cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Norin tuman Xalq ta'limi bo'limi | Rasmiy kanali

Ta'lim tadqiqotlari - Ta'lim sifati garovi Eng samarali investitsiya-Ta'limga tikilgan investitsiya Norin tuman Xalq ta'limi bo'limining rasmiy kanali 📞 Ishonch telefoni raqami: 905 61 91 ✉️ E-mail: [email protected] Admin: @AloqaarUchun_bot

Больше
Россия206 295Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
134
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Namanganlik maktab oʻquvchilari uchun onlayn tanlov!!! Namangan viloyat hokimligi, Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning mustaqil ijod bilan shugʻullanishlarini qoʻllab - quvvatlash maqsadida oʻquvchilarning yoshi va sinfi cheklanmagan ijodiy tanlovni eʼlon qiladi: “Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi” (Uy sharoitida oʻquvchi tomonidan istalgan cholgʻu asbobi orqali ijro etilgan ijod namunasi. Davomiyligi 3-5 daqiqa) Videolavha ostida oʻquvchining ishtirok etadigan yoʻnalishi, tumani, maktabi, sinfi va ism sharifi yozilishi shart “Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi” yoʻnalishiga videolovha yuborish uchun bosing (@engyaxshi_cholgubot) ✅ “Eng yaxshi xonanda oʻquvchi” (Uy sharoitida oʻquvchi tomonidan ijro etilgan ijod namunasi. Estrada, maqom, baxshichilik yoʻnalishlari boʻyicha. Davomiyligi 3-5 daqiqa) Videolavha ostida oʻquvchining ishtirok etadigan yoʻnalishi, tumani, maktabi, sinfi va ism sharifi yozilishi shart “Eng yaxshi xonanda oʻquvchi” yoʻnalishiga videolovha yuborish uchun bosing (@Yaxshi_xonandabot) “Eng yaxshi rassom oʻquvchi” (Uy sharoitida oʻquvchi tomonidan chiziladigan ijod namunasi. Erkin mavzu ostida chiziladigan surati. 3-5 daqiqagacha chizib yakunlanadi. Oʻquvchi chizayotgan rasmini jarayonda izohlab boradi) Videolavha ostida oʻquvchining ishtirok etadigan yoʻnalishi, tumani, maktabi, sinfi va ism sharifi yozilishi shart “Eng yaxshi rassom oʻquvchi” yoʻnalishiga videolovha yuborish uchun bosing (@engyaxshirassombot) “Eng yaxshi ijodkor oʻquvchi” (Oʻquvchilar tomonidan nazm va nasr yoʻnalishida ifodali yod olib oʻqigan hikoya, sheʼr va gʻazallardan namunalar. 3-5 daqiqada oʻzi yoqtirgan muallifning hikoya, gʻazal yoki sheʼrlaridan yod olib ifodali oʻqib beradi) Videolavha ostida oʻquvchining ishtirok etadigan yoʻnalishi, tumani, maktabi, sinfi va ism sharifi yozilishi shart “Eng yaxshi ijodkor oʻquvchi” yoʻnalishiga videolovha yuborish uchun bosing (@engyaxshiijodkorbot)✅ “Eng yaxshi sportchi oʻquvchi” (Uy sharoitida oʻquvchi tomonidan sport mashgʻulotlari bilan ota-onasi nazorati ostida shugʻullanayotganligi aks ettirilgan videolavha. Davomiyligi 3-5 daqiqa) Videolavha ostida oʻquvchining ishtirok etadigan yoʻnalishi, tumani, maktabi, sinfi va ism sharifi yozilishi shart “Eng yaxshi sportchi oʻquvchi” yoʻnalishiga videolovha yuborish uchun bosing. (@Yahshi_sportchi_bot) “Eng yaxshi dasturchi oʻquvchi” (Uy sharoitida oʻquvchi tomonidan yaratilgan kompyuter dasturi. 3-5 daqiqa ichida dasturi haqida izoh berib oʻtadi. Dastur elektron holda yuboriladi.) Videolavha ostida oʻquvchining ishtirok etadigan yoʻnalishi, tumani, maktabi, sinfi va ism sharifi yozilishi shart “Eng yaxshi dasturchi oʻquvchi” yoʻnalishiga videolovha yuborish uchun bosing (@engyaxshidasturchibot) “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi” (Oʻquvchi tomonidan mutoala qilinayotgan kitob, muallifi, voqelar rivoji, ijobiy va salbiy qahramonlarga munosabat va kitobdan olayotgan taasurotlari aks ettirilgan videolavha davomiyligi 3-5 daqiqa ) Videolavha ostida oʻquvchining ishtirok etadigan yoʻnalishi, tumani, maktabi, sinfi va ism sharifi yozilishi shart “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi” yoʻnalishiga videolavha yuborish uchun bosing (@engyaxshikitobxonbot) Yakuniy muddat joriy yilning 20-yanvar kuni. Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasida 21-yanvar kuni har bir yoʻnalish boʻyicha 1,2,3- oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar munosib taqdirlanadi! Gʻoliblar: 1-oʻrin - “Velosiped” 🚲 2-oʻrin - “Zamonaviy mobil telefon” 📲 3-oʻrin - “Kitoblar jamlanmasi” 📚 bilan mukofotlanadi Yana bir eslatma oldin videolavha yuborgan ishtirokchi yangi ijod namunasini yana yuborishi mumkin! Eʼtibor bering: Videolavha ostida oʻquvchining ishtirok etadigan yoʻnalishi, tumani, maktabi, sinfi va ism sharifi yozilishi shart. Shu bilan videolavha sifati hamda hajmi (megabayt sigʻimi) katta boʻlib ketmasligiga ham eʼtibor bering Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati
Показать все...
🔊DIQQAT DIQQAT🔊 #ONLAYN_TANLOV 📄Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida onlayn rasmlar tanlovini eʼlon qiladi. 📌Tanlov tasviriy sanʼat yoʻnalishida 1-4-sinf oʻquvchilari uchun “Yurtimda qish”, 5-11-sinf oʻquvchilari uchun« “Vatanimiz posponlari” mavzularida quyidagi shartlar asosida oʻtkaziladi. 🖼Rasmlar mavzuga oid (rasm rassomchilik uslublari va qoidalari asosida) maʼlumotlarni targʻib etishi zarur. ☝️Tanlovda ishtirok etish uchun materiallar joriy yilning 10-yanvar kunidan boshlab, 20-yanvar kuniga qadar material muallifining FISH, hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini koʻrsatgan holda @D_Burxanov telegram manziliga yuborilishi zarur. ✅Hakamlar hayʼati tomonidan gʻolib deb topilgan ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.
Показать все...
#bolalar_kutubxonasi #online_diqqat_tanlov Namangan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamda Muhammadsharif So’fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan o’quvchi yoshlarni qishki ta’til vaqtlarini mazmunli o’tkazish va kitobxonlikka jalb etiish maqsadida ko'rik- tanlovlar o’tkaziladi. 1. 1-4 sinf o'quvchilar o'rtasida "Dillarda Vatan madhi". (O'quvchilar tomonidan she'r, hikoya, qissa va ertaklar aytib vediorolik tarzda 2 daqiqadan oshmagan 1 ta yo'nalish bo'yicha taqdim etiladi) 2. 5-8 sinf o'quvchilar o'rtasida "Men sevib o'qigan kitob". (O'quvchilar tomonidan she'r, hikoya, qissa va asarlar aytib vediorolik tarzda 2 daqiqadan oshmagan 1 ta yo'nalish bo'yicha taqdim etiladi) 3. 9-11 sinf o'quvchilar o'rtasida "So'fizoda she'riyati shaydosiman". (O'quvchilar tomonidan Muhammadsharif So'fizoda she'r va g'azallaridan aytib vediorolik tarzda 2 daqiqadan oshmagan tarzda taqdim etiladi) Ushbu ko'rik-tanlovlar 2022 yilning 11 yanvardan 21 yanvar kuniga qadar o'tkaziladi. Vedioroliklarni @madaniybolimi manzilga yuboriladi va t.me/namvilbolalarkutubxonasi ushbu kanalda yoritib boriladi.
Показать все...
Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"

Ushbu kanal orqali kitobxonlikka oid ko‘rik-tanlovlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoritib boriladi. Murojaat uchun @MBoymirzaev_7373

Республика бўйлаб “Умид ниҳоллари - 2022” спорт мусобақаларига старт берилди Бугун, 5 январь куни Республикамизнинг барча туман (шаҳар)ларида умумтаълим мактабларининг 5-6, 7-8, 9-11-cинф ўқувчилари ўртасида “Умид ниҳоллари” спорт мусобақаларининг туман (шаҳар) босқичларига старт берилди. Халқ таълими вазирлиги тизимидаги ўқувчи-ёшларни мунтазам равишда жисмоний тарбия ва спорт билан шуғулланишга жалб қилиш, соғлом турмуш тарзини шакллантириш, ўқувчиларнинг таътил вақтида бўш вақтларини мазмунли ўтказиш мақсадида ташкил этилаётган мазкур мусобақалар спортнинг бадминтон, баскетбол, волейбол, гандбол, стол теннис, шаҳмат, шашка, кураш, спорт гимнастика, бадиий гимнастика спорт турлари бўйича бўлиб ўтади. Эслатиб ўтамиз ушбу мусобақаларда професионал даражада спорт билан шуғулланиб, Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси бўлган, болалар ва ўсмирлар спорт мактаблари, ихтисослаштирилган спорт мактаблари ва интернатлари, футбол академиялари тарбияланувчилари бўлган спортчилар иштирок этмайдилар. @Uzedu
Показать все...
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI O‘QITUVCHILARI DASTURLASH TILLARI SCRATCH VA C++ KURSLARIDA MALAKA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDI 🔘Batafsil o'qing 👇👇👇Norin tuman xalq ta'lim bo'limini ijtimoiy tarmoqlariga ulaning Youtube | Facebook | 🌐Norinxtb.uz | Telegramm
Показать все...
#Жараён Меҳрибонлик уйлари тарбияланувчилари, ота-оналари Ватан сарҳадларини ҳимоя қилиш йўлида қурбон бўлган, ота-она қарамоғисиз қолган болалар учун “Президент совғалари" ҳудудларга жўнатилди Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Показать все...
PREzident sovgasi.mp433.81 MB
БАТАФСИЛ : https://bit.ly/3sCNbjZ
Показать все...
Наманган вилояти Халқ таълими бошқармаси бошлиғи Рустамжон Исраиловнинг вилоят халқ таълими тизимидаги 2021 йилги фаолият  якунлари ва 2022 йилги устувор вазифаларга бағишланган

М У Р О Ж А А Т И   ҚАДРЛИ УСТОЗ - МУАЛЛИМЛАР!         Йил якунида тарихдан ўрин олаётган йилни сарҳисоб қилиб, истиқболдаги устувор вазифаларни белгилаб олиш анъанага айланган. Остонада турган Янги йил арафасида шундай сарҳисоб они ва галдаги вазифаларни белгилаб олиш истиқбол эгалари камоли учун дахлдор бўлган соҳамиз вакиллари учун ҳам муҳим аҳамиятга эга. Байрам арафасида, аввало, барчангизни Янги йил билан самимий муборакбод этиб, барчангизга мустаҳкам соғлик, оилавий иқбол ва саодат, ёш авлод…

Bugun, 27-dekabr kuni "Yosh kitobxon" tanloviga start beriladi! "Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o'z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin: • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Andijon viloyati Buxoro viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati Samarqand viloyati Sirdaryo viloyati Surxondaryo viloyati Toshkent viloyati Farg‘ona viloyati Xorazm viloyati Toshkent shahar ❗️Eslatib o‘tamiz, "Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichi: 27-dekabr - 10-14 yosh toifasi (2007-2011 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun; 28-dekabr - 15-19 yosh toifasi (2002-2006 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun; 29-dekabr - 20-30 yosh toifasi (1991-2001 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun bo‘lib o‘tadi. ⏰ Tanlov soat 10:00 dan 17:00ga qadar o‘tkaziladi. #yoshkitobxon @uzedu
Показать все...
БАЛИҚЧИЛИК РАВНАҚ ТОПАЁТГАН НОРИНДА ЎҚУВЧИЛАР УШБУ ЙЎНАЛИШДА САЛМОҚЛИ НАТИЖАЛАР БИЛАН КАТТА ДАРОМАД ТОПИШМОҚДА Норин тумандаги 43-умумтаълим мактабиннинг 10-синф ўқувчиси Диёрбек Маҳкамов ҳамда худди шу таълим масканида 11-синфда таҳсил олаётган Хуршидбек Умаров хусусий тадбиркор Умиджон Абдураҳмонов билан устоз-шогирд анъанасига биноан 5 йилдан буён балиқчилик билан шуғулланиб келишмоқда. Бу ўқувчилар ҳозирда ойига 5 млн. сўмдан соф даромад топишмоқда. Мавсум арафасида бу миқдор икки-уч баробаргача кўтарилади. Айни пайтда тадбиркор тасарруфидаги балиқхонада фаолият кўрсатиб келмоқдалар. Балиқчилик синоатини маҳорат билан эгаллаган ёшлар келгусида туман марказида ўзларининг алоҳида шахобчаларини очишни режалаштиришган. 👇👇👇Norin tuman xalq ta'lim bo'limini ijtimoiy tarmoqlariga ulaning Youtube | Facebook | 🌐Norinxtb.uz | Telegramm
Показать все...
NORIN.mp47.87 MB
#Баёнот Умумтаълим мактабларида янги йил байрамини нишонлаш билан боғлиқ ҳеч қандай чекловлар йўқ Мактабларда янги йил байрамини нишонлаш билан боғлиқ хабарномага қўшимча изоҳ Халқ таълими вазирлиги томонидан умумтаълим мактабларига Янги йил байрамини режалаштириш ва ўтказиш билан боғлиқ чеклов юзасидан тегишли хати нотўғри талқин қилинганини маълум қиламиз. Умумтаълим мактаблари ҳудудида янги йил байрамини нишонлаш билан боғлиқ ҳеч қандай чекловлар мавжуд эмаслигини билдирамиз. Шу билан бирга мактабларда пул йиғимлари ҳамда ота-оналарнинг эътирозларини олдини олиш мақсадида ресторан, кафе ва бошқа умумий овқатланиш шаҳобчаларида мактаб ўқувчиларига Янги йил байрамини ўтказиш тавсия этилмайди. Республика махсус комиссиясининг турли хил корпоратив байрам ва кўнгилочар тадбирларни ташкил этиш билан боғлиқ тақиқлар вазирлик, идора ва бошқа давлат ташкилотларига татбиқ этилганлигини маълум қиламиз. Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.