cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TASVIR VA TAJALLI

Kanal ToshDO'TAU talabalarining rassomchilikda iqtidori va unga qiziqishi bo'lgan talabalar uchun tashkil qilingan Kerak bo'lganimizda: 👇👇👇 @Shohruz_Mominzoda @Khakimova_M98

Больше
Узбекистан93 109Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
123
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

"DO'STLAR, BU HAM ENDI MEZONMAS SIRA, MENING YURAGIMDAN TO'KILGAN OLOV" Bo'rtma peyzaj Eraliyeva Shohsanam, O'zbek filologiyasi fakultetining 404-guruh talabasi "TASVIR VA TASVVUR" rasmlar tanlovi uchun berilgan bizga eng yoqqan kartina. * * * Embossed landscape Eraliyeva Shohsanam, Student of the 404th group of the Faculty of Uzbek Philology "PICTURE AND IMAGINATION" is our favorite picture given for the drawing competition. Follow @Tasvirvatajalli channel
Показать все...
"JOZIBA" Marjona Qo'chqorova, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti I kurs talabasi #taqriz Joziba degani hech qanaqa go'zallik, husn degan ma'noni anglatmaydi. Joziba yerning tortishish kuchi. Ushbu ijod namunasida Jozibaning turli ranglari, imajionaluzm uslubidagi xaos tasavvuroti ko'rsatib berishga harakat qilingan. Bir qarashda palapartish tuyiladiga ushbu manzara aslida tafakkur uchburchagining qog'ozdagi ifodasidir. * * * Marjona Kochkarova, First-year student of the Faculty of Translation Theory and Practice #review Atractiveness does not mean any beauty. It is the gravitational force of the earth. In this example of creation, the various colors of Charm have tried to show the image of chaos in the style of imaginationalism. This scene, which at first glance seems like a waterfall, is actually a paper expression of the contemplation triangle. @Tasvirvatajalli
Показать все...
"ORZU" Marg'iyona Tojiboyeva, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti I kurs talabasi #taqriz Ijod bu ehtiyoj farzandi. Ehtiyoj ortidan ijod dunyoga keladi. Ijod vositasida muallif o'z idealini yaratadi. Yo'l bir vaqtda safar ma'nosini anglatishi bilan birga allaqaysi manzil ifodasini ham yuklaydi bizga. Yo'l yoqasidagi olovrang zarrin xazonlar esa ORZUning armonga aylanishidan darak, valekin yo'lning ravonligi yo'lovchining qaytishiga poyandoz demak. Shuning uchun muallif ORZU qilishda davom etadi. * * * Marg'iyona Tojiboyeva, 1-grade student of The faculty of translation theory and practice #review Creativity comes from need. Creativity follows need. Through creativity the outhor creates her own idea. The road means not only a journey but also any adress. The fiery leaves on the side of the road symbolize the dream becoming unfulfilled wishes. But the smoothness of the road encourages the passenger to move forward. So the outhor continue to dream. @Tasvirvatajalli
Показать все...
Assalomu alaykum! 👨‍🎨 👩‍🎨 Tasviriy san'at zamon va makon, shuningdek, lisoniy tafakkur chegarasini buzib o'tgan hodisalar biri hisoblanadi. Endilikda universitetimizda Prezidentimizning Besh tashabbusi doirasida tashkil qilingan "Tasvir va tajalli" kanali o'z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida o'zbek va ingliz tilida yurita boshlaydi. Maqsadimiz har jabhada faol bo'lgan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalarini jalb etish, ustaxonamizda yaratilayotgan kartinalar taqrizini keng olamga tushuntirishdir. Avvalambor, kanalimizga ulaning, rasmlar bilan tanishing! * * * Fine art is one of the phenomena that transcends time and space, as well as the boundaries of linguistic thinking. Now the channel "Tasvir va Tajalli", which created at our university following to the Five Initiatives of the President, will be broadcast in Uzbek and English in order to further expanded activities. Our goal is to attract students of the Faculty of Translation Theory and Practice, who are active in all spheres, to explain to the world the annotation of paintings created in our workshop. First of all, subscribe our channel, get acquainted with the artworks! 👇👇👇 @Tasvirvatajalli
Показать все...
TASVIR VA TAJALLI

Kanal ToshDO'TAU talabalarining rassomchilikda iqtidori va unga qiziqishi bo'lgan talabalar uchun tashkil qilingan Kerak bo'lganimizda: 👇👇👇 @Shohruz_Mominzoda @Khakimova_M98

Mahorat darsiga marhamat qiling 🥳🥳🥳 @Tasvirvatajalli
Показать все...
"SIRISHK" 🎨 Shukurova Dinara, ToshDO'TAU O'FF III kurs talabasi she'r: Тун ичади сукутни Қишлоқ жим-жит, йўл жим-жит, Ой ёпади куйган нон, Юлдуз сепати – кунжут, Бир қиз келар паришон. Қоп-қора айғоқ шамол Ковакка писинади, Тошнинг тагида илон Ғам билан исинади, Бир қиз кутар паришон. Майсалар айтиб афсун Сеҳрлар қурбақани, Анҳор тун туёғидан Ўғирлайди тақани, Бир қиз кулар паришон. Тун ичади сукутни Қишлоқ жим-жит, йўл жим-жит, Ой – нонини еб қўяр Қишлоқдаги қарри ит, Бир қиз йиғлар паришон... АЗИЗ САИД @Tasvirvatajalli
Показать все...
"Boxtar" Uzoqova Mohiyaxon, O'FF 401-guruh talabasi P.s.: Ustaxonamizda yaratilgan birinchi kartina @tasvirvatajalli
Показать все...
"VUSLAT" ✍ Shukurova Dinara, O'FF 302-guruh talabasi Ko'rib turganingiz ushbu suratda oshiq va ma'shuqning bir-biriga yetishmog'i yozilgan ☝️ (diqqat qiling, tasviriy san'atda asarlar-kartinalar chizildi deb emas, balki yozildi deb aytiladi). Qahramonlar o'rtasidagi ishq bu diydorlashuvdan ancha avval paydo bo'lganini ikkisi o'rtasidagi sariq gullar ko'rsatadi. Chunki sariq rang ayriliqni ifoda etadi. Anor folklorda bokiralikni anglatadi. Odatda anor noyabrda pishib yetiladi, rasmda esa bahor manzarasi. Bir qaraganda bir-biriga mantiqan bog'liq emasdek, ammo qizning bo'yi yetganligi pishib yetilgan anor bilan, baxti esa ko'kalamzor tasviri bilan, qalblardagi muhabbat esa ikki tomondagi butalardan chiqqan pushtirang gul bilan tajalli qilgan. Oshiq va ma'shuqning o'rtasidan oqib turgan suv bu nikoh ramzi. Bilsangiz, xalqda mahram suvi iborasi bor, bu nikoh kechasiga nisbatan ishlatiladi. Demak, ikkisining muhabbati nikoh bilan tugallandi hamda boshlandi... Taqrizchi: Sh. Mo'minzoda @Tasvirvatajalli
Показать все...
Salom, tengdosh! 🤓 Universitetimizda "Tasvir va tajalli" rassomchilik laboratoriyasi borligidan xabaringiz bormidi? 😳 Nahotki, shunday muhim narsadan g'ofilsiz? Yo'q, yaxshisi, @tasvirvatajalli kanaliga a'zo bo'lib, bu joyda dunyoga kelgan va kelayotgan ijod namunalaridan bahramang bo'ling. 👩‍🎨👨‍🎨 I kurs magistrantimiz Shohro'z Mo'minzoda yetakchiligidagi bu jamoa 2019-yildan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Universitetimiz rektori "Tasvir va tajalli" loyihasi uchun professional rassomlik jihozlarini ta'minlab bergan. "... Garchi bizning sohamiz bo'lsa-da, rassomchilik kolleji yoki oliy ta'lim muassasalarida bu darajada imkoniyat qilinmaydi. Menimcha, rassomlikka ishq-u havasi baland bo'lgan yigit-qizlar bu universitetda bor sharoitdan maksimal darajada foydalanib qolishi kerak..." - deydi yosh havaskorlarimizga mahorat darslari o'tayotgan Javohir Niyazov ("Kamoliddin Behzod" instituti II kurs magistranti). Shoshiling, imkoniyatdan foydalaning! Ertaga soat 12:00 da barchangizni "Tasvir va tajalli" xonasida kutib qolamiz 🥳🥳🥳 👇👇👇 T.me/Tasvirvatajalli
Показать все...
TASVIR VA TAJALLI

Kanal ToshDO'TAU talabalarining rassomchilikda iqtidori va unga qiziqishi bo'lgan talabalar uchun tashkil qilingan Kerak bo'lganimizda: 👇👇👇 @Shohruz_Mominzoda @Khakimova_M98

#besh_tashabbus Uzoq va yaqin tarixda ijodkorlar sheʼr yozishni ham, romanlar yozishni ham, rasmlar chizishni ham mashq qilishgan. Alisher Naoviy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida #besh tashabbus doirasida “Tajalli” toʻgaragi faoliyati ham yoʻlga qoʻyilganidan xabaringiz bor. Unga rasm chizishdan ilk saboq olayotganlar ham, ancha mohirlar ham birday kelishadi. Tinimsiz mehnat+qobiliyat=mahoratni keltirib chiqaradi. Mahorat boʻlsa, hammasidan boʻlsinda.... Ehtimol, shundagina haqiqiy sanʼat nima ekanini anglash va “Sanʼat-sanʼat uchunmi, xalq uchunmi?” degan savolga javob topish mumkindir.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.