cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Soliq xizmati xabarlari

Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati Murojaat uchun tel: 95 777 11 25; 94 111 97 90 Ishonch tel: 622231010 (Rasmiy kanal) @Xorazm_viloyat_soliq

Больше
Рекламные посты
1 352
Подписчики
+124 часа
-97 дней
-4630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#barqarorlik_reytingi 2️⃣Tadbirkorlik subyekti faoliyatini baholashning umumiy mezonlari ▪️ Bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi tegishli hududdagi iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha ish haqi miqdoridan: 100 foiz va undan yuqori bo‘lsa — 10 ball; 75 — 100 foizgacha bo‘lsa — 8 ball; 50 — 75 foizgacha bo‘lsa — 6 ball; 25 — 50 foizgacha bo‘lsa — 4 ball; 25 foizgacha bo‘lsa — 2 ball beriladi. Bunda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa — 5 ball chegiriladi. ▪️ Soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi: soliq turlari bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilganda — 10 ball beriladi; hisobot kechiktirib taqdim etilganda yoki taqdim etilmaganda — ball berilmaydi. Mazkur ko‘rsatkichni baholashda kalendar oyda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi. ▪️ Hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda to‘lanish ko‘rsatkichi hisoblangan soliq summalarining belgilangan muddatda to‘langanligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi: belgilangan muddatda to‘langanda — 10 ball beriladi; kechiktirib to‘langanda yoki to‘lanmaganda — ball berilmaydi. Bunda har oyda to‘lov muddati kelgan hisoblangan soliq summasi inobatga olinadi. ▪️ Hisoblangan soliqlarning to‘lov topshiriqnomasi orqali to‘langanligi hisoblangan soliq summasi to‘lov topshiriqnomasi orqali to‘langanligi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi asosida undirilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi: to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa — 10 ball beriladi; soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilgan bo‘lsa — 5 ball chegiriladi. ▪️ Elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holatini baholashda hisobot davrida tovarlar jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgan kalendar sanada rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar summasining jami elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha tovar aylanmasidagi ulushi (foizi): 100 foiz bo‘lsa — 10 ball; 75 — 99 foizgacha bo‘lsa — 7 ball; 50 — 75 foizgacha bo‘lsa — 5 ball; 25 — 50 foizgacha bo‘lsa — 2 ball; 25 foizgacha bo‘lsa — 1 ball beriladi; rasmiylashtirilmagan bo‘lsa — ball berilmaydi. ▪️ Elektron hisobvaraq-fakturalar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasini baholashda elektron hisobvaraq-fakturalar orqali kalendar yil davomida xarid qilingan (shu jumladan, import qilingan) tovarlar yoki xomashyoga mutanosib ravishda amalga oshirilgan tovarlar realizatsiyasi (jumladan, eksport qilingan tovarlar summasi): 70 foizdan ko‘p bo‘lganda — 10 ball. 50 foizdan 70 foizgacha bo‘lganda — 5 ball beriladi. Bunda yil davomida 70 foizdan ortiq xarid qilingan tovarlar yoki xomashyo qoldiqda qolganda — 5 ball chegiriladi. Mazkur ko‘rsatkichni hisoblashda 1-yanvar (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — ro‘yxatdan o‘tgan davr) va 31-dekabr sanasidagi tovar yoki xomashyo qoldig‘i inobatga olinadi. Bunda asosiy vositalar summasi hisobga olinmaydi. ▪️ Soliq organlari tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlagan kamchiliklarning bartaraf etilish holati soliq organlari axborot tizimlaridan foydalangan holda o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida kamchilik aniqlanmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligidan kelib chiqib quyidagicha baholanadi: kamchilik aniqlanmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilgan bo‘lsa — 10 ball; kamchiliklar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan bo‘lsa — 7 ball beriladi. Bunda kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilmagan bo‘lsa — 5 ball chegiriladi. Telegramm | 💬 Facebook | 📹 Youtube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#barqarorlik_reytingi 1️⃣ Tadbirkorlik subyekti faoliyatini baholashning umumiy mezonlari ▪️ Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab faoliyat yuritish davridan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi (bunda tadbirkorlik subyektining harakatsiz holatga o‘tkazilgan davri hisobga olinmaydi): faoliyat ko‘rsatgan har bir yil uchun — 2 balldan; 5 yil va undan ortiq faoliyat ko‘rsatganda — 10 ball beriladi. ▪️ EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyektining sof foydasiga foiz to‘lovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, hisoblangan foyda solig‘i summasi qo‘shilib, tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan sof tushumga bo‘lish va 100 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi (EBITDA margin = EBITDA / daromad x 100%). EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan: 70 foizdan yuqori bo‘lsa — 10 ball; 50 — 70 foizgacha bo‘lsa — 5 ball; 25 — 50 foizgacha bo‘lsa — 2 ball beriladi. Mazkur ko‘rsatkichni baholashda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tgan yuridik shaxslar bo‘yicha ko‘rsatkichlar foyda solig‘i hisoboti shakllarining oxirgi soliq davri ma’lumotlaridan foydalaniladi. ▪️ Yer uchastkalari va (yoki) ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi tadbirkorlik subyekti foydalanayotgan yer uchastkalari (shu jumladan, qishloq xo‘jaligi uchun uzoq muddatli ijaraga ajratilgan) va (yoki) mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi (ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganligi)) quyidagicha baholanadi: mulk huquqi asosida bo‘lsa — 10 ball; ijara shartnomasi bo‘yicha foydalanilayotganda — 7 ball beriladi. Agar yer uchastkalari va (yoki) ko‘chmas mulk obyektlari mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, tadbirkorlik subyektining u ko‘rsatgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi aniqlansa — 5 ball chegiriladi. Telegramm | 💬 Facebook | 📹 Youtube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#barqarorlik_reytingi Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak? Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan. Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan. Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud. Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi. Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon. Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi. Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi. ✅ Telegramm | 💬 Facebook | 📹 Youtube
Показать все...
01:38
Видео недоступноПоказать в Telegram
#onlayn_NKT Komitent my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabineti orqali o'z vositachi (komissioner)lari ro'yxatini qanday shakllantiradi? Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
#onlayn_NKT #marketpleys Marketpleyslar va elektron to'lov tizimlari bilan ishlaydigan vositachi (komissioner) hisobotlarni qanday shakllantiradi❓ Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi bo‘yicha aylanmani komitent hisobotida aks ettirish uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini ko‘rsatishi kerak. Buning uchun komitent soliq to‘lovchining my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantirishi kerak. 👉Bu qanday amalga oshiriladi? ❗️Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasa va vositachi (sub-vositachi) onlayn-NKTning chekida komitent STIRini ko‘rsatmasa, u holda vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida xato tarzda aks etadi. Komitentlar vositachilarining onlayn-NKT cheki ma’lumotlarini monitoring qilib borishi va ulardagi xatolarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin. 👉 Vositachilar cheklarini tuzatish bo‘yicha qo'llanma __________ #онлайн_ККТ #маркетплейс Как правильно сформировать отчетность, если вы являетесь комиссионером и работаете с маркетплейсами и электронными платежными системами❓ Чтобы оборот по реализации товаров (услуг) отражался в отчетности комитента, комиссионер должен указывать в чеках ИНН комитента. Для этого комитент должен сформировать список своих комиссионеров через персональный кабинет налогоплательщика на сайте my3.soliq.uz. 👉Как это сделать? ❗️Если комитент не внесет данные о комиссионерах в персональном кабинете и комиссионер (субкомиссионер) не укажет ИНН комитента в чеках онлайн-ККТ, то сумма реализованного комиссионером товара ошибочно отразится в налоговой базе комиссионера. Комитенты могут мониторить сведения чеков онлайн-ККТ своих комиссионеров и самостоятельно исправлять в них ошибки. 👉Инструкция по корректировке чеков комиссионеров Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
#TTY Yirik soliq to‘lovchilar aprel oyi uchun elektron TTYlarni 1-iyungacha rasmiylashtirishi mumkin Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi. Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda. Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel oyida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1-iyuniga (01.06.2024 y.) qadar rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. ❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi. 👉 Hammasi elektron tovar-transport yuk xati haqida 👉 Elektron TTY mavzusida onlayn seminar-trening 👉 Didox tomonidan o‘tkazilgan seminar 👉 Elektron TTY tizimidan foydalanish bo'yicha videoqo'llanma 👉 Faktura.uz saytida elektron TTY yaratish bo‘yicha videoqo'llanma __________ #ТТН Крупные налогоплательщики могут оформить электронные ТТН за апрель до 1 июня Ранее сообщалось, что с 1 апреля для крупных налогоплательщиков внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде. С учетом предложений предпринимателей система оптимизируется. Налоговым комитетом также приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных товарно-транспортных накладных за апрель до 1 июня текущего года. ❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период. 👉 Все об электронных товарно-транспортных накладных 👉 Онлайн семинар-тренинг по электронным ТТН 👉 Семинар, проведенный Didox 👉 Видеоинструкция по использованию системы электронных ТТН 👉 Видеоинструкция по созданию электронной ТТН на сайте faktura.uz Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
01:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
#soliqchi_komakchi Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun. __________ #солиқчи_кўмакчи Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Воспользуйтесь этой видеоинструкцией. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...