cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Santuagara of library (20+)

Kattaqo‘rg‘onlik Nurali Qahramon Karimovning bookblogerlik kanali: 📝Revyular; 📑Maqolalar; 🦠G‘oyalar; 📖Tarjima va yana bir nimalar... BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more)

Больше
Рекламные посты
2 535
Подписчики
-124 часа
-417 дней
+930 дней
Время активного постинга

Загрузка данных...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Анализ публикаций
ПостыПросмотры
Поделились
Динамика просмотров
01
​​#review #en🇺🇲 (🇮🇱) ⚠️"21 Lessons for the XXI Century" 🧓🏻Yuval Noah Harari Hararini ko‘pchilik "Sapiens" va "Homo deus" asarlari orqali taniydi. Lekin uning 2018-yilda yozilgan "XXI asr uchun 21 saboq" nomli asari ham mavjud. Unda XXI asr jamiyatida bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan muammolarga yechim izlanadi. Kitob 21 bobga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri texnologiya, sun'iy intellektdan tortib siyosat, iqlim o'zgarishi, din, Xudo, ta'lim, adolat, tenglik, shaxsiy erkinlikgacha bo‘lgan turli mavzularga bag‘ishlangan. Harari tadqiqodi, shaxsiy qarashlari va mulohazalarini mahorat bilan birlashtirib, ushbu muammolar bugungi dunyomizni qanday shakllantirayotganini har tomonlama ko‘rib chiqadi va bizga buni ko‘rsatishga urinadi. Harari texnologik yutuqlarning ish o‘rinlari, shaxsiy hayot va demokratiya, shuningdek, genetik muhandislik, biotexnologiya tomonidan yuzaga keladigan axloqiy dilemmalar haqida muhim savollarni ko‘taradi(bularning ba'zilari yechim topib ham bo‘ldi). "XXI asr uchun 21 ta saboq"ning kuchli tomonlaridan biri bu Harari murakkab g'oyalarni tushunarli va sodda tilda ifodalay olish qobiliyatidir. Kitob o‘quvchilarni insoniyat kelajagi haqida tanqidiy fikrlashga chaqiradi va ularni bizning tez o‘zgarib borayotgan dunyomizdagi noaniqliklarni qanday yengish mumkinligi haqida o‘ylashga undaydi. Lekin Hararining din va Xudo haqidagi qarashlari, umuminsoniy g‘oyalarni shunchaki "ahmoqona tarzda o‘ylab topilgan ertak"ka chiqarib qo‘yishi, o‘zining jinsiy oriyentatsiyasi sababli faqatgina butun borliq tarozisiga ilm-fanni ustun qilib qo‘yishi, men uchun agressiv olimning taxminiy xulosalarini o‘qishdan o‘zga narsa bo‘lmadi, ey Xudo qanday insonlarni asarlarini o‘qishni bitingga taqdirimizga) Hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 14-kitob #photo_by Santuagara
370Loading...
02
#asardan_parcha "E'tiqodimiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, men barchani dunyoyimizning yetakchi g‘oyalarini so'roq qilishga, o'tmish voqealarini bugungi kun muammolari bilan bog'lashga va bahsli munozaralardan qo'rqmaslikka chaqiraman." ©Yuval Noah Harari "21 Lessons for the XXI Century"
2895Loading...
03
​​#review 🎗"Hech"🔞 🧓🏻Murod Chovush Ekzistensializmda inson o‘z hayoti ma'nosini o‘zi yaratishi darkor. Absurdizmda esa hayot ma'nosini izlash ahmoqgarchilikdan iborat deb hisoblanadi. Xo‘sh, bu ikki, bir-biriga teppa-teskari oqimlarni nima bog‘lab turadi. Bu an'ana, urf-odat va stereotiplarga tanqidiy ko‘z bilan qarash, shu bilan birgalikda shaxsning mavjudligi uchun erkin tajriba va tanlovlarni sinab ko‘rishdan voz kechmaslikdir. "Hech" shunday asar. Ikki yirik falsafiy oqim po‘rtanalarining to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan durdona. Murod Chovush antik davr va zamonaviy falsafadan to‘laqonli xabordorligi asarning dastlabki qismlaridanoq yaqol seziladi. Uning o‘lim, taqdir, inson mavjudligi, uchinchi shaxs, Xudo va bir qator falsafiy oqimlar o‘rtaga tashlab kelgan savollarni o‘zining birgina oltmish sahifali "Hech" asariga sig‘dira olgani taqsinga sazovordir. Yozuvchining ma'lum bir fan, yoinki kasbdan xabardor bo‘lishi, u yozgan asarni o‘qigan kitobxonni ham bundan ogoh etadi. Misol uchun "Shamollarda qolgan hislarim" romanini o‘qisangiz Amerika fuqarolar urushi tarixini, "Amerika fojeasi" asarini mutolaa etsangiz esa XX asr Qo‘shma Shtatlar sud tizimidan xabardor bo‘lasiz. O‘zbek yozuvchisi Murod Chovush tomonidan 2002-yil yozilgan "Hech" romani esa sizni XX va XXI asrda mavjud bo‘lgan inson mavjudligi haqidagi falsafiy g‘oyalardan ogoh etadi. Asarning yana boshqa bir yutug‘i esa uning "ong oqimi"da mukammal tarzda yozilganligidir. Chovushning "Hech"i "Uliss"ga tenglashgudek bo‘lsa, shubhasiz 2010-yilda yozgan "Qora dengiz" asari ham "Fenegan ma'rakasi" bilan teng adabiy qadr-qiymatga ega deb ayta olamiz. Asar kichik hajmli bo‘lishiga qaramasdan biroz murakkab. Olmoshlarning kitobxonga sezdirilmasdan o‘zgartirilishi, murakkab savollarning o‘rtaga tashlanishi va eng yomoni esa ularga kitobxonning aynan o‘zi javob topishi kerakligidir. Xullas murakkab adabiy-falsafiy asarlar o‘qishni qiziquvchilarga tavsiya qilaman. Akademnashrga esa yana tashakkurlar. Hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 13-kitob #photo_by Santuagara
70115Loading...
04
#asardan_parcha "Aroqni suzing". "Charchadim". "Nimadan?" "O'zim- dan". "Qani, oldik". "Xotiningizni yaxshi ko'rasizmi?" "Yo'q". "Nima uchun?" "Nima kerak yaxshi ko'rib?" "To'g'ri". "Xotin zotini yaxshi ko'rish uchun uchinchi bir bizga o'xshagan jonzot bo'lishi kerak edi". "Tu- shunmadim, yo'q, tushundim". "Shundagina raqobat bo'lardi va biz, ya'ni erkak-insoniyat, men ayol zoti- ni chinakam yaxshi ko'rishni va ular bizni shu asno- da yaxshi ko'rishlarini xohlar edik". "Zo'rmi?". "Dah- shat". "Ichamizmi?" "Ichamiz". "Ayoldan qochish kerak, qochgan joyimiz esa ayolgacha". "Haligi uchinchi tur jonzot bo'lsa edi, o'shalar tomon qochar edik". "Ha-ha- ha". "Hi-hi-hi". "Yaxshi hamki, yo'q". "Hayotning qizig'i shunda-da", "Ha", "Qani, oldik". ©Murod Chovush "Hech"
6778Loading...
05
​​#review #en🇺🇲 (🇷🇺) 👃🏻"The Nose" (Burun) qissasi 🧓🏻Nikolay Gogol Jahon adabiyotida "magic realism" nomli yo‘nalish mavjud. Uni rus adabiyotida "magicheskiy realizm" ko‘rinishida uchratasiz. O‘zbek tilida esa ustoz tarjimon Saidjalol Saidmurodov bu yo‘nalishni - fusunkor realizm deb ataydi. Xo‘sh fusunkor realizm nima? Bu real hayotni sehrli vositalar orqali fusunkor qilib ko‘rsatishdir. Bu yo‘nalishning eng taniqli yozuvchilari Gabriel Garsia Markes, Xorxe Luis Borxes, Salmon Rushdiy, Nil Geyman, Joanna Harris, rassomlaridan esa eng mashxuri Frida Kahlodir. Aytish joizki bugun o‘qigan qissam, ulug‘ rus yozuvchisi Nikolay Gogol qalamiga mansub "Burun" asari ham shu yo‘nalishda yozilgan. Unda qalamga olingan voqealar, taajjubki, bir qarashda batamom hayotiy, bir qarashda esa mutlaqo xayoliy tuyuladi. Har qanday yuz-xotirni chetga surib aytganda, mazkur qissa fabulaviy jihatdan chandon fazilatli ham emasdek: Kovalyov degan o‘rtacharoq bir amaldorning yuzidan burni avval qanday sirli g‘oyib bo‘lsa, ba’zi sarguzashtlar osha keyin yana xuddi shunday sirli tarzda paydo bo‘lib qoladi. Anchayin latifabop bir gap, to‘g‘ri emasmi? Unda nega qissa salkam ikki yuz yildan buyon kitobxonni hayajonga solib kelmoqda? Bunga sabab – asarda turli tabaqa kishilarining fe’l-atvori bemisl aniqlik va teranlik bilan tasvirlab berilganida. Faqat shugina emas, bunday qiyofalarni bugun ham har joydan istalgancha topish mumkinligida! Agar so‘zimizni lofga yo‘ysangiz, mayli, qissani o‘qing-da, tevarakka nazar soling – shundoq yonginangizda ularni ko‘rishingiz turgan gap. Darvoqe, Gogolgagina xos bo‘lgan halim istehzo bu qiyofalarni, badiiy-estetik ma’noda, yanayam jozibador etib yuborgan. Aytish joizki rus xalqida burunga oid qator frazalar mavjud. "Burni ko‘tarilib ketgan", "burni hid olmas", "burnini yerga ishqash" va h.k. Bularning ba'zilari bizning tilga ham o‘tib ulgurgan. Aslida nafaqat rus xalqi, balki butun jahon uchun ham burun ahamiyatki metafora bo‘la oladi. Shuning uchun ham Gogol kollej assesori Kovalyovning burni orqali nafaqat XIX asr kishisini, balki bugungi shaxsiyatlarga ham ko‘zgu tuta olgan. Beqiyos tarjima uchun Farhod Fayziyga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
7982Loading...
06
Nikolay Gogol. Burun.
7984Loading...
07
#al Qaysi asarning sun'iy idrok yordamida yaratilgan posterlari deb o‘ylaysiz?..
9561Loading...
08
#got #xabar "Ajdar xonadoni"ning muhtasham 2-fasli ham kichik ekranlarda namoyish etilishi boshlandi. Birinchi qismning o‘ziyoq sizni Martinning shavqatsiz qilichlar bo‘roni og‘ushiga yetaklaydi. "Jonga jon, qonga qon"
9101Loading...
09
#imagery #uliss Bloomsday muborak. XX asr modern durdonasi "Uliss" romanining qayta nashri va yangi tahrir uchun minnotdorchilik bildiraman. Hurmat ila S.N.K
1 1452Loading...
10
Media files
1 0281Loading...
11
​​#nazm #al Iltijo etaman — qush qilib yarat, Tangrim, uchmoqlikka qanot ber, qanot. Ko‘nglimga, ko‘zimga beparvo qarab, Meni yer qa’riga tortmoqda hayot. Shaffof shiddatini dunyoga yoyib, Shamolli yo‘llarim uzlatga ketdi. Botib borayapman yerga… Xudoyim! Hayotning quyqasi bo‘ynimga yetdi. Yerga botayapman… Bu tavqe la’nat — Keng dunyo degani shuncha tormikan? Tangrim! Yolvoraman — Qush qilib yarat… Yerga qo‘nmaydigan qushlar bormikan? ©Usmon Azim P.s yoqib qoldi)
1 17718Loading...
12
​​#review ⚔️"Insoniyatning bugungi ahvoli"🔞 Anchadan beri maqolalar to‘plami o‘qimagan edim, ushbu kitobdagi Artur Shopengauer, Erix Fromm, Zigmund Freyd, Jorj Oruell, Karl Gustav Yung va Bertran Rasselning fikr-mulohazlarini o‘qib ancha mazza qildim. Ushbu kitob, sezib turganingizdek bir necha mualliflarning sara maqolalaridan tashkil topgan. Mualliflarning barchasi yagona savolga yechim izlaydi, kelajak avlod qismati haqida bosh qotiradi... Rassel dohiy. U haqida bir necha satr u yoq, kitoblar ham kamlik qilar ta'riflashga. U til va bilim nazariyalari haqidagi fikrlari bilan XX asr avlodi tafakkurini yangiladi. Xususan, yillar davomidagi izlanishlar oqibatidan hech bir falsafiy g‘oya dinchalik mafkura bo‘la olmasligiga tan berdi, lekin shunday bo‘lsa ham o‘z izlanishlaridan to‘xtamadi. Artur Shopengauerning fikrlari esa xuddi bugungi kun uchun zarurdek. U bolani ota-onalar o‘z g‘oya-fikrlari bilan tarbiyalamaslik kerakligini, g‘oyalar bolada erkin shakllanishining tarafdoridir. Uning saviyasiz kitoblar haqida aytgan gaplari esa, bugungi ijtimoiy tarmoqda o‘z vaqtini ''o‘ldirayotgan" yoshlar qarshisiga ko‘zgu tutadi. Erix Fromm esa, bugun insonning baxti "lazzat olish"dan iborat bo‘lib qoldi, - deb hisoblaydi. Kitob nomi ham uning maqolasidan olingan. Fromm ham noyob shaxs, XX asr kashfiyotlaridan biri. U kapitalizm, psixologiya, uning chegara va zararlari haqida so‘z yuritadi. Freydga kelsak dunyo-dunyo gap yozsa bo‘ladi. U urush va o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida so‘zlar ekann nenidir o‘rganish uchun albat qurbonlik zarur ekanligini isbotlaydi. Xuddi uch yoshlik bola mashina o‘yinchog‘ini sindirib ichini tekshirganidek, inson ham borliqni buzib ko‘ribgina uni anglab yeta oladi. Jorj Oruell esa hali mashxurlikka erishmagan paytlaridagi bir qancha fikr va mulohazalari bilan bo‘lishadi. Ayniqsa Gitler va Gandi haqidagi maqolalari ajoyib. Yung esa tush tahliliga to‘xtaladi, Freydning bu sohadagi o‘rni haqida so‘z yuritib, uning xatolarini oraga qistirib o‘tadi. Ana shu bugungi bashariyatning asl yuzi. Asl haqiqatdan qochib tushlarni tan olmaydigan, farzandini o‘zi bilgancha ulg‘aytirayotgan, lazzatlanish uchungina hayot kechirayotgan avlod.
1 39313Loading...
13
Media files
1 5238Loading...
14
#qiziq Shopengauer haqmidi?! Rostan ham u yashagan davrda yoshlar uchun eng xavfli vosita bu kitob edi. Insonlar arzimagan pul evaziga sahifalab kitoblar yozar va shu orqali mashxurlikka erishishni orzu qilishar edi. Kitobdagi asosiy voqealar esa tez boyib ketish, puldor insonni uchratish, ertaknamo olam va h.k. Artur faqatgina "Donki Xot"ni o‘qishni tavsiya qilgan, shunda ham ispan tilida. Aytingchi nimadir o‘zgardimi?!.
1 3467Loading...
15
#al Modernizm va postmodernizm nigohida yetti faylasuf.
1 2071Loading...
​​#review #en🇺🇲 (🇮🇱) ⚠️"21 Lessons for the XXI Century" 🧓🏻Yuval Noah Harari Hararini ko‘pchilik "Sapiens" va "Homo deus" asarlari orqali taniydi. Lekin uning 2018-yilda yozilgan "XXI asr uchun 21 saboq" nomli asari ham mavjud. Unda XXI asr jamiyatida bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan muammolarga yechim izlanadi. Kitob 21 bobga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri texnologiya, sun'iy intellektdan tortib siyosat, iqlim o'zgarishi, din, Xudo, ta'lim, adolat, tenglik, shaxsiy erkinlikgacha bo‘lgan turli mavzularga bag‘ishlangan. Harari tadqiqodi, shaxsiy qarashlari va mulohazalarini mahorat bilan birlashtirib, ushbu muammolar bugungi dunyomizni qanday shakllantirayotganini har tomonlama ko‘rib chiqadi va bizga buni ko‘rsatishga urinadi. Harari texnologik yutuqlarning ish o‘rinlari, shaxsiy hayot va demokratiya, shuningdek, genetik muhandislik, biotexnologiya tomonidan yuzaga keladigan axloqiy dilemmalar haqida muhim savollarni ko‘taradi(bularning ba'zilari yechim topib ham bo‘ldi). "XXI asr uchun 21 ta saboq"ning kuchli tomonlaridan biri bu Harari murakkab g'oyalarni tushunarli va sodda tilda ifodalay olish qobiliyatidir. Kitob o‘quvchilarni insoniyat kelajagi haqida tanqidiy fikrlashga chaqiradi va ularni bizning tez o‘zgarib borayotgan dunyomizdagi noaniqliklarni qanday yengish mumkinligi haqida o‘ylashga undaydi. Lekin Hararining din va Xudo haqidagi qarashlari, umuminsoniy g‘oyalarni shunchaki "ahmoqona tarzda o‘ylab topilgan ertak"ka chiqarib qo‘yishi, o‘zining jinsiy oriyentatsiyasi sababli faqatgina butun borliq tarozisiga ilm-fanni ustun qilib qo‘yishi, men uchun agressiv olimning taxminiy xulosalarini o‘qishdan o‘zga narsa bo‘lmadi, ey Xudo qanday insonlarni asarlarini o‘qishni bitingga taqdirimizga) Hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 14-kitob #photo_by Santuagara
Показать все...

🍾 1
#asardan_parcha "E'tiqodimiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, men barchani dunyoyimizning yetakchi g‘oyalarini so'roq qilishga, o'tmish voqealarini bugungi kun muammolari bilan bog'lashga va bahsli munozaralardan qo'rqmaslikka chaqiraman." ©Yuval Noah Harari "21 Lessons for the XXI Century"
Показать все...
10🐳 2😈 2
​​#review 🎗"Hech"🔞 🧓🏻Murod Chovush Ekzistensializmda inson o‘z hayoti ma'nosini o‘zi yaratishi darkor. Absurdizmda esa hayot ma'nosini izlash ahmoqgarchilikdan iborat deb hisoblanadi. Xo‘sh, bu ikki, bir-biriga teppa-teskari oqimlarni nima bog‘lab turadi. Bu an'ana, urf-odat va stereotiplarga tanqidiy ko‘z bilan qarash, shu bilan birgalikda shaxsning mavjudligi uchun erkin tajriba va tanlovlarni sinab ko‘rishdan voz kechmaslikdir. "Hech" shunday asar. Ikki yirik falsafiy oqim po‘rtanalarining to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan durdona. Murod Chovush antik davr va zamonaviy falsafadan to‘laqonli xabordorligi asarning dastlabki qismlaridanoq yaqol seziladi. Uning o‘lim, taqdir, inson mavjudligi, uchinchi shaxs, Xudo va bir qator falsafiy oqimlar o‘rtaga tashlab kelgan savollarni o‘zining birgina oltmish sahifali "Hech" asariga sig‘dira olgani taqsinga sazovordir. Yozuvchining ma'lum bir fan, yoinki kasbdan xabardor bo‘lishi, u yozgan asarni o‘qigan kitobxonni ham bundan ogoh etadi. Misol uchun "Shamollarda qolgan hislarim" romanini o‘qisangiz Amerika fuqarolar urushi tarixini, "Amerika fojeasi" asarini mutolaa etsangiz esa XX asr Qo‘shma Shtatlar sud tizimidan xabardor bo‘lasiz. O‘zbek yozuvchisi Murod Chovush tomonidan 2002-yil yozilgan "Hech" romani esa sizni XX va XXI asrda mavjud bo‘lgan inson mavjudligi haqidagi falsafiy g‘oyalardan ogoh etadi. Asarning yana boshqa bir yutug‘i esa uning "ong oqimi"da mukammal tarzda yozilganligidir. Chovushning "Hech"i "Uliss"ga tenglashgudek bo‘lsa, shubhasiz 2010-yilda yozgan "Qora dengiz" asari ham "Fenegan ma'rakasi" bilan teng adabiy qadr-qiymatga ega deb ayta olamiz. Asar kichik hajmli bo‘lishiga qaramasdan biroz murakkab. Olmoshlarning kitobxonga sezdirilmasdan o‘zgartirilishi, murakkab savollarning o‘rtaga tashlanishi va eng yomoni esa ularga kitobxonning aynan o‘zi javob topishi kerakligidir. Xullas murakkab adabiy-falsafiy asarlar o‘qishni qiziquvchilarga tavsiya qilaman. Akademnashrga esa yana tashakkurlar. Hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 13-kitob #photo_by Santuagara
Показать все...

10 4🕊 3🐳 2🌚 2
#asardan_parcha "Aroqni suzing". "Charchadim". "Nimadan?" "O'zim- dan". "Qani, oldik". "Xotiningizni yaxshi ko'rasizmi?" "Yo'q". "Nima uchun?" "Nima kerak yaxshi ko'rib?" "To'g'ri". "Xotin zotini yaxshi ko'rish uchun uchinchi bir bizga o'xshagan jonzot bo'lishi kerak edi". "Tu- shunmadim, yo'q, tushundim". "Shundagina raqobat bo'lardi va biz, ya'ni erkak-insoniyat, men ayol zoti- ni chinakam yaxshi ko'rishni va ular bizni shu asno- da yaxshi ko'rishlarini xohlar edik". "Zo'rmi?". "Dah- shat". "Ichamizmi?" "Ichamiz". "Ayoldan qochish kerak, qochgan joyimiz esa ayolgacha". "Haligi uchinchi tur jonzot bo'lsa edi, o'shalar tomon qochar edik". "Ha-ha- ha". "Hi-hi-hi". "Yaxshi hamki, yo'q". "Hayotning qizig'i shunda-da", "Ha", "Qani, oldik". ©Murod Chovush "Hech"
Показать все...
🌚 6🗿 5🍌 4 3💋 1
​​#review #en🇺🇲 (🇷🇺) 👃🏻"The Nose" (Burun) qissasi 🧓🏻Nikolay Gogol Jahon adabiyotida "magic realism" nomli yo‘nalish mavjud. Uni rus adabiyotida "magicheskiy realizm" ko‘rinishida uchratasiz. O‘zbek tilida esa ustoz tarjimon Saidjalol Saidmurodov bu yo‘nalishni - fusunkor realizm deb ataydi. Xo‘sh fusunkor realizm nima? Bu real hayotni sehrli vositalar orqali fusunkor qilib ko‘rsatishdir. Bu yo‘nalishning eng taniqli yozuvchilari Gabriel Garsia Markes, Xorxe Luis Borxes, Salmon Rushdiy, Nil Geyman, Joanna Harris, rassomlaridan esa eng mashxuri Frida Kahlodir. Aytish joizki bugun o‘qigan qissam, ulug‘ rus yozuvchisi Nikolay Gogol qalamiga mansub "Burun" asari ham shu yo‘nalishda yozilgan. Unda qalamga olingan voqealar, taajjubki, bir qarashda batamom hayotiy, bir qarashda esa mutlaqo xayoliy tuyuladi. Har qanday yuz-xotirni chetga surib aytganda, mazkur qissa fabulaviy jihatdan chandon fazilatli ham emasdek: Kovalyov degan o‘rtacharoq bir amaldorning yuzidan burni avval qanday sirli g‘oyib bo‘lsa, ba’zi sarguzashtlar osha keyin yana xuddi shunday sirli tarzda paydo bo‘lib qoladi. Anchayin latifabop bir gap, to‘g‘ri emasmi? Unda nega qissa salkam ikki yuz yildan buyon kitobxonni hayajonga solib kelmoqda? Bunga sabab – asarda turli tabaqa kishilarining fe’l-atvori bemisl aniqlik va teranlik bilan tasvirlab berilganida. Faqat shugina emas, bunday qiyofalarni bugun ham har joydan istalgancha topish mumkinligida! Agar so‘zimizni lofga yo‘ysangiz, mayli, qissani o‘qing-da, tevarakka nazar soling – shundoq yonginangizda ularni ko‘rishingiz turgan gap. Darvoqe, Gogolgagina xos bo‘lgan halim istehzo bu qiyofalarni, badiiy-estetik ma’noda, yanayam jozibador etib yuborgan. Aytish joizki rus xalqida burunga oid qator frazalar mavjud. "Burni ko‘tarilib ketgan", "burni hid olmas", "burnini yerga ishqash" va h.k. Bularning ba'zilari bizning tilga ham o‘tib ulgurgan. Aslida nafaqat rus xalqi, balki butun jahon uchun ham burun ahamiyatki metafora bo‘la oladi. Shuning uchun ham Gogol kollej assesori Kovalyovning burni orqali nafaqat XIX asr kishisini, balki bugungi shaxsiyatlarga ham ko‘zgu tuta olgan. Beqiyos tarjima uchun Farhod Fayziyga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Показать все...

6🍾 5 4
Показать все...
5
#al Qaysi asarning sun'iy idrok yordamida yaratilgan posterlari deb o‘ylaysiz?..
Показать все...
🐳 4
#got #xabar "Ajdar xonadoni"ning muhtasham 2-fasli ham kichik ekranlarda namoyish etilishi boshlandi. Birinchi qismning o‘ziyoq sizni Martinning shavqatsiz qilichlar bo‘roni og‘ushiga yetaklaydi.
"Jonga jon, qonga qon"
Показать все...
9 5
#imagery #uliss Bloomsday muborak. XX asr modern durdonasi "Uliss" romanining qayta nashri va yangi tahrir uchun minnotdorchilik bildiraman. Hurmat ila S.N.K
Показать все...
22 4💯 3🐳 2🕊 1🍌 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
15 3🕊 2
Войдите и получите доступ к детальной информации

Мы откроем вам доступ после авторизации. Мы обещаем, это быстро!