Xurshid Saidmuhammad | Notes
Открыть в Telegram
997
Подписчики
Нет данных24 часа
-107 дней
-5330 дней
Архив постов
O’zgarishlar.
Amerikalik yozuvchi Luis L'Amour shunday deb yozgan edi: "Hech qachon o'zgarmaydigan yagona narsa bu - hamma narsa o'zgarishidir.”
Ba’zan atrofimizdagi o’zgarishlardan norozi bo’lamiz yoki darrovda negativ tarafini ko’ramiz. Aslida esa bu hayotning yagona o’zgarmas qonuni ekanini unutib qo’yamiz.
Yangiliklarga, o’zgarishlarga pozitiv qarang, ularga nisbatan ochiq bo’ling. Ha, agar bu o’zgarishlar umuman ma’noga ega bo'lmasa, unga ma’no berishga harakat qiling.
Faqat shu orqaligina jamiyat yaxshilanishi mumkin.
👉 @lidernotes
#Iqtibos_time
Vaholanki, bir necha liderlik usullari bor va bu usullarning deyarli yarmi introvert insonlar harakteriga juda mos tushadi.
Men bilgan bir necha yaxshi liderlar ham introvert insonlar.
👉 @lidernotes
⏺Beshikdan to…
Bugun ayolim bilan birga kitob do’koniga aylanishga bordik. Men odatda kitoblarni turli ko’rinishda o’qiyman, ekektron versiya, audio versiya va albatta hard copy. Lekin mingdan ortiq kitoblar terilib turgan do’konda sayohat qilish indamay biror soat vaqtingizni olib qo’yadi.
Bunday do’konlardan albatta farzandimizga biror kitob sovg’a sifatida olish odatimiz bor.
Farzandimga kitob tanlar ekanman, yuqorida rasmdagi kitoblarga ko’zim tushib hayratda qoldim. Raketa ilmi, Nyuton qonunlari kabi ilmiy kitoblarni 0 yoshdan boshlab o’qitsa bo’ladigan sodda tilda yozilgan. Adashmasam, biz Nyutonning 3ta qonunini maktabda 7-sinfda o’rganganmiz, va hali ham shunday bo’lsa kerak. Yuqorida rasmdagi kitoblar shunchaki bir misol, va shu kabi yana yuzlab kitoblarni topsangiz bo’ladi.
Ilmni o’rgatishning yoshi va vaqti yo’q. Faqat uni qanday yo’llar bilan o’rgatish eng muhim masala. Beshikdan to qabrgacha ilm ol deganlari shu bo’lsa kerak deb o’zimizga yaxshi xulosa oldik.
P.S. Shu kitoblarni hammasini O’zbek tiliga tarjima qilib tashlaging keladi kishini.
👉 @lidernotes
Repost from Alisher Isaev blogi
Ilm olishga intiluvchan qizlar diqqatiga!
Sizda Sales Doctor Academy jamoasiga qòshilish imkoniyati mavjud.
Hozirda VOLONTYOR sifatida qo'shilib:
•Sales Doctor jamoasi a'zosi bòlish
•Milliard klub yig'ilishlarida shaxsan ishtirok etishingiz
•Va eng asosiy yuqori darajadagi atmosferada òz tajribangizni òshiringiz uchun bo'sh joylar bor.
Sizdan talab qilinadi:
✅ Excel va hisob-kitobni yaxshi bilish
✅ Ma'suliyat bilan yondashish
✅ Muammoga yechim bera olishingiz kerak.
Yosh chegarasi: 16-24
‼️Shoshiling, joylar soni chegaralangan.
Murojaat uchun:
📞 +998998247704
✍ @Salesdoctoracademy
Diqqat imkoniyat!
Yosh qizlar uchun ustozimiz Alisher Isaev asos solgan Sales Doctor kompaniyasiga volunteer qidirishmoqda.
Imkoniyatni qo’ldan boy bermang.
2x ko’proq harakat.
Muvaffaqiyatli insonlarning tarixi yoki erishgan yutuqlarini eshitganimizda ko’pincha ularga havas qilamiz va tabiiyki o’xshashga ham harakat qilamiz.
Unda o’xshagan bo’lsa menda ham albatta o’xshaydi deymiz.
Va juda ko’pchiligimiz o’xshashga harakat qilish jarayonida bir muhim faktni yoddan chiqaramiz, qaysiki, yutuqlari ortidagi mashaqqatli mehnatlarini.
Kimgadir o’xshamoqchi bo’lsangiz, shu insondan 2 barobar ko’proq harakat qiling. Chunki u sizdan kamida 2-3 qadam oldinda va bu sizdan tinimsiz mehnatni talab qiladi.
P.S. Kimgadir o’xshash-o’xshamaslik esa har birimizning o’z ixtiyorimizda.
👉 @lidernotes
Repost from Aziz Rahimov
Odamlar nima deydi
Odamlar nima deyishi nega muhim?
Odamlarga yoqish uchun muhim. Shunday qilsa hurmat qilishadi. Maqtashadi. Yomonlashmaydi.
Hurmat va maqtov nega kerak?
O’z qadrini bilib turish uchun. O’ziga hurmat ortishi uchun.
Demak odamlar fikriga qarab ish qilish - tashqi hurmatni ichki hurmatga konvertatsiya qilish usuli.
Ichki hurmat nega yo’q? Asli qandayligini biladi. Nafs shuni berkitish uchun tashqaridan fikr kutadi.
Odamlar nima deydi deb qilinadigan ishlar, aslida odamlar uchun emas, nafsimiz aytgani uchun qilinadi.
@azizrakhimov_blog
#Iqtibos_time
“Siz atrofingizdagi doimiy birga vaqt o’tkazadigan 5ta odamning o’rtachasisiz” kabi chiroyli gaplarni ko’p eshitgansiz. Men bugun bundan ham chiroyliroq, va albatta hayotiyroq gapni eshitib qoldim.
“Siz atrofingizdagi doimiy birga vaqt o’tkazadigan FIKRLARning o’rtachasisiz.” - Do Epic Shit kitobidan.
Ya’ni, siz ijtimoiy tarmoqlarda kuzatayotgan insonlarning fikrlari, o’qiyapgan kitobingizdagi fikrlar, eshityapgan podcatsdagi fikrlar - bularning hammasi tabiiy sizga ta’sir o’tkazadi.
Insonlar fikrlari bilan qadrlanadigan zamonlar allaqachon kelgan deb o’ylayman va imkon qadar yaxshi va butun fikrlaydigan insonlar atrofida bo’lishga harakat qilaylik.
Atrofdagi FIKRLARga yuboramiz🚀
👉 @lidernotes
#Iqtibos_time
Nima deb gap boshlasam ekin? Nima deb javob qaytarsam ekin?
Chala javob bergandan biroz sukut saqlay qolaman.
Bu kabi fikrlash sizga nisbatan bo’lgan boshqalarning fikrini negativlashib borishiga xizmat qilib qo’yadi ko’p holatlarda. Oz bo’lsa ham muloqat qilishdan qochmaylik azizlar.
👉 @lidernotes
Welcome to kelajakka.
2023 US Open tennis musobaqasida sportchilarga Sun’iy Intellekt (AI) murabbiydan foydalanishga ruxsat berilar ekan.
AI xattoki sport murabbiylarning ham o’rnini egallab qo’yayapti.
Lekin baribir emotsiyani, ehtirozni va xursandchlik-qayg’uni bera olmaydi a, nima dedinglar?
👉 @lidernotes
Fikr time 💭
Bir maqola o’qib o’tirgandim va birdan quyidagi savol kelib qoldi. Har biringizning fikringiz qiziq, shunchaki.
Omad borligiga ishonasizmi?
Omadning muvaffaqiyatdagi o’rni bormi?
To’g’ri-noto’g’ri fikr yo’q, ochiq o’ylagan fikringizni yozib ko’ring.
👉 @lidernotes
🚀 Sarhisob 📝
2023-yilning 3-oyi, ya’ni yilning 1/4 qismi ham ortda qoldi.
Har oy ohirida o’zingiz uchun biroz vaqt ajratib, shu oyning sarhisobini qilish yillik maqsadlaringiz sari qo’yilgan kichik qadam hisoblanadi. Va shu odatga sodiq qolgan holda, fevral oyining kichik sarhisobini albatta qilib ko’ring.
Quyidagi 2 ta savolni o’zingizga berish orqali biroz mulohaza qilib ko’ring:
✅ Mart oyidagi yutuqlaringiz va nimalardan minnatdorsiz❓
✅ Ushu oydagi ham kariyera, ham shaxsiy hayotingizdagi kamchiliklaringiz nimalar❓
Oddiy oq qog’oz yoki telefoningizdagi Notes ilovasiga shu savollarga javob yozib ko’rishga harakat qiling.
Har doimgidek shu savollarga javob berish uchun fikrlashga ketgan vaqtingiz va uni qayd qilish orqali oladigan xulosalaringiz keyingi oyda yanada yaxshiroq rivojlanishingizga katta yordam beradi.
Foyda berganlardan izohlarda javobingizni kutib qolaman.
👉 @lidernotes
1-April📆
Yaponiyada 1-Apreldan boshlab yangi o’quv yili va yangi bizness kalendar boshlanishi haqida bilarmidingiz?
(1-Aprel hazili emas, rostdan shunday😁)
Bugun esa, 31-Mart tabiiyki yil yakuni va deyarli hamma ishchilar imkon qadar yil oxirigacha yakunlashi shart bo’lgan proyektlari, savdolari va turli vazifalarini bajarishyapti. Bugun ko’pchilikni xatto ko’chalarda, stansiyalarda, poyezd ichida ishlashyapganini ko’rishingiz mumkin.
Nega aynan 1-Aprel? Turli sabablarni keltirish mumkin, lekin eng rasmiy ma’lumot bu Yaponiya tarixidagi Meiji davridan (1886 yil) qolib ketgan kalendar. Va qolaversa, yangi yil yaxshiliklar, xush kafiyatga boy xotiralar bilan boshlash uchun Sakura daraxti gullaydigan paytni belgilashgan deydigan yaponlar ham bisyor. Bu davrni xuddi bir vaqtning o’zida ham ayriliq, ham yangi hayotga kirib borish davri desak ham bo’ladi.
Xullas, yangi o’quv va yangi ish yilini rasman ertadan, amalda esa kelasi Dushanbadan boshlaydigan barchaga yanada katta zafarlar tilab qolamiz.
👉 @lidernotes
Welcome Apple Gangnam🥳
Bugun yana bir xursandchilik, yana bir yangi Apple Storening ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Bu yangi filial Seul shahrining eng mashxur hududida Gangnam tumanida joylashgan va bu bizning Janubiy Koreyadagi 5-Store hisoblanadi. Yangi Store ochilishida faol bo’lgan barcha insonlar uchun bugungi kun muborak bo’lsin.
Janubiy Koreya marketi ham Tokyo marketiga yetib olishiga oz qoldi.
👉 @lidernotes
⏺Stop ChatGPT ✋
Elon Musk va 1000dan ortiq expertlar Sun'iy intellektning bundan ham rivojlanishi bilan bog'liq xavotirlarni ko’rsatuvchi ochiq xatga imzo qo’yishdi.
Bu tashabbusni Hayot sugurtasi notijorat tashkiloti olib chiqqan.
Ochiq xatning mazmuni - 6 oyga ChatGPT-4 dan keyingi darajalarni experiment qilishni to’xtatish talabini qo’yilgan.
Qiziq. Bu talabni qanchalik rasmiy tasdiqlasharkin?!
👉 @lidernotes
➡️#ChatGPT
AI (Sun’iy intellekt)ning imkoniyatlari haqida bilmagan kishi qolmadi manimcha. So’ngi 3-4 haftda ijtimoiy tarmoqlar, bizness bozorda “hot” qaynoq mavzuga aylangan ChatGPTni men ham sinab ko’rdim.
Muloqot qilish mahoratini oshiradigan 5 ta kreativ tavsiya berishini so’radim, va 20 sekundga qolmasdan havoladagi javoblarni berdi.
Tez, qulay, vaqtni tejaydi, deyarli 90% to’g’ri ma’lumotlar taqdim etadi.
Bu ketishda kitob o’qiydigan kamayib ketmasa bo’ldi😊
👉 @lidernotes
Tokyo Sakura sayli 2023dan va’da qilingan rasmlar.
Last Part😁
👉 @lidernotes
