cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

Больше
Рекламные сообщения
1 304Подписчики
Нет данных24 часа
-67 дней
-3430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#buguntarixda Ватанимиз тарихидаги 29 апрель санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни. https://telegra.ph/Vatanimiz-tarihidagi-29-aprel-sanasi-bilan-bo%D2%93li%D2%9B-ajrim-vo%D2%9Bealar-bayoni-04-29-2
Показать все...
Ватанимиз тарихидаги 29 апрель санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни.

1030 йил (бундан 994 йил олдин) – давлат арбоби ва ҳарбий саркарда, Ғазнавийлар сулоласи ҳукмдори Султон Маҳмуд Ғазнавий диққинафас (нафас қисиши, астма) хасталиги туфайли оламдан ўтди. У араб ва паҳлавий (форс) тилларини пухта билган, туркий тилда шеърлар битган. Ғазна шаҳрида нодир китоблардан иборат катта кутубхона тўплаган. Маҳмуд Ғазнавий ислом маданияти ривожланиши ва ислом дини тарқалишига катта ҳисса қўшган. Хусусан, ўз саройида тўрт юздан ортиқ олим, шоир ва санъаткорларни тўплаб, уларга ҳомийлик қилган.…

#tezkor 9-11-sinflar uchun yakuniy imtihon sanalari (2023-2024-o'quv yili) Oʻzbek tilida taʼlim oladigan 9-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar: 1. Ona tili va adabiyoti — yozma (27.05.2024) 2. Matematika — yozma (30.05.2024) 3. Oʻzbekiston tarixi — yozma va ogʻzaki (06.06.2024) 4. Jismoniy tarbiya — amaliy (01-06.05.2024) Taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan 9-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar: 1. Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti/Qoraqalpoq tili va adabiyoti/ Qozoq tili va adabiyoti/Qirgʻiz tili va adabiyoti/Tojik tili va adabiyoti/Turkman tili va adabiyoti) — yozma (27.05.2024) 2. Davlat tili (Oʻzbek tili) — yozma (03.06.2024) 3. Matematika — yozma (30.05.2024) 4. Oʻzbekiston tarixi — yozma va ogʻzaki (06.06.2024) 5. Jismoniy tarbiya — amaliy (01-06.05.2024) Oʻzbek tilida taʼlim oladigan 11-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar: 1. Ona tili va adabiyoti — yozma (29.05.2024) 2. Matematika — yozma (01.06.2024) 3. Oʻzbekiston tarixi — yozma va ogʻzaki (07.06.2024) 4. Chet tili — yozma va ogʻzaki (10.06.2024) 5. Tanlov fani — yozma (kimyo, fizika, geografiya va davlat huquq asoslari fanidan bittasini tanlaydi — taʼlim tilidan qatʼiy nazar barcha 11-sinf bitiruvchilari topshirishi majburiy) (04.06.2024) Taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan 11-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar: 1. Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti/Qoraqalpoq tili va adabiyoti/ Qozoq tili va adabiyoti/Qirgʻiz tili va adabiyoti/Tojik tili va adabiyoti/Turkman tili va adabiyoti) — yozma (29.05.2024) 2. Matematika — yozma (01.06.2024) 3. Oʻzbekiston tarixi — yozma va ogʻzaki (07.06.2024) 4. Chet tili — yozma va ogʻzaki (10.06.2024) 5. Tanlov fani — yozma (kimyo, fizika, geografiya va davlat huquq asoslari fanidan bittasini tanlaydi — taʼlim tilidan qatʼiy nazar barcha 11-sinf bitiruvchilari topshirishi majburiy) (04.06.2024) 6. Oʻzbek tili — yozma va ogʻzaki (11-sinfda har bir oʻquvchining ixtiyoriy tanlovi) (12.06.2024)   Berilgan topshiriqlardan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, ishchi guruh tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan 2 ta variant tuzilib, eʼlon qilinadi. Манба Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Показать все...

👍 1
#buguntarixda Bugun 29-aprel - Jozef Tomson elektronni kashf etganligini e'lon qilgan kun Ushbu element zarrachaning kashf etilgan kuni 1897-yil 29-aprel hisoblanadi. Kembrij universiteti professori, ingliz fizigi Jozef Tomson London Qirollik jamiyati yig'ilishida nutq so'zlab, elektronni kashf etganini e'lon qildi. Kashfiyot gaz razryadini o'rganish natijasida amalga oshirildi. Noyob gazlar orqali elektr tokining o'tishini o'rganib, Tomson nafaqat elektronni kashf etdi, balki uning zaryadini aniqladi va birinchi marta elektron zaryadining massaga nisbatini o'lchadi, magnit va elektr maydonlarida elektronlarning harakatlanish nazariyasini yaratdi. Elektronni kashf etganligi uchun olim fizika bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. O'zining kashfiyotlari bilan kelishgan holda, u atomning yangi modelini ham taklif qildi. Rezerford tomonidan o'tkazilgan tajribalar ushbu modeldan voz kechishga majbur etgan bo'lsa-da, ammo bu materiyaning tuzilishi haqidagi g'oyalarni shakllantirishda muhim rol o'ynadi.
Показать все...
🔥 1
#nazmvaqti * * * Тўлди юрак... Тўлди юрак Тўлмоқдан сўнг Тўкилмоқ бор! Жонинг ҳалак, Тўкил, юрак, Дунёга сен Ишқдан изҳор. Ёмғирдай ёғ! Юракка кўп Дунё зордир, Дунё зордир. Ёмғирдай ёғ – Ҳар томчингда Маним умид, Орзум бордир! Тўкил юрак, Тўкил юрак!.. Тўкилмоғинг Сенинг создир. Бу дунёга Тўкилгувчи Юрак оздир... Юрак оздир! © Усмон Азим Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Показать все...
📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

Bugun 29-aprel 2024-yil, dushanba. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Xalqaro Raqslar kuni. 🇺🇳 Xalqaro bolalar tilaklari ro‘yobga chiqadigan kun. 🌏 Kimyoviy qurol qurbonlari xotirasi kuni. 🌏 Xalqaro immunologiya kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇳🇮 Argentina - Hayvonlar kuni. 🇩🇰 Daniya - Malika Benediktaning tug‘ilgan kuni. 🇨🇻 Kabo-Verde - Praya shahri kuni. 🇨🇴 Kolumbiya - Daraxtlar kuni. 🇰🇬 Qirg‘iziston - Bishkek shahri kuni. 🇺🇦 Ukraina - Ukraina futboli kuni. 🇻🇳 Vetnam - Xung qirollarini xotirlash kuni. 🇯🇵 Yaponiy - Imperator Syova kuni. 👉 VOQEALAR: - 1050 - Berengar Turskiyning qarashlari qoralangan Rim Kengashi. - 1429 - Janna d’Ark boshchiligidagi qo‘shin qamaldagi Orleanga kirdi. - 1624 - Lyudovik XIII Arman Rishelyeni vazir etib tayinladi. - 1770 - Ingliz sayyohi Jeyms Kuk ilk bor Avstraliyaga qadam qo‘ydi. - 1854 - Germaniyaning "Favorit" yelkanli kemasi "Hespera" (AQSh) bilan to'qnashib, cho'kib ketdi va 201 kishi halok bo'ldi. - 1882 - Berlinda dunyoda birinchi trolleybus ishga tushirildi. - 1884 - Oksford universiteti qiz-talabalarga imtihon topshirishga rozi bo‘ldi. - 1897 - Angliyalik fizik Jozef Tomson London qirollik jamiyati yig‘ilishida elektronni kashf etganini e’lon qildi. - 1913 - AQShga ko‘chib kelgan shved elektrotexnika muhandisi Gideon Sundbek hozirda “molniya” deb nomlanuvchi ixtiroga patent oldi. - 1923 - Armiya komandasi ( keyinchalik SSKA) tashkil etildi. - 1931 - SSSRda birinchi eksperimental teleko'rsatuv o'tkazildi. - 1945 - Daxau konslageri ittifoqchilar tomonidan ozod qilindi. - 1961 - Jarroh Leonid Rogozov appendektomiya operatsiyasini muvaffaqiyatli bajardi. - 1975 - AQSh fuqarolarining Xoshimindan olib chiqilishi. Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang - 1978 - Daniya o‘lim jazosini bekor qildi. - 1982 - Xitoy aholisi milliard kishidan oshdi. - 1985 - Mashhur “Nike” tug'ilgan kun. - 1986 - Los-Anjelesdagi markaziy kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi, 350 mingta kitob zarar ko‘rdi. - 1995 - .uz domeni roʻyxatga olindi. - 1996 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi. - 2000 - Germaniya «Qahrabo xonasi»ning qismlarini Rossiyaga sovg'a qildi. - 2002 - Obninsk shahrida dunyodagi birinchi Obninsk atom elektr stantsiyasining reaktori abadiy o'chirildi. - 2012 - "Ludofon" nomli yangi musiqa asbobi ixtiro qilingan kun. - 2013 - Bagramda Boeing 747 halokatga uchradi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1727 - Jan Jorj Noverr (1810) - fransuz xoreografi, balet asoschilaridan biri. - 1785 - Karl Drez (1851) - nemis ixtirochisi, drezina uning nomi bilan atalgan. - 1818 - Aleksandr II (1881) - Rossiya imperatori (1855-1881) - 1854 - Genri Puankare (1912) - fransuz matematigi, fizigi, astronomi va faylasufi. - 1885 - Egon Ervin Kish (1848) - chex yozuvchisi va jurnalisti. - 1893 - Yuri Garold Kleyton (1981) - amerikalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1934). - 1901- Xiroxito (1989) - Yaponiya imperatori (1926-1989). - 1906 - Jubanov Ahmad (1968) - qozoq musiqashunosi, kompozitor va dirijyor, qozoq kompozitorlik musiqasi va musiqashunosligining asoschilaridan. - 1917 - Celeste Holm (2012) - amerikalik kinoaktrisa.  - 1940 - Bayram Matjonov - qoraqalpoq xonandasi (lirik bariton) va rejissyor, Qoraqalpogʻiston (1974), Boshqirdiston (1978), Oʻzbekiston (1982) xalq artisti. Sara kitoblar kanalidan olindi - 1945 - Sharofiddin Yusupov - kulol, sulola davomchisi, zamonaviy rishton kulollik maktabining yirik vakili, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1991). - 1957 - Ser Daniel Michael Blake Day-Lewis - Britaniya va Irlandiya fuqaroligidagi ingliz aktyori. - 1958 - Mishell Pfayffer - amerikalik aktrisa, prodyusser va tadbirkor ayol. - 1968 - Kolinda Grabar-Kitarovich - Xorvatiyalik siyosatchi va diplomat, mamlakat prezidenti (2015-2020). - 1970 - Uma Turman - mashhur Gollivud aktrisasi. - 1970 - Andre Agassi - amerikalik taniqli tennischi. - 2007 - Sofiya - Ispaniya Infanti, Ispaniya qiroli Filipp VI ning kenja qizi. BIZ BILAN QOLING! Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Показать все...
📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

🌼🌸Ассалому алайкум! яна бир гўзал тонгни, янги кунни қалбда эзгу орзу истаклар ила қарши олган қадрдонларим!🌤 🌻Душанба тонги муборак! 🌺Бугунги кунингиз баракотли ва омадли келсин! Кун давомида кўтаринки кайфият ҳамрохингиз бўлсин... 🌸Дилга яқин инсонларингиз учун доим керакли инсон бўлинг, ўзингизни эҳтиёт қилинг азиз қадрдонларим!!🍃 🤲🤲 Kanalga ulanish⤵️ @sara_kitoblar_uz
Показать все...
#nazmvaqti ЎЗБЕК БЎЛИШ ОСОН ЭМАСДИР Инсон ҳар ким бўлмоғи мумкин, Ғайрат қилса, қунт қилса басдир. Бир рутба бор оламда лекин – Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Кўп юрт кўрдим, кўп кездим жаҳон, Кўра-кўра келтирдим имон: Араб бўлиш, рус бўлиш осон, Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Япончилик демайди япон, Немисчилик демайди олмон, Ўзбекчилик бор бўлсин омон, Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Ўзбек бўлиш фидолик демак, Роҳатидан жудолик демак, Шаън деб, ор деб адолик демак, Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Дини – поклик, инсоф, мурувват, Тариқати – мардлик, футувват, Дўсти – меҳнат, ёри – уқубат, Ўзбек бўлиш осон эмасдир. У ҳаммани ўйлаши керак, Кўнгил олиш, йўқлаши керак. Ўзбек қачон ухлаши керак? Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Боласига макка, мош берган, Дош қозонда юртга ош берган, Борми бундоқ урфга дош берган, Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Битмас ишни битирувчи халқ, Йўқни топиб келтиргувчи халқ, Егувчимас, едиргувчи халқ Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Оғиз очмас каму кўстидан, Ҳасадгўй кўп лекин дўстидан, Ошини еб кулар устидан. Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Қонда бор феъл – ҳиммати баланд, Файз-барака шу феълга монанд. Минг йилларни кўрган донишманд Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Ўзбек азал яралган омил, Фанда устоз, ҳунарда комил Фотиҳларга дарс берган оқил Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Неча бўлиб йўқликка маҳкум, Тилдан, диндан бўлмаган маҳрум, Синиб, сингиб кетмаган мардум – Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Даҳрийликка асло кўнмаган, Гаҳ деганда қўлга қўнмаган, Жанозасиз ўлик кўммаган Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Миллат ҳисси борки, курашар, Миллатман деб жам бўлиб яшар. Ўз йўлини танлаган башар Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Янги аср, янги давронда, Низоларга тўла жаҳонда, Зўрлар тўқнаш келган маконда Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Бу идроку фаросат асри, Кураш асри, жасорат асри, Сабру бардош, матонат асри Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Ватанида янги бир ватан Қураётир ўзбек қайтадан, Осон эмас, такрор айтаман, Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Даст кўтармоқ замона юкин, Юрт асрамоқ обод ва тўкин Енгил ишмас, айниқса букун Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Шеърим битди айни тонг саҳар, Зуҳро майин тўкар эди зар. Шу юлдуздек бағрида гавҳар Ўзбек бўлиш осон эмасдир. Қалби тўла меҳру зиёга, Эътиқоди ёлғиз Худога, Лаббайка, деб келган дунёга Ўзбек бўлиш осон эмасдир. 2009 йил © Эркин Воҳидов Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Показать все...
📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

👍 1 1
Bugun 28-aprel 2024-yil, yakshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT (XMT) — Butunjahon mehnatni himoya qilish kuni. 🌏 Butunjahon birodarlashgan shaharlar kuni. 🌏 Xalqaro ishchilar xotirasi kuni. 🌏 Havoli konditsioner tug'ilgan kun. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇦🇫 Afg'oniston - Jihodda afg'on xalqining g'alabasi kuni. 🇧🇧 Barbados - Milliy Qahramonlar kuni. 🇮🇳 Hindiston - Huquqshunoslar kuni. 🇮🇩 Indoneziya - Sheʼriyat kuni. 🇮🇹 Italiya - Sardiniya kuni. 🇨🇦 Kanada - Ishchilar uchun motam tutish kuni. 🇵🇱 Polsha - Ishda xavfsizlik va sog'liq kuni. 🇷🇺 Rossiya - Tez tibbiy yordam xodimlari kuni, Kimyoviy xavflarga qarshi inson huquqlari kuni (Kimyoviy xavfsizlik kuni). 🇹🇲 Turkmaniston - Axaltegin argʻumogʻi bayrami. 🇼🇫 Uollis va Futuna - Avliyo Sent-Pyer Chanel kuni. 🇯🇵 Yaponiya - Suverenitetni tiklangan kun. 👉 VOQEALAR: - 1503 - Dunyodagi birinchi poroxli qurol bilan g'alaba qozongan jang - Cherinyola jangi bo'lib o'tdi. - 1512 - Bobur va Ubaydullaxon o'rtasidagi Raboti Malik atrofidagi jang.  - 1599 - Angliya parlamenti Angliya cherkovi uchun umumiy ibodat kitobini tasdiqladi. - 1686 - Isaak Nyuton o‘zining “Tabiiy falsafaning matematik tamoyillari” monumental asarining birinchi tomini qirollik jamiyatiga taqdim etdi. Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang - 1784 - Fransiyada ixtirochilar B.Lonua va J.Benvenyu birinchi vertolyotning modelini namoyish qildilar. - 1788 - Merilend AQShning 7-shtatiga aylandi. - 1799 - Milan rus qo'shinlari tomonidan egallab olindi. - 1879 - Tarnovodagi Ta'sis majlisi tomonidan Bolgariya Konstitutsiyasi qabul qilindi. - 1908 - Butunjahon esperanto assotsiatsiyasi (UEA) tashkil topdi. - 1914 - AQShda havoli konditsionerga patent berildi. - 1923 - Angliya futbol kubogi finali. - 1920 - Ozarbayjon SSRning tashkil topishi. - 1945 - Qizil Armiya qismlari reyxstagga hujumni boshladi. - 1945 - Daxau konslageridagi qoʻzgʻolon. - 1945 - Italiya diktatori Benito Mussolini va uning ma'shuqasi Klara Petacchi qatl etildi. - 1947 - Tur Xeyerdal Perudan „Kon-tiki“ tomonga ketdi. - 1969 - Sharl de Goll Fransiya Prezidenti lavozimidan ketdi. - 1969 - Leonid Gaydayning “Brilliant qo‘l” komediyasi ekranlarga chiqdi. - 1995 - Toshkentda ma'rifatparvar adib, shoir va davlat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. - 2000 - Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya Kaspiy neftini tashish uchun neft quvurlarini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. - 2001 - birinchi kosmik sayyoh - amerikalik Dennis Titoning parvozi. - 2014 - Amerikalik talabalar tomonidan  yaratilgan, elektr yordamida harakatlanadigan Electric Blue avtomobili elektromobillar o‘rtasidagi dunyo rekordini yangiladi.  👉 TAVALLUDLAR: - 1442 - Edvard IV (1483) - Angliya qiroli (1461-1470 va 1471-1483). - 1753 - Frans Ashar (1821) - nemis kimyogari, qand lavlagidan birinchi bo‘lib spirt va uksus olishga erishgan. Sara kitoblar kanalidan olindi - 1758 - Jeyms Monro (1831) - AQShning 5-prezidenti (1817-1825). - 1838 - Tobias Asser (1913) - gollandiyalik huquqshunos, Nobel mukofoti sohibi (1911). - 1852 - Vvedenskiy Nikolay (1922) - rus fiziologi, Parabioz to’g’risida ta’limotga asos solgan.  - 1876 ​​- Nikola Romeo (1938) - italiyalik muhandis va tadbirkor, Alfa Romeo avtomobilni ishlab chiqaruvchi. - 1908 - Oskar Shindler  (1974) - Sudetlik nemis sanoatchisi. - 1916 - Ferruchchio Lamborjini (1993) - Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi, hashamatli sport avtomobillari yaratuvchisi. - 1937 - Saddam Husayn (2006) - Iroq prezidenti (1979-2003). - 1964 - Boyxonova Zulayho - aktrisa, xonanda (lirik soprano), O’zbekiston xalq artisti (2003). - 1973 - Rashid Xoliqov - xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist. - 1974 - Penelopa Kruz - ispan kinoaktrisasi va modeli. - 1981 - Jessica Marie Alba - amerikalik aktrisa va tadbirkor ayol. - 1982 - Donna Feldman - amerikalik aktrisa va model. - 1985 - Kaniza (Ahmedova Shahrizoda) - xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori. - 1988 - Kamila Valyexo - Chilida talabalar va kommunistik harakat faoli. BIZ BILAN QOLING! Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Показать все...
📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

🌷АССАЛОМУ АЛАЙКУМ! 🌷 🤲 Аллоҳ таоло кунимизни баракали қилсин. Яхшиликларга илдам ҳаракат қилиб, эзгу ишларда бардавом бўлишимизни насиб этсин!🍀🌼🤲 ☘🌿🌼 Дам олиш кунингиз хайрли ўтсин, азиз юртдошим!🌼☘🌿 Kanalga ulanish⤵️ @sara_kitoblar_uz
Показать все...
👍 1
#nazmvaqti БАЙРАМ Токи тирик экан дунёда одам, Унга ҳамроҳ эрур гоҳ шодлик, гоҳ ғам. Эртанг не бўлишин билмасман аммо, Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам. Ёрдан айри кечса — ҳар лаҳза абас, Вафосиз дўстни ҳам дўстим дема, бас. Кенг жаҳон сен учун бўлмасдан қафас, Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам. Демагил, чопқирдир омадим маним, Ҳеч қачон беланмас лойларга шаъним. Устингдан ёзмасдан бир номард ғаним, Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам. Оддий нарсаларни кўзга илмай гоҳ, Олис юлдузлар деб чекамиз оҳ-воҳ. Бошингни қотирмай ёнингдаги моҳ, Тинч ўтган ҳар кунинг, албатга, байрам. Оламда базму айш учрар аломат, Беморга бормикан ундан ҳаловат. Майлига ёвғон ич, лекин саломат, Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам. Энг аввал тинч бўлсин кўксингда виждон, Тинч бўлсин элу юрт, Ватан жонажон. Ғуборга чулғанмай шу еру осмон, Тинч ўтган ҳар кунинг, албатга, байрам. Яшашнинг шавқин сур сира толмасдан, Шеъринг ёз, пайсалга энди солмасдан. Фақат қартайганда севиб қолмасдан, Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам. 1994 © Абдулла Орипов Kanalga ulanish ⤵️ t.me/sara_kitoblar_uz
Показать все...
📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

👍 2