ru
Feedback
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Открыть в Telegram

📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal! - Matematika - Tanqidiy fikrlash - Muammoli masalalar Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Канал Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal (@pmtests) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 91 197 подписчиков, занимая 1 633 место в категории Образование и 675 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 91 197 подписчиков.

Согласно последним данным от 26 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -4 721, а за последние 24 часа — 36, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 29.41%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 18.37% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 26 865 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 16 776 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 64.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal! - Matematika - Tanqidiy fikrlash - Muammoli masalalar Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 27 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.

91 197
Подписчики
+3624 часа
-4537 дней
-4 72130 день
Архив постов
KEYINGI NATIJALARNI KUTISHDA DAVOM ETAMIZ... Xabaringiz bor, 2026-yilda ayrim imtihon natijalarining e’lon qilinishi biroz kechikmoqda. Masalan: ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 3–4-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon o'tganiga 23 kun bo'lishiga qaramay, natijalar hali e'lon qilinmadi. Aslida 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak edi. ✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga kirish imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Bu maktab imtihoni bo'lib o'tganiga 31 kun bo'ldi, ammo natijalar hali ham e'lon qilinmadi. Biz bilgan eng uzoq muddat 30 kun bo'lishi kerak edi. ✅ Prezident maktablarining asosiy imtihoni 17-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Natijalar imtihon o‘tkazilgan kundan keyin 30 kun ichida, ya’ni 16-avgustga qadar e’lon qilinishi kerak. (Bu natija kechikmasligiga umid qilamiz.) Nima deb o'ylaysiz, bugun Al-Xorazmiy maktabi imtihon natijalari e'lon qilinadimi?! 👉👉 T.ME/PMTESTS

Ixtisoslashtirilgan maktablar natijalari kirish ko'rsatgichini yakuniy hal qilmaydi. Prezident maktabi Asosiy imtihondan yiqiladigan viloyatdagi eng kuchli 48 ta o'quvchi uchun har bir maktab kvatasining yarim joyi olib qo'yilgan. Eng qizig'i bu o'quvchilar shundoq ham kirgan o'quvchilar qatorida turadi. Undan tashqari bitta o'quvchi ikki maktab natijasida ham turibdi. Ular ko'pi bilan bitta maktabda o'qishi yoki Prezident, Al-Xorazmiy maktablariga kirib ikki o'rnini ham boshatishi mumkin. Shuning uchun hozir kira olmadim degan ko'plab o'quvchilar Ixtisoslashgan maktablarga chaqiriladi. Kvotalarni ko'rib kirish ehtimolini baholab oling. 👉👉 t.me/pmtests

#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon n
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Natijasini bilganlar bormi?! Izohlarda yozing

#Imtihon_2026 #ixtisoslashtirilgan_maktablar_natijalari ✅ Ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinish boshlandi! Hozircha sayt sust ishlamoqda 👉🏼👉🏼 https://ariza.piima.uz/cabinet/natijalar t.me/pmtests

Natijalar hali chiqmabdi. Sayt qotganida hamma natijalar yuklanayotganini taxmin qilgan edi. Ammo, hali natijalar chiqmabdi.

Azizlar yangiliklar yaqinga o'xshaydi.

VAQT QADRI ⏳ Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra. ⏳ Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra. ⏳ Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra. ⏳ Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra. ⏳ Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dehqondan soʻra. ⏳ Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra. ⏳ 5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra. ⏳ Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorni kasalxonaga olib kelayotgan shofyordan soʻra. ⏳ 1 soniyaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – yugurish musobaqasida 2-o'rinni olgan insondan so'ra. Natijalarni kutayotgan ota-onalar vaqti qadrining hisobini Agentlikdan so'rab ko'rish kerak. 👉👉 t.me/pmtests

Bugun 24-iyul yurtimizda ustozlar maqomini oshirgan, Prezident maktablari va boshqa nufuzli maktablar orqali ota-onalarning farzandlari ta'limini e'tiborini kuchaytirgan, O'zbek yoshlarini 3-uyg'onish davrini boshlashi uchun zamin yaratayotgan yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning tavallud topgan kunlari. “O‘zbek kelayotir, yo‘l bo‘shat jahon!” Qo‘shiqni sifatli va to‘liq formatda bu yerda ko‘rishingiz mumkin. https://youtu.be/Omsapx-IOrk 👉👉 t.me/pmtests

🖌 DIQQAT, YO‘RIQNOMA! Tayyorlov guruhi va 1-sinfga kirish sinovlari qanday o‘tkaziladi? 🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) hamda 1-sinfiga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi. ✅ Birinchi bosqich — bolajonlar uchun qiziqarli rasmli sinovlardan iborat. Eng muhimi, ushbu bosqichda matn o‘qish yoki yozish talab etilmaydi.
Barcha topshiriqlar rangli rasmlar asosida tuzilgan bo‘lib, ular bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan.
✅ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadilar. Suhbatning o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot alohida e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Maktabda Hazrat Navoiyning bir she'rini yodlagan edim. Kecha o'sha she'r yodimga tushdi.. Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor, Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi. Biz ham kecha natija chiqadi deb rosa intizor bo'ldik, lahza-lahza saytlarni tekshirdik, lekin natijadan xabar kelmadi.😊 Bugun chiqarmikan....

Biz kutayotgan natijalar hali e'lon qilinmadi. Kecha “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi imtihon natijalari e‘lon qilingan edi. Bugun IJOD MAKTABLARINING imtihon natijalari e'lon qilindi. Ixtisoslashtirilgan maktablar, Al-Xorazmiy va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni natijalari hali e'lon qilinmadi. Natijalar e'lon qilinishi bilan @pmtests kanalimizda ham e'lon qilamiz. 👉👉 t.me/pmtests

Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabning 0, 1-sinfga qabul imtihonlari 25-26-iyul kunlar bo'lib o'tadi. 🎓 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan sinovlar (birinchi bosqich) bo‘lib o‘tadi. ➡️ 0 (tayyorlov guruhi) uchun: 25-iyul | soat 09:30 da ➡️ 1-sinf uchun: 26-iyul | soat 09:30 da Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi. Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi.

Natijalarni e'lon qilish Agentlikka bog'liq emas ekan!! Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalari ham Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan e'lon qilinadi. Agar ushbu tashkilot natijalarni bugun taqdim qilsa, natijalar bugunning o'zida e'lon qilinadi. Ammo, aniq bugun taqdim etadimi degan savolga, javob yo'q ekan. Aniq ma'lumot bo'lsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Natijalar chiqishini kutamiz. 👉👉 t.me/pmtests

⁉️ NATIJALAR QAYSI KETMA-KETLIKDA E’LON QILINISHI KUTILMOQDA? ⁉️ Xabaringiz bor, 2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qildi. Ushbu yirik xalqaro olimpiadani tashkil etish jarayonlarida Agentlik ham faol ishtirok etayotgani sababli ayrim imtihon natijalarining e’lon qilinishi biroz kechikayotgan bo‘lishi mumkin. Quyidagi sanalar rasmiy bo'lmasa ham mavjud holatlar asosidagi taxminiy muddatlar hisoblanadi: ✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga kirish imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Natijalar ertagacha e’lon qilinishi kutilmoqda. ✅ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari 28–30-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar taxminan 24-iyulda e’lon qilinishi mumkin. ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 3–4-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar taxminan 27-iyulga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda. ✅ Prezident maktablarining asosiy imtihoni 17-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Natijalar imtihon o‘tkazilgan kundan keyin 30 kun ichida, ya’ni 16-avgustga qadar e’lon qilinishi kerak. Azizlar, xullas, uzoq kutilgan yangiliklarga ham oz qoldi. Natijalar e’lon qilinishi bilan kanalimizda tezkor xabar beramiz! 👉👉 T.ME/PMTESTS

3-4 sinfga o'tgan o’quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! Farzandingiz 3- yoki 4-sinfga o'tdimi? Unda uni Prezident maktabiga tayyorlash vaqti keldi! Unday bo’lsa siz uchun ajoyib yangilik! ✅ Kam sonli o’quvchi bilan yuqori natijalarga erishayotgan “CURIOSITY” o’quv markazi yangi 2026-2027-o’quv yiliga qabul e’lon qiladi. 📚Farzandingiz bizning o’quv dasturlarimiz orqali: - matematika; - tanqidiy fikrlash; - muammoni hal qilish; - ingliz tili fanlaridan nufuzli maktablarga mukammal tayyorlanadi. Bolangiz uchun yangi imkoniyatlar, kuchli ustozlar va qulay muhit, barchasi shu yerda Shoshiling! Qabul soni chegaralangan. ☎️ Murojaat uchun: 983383434 @prtayyorlov 📌 Manzil: Olmazor tumani, Tinchlik metro bekati yonida. 🏠 Mo’ljal: Sobiq “G’uncha” kinoteatri ro’parasida

Qachon IMO dan oltin olamiz?! O‘zbekistonning IMO tarixidagi umumiy natijalari: 🥇 0 ta oltin 🥈 18 ta kumush 🥉 39 ta bronza O‘zbekiston hali ham Xalqaro Matematika Olimpiadasida ilk oltin medalini kutmoqda. 👉👉 t.me/pmtests

🏆 O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi 🇨🇳Xitoyda bo‘lib o‘tgan 67-Xalqa
🏆 O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi 🇨🇳Xitoyda bo‘lib o‘tgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO 2026) O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bular: 🥈Elshod Oʻralov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi - kumush medal; 🥈Dostonbek Rahmonqulov — Yangiyer shahar IM o‘quvchisi - kumush medal; 🥉Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali - bronza medal; 🥉Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - bronza medal; 🥉 Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - bronza medal. 👉 @xushnudbek 👈

❗️O‘zbekistonlik o‘quvchilar 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi Toshkentda bo’lib o’tgan 58-Xalqaro k
+2
❗️O‘zbekistonlik o‘quvchilar 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi Toshkentda bo’lib o’tgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistondan ishtirok etgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Xususan: 🥇 Rayhona Tuymurodova — oltin medal; 🥈 Jasur Mustafoyev — kumush medal; 🥈 Azizmuhammad Hafizov — kumush medal; 🥈 Mirjalol Homidjonov — kumush medalni qo‘lga kiritdi. ℹ️ Ma’lumot o‘rnida, nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik o’quvchilarga quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan: 🥇 oltin medal uchun — 1 mlrd 30 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln soʻm; 🥈 kumush medal uchun — 618 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln soʻm; 🥉 bronza medal uchun — 412 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln soʻm. 👉 @xushnudbek 👈