cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

San'at va Hayot

Ushbu kanalda O'zbekiston ijodkorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Больше
Таджикистан3 279Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
578
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

"Pandora" 1. Jon Uilyam Uoterxaus 2. Richard Kirk 3. Adler Mork 4. Dante Gabriel Rossetti 5. Odilon Redon 6. Benjamin Kennington. 7. Aleksandr Kabanel 8. Lourens Alma-Tadema 9. Charlz Lenoir. 10. Jyul-Jozef Lefebur
Показать все...
Pandora (yoki qadimgi yunonlar "Momo Havosi") Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Afsona ekan shunday: Erkaklar yashar bunda, Yo‘q edi ayollar unda... Darg‘azab Zevs borib, Gefestga dedi, Tezda Yasagin bitta tuhfa, Beraylik u muttaham, O‘g‘ri Prometeyga jazo... Pol Perro tomonidan bolalar uchun yozilgan ushbu she'r boshlanmasining o‘zidayoq afsona mazmunini qisqa va chiroyli qilib tushuntirib bera olgan, deb o‘ylayman (ingliz tilidan shaxsiy tarjimam). *Pandora - yunoncha "nuqsonsiz", "Xudolar nazari tekkan" - yunon mifologiyasiga ko‘ra, xudolar tomonidan yerga yuborilgan birinchi ayol, Prometeyning ukasi Epimeteyning xotini. Prometey Olimpdan xudolar olovini og'irlab, oddiy odamlarga bergani uchun Zevsning qahriga uchraydi. Zevsning buyrug'i bilan Gefest yer va suvdan go'zal Pandorani yaratib, jazo sifatida yerga yuboradi. Pandorani yaratishda bir nechta xudolar o'zlarining xususiyatlarni berishadi: 1. Gefest - go‘zal qomat; 2. Afrodita - go'zallik; 3. Afina - chiroyli kiyimlar; 4. Gera- aql; 5. Germes - topqirlik va notiqlik; 6. Zevs - jon va cheksiz qiziqish bilan nafas. Qiz tayyor bo'lgach, Zevs Germesga uni Prometeyning ukasi Epimeteyning uyiga olib borishni buyuradi. Prometey ahmoq ukasini makkor Zevsdan hech qanday sovg'a olmaslik haqida doimo ogohlantirgan. U bu sovg'alar odamlarga faqat ofat va qiyinchiliklarni olib kelishi mumkinligini bilardi. Ammo Epimetey akasining gaplariga quloq solmaydi va qizga oshiq bo'lib, unga uylanadi. Pandora juda qiziquvchan edi, Zevs unga bu xususiyatni in'om etgan edi. Pandora va Epitemey birga yashay boshlashadi. Pandora erining uyidagi barcha burchaklarni ko'zdan kechirar ekan, cherdakdan og'ir qopqoq bilan yopilgan g'alati qutini topib oladi. Epimeteydan qutida nima borligini so'raydi, lekin u ham  bilmas edi. Bu qutini ochish mumkin emasligini, agar ochilsa katta muammo bo'lishi mumkinligidan ogohlantiradi. Ammo Pandora qiziquvchanligi sababli eri yo'qligidan foydalanib qutini ochadi (ayrim manbalarda  qizga kalitni Zevsning o‘zi bergani aytiladi). Quti ichidan eng dahshatli yovuzliklar (ochlik, kasallik, nafrat, yovuzlik va boshqalar) chiqib, yer yuziga tarqala boshlaydi, qo'rqib ketgan Pandora qutini yopib qo'yishga harakat qiladi va oxirgi narsani  chiqishiga to'sqinlik qiladi - UMIDni. Afsona mazmuni qisqacha shunday bo‘lib, tasviriy san'atda Pandora yoki hamma eshitgan "Pandora qutisi" atamasi bilan bog‘liq asarlar uchraydi va tez-tez bu mavzuga murojaat qilingan. Pandora qutisi mifologiyasi uchta narsa qilinishi oqibatlarini: - insonni har qanday harakatining oqibatlari; - qiziquvchanlik va itoatsizlik har doim ham yaxshilikga olib kelmasligini; - va uchinchidan, insonning eng katta halokati uning umidsizligidan bo'lishini uqtiradi. Ko‘rib turganingizdek, Pandora va Momo Havo hikoyalari o‘rtasida o‘xshashlik uchraydi. Ya'ni ikkisi ham Yerdagi birinchi ayollar va insoniyat boshiga tushgan balolarga ularning qiziqishi va ta'qiqlangan narsaga qo‘l tekkizganligi sabab bo‘lgan. Balki bunga o‘xshash afsona boshqa dinlarda (masalan buddistlarda yoki hind ko‘p xudoligida) ham uchrasa kerakdir, bilmadim. Xullas, bu - afsona... @rassomlar
Показать все...
*Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 kartina. @rassomlar
Показать все...
100 картина (1).pdf15.84 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗣Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetining kiraverishida shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan: ➡️«Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas» 🔴Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi. 🔴Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi. 🔴Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi. 🔴Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi. 🔴Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi... 🔴Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi. ☝️«Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!» KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Показать все...
*San-Remoga borganda! @rassomlar
Показать все...
Ibratli hikoya🏡 Mashur bir rassom, kunlarning birida dunyoning eng go’zal narsasini chizishga qaror qildi. Buning uchun dunyoning eng go'zal narsa nima bo'lishi mumkinligi haqida bilim to'plash uchun katta bir sayohatga chiqdi. Qishloq ko'chalaridan ketarkan, beli bukulgan keksa bir odam yo'l chekkasida o'tirganini ko'rdi. Yoniga borib undan dunyodagi eng go'zal narsa nima bo'lishi mumkunligi haqida so'radi. Chol hech ikkilanmasdan: “Imon!” dedi. So'ngra, bir guzardan o'tarkan, to'y uchun to'plangan olomon qarshisidan chiqib qoldi. Olomon orasidagi yosh kelinga: “Sizningcha dunyoning eng go'zal narsasi nima?” deya so'radi. Kelin kuyovning ko'zlariga qarab: “Agar dunyodagi eng go'zal narsa bo'lsa, u ham sevgi bolishi kerak!” dedi. Rassom yo'lini davom etdi. Bir chang ko'chadan o'tarkan, urushdan qaytayotgan horgin bir askarga duch keldi. Ayni savolni undan ham so'radi. Askar: “Dunyodagi eng go’zal narsa bu tinchlikdir” deya javob berdi. Rassom dunyodagi eng go'zal narsalar imon, sevgi, va tinchlik bo’lsa bularning hammasini bir rasmda qanday ifodalay olaman deya o'ylay – o'ylay uyiga qaytib keldi. Uyining eshigidan uyiga kirishi bilanoq dunyoning eng go'zal manzarasi doimo qarshisida bo'lganini tushunib yetdi. Bolalarining mas’um qarashlarida imon, ayolining ko'zlarida sevgi, uyida esa tinchlik hukm surardi. Bulardan olgan ilhomi bilan rassom dunyoning eng go`zal narsasini chizishga kirishdi va rasm bitishi bilan, asarga shunday nom berdi: “Mening uyim" Barchangizni xonadoningizda iymon,muhabbat va tinchlik tilaymiz.
Показать все...
Ememem ijodidan namunalar Bizni yo'llarimizda ham shunday ajoyib "Yo'l jarrohlari" juda kerak.....
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📒 Rasmiy, tezkor va bosma nashr etiluvchi xalqaro ilmiy jurnal Guvohnoma: 1701 📝Maqolaga 1-3 kun ichida doi raqam olinadi va xalqaro bazalarda indekslanadi va o'sha kuni muallifga ✅ Maqolaning DOI raqami ✅ OAK bazasida indekslangan maqola ✅ Qabul xati ✅ Sertifikat taqdim etiladi. Maqolalar ✅ Google scholar ✅ Zenodo ✅ OpenAire ✅ Index copernicus (OAK 12) ✅Cyberlinenka bazalarida da indekslanadi. ❇️Maqolalar IMRAD talabi asosida 🇺🇿 O'zbek,🇷🇺 rus, 🇬🇧ingliz tillarida qabul qilinadi. 📩 Qabul 5-oktyabrga qadar. 📝 To'plam 15-oktyabr kuni jurnal elektron bazasi ReFocus.uz ga va @Research_Focus telegram kanaliga joylanadi. 💵Maqolalarni 200 ming so'm ❌❌❌ 150.000 so'm✅✅✅ dan qabul qilamiz P.S. minimal 3 list, max 10 list ❗️Qo'shimcha Listlar summani o'zgartirmaydi 🧑‍🎓 Murojaat uchun: @ReFocus_Admin @Research_Focus Jamoasi https://t.me/ReFocus_Group https://t.me/+reHqw3noK0g2YjYy
Показать все...
Telegram
You Tube
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.