍 Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
📢 E’LON!
2026-yil 7-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)
Toshkent shahar hududidagi shahar avtobus yo'nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:
▸137 - Yangi Toshkent-Yangi Qo'yliq ko'chasi (Ikkala tomondan) (M3)
⚠️ Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
📢 E’LON!
2026-yil 6-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida)
Toshkent shahar hududidagi shahar avtobus yo'nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER o‘tkaziladi.
Tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha lot taqdim etiladi:
▸120 - Chorsu metrosi AShB - Guliston mahallasi (Ikkala tomondan) (M3)
⚠️ Muhim:
• Tender takliflari faqat e-tender.uztrans.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
• Belgilangan muddat tugagach, takliflar qabul qilinmaydi.
• Taqdim etilgan tender takliflariga tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 202-05-01 (327)
Batafsil: https://toshkent.mintrans.uz
⚠️ DIQQAT, YO‘LOVCHILAR!
Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining 700 metr qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
📅 Harakat quyidagi vaqtlarda cheklanadi:
🔹 7-oktabr, 22:00 dan 8-oktabr, 06:00 gacha;
🔹 8-oktabr, 22:00 dan 9-oktabr, 06:00 gacha;
🔹 9-oktabr, 15:00 dan 11-oktabr, 00:00 gacha.
🚌 Shu munosabat bilan 69- va 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakat sxemasiga vaqtincha o‘zgartirish kiritiladi.
69-sonli “Toshkent vokzali – Karvon bozori” yo‘nalishi:
➡️ Toshkent vokzali → Karvon bozori: Zargarlik ko‘chasi orqali.
⬅️ Karvon bozori → Toshkent vokzali: Zargarlik ko‘chasi → Qatortol-2 ko‘chasi → Al-Xorazmiy ko‘chasi orqali.
77-sonli “Chilonzor mavzesi 25-daha – Mahalliy aeroporti-3” yo‘nalishi:
🔄 Borish va qaytish yo‘nalishlarida: Zargarlik ko‘chasi va Qatortol-2 ko‘chasi orqali harakatlanadi.
📌 Hurmatli yo‘lovchilar! Mazkur vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, safarlaringizni oldindan rejalashtirishingizni so‘raymiz.
Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
