cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Mening kanalim

Больше
Рекламные посты
1 629
Подписчики
-124 часа
-117 дней
-5230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Муносабатлардаги қарамликлар белгилари ва сабаблари. Соғлом ва тоза муносабатлар ўзаро ҳурмат, ўзаро самимийлик, ўзаро эркинлик кабиларга асосланади. Бунақа муносабатларни (руҳий, молиявий, жисмоний, илмий) фақат етук ва мустақил инсонлар қура олишади. Нима учун кўпчилик мустақил шахс бўла олмайди? Катта қисми оилавий муҳитга боғлиқ. Кўп оилаларда ўзаро илиқлик, севги, ишонч йўқ. Ўзаро қарамликлар наркоманлар яратадиган муносабатлар контекстида гапирилди. Бунақа шахслар кўпинча оиласидан севги, ҳурмат, самимият, инсонийлик қатағон қилинган оилалардан етишиб чиқади. Қарамликлар қандай пайдо бўлади? Ўзаро отношениялардаги қарамликлар сабаблари қуйидагилардан иборат: - инфантилизм, иштирокчиларнинг эрки йўқлиги, савияси пастлиги. - комплекслар, ўзини паст баҳолаш ва иштирокчиларнинг психологик ҳал қилинмаган муаммолари. - ота-оналарнинг бўйинтуруғи остида шаклланган зулмкор ва жабрдийда ҳақида фикрлаш (авторитаризм, ҳаддан ташқари ҳимояланиш, таьлимни сифатсизлиги, шахсий етук намуналарнинг йўқлиги). Ўзаро қарамликлар белгилари ва кўринишлари: - Бир иштирокчининг кайфияти ва ҳиссий дунёси бошқа шерикнинг ахлоқий ҳолатига боғлиқ. - иштирокчиларнинг бири ҳеч қачон "йўқ" дейиш ҳуқуқига эга эмас. Ундан бу ваколат олиб қўйилган. У ўз мустақил фикрларини ифодалай олмайди. - Иштирокчилар қандай қилиб алоҳида дам олишни билмайдилар, ёлғиз ўтказган вақти ёки ўзларининг завқлари учун ўзларини айбдор ҳис қиладилар. - бир иштирокчи 2-сининг эҳтиёжлари ва муаммолари ҳақида қайғуради, уни қутқаришга ҳаракат қилади. - бир инсон бошқасининг бутун ҳаракатларини контрол қилади. Уни қайта восстановить қилишга ва қайта тарбиялашга ҳаракат қилади. - шериклардан бири ўз ҳаёти ҳақида "биз" контекстида гапиради. Биз ўйладик, қилдик ва ҳакозо. Қарам муносабатларда икки иштирокчи учун ҳам яширин фойдалар бор, сиртдан кимдир азоб чекаётганга ўхшайди, шериги учун ҳамма нарсани қурбон қилади. Бу ҳақиқатларни тан олиб бартараф қилмасдан муаммо ҳал қилинмайди. @Psixolog_Uktamova
Показать все...
👍 7
Bolalarini baxtli qilish uchun yelib-yugurib yurgan mehribon ota-ona ko‘pincha o‘zining tor dunyoqarashi, tafakkurining ojizligi, ortiqcha g‘amxo‘rliklari sabab bolalari qo‘l-oyog‘ini bog‘lab tashlaydi. Abdulla Avloniy «O‘SMIRLIK YOHUD BO‘RONLAR DAVRI» O‘smirlik davri yulduzning tug‘ilishiga o‘xshaydi, bir katta portlash bo‘ladiyu yangi yulduz paydo bo‘ladi busiz mumkin emas. O‘smir ham ana shu portlash davridagi bo‘lajak yulduzdir. Bu davr 10-11 yoshdan 14-15 yoshgacha davom etadi. O‘smir kichik maktab yoshidagi o‘quvchidan farqli ravishda hayotni ilk bor SHAXS sifatida faol ilmiy bilishda ishtirok eta boshlaydi. Bu davrda biologik, fiziologik va psixologik o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘smirlarda bo‘yning tez o‘sishi kuzatiladi. 15 yoshgacha o‘sishda qizlar undan keyingi o‘sishda faqat o‘g‘il bolalar ustunlik qilishadi. Qiz bolaning ovozi mayinlashib o‘g‘il bolalarniki do‘rillasha boshlaydi. Boshqa jinsga qiziqish ortadi. O‘smirlar jinsiy yetilish sirlarini 17 foizini ota-onadan 9 foizini o‘qituvchi qolgan jihatlarni ko‘cha ko‘ydan o‘rtoqlari dugonalaridan eshitib bilib oladilar. Kutilmagan ma’lumot va holatlar ularning xatti-harakatlarini chigallashtiradi, yakkalik olamiga berilish boshlanadi, fe’l-atvorda ayrim illatlar paydo bo‘ladi. Goho o‘smir orasida axloqan tubanlashuv hollari ro‘y berishi ham mumkin. Xullas, shu uchun ham bu davrni bo‘ronlar davri deyiladi. O‘smirlardagi jinsiy yetilish davri kelajak hayotdagi jinsiy hayotlariga kuchli ta’sir etadi. Shuning uchun bu davrda ularga eng avvalo shaxsiy gigiyena qoidalari va jinsiy yetilishning nimaligi va nihoyat jinsiy hayot haqida ma’lumot berish tarbiyaning ajralmas qismidir. Bu tushuntirish ishlari proffessional tarzda amalga oshirilsa, 15 yoshda ota bo‘lib 13 yoshda ona bo‘lish kabi o‘ta yoqimsiz holatlarni oldini olishga xizmat qiladi. O‘smirning seksual energiyasini idora eta olishiga sport yordam bera oladi. Tananing jismoniy chiniqishi be’mani hayollarga chek qo‘yadi va o‘smir uchun eng yaxshi tarbiyachi hisoblanadi. Bu yerda qiziqishni ham esdan chiqarmaslik lozim. O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, nuqtayi nazar, pozitsiya, o‘zligini anglash, baholash va hokazolar shakllanadigan davr. Kichik maktab yoshidagi bolalar kattaning ko‘rsatmasiga binoan ish tutsa, o‘smir o‘z prinsipi shaxsiy nuqtayi nazar asosida ish olib boradi. O‘smir kattaning talablari, ko‘rsatmalari, mantiqan ixcham, dalillarga asoslangan yetarlicha ob’yektiv va sub’yektiv omillarga ega bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. O‘smir ayrim ma’lumotlarni tushuntirib berishni yoqtirmaydigan fikrini o‘tkazishga urinadigan serzarda bo‘lib qoladi. O‘smirda g‘ashga tegadigan rahbarlikdan, o‘rinsiz homiylikdan, ortiqcha nazoratdan, zeriktiradigan g‘amxo‘rlikdan xoli bo‘lish istagi vujudga keladi. Bir so‘z bilan aytanda «men»lik shiddat bilan yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Bu narsa yoshi kattalar bilan o‘smir munosabatlariga anglashilmovchiliklar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Hamma o‘smirlarda ham yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bo‘ladi degani emas. O‘smirlik hammada har xil kechadi. Ba’zilarda juda yengil kechib o‘tishi ham mumkin. O‘tish davrida vujudga keladigan qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun jamoa bo‘lib amalga oshiriladigan o‘yinlar va ularning keng ko‘lamda o‘tkazilishi hamda ular bilan munosabatda ularning mustaqilligi, faolligi, tashabbuskorligi, o‘zini boshqarishini hisobga olib ortiqcha homiylik, g‘amxo‘rlik qilmaslik ijobiy samara beradi. Ruh sinishi. O‘smirning nuqtayi nazarini, mulohazalaridagi xatolarini, muvaffaqiyatsizliklarini yomonlash, uni izza qilish izzat nafsiga tegish masxaralash mutlaqo mumkin emas. Aks holda o‘smir aqlining ajoyib sifatlari barbod bo‘ladi va uning jamiyat hamda tabiat qonunlariga, holatlariga befarq qaraydigan shaxsga aylanib qoladi. @Psixolog_Uktamova
Показать все...
👍 6🔥 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Salomatlik Yegingiz kelgan mahsulotni tanlang va organizmingizga nima yetishmayotganini bilib oling! 1. Shirinlik — Glyukoza yetishmasligi. Tavsiya: asal yoki meva. 2. Sho‘r mahsulotlar — Xloridlar yetishmasligi. Tavsiya: pishloq, qora non, sariyog‘. 3. Go‘sht — Oqsil va sink (Rux)(Zn) yetishmasligi. Tavsiya: go‘sht, dukkakli va quruq mevalar. 4. Yog‘li taomlar — Kalsiy yetishmasligi. Tavsiya: Sut va sut mahsulotlari, yong‘oqlar. 5. Nordon mahsulotlar — Vitamin S yetishmasligi. Tavsiya: sitrus mevalar, na’matak va turp. 6. Kuygan mahsulotlar — Uglerod yetishmasligi. Tavsiya: barra mevalar. 7. Kofe — Fosfor va oltingugurt yetishmasligi. Tavsiya: sut, karam, xren. 8. Non — Vitamin B6 yetishmasligi. Tavsiya: kartoshka, sabzi, baliq, jigar, tuxum. 9. Shokolad — Magniy (Mg) yetishmasligi. Tavsiya: pista (semechki), yong‘oq, grechka. Yaqinlaringizga ulashishni unutmang👇 @Psixolog_Uktamova
Показать все...
🔥 4👍 1
📂 Psixologik faktlar 🔥 Kreativ ong egalari kechqurun uyquga ketishga koʻproq qiynalishadi. Bunga sabab miyaning yuqori aktivligidir. 💡 Koʻpincha, yaxshi maslahatlar beruvchi insonlar oʻz hayotida koʻplab muammolari mavjud insonlar hisoblanadi. 😐 Tuygʻularini berkituvchi insonlar koʻpincha aslida eng koʻp qaygʻuruvchi insonlardir. 🏃‍♀️ 1 haftada 3 marotaba, shunchaki 20 daqiqa jismoniy mashq bilan shugʻullanish baxt hissini 10 foizdan 20 foizgacha oshiradi. 🥛 Uyqudan oldin va uygʻongandan soʻng yarim stakan suv ichish tushlaringizni yaxshiroq eslab qolishga imkon beradi. 🔸 Agar siz kimdir haqida chuqur qaygʻursangiz, ularning kayfiyati tom maʼnoda sizga ham taʼsir etadi. ♻️ Salbiy fikrlar bilan ijobiy hayot qurib boʻlmaydi. 🔸 Oʻz oʻzi  bilan suhbat miya faoliyatining samaradorligiga imkon beradi. @Psixolog_Uktamova
Показать все...
👍 9
Фото недоступноПоказать в Telegram
#tavsiya Шульте жадвали Маълум тартибдаги  объектларни топиш тезлигини ривожлантириш бўйича машқ. Aйнан шу жадвал ёрдамида кўз билан китобда кўпроқ матнни қамраб олиш, периферик кўришни ривожлантириш мумкин. Жадвалдан фойдаланиш учун уни 30-40 см узоқликда ушланг. Марказдаги нуқтага диққатни жамлаб, ундан кўзни узмай  1 дан 25 гача тартибда барча рақамларни иложи борича тезроқ топинг. Ўртача босқичда 25-30 секундда улгуриш керак, тезкор ҳолда 15 секундда. Машғулотни кунига 10 дақиқа, китоб ўқишдан олдин қўлласа ҳам бўлади. Шульте жадвали деб ёзиб @pic ва интернетдан турли кўринишларини топсангиз бўлади. ⏰Хўш бир уринишдаёқ вазифани уддаладингизми? 👇 @kanal_tashxis
Показать все...
👍 8
🛌Uyqusiz 24 soat: organizmda qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi? 👩🏻‍🦰Odamlar uyqusizlikni yoshi, sogʻligʻi, yashash sharoitlari va ovqatlanishiga qarab turlicha boshdan kechirishadi. Uyquning yetishmasligi oʻqish qobiliyatini yomonlashishi, muloqot va ijtimoiylashishda muammolar, yomon odatlar va xavfli munosabatlarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. 📌Uyqusiz 24 soatdan keyin: 😥tana harorati pasayadi; 😡stress gormonlari : kortizol va adrenalin miqdori oshadi; 🩸qonda shakar miqdori oshadi (insulin darajasi pasayadi); 💪🏻mushaklarda bosim kuchayadi; 🛌tabiiy uyqu va dam olish sikli buziladi, bu esa oʻsishni, ishtaxani, metabolizmni va bu immunitetni tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqarishni buzadi; 👁koʻrish va eshitish qobiliyati yomonlashadi. 🧠Miya stress ostida boʻladi, shuning uchun u energiyani tejashga harakat qiladi va “mahalliy uyqu” holatiga kiradi - neyronlarning bir qismini vaqtincha oʻchiradi. 😡Shu sababli, uyquchanlik, asabiylashish paydo boʻladi, diqqatni jamlash, qaror qabul qilish qobiliyati yomonlashadi, xotira yomon ishlay boshlaydi. Yuqori kaloriyali ovqatlarga nisbatan ishtaxa ochiladi.
Показать все...
👍 5
02:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
✅Umumtaʼlim muassasalarining yuqori sinf oʻquvchilarining ijtimoiy tarmoqlar, jamoat joylari va kimsasiz hududlarda zoʻravonlik holatlaridan oʻzini himoya qilish koʻnikmalari va bilimlariga ega bo`lishlari bo`yicha tavsiyalarni o`z ichiga olgan videorolik 👍 Respublika tashxis markazi kanallariga obuna bo'lish:➡️➡️➡️ ✅Telegram|💬Facebook|📸Instagram|📹You Tube|🌍info-tashxis.uz I @Kanal_Tashxis|@xtv_tashxis_marka
Показать все...
02:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
✅Видеоролик, содержащий рекомендации для старшеклассников общеобразовательных учреждений по приобретению навыков и знаний самозащиты от ситуаций насилия в социальных сетях, общественных и безлюдных местах. 👍 Respublika tashxis markazi kanallariga obuna bo'lish:➡️➡️➡️ ✅Telegram|💬Facebook|📸Instagram|📹You Tube|🌍info-tashxis.uz I @Kanal_Tashxis|@xtv_tashxis_marka
Показать все...
04:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
Мультфильм для учащихся начальных классов образовательных учреждений и их родителей, содержащий полезные рекомендации по предотвращению случаев жестокого обращения с детьми при общении с незнакомцами, возникновения признаков страха или агрессивного поведения со стороны окружающих 👍 Respublika tashxis markazi kanallariga obuna bo'lish:➡️➡️➡️ ✅Telegram|💬Facebook|📸Instagram|📹You Tube|🌍info-tashxis.uz I @Kanal_Tashxis|@xtv_tashxis_marka
Показать все...
👍 1
04:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
Umumtaʼlim muassasalarining boshlang`ich sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun begonalar bilan muloqot, qoʻrquv yoki tajovuz alomatlarini his qilganda bolalarga zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha tavsiyalardan iborat boʻlgan multfilm 👍 Respublika tashxis markazi kanallariga obuna bo'lish:➡️➡️➡️ ✅Telegram|💬Facebook|📸Instagram|📹You Tube|🌍info-tashxis.uz I @Kanal_Tashxis|@xtv_tashxis_marka
Показать все...
👍 7🥰 2