cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ÕTUKAN

"TURK IDUK YER SUBI"(Muqaddas TURK zamini) Kul tegin bitigidan.

Больше
Рекламные посты
263
Подписчики
Нет данных24 часа
-17 дней
+530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Эрондаги президентлик сайловида этник озарбайжон ва ислоҳотчи номзод - Масуд Пезешкиан ғалаба қозонди Эронда бўлиб ўтган президентлик сайловларининг иккинчи босқичи ислоҳотчилар блоки вакили Масуд Пезешкиан ғалабаси билан якунланди. Масуд Пезешкиан учун сайловчиларнинг 53,6 фоизи овоз берди. 69 ёшли сиёсатчи Эрон ғарбида этник озарбайжонлар оиласида дунёга келган. Батафсил: https://azon.global/1507 ©️Azon Global
Показать все...
👍 2🔥 1
#ulashing ➡️ 🎧 Mavzu: Millat o'zligini yo'qotmasligi uchun nima qilishi kerak? Kamayayotgan turkiy millatlar "Fikrat" tahliliy dasturi @Hamid_Sodiq
Показать все...
🔴JONLI_EFIR_Millat_o'zligini_yo'qotmasligi_uchun_nima_qilishi_kerak.mp358.15 MB
Repost from Suhrob Ziyo
Фото недоступноПоказать в Telegram
Boshqird elining zarif shoiri Mustay Karim: "Turkiy xalqlarning bo'ri zotiga bog'lanishiga sabab bu qavmning ming yillar davomida har yerdan quvilgani", – der edi... Turklar bir-birini ko'rganda, yo xayrlashganda, o'ng qo'lining uchta barmog'i bilan bo'ri boshini tasvirlab, qardoshlik izhor qiladilar. Erkin Vohidov, "So'z latofati" kitobidan.
Asrlar bo'yi Usmoniylardan dahshatga tushib kelgan Yevropa esa hatto shu belgidan ham qo'rqadi! @suhrob_ziyo1
Показать все...
4🔥 2👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
1529 da, 1683 da olinmagan Vena 2024 da olindi. @bitikchiuz
Показать все...
👍 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
Mang‘it amirlari sulolasini boshlab bergan hukmdor Muhammad Rahimbiy Abu Bakr tarxon mozorida ko‘milgan. Amir Shohmurodbiy, Amir Haydar, Amir Nasrulloh Bahodirxon, Amir Muzaffarlar Buxoroning g‘arbiy qismida, Jo‘ybor mavzesida Eshoni Imlo mozoridagi amirlar xilxonasi - Go‘rxonayi podshohonda ko‘milgan. Bu ikki qabriston sobiq ittifoq davrida yo‘q qilinib amirlarning qabrlari yo‘qotilgan. Doniyolbiy otaliq va Amir Umarlarning qabri Bahovuddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lgan, hozirda saqlanib qolmagan. Amir Abdulahadxonning qabri Karmanada, Qosim shayx maqbarasi yonida. Amir Olimxon qabri esa Kobulda. @bitikchiuz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
1923-yil 17-martda Mersinga bir karvonda piyoda holda kirgan G‘oziy Mustafo Kamol poshoning qarshisidan katta lavh ko‘targan suriyalik qizlar chiqadi. Lavhda ushbu yozuv bor edi, "suriyalik yurtdoshlaringizni ham qutqaring". Lavhani o‘qigan Mustafo Kamol ohista yurib shunday deydi: "har millat loyiq bo‘lganiga erishar". @bitikchiuz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Monarxiya yoki despotik hokimiyatni muhofaza qilish va tutib turish uchun ko‘p ham halollik talab etilavermaydi. Monarxiyada qonunlar kuchi, despotik davlatda esa hukmdorning doimo ko‘tarilgan qo‘li [mushti] hamma narsani aniqlab beradi va tiyib turadi. Ammo xalq hukmron bo‘lgan davlatga qo‘shimcha dvigatel kerak; bu dvigatel fazilat [siyosiy erkinlik]dir. Sharl Lui Monteskye @bitikchiuz
Показать все...
👍 4
O‘g‘uzlar VIII-IX asrda Sirdaryo va Orol dengizi yaqinidagi hududlarda yirik qabila ittifoqini tashkil etadilar. IX asr oxirida bu qabila ittifoqi asosida O‘g‘uz davlati (yabg‘uligi) vujudga keladi. O‘g‘uz yabg‘ularining qarorgohi Sirdaryoning quyi oqimidagi Yangikent shahri bo‘lgan. VI-X asrlarda o‘g‘uzlarning ayrim guruhlari Zarafshon vodiysida, Nurota tog‘larida ham yashagan. XI asrning birinchi yarmida o‘g‘uzlar va qipchoqlar orasida siyosiy ziddiyat yuzaga keladi va o‘g‘uz-saljuqlarning katta bir qismi g‘arbga ko‘chadi. Qolgan qismi o‘g‘uz etnosi va uning tarkibidagi turkmanlarning salmoqli qismi Nurota tog‘larida qolib, bu yerda oldindan yashab kelgan qabiladoshlari bilan birga bo‘lgan. O‘g‘uz turkmanlarining bir guruhi asrlar davomida O‘zbeklar bilan birga yashab ular bilan aralashib ketganlar va o‘zlarini O‘zbek yoki O‘zbek turkmanlari deyishgan. Movarounnahrda yashovchi etnik guruhlardan biri o‘g‘uz-saljuqlar asosan Nurota tog‘ etaklarida, unga tutash cho‘llarda yashaganlar. O‘g‘uz saljuqlardan ajralgan turkman guruhlari XI-XII asrlarda Buxoro atroflarida ham yashagan. Ularning keyingi avlodlari o‘zlarini O‘zbek turkmanlari yoki Nurota turkmanlari deb ataganlar. t.me/bitikchiuz
Показать все...
ÕTUKAN

"TURK IDUK YER SUBI"(Muqaddas TURK zamini) Kul tegin bitigidan.

👍 4
TOMA - 92 bovli O‘zbek urug‘idan biri. K. Shoniyozov fikricha, tomalar qo‘ng‘irot, qipchoq, naymanlar kabi turk/mo‘g‘ul urug‘i. Dashti Qipchoq O‘zbeklarining o‘rta oqimi bilan janubga siljigan. Taxminan XV-XVI asrlarda Zarafshon daryosi bo‘ylari, Nurota tizmasining Oqtov Qoratovi orasidagi bepoyon kengliklarda o‘troqlashgan. Nurota tomalari o‘tgan asrning o‘rtalariga qadar yarim o‘troq hayot kechirishgan. Chorvachilik bilan birga dehqonchilik (mayizi, ayniqsa, qovuni mashhur), hunarmandchilik (Nurota gilamchiligiga qo‘shni O‘zbek turkmanlari bilan teng hissa qo‘shgan) rivojlangan. E‘tiborli jihatlaridan yana biri, o‘tmishda, hatto sovet davrida ham ushbu hudud diniy ulamolarining aksari mazkur urug‘ vakillari bo‘lishgan. Tomalar katta urug‘lardan hisoblanmaydi, taxminan 250-300 ming kishi. Navoiy viloyatining Nurota, Xatirchi tumanlari, Samarqand viloyatining Paxtachi, Narpay tumanlari, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on tumanlari aholisining muayyan qismi toma urug‘iga mansub. Zamonaning zayli bilan urug‘-aymoqchilik unutilgan, aytilgan hududlar aholisining aksar qismi bu urug‘dan ekanligini bilmaydi. Sovet hukumatining repressiv va kolxozlashtirish siyosati oqibatida toma urug‘i parokanda bo‘lib, identifikatsiyasini qariyb yo‘qotgan. Nurota tumanining ba‘zi, Xatirchi tumanining shimoliy hududlaridagi qishloqlar aholisining muayyan qismidagina toma urug‘iga xos urf-odat saqlanib qolgan. Asrlar davomida qo‘shni yashab kelayotgan O‘zbek turkmanlari bilan assimilyatsiya jarayoni yuz bergan. Toma urug‘i shuningdek, qozoq, tatar xalqlari tarkibida ham bor. Mana shu ma‘lumot ayrim chalkash xulosalarni keltirib chiqaradi. Xususan, qozoqlar barcha tomalarni qozoq urug‘i sifatida o‘ziga tortadi, xuddi qo‘ng‘irot, qipchoq, nayman va boshqa O‘zbek urug‘larini qozoq urug‘i deb hisoblaganlari kabi. Aslida har ikki xalqning shakklanishida muayyan urug‘lar birday ishtirok etgan. Toma urug‘ining Qozon tatarlari tarmog‘i o‘ris istilosiga qadar Qozon xonligida katta nufuzga ega bo‘lib, sarkardalar asosan shu urug‘dan chiqqanligi aytiladi. Toma urug‘ining qozoq tarmog‘i Kichik juzga mansub. Toma urug‘ining qozoq tarmog‘i Qozog‘istonning g‘arbiy va janubiy mintaqalarida yashaydi. Xususan, Chimkent atroflarida ham yashashi ma‘lum. Taniqli qozoq adibi Hamid Ergaliyev, qozoq milliy volyitasi tarxini chizgan rassom Xayrulla Abjalilov ham toma urug‘iga mansubligi aytiladi. Yana bir qiziq ma'lumot: ayrim manbalarda toma urug‘ining tarixi qadimgi skiflarga bog‘lanadi. XIX asr oxirida Turkistonga kelgan V. Vershchagin o‘z xotiralarida Toshkent, Chinoz, Xo‘jakent tomalari haqida ma‘lumot keltiradi. Vershchagin tomalarning tashqi qiyofasi qozoqlarga emas, O‘zbeklarga o‘xshashiga e‘tibor qaratgan. Shavkat Yodgorov t.me/bitikchiuz
Показать все...
ÕTUKAN

"TURK IDUK YER SUBI"(Muqaddas TURK zamini) Kul tegin bitigidan.

El_netib_topqay_menikim,_men_o'zimni_topmasam,_mavzusidagi_Shaxsiy.docx0.35 KB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.