KitobHouse | Bookblog
📚 Dunyo kitoblari 📚 📚 Kitoblar dunyosi 📚 Inst: instagram.com/kitobhouse Murojaat uchun: @SharifovIlhom
Больше444
Подписчики
+124 часа
+147 дней
-1330 дней
Время активного постинга
Загрузка данных...
Find out who reads your channel
This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.Анализ публикаций
Посты | Просмотры | Поделились | Динамика просмотров |
01 An’anani davom ettiramiz, faqat bu gal Zabarjad bilan birgalikda.
@kitobhouse | 126 | 0 | Loading... |
02 #zabarjad
Nashriyotda 1-kun ishlab shuni angladimki, maktabda ona tilini umuman oʻqimagan ekanman 😁.
P.s: endi ish jarayonida boʻlayotgan qiziq voqealarni yozib boraman.
@kitobhouse | 167 | 0 | Loading... |
03 Shu oʻrinda Dildora(@dildora_bookaholic)ga alohida rahmat, Ma’mura opaga bizni tavsiya qilib, ular bilan tanishishimizga sababchi boʻldilar, Dildorani bookbloglarini anchadan beri kuzataman va eng yaxshi blog sifatida tavsiya bera olaman.
Xullas, davomi bor…
@kitobhouse | 267 | 1 | Loading... |
04 #
Oʻtgan 1 oy ichida koʻp narsa oʻzgarib ketdi, asosiysi 27 yoshga toʻldim va ulgʻayganimni his qildim. Qaysi ma’noda? Qaror berishi juda qiyin odamman, doim oʻzgarish uchun qandaydir qoʻrquv boʻladi. Lekin oʻzgarishdan oʻtib olib hammasini eplay boshlaganimdan keyin bu ishni oldinroq qilmaganimdan xafa boʻlaman. 27 yoshim ham tanlov bilan boshlandi. Kitob sohasining 2 ta nomdor vakillaridan birini tanlash edi. Asaxiy yoki Zabarjad. Roppa-rosa 1 yil Asaxiyda mazza qilib ishladim, ayniqsa kitob doʻkonda. Natijalar ham shunga yarasha. Lekin asosiy maqsadim kitob sohasida marketolog boʻlish edi, alohida mutaxassis sifatida oʻzimni namoyon qilishim kerak. Boʻlayotgan jarayonlar boshqa tomonga olib ketayotgandek edi, shaxsiy bloglarimga umuman vaqtim qolmagan, ijodkorlik, hafsala, maqsadlar sekin soʻnib borardi. Demak nimadir noʻtoʻgʻri ketyapti, oʻzgartirish kerak. Kayfiyatsizlik ham qiynashni boshladi. Savollar koʻp. Javob yoʻq.
Oʻzim kutmagan vaqtda Zabarjad Media nashriyoti rahbari Ma’mura opa bilan tanishib qoldim. Oʻzim alohida qadrlaydigan 3 ta nashriyot bor, ulardan biri albatta Zabarjad Media. Ma’mura opa “Taxtlar oʻyini” kitobidan keyin internet reklama va ijtimoiy tarmoqlar kuchini tushunganliklarini, ularga alohida e’tibor bermoqchiliklarini aytib qoldilar, imkonim boricha maslahatlar berdim. Instagram mahallam boʻlgani uchun u haqida koʻp gapirdim. Ma’mura opa ularga yordam berib, birga ishlashni taklif qilib qoldilar. Shu bilan sekin ishlar ham boshlanib ketdi. Bu orada bir qancha videolar chiqargan edik. Qachon nashriyotga borsam “Ilhom shuncha kelyapsiz, pul beray” derdilar. “Hech qancha ish qilganim yoʻq, keyinroq” deb ortga surardim. Nashriyotdan chiqib, oʻzimga oʻzim “Nima ishim uchun pul bermoqchilar, 5-6 ta videoga pul olisham mumkinmi?” deb hayron boʻlardim. Bir kun borsam qoʻlimga pul tutqazdilar “Olib qoʻying, keyin qolganini gaplashamiz” deb. Endi ikki karra hayronman, ichimdagi hayajonni aytmasa ham boʻladi. 2 yildan beri birinchi marta oʻzim yaxshi koʻradigan instagramga video tayyorlaganim uchun pul olyapman. Bu yerda pulni qiymati emas, sevimli ishimning qadri bilindi. Uyga kelib juftimga “Shu videolarni oʻzimni blogimga ham qoʻyardim, lekin endi ulardan pul oldim, demak kitob sohasida blog qilib pul topa oldim bu man birinchi pulim” deb qancha gapirdim. Sizni qilayotgan mehnatiz qachondir qadr topishi, u kimgadir manfaat berib, oʻzingiz ham uni rohatini koʻradigan vaqt kelgani haqiqiy baxt boʻlsa kerak. Moddiyatning qiymati ahamiyatsiz, shunchaki siz qadr sezib rohatlanasiz. Demak siz qachondir bekorga boshlamagansiz. Oʻxshagan-oʻxshamagan kunlarni bekorga oʻtkazmagansiz. Nihol hosil beradigan kun keladi. Asaxiydan ketishni oʻylamagandim, sababi u yerdagi ishlarimni tarmoqlar yoki reklama, marketing uchun aloqasi yoʻq edi. Shunday boʻlsa ham Ma’mura opa, yaqinlarim, doʻstlarim maslahati bilan Asaxiy rahbariyati bilan qoʻshimcha faoliyatim haqida gaplashib olishimni maslahat berishdi. Rahbariyatga bu ish ma’qul boʻlmad, ularni ham toʻgʻri tushunaman, bir xodim 2 joyda ishlashiga hech kim rozi boʻlmaydi. 3 kun oʻyladim, nima qilsam toʻgʻri boʻladi? Oxiri Zabarjadni tanlashga qaror berdim. Sababi aytganimdek oʻzim xohlagan yoʻnalishda ketish imkoniyatim boʻlyapti, keyin esa bir nashriyotni reklama, marketing jihatdan koʻtara olish oʻzimga qiziq jarayon va ertangi portfoliom, qadamlarim uchun yaxshi koʻrsatgich boʻla oladi. 1 yil ishlagan, yaxshi natijalar qilgan, rahbariyat ma’lum yoʻnalishlarini bermoqchi boʻlib turgan kompaniyani ham tashlab ketish oson emas, ammo bir mutaxassislikni egallashim va natija qilishim har doimgidan zarur edi. Koʻp ishonch bildirgan Firuz akadan ancha narsa oʻrgandim buning uchun minnatdorman. Endi keyingi faoliyatimiz bevosita Zabarjad Media bilan bogʻliq.
1-iyul dushanba, oyni boshlanishi, yilning teng yarimi yangi ishni boshlash uchun mukammal sana deb oʻylayman, Zabarjad Mediaga xush kelgan boʻlay 😁. | 843 | 7 | Loading... |
05 Hammasi uchun raxmat Asaxiy 💙💙💙 | 375 | 0 | Loading... |
06 #mengacha
O'tgan yili xuddi shu vaqtlarda ishlab turgan joyimizdan umumiy jamoani bo'shatish haqida qaror keldi. Yangi ish qidirish kerak. Nashriyot va kitob do'konlarga rezyume yuborishni boshladim, porfolioda bori faqat "KitobHouse" blogi. Kitob sohasida ishlash, bu sohada faqat o'quvchi sifatida emas endi bevosita ishtirokchi o'rnida bo'lish asosiy maqsad edi. Endi Twitter tarmog'ida sahifa ochganimda Asaxiybooks do'konlari uchun sotuvchi kerakligi haqida e'lon ko'rib qoldim. Asaxiy vauvv, ishga kira olsang anchagina narsa o'rganishing mumkin va karyera uchun ham yaxshi joy, demak bosish kerak. Suhbatga chaqirishdi va Asaxiybooksda kitob sotuvchisiman. Blogimdagi auditoriya ham buni iliq qabul qildi. Novza do'konda 2 oy ishlaganimdan keyin savdosi o'zini oqlamaydigan Farhod bozor filialga o'tkazishdi. Ochig'i birinchi oy yoqmagandi sababi ozgina qarovsiz qolgan do'kon edi. Yeng shimarib ishni boshlash kerak. Ikkinchi oy minusda yurgan do'kon o'z harajatlarini qoplay boshladi, undan keyingi oylarda foyda bilan chiqishni boshladi. Ishimizni ko'rgan rahbariyatni do'konga e'tibori tushdi. Yangi javonlar qo'yilib do'kon ta'mirlanishga berildi. Kitob do'kon yuritish borasida o'zimga isbotlashim kerak bo'lganini isbotlay oldim. Yil oxirida "Eng faol sotuvchi" berildi. Ochig'i birinchi ishimdan bo'shaganimda qanday eplab ketaman degan xavotir yuqori bo'lgan, bir o'zingiz bo'lsangiz ham mayli lekin oilaliman, har oylik yaxshigina xarajat bizni kutib turadi. Balki inson komfortdan chiqib shunaqa hayotni irg'itib yuborishlariga uchrab turishi kerakmikan. Xullas o'z o'rniga ega kompaniya o'z o'rnimni topa oldim. Qo'rquv, ishonchsizlik hammasi bekor.
Bu yil ham ayni shu kunlarda yangi takliflar keldi. Qaror berish, yangiliklarni qabul qilish ham oson kechgani yo'q. Bu haqda kechroq batafsil yozaman.
Xullas, davomi bor...
@kitobhouse | 449 | 0 | Loading... |
07 Nimadir toʻgʻri kelmiyapti 🤨 | 416 | 0 | Loading... |
08 Ertaga shunaqa tabrik bo'lmasa hisobmas 😎 | 537 | 2 | Loading... |
09 Har yozda shu boʻlar takror. Ancha vaqtdan beri ichimda saqlab kelayotgan gaplarimni ochiq-oydin yakshanba kuni yozsam kerak. | 461 | 0 | Loading... |
10 Bizayam hali kuchayib ketarmiza:)
@panda_books | 449 | 1 | Loading... |
11 Oʻzimdan oʻzimga 🤫
Kamchiliklarini toʻldirish kerak.
@kitobhouse | 550 | 1 | Loading... |
12 Biz kutgandik, biz bilgandik shunday kunlar kelishini 😎😎 | 563 | 0 | Loading... |
13 BookTalks
Bilasiz-ki ushbu samimiy loyiha barcha kitobsevarlarniki. Loyihada seniki, meniki degan tushuncha mutlaq yo’q. Bizning maqsad, bizning reja - kabi pafos shiorlar-u, raqamlardan uzoqdamiz.
Biz - kitobga befarq bo’lmagan, kitob sohasi, kitobsevarlikka befarq bo’lmaganlarni birlashtirishni istaymiz.
Xo’sh - kitoblarni yana gapirtiramizmi?
Hurmat bilan BookTalks jamoasi | 484 | 0 | Loading... |
14 Goʻzallik
P.s: iyun oyini yaxshi koʻraman, chunki unda tugʻilganman 🙃
@kitobhouse | 467 | 3 | Loading... |
15 Xatoni toping!!!
Yoki mani koʻzimga shunaqa koʻrindi yoki ular haqiqatdan 2 ta odam 🧐?
@kitobhouse | 339 | 0 | Loading... |
An’anani davom ettiramiz, faqat bu gal Zabarjad bilan birgalikda.
@kitobhouse
❤ 6👍 3🔥 2
#zabarjad
Nashriyotda 1-kun ishlab shuni angladimki, maktabda ona tilini umuman oʻqimagan ekanman 😁.
P.s: endi ish jarayonida boʻlayotgan qiziq voqealarni yozib boraman.
@kitobhouse
😁 25👍 3
Shu oʻrinda Dildora(@dildora_bookaholic)ga alohida rahmat, Ma’mura opaga bizni tavsiya qilib, ular bilan tanishishimizga sababchi boʻldilar, Dildorani bookbloglarini anchadan beri kuzataman va eng yaxshi blog sifatida tavsiya bera olaman.
Xullas, davomi bor…
@kitobhouse
🔥 8❤ 6
#
Oʻtgan 1 oy ichida koʻp narsa oʻzgarib ketdi, asosiysi 27 yoshga toʻldim va ulgʻayganimni his qildim. Qaysi ma’noda? Qaror berishi juda qiyin odamman, doim oʻzgarish uchun qandaydir qoʻrquv boʻladi. Lekin oʻzgarishdan oʻtib olib hammasini eplay boshlaganimdan keyin bu ishni oldinroq qilmaganimdan xafa boʻlaman. 27 yoshim ham tanlov bilan boshlandi. Kitob sohasining 2 ta nomdor vakillaridan birini tanlash edi. Asaxiy yoki Zabarjad. Roppa-rosa 1 yil Asaxiyda mazza qilib ishladim, ayniqsa kitob doʻkonda. Natijalar ham shunga yarasha. Lekin asosiy maqsadim kitob sohasida marketolog boʻlish edi, alohida mutaxassis sifatida oʻzimni namoyon qilishim kerak. Boʻlayotgan jarayonlar boshqa tomonga olib ketayotgandek edi, shaxsiy bloglarimga umuman vaqtim qolmagan, ijodkorlik, hafsala, maqsadlar sekin soʻnib borardi. Demak nimadir noʻtoʻgʻri ketyapti, oʻzgartirish kerak. Kayfiyatsizlik ham qiynashni boshladi. Savollar koʻp. Javob yoʻq.
Oʻzim kutmagan vaqtda Zabarjad Media nashriyoti rahbari Ma’mura opa bilan tanishib qoldim. Oʻzim alohida qadrlaydigan 3 ta nashriyot bor, ulardan biri albatta Zabarjad Media. Ma’mura opa “Taxtlar oʻyini” kitobidan keyin internet reklama va ijtimoiy tarmoqlar kuchini tushunganliklarini, ularga alohida e’tibor bermoqchiliklarini aytib qoldilar, imkonim boricha maslahatlar berdim. Instagram mahallam boʻlgani uchun u haqida koʻp gapirdim. Ma’mura opa ularga yordam berib, birga ishlashni taklif qilib qoldilar. Shu bilan sekin ishlar ham boshlanib ketdi. Bu orada bir qancha videolar chiqargan edik. Qachon nashriyotga borsam “Ilhom shuncha kelyapsiz, pul beray” derdilar. “Hech qancha ish qilganim yoʻq, keyinroq” deb ortga surardim. Nashriyotdan chiqib, oʻzimga oʻzim “Nima ishim uchun pul bermoqchilar, 5-6 ta videoga pul olisham mumkinmi?” deb hayron boʻlardim. Bir kun borsam qoʻlimga pul tutqazdilar “Olib qoʻying, keyin qolganini gaplashamiz” deb. Endi ikki karra hayronman, ichimdagi hayajonni aytmasa ham boʻladi. 2 yildan beri birinchi marta oʻzim yaxshi koʻradigan instagramga video tayyorlaganim uchun pul olyapman. Bu yerda pulni qiymati emas, sevimli ishimning qadri bilindi. Uyga kelib juftimga “Shu videolarni oʻzimni blogimga ham qoʻyardim, lekin endi ulardan pul oldim, demak kitob sohasida blog qilib pul topa oldim bu man birinchi pulim” deb qancha gapirdim. Sizni qilayotgan mehnatiz qachondir qadr topishi, u kimgadir manfaat berib, oʻzingiz ham uni rohatini koʻradigan vaqt kelgani haqiqiy baxt boʻlsa kerak. Moddiyatning qiymati ahamiyatsiz, shunchaki siz qadr sezib rohatlanasiz. Demak siz qachondir bekorga boshlamagansiz. Oʻxshagan-oʻxshamagan kunlarni bekorga oʻtkazmagansiz. Nihol hosil beradigan kun keladi. Asaxiydan ketishni oʻylamagandim, sababi u yerdagi ishlarimni tarmoqlar yoki reklama, marketing uchun aloqasi yoʻq edi. Shunday boʻlsa ham Ma’mura opa, yaqinlarim, doʻstlarim maslahati bilan Asaxiy rahbariyati bilan qoʻshimcha faoliyatim haqida gaplashib olishimni maslahat berishdi. Rahbariyatga bu ish ma’qul boʻlmad, ularni ham toʻgʻri tushunaman, bir xodim 2 joyda ishlashiga hech kim rozi boʻlmaydi. 3 kun oʻyladim, nima qilsam toʻgʻri boʻladi? Oxiri Zabarjadni tanlashga qaror berdim. Sababi aytganimdek oʻzim xohlagan yoʻnalishda ketish imkoniyatim boʻlyapti, keyin esa bir nashriyotni reklama, marketing jihatdan koʻtara olish oʻzimga qiziq jarayon va ertangi portfoliom, qadamlarim uchun yaxshi koʻrsatgich boʻla oladi. 1 yil ishlagan, yaxshi natijalar qilgan, rahbariyat ma’lum yoʻnalishlarini bermoqchi boʻlib turgan kompaniyani ham tashlab ketish oson emas, ammo bir mutaxassislikni egallashim va natija qilishim har doimgidan zarur edi. Koʻp ishonch bildirgan Firuz akadan ancha narsa oʻrgandim buning uchun minnatdorman. Endi keyingi faoliyatimiz bevosita Zabarjad Media bilan bogʻliq.
1-iyul dushanba, oyni boshlanishi, yilning teng yarimi yangi ishni boshlash uchun mukammal sana deb oʻylayman, Zabarjad Mediaga xush kelgan boʻlay 😁.
🔥 14❤ 4👍 3
#mengacha
O'tgan yili xuddi shu vaqtlarda ishlab turgan joyimizdan umumiy jamoani bo'shatish haqida qaror keldi. Yangi ish qidirish kerak. Nashriyot va kitob do'konlarga rezyume yuborishni boshladim, porfolioda bori faqat "KitobHouse" blogi. Kitob sohasida ishlash, bu sohada faqat o'quvchi sifatida emas endi bevosita ishtirokchi o'rnida bo'lish asosiy maqsad edi. Endi Twitter tarmog'ida sahifa ochganimda Asaxiybooks do'konlari uchun sotuvchi kerakligi haqida e'lon ko'rib qoldim. Asaxiy vauvv, ishga kira olsang anchagina narsa o'rganishing mumkin va karyera uchun ham yaxshi joy, demak bosish kerak. Suhbatga chaqirishdi va Asaxiybooksda kitob sotuvchisiman. Blogimdagi auditoriya ham buni iliq qabul qildi. Novza do'konda 2 oy ishlaganimdan keyin savdosi o'zini oqlamaydigan Farhod bozor filialga o'tkazishdi. Ochig'i birinchi oy yoqmagandi sababi ozgina qarovsiz qolgan do'kon edi. Yeng shimarib ishni boshlash kerak. Ikkinchi oy minusda yurgan do'kon o'z harajatlarini qoplay boshladi, undan keyingi oylarda foyda bilan chiqishni boshladi. Ishimizni ko'rgan rahbariyatni do'konga e'tibori tushdi. Yangi javonlar qo'yilib do'kon ta'mirlanishga berildi. Kitob do'kon yuritish borasida o'zimga isbotlashim kerak bo'lganini isbotlay oldim. Yil oxirida "Eng faol sotuvchi" berildi. Ochig'i birinchi ishimdan bo'shaganimda qanday eplab ketaman degan xavotir yuqori bo'lgan, bir o'zingiz bo'lsangiz ham mayli lekin oilaliman, har oylik yaxshigina xarajat bizni kutib turadi. Balki inson komfortdan chiqib shunaqa hayotni irg'itib yuborishlariga uchrab turishi kerakmikan. Xullas o'z o'rniga ega kompaniya o'z o'rnimni topa oldim. Qo'rquv, ishonchsizlik hammasi bekor.
Bu yil ham ayni shu kunlarda yangi takliflar keldi. Qaror berish, yangiliklarni qabul qilish ham oson kechgani yo'q. Bu haqda kechroq batafsil yozaman.
Xullas, davomi bor...
@kitobhouse
❤ 14🔥 11👍 10😢 2
00:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
Ertaga shunaqa tabrik bo'lmasa hisobmas 😎
y2mate_com_G7_leaders_sing_happy_birthday_to_German_Chancellor_Olaf.mp43.38 MB
❤ 7😁 3🔥 2
Har yozda shu boʻlar takror. Ancha vaqtdan beri ichimda saqlab kelayotgan gaplarimni ochiq-oydin yakshanba kuni yozsam kerak.
👍 11❤ 2🔥 2
Repost from Panda Books
00:23
Видео недоступноПоказать в Telegram
Bizayam hali kuchayib ketarmiza:)
@panda_books
8.80 MB
😁 19🔥 3👍 2
Выберите другой тариф
Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.