cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Futsal Uzbekistan

Oliy Liga 👉🏻 futsal.uz/tournament/1032651 Birinchi Liga 👉🏻 futsal.uz/tournament/1029908 O'zbekiston MTJ 🇺🇿 futsal.uz/tournament/1029007 🌐 futsal.uz

Больше
Рекламные посты
10 714
Подписчики
-424 часа
+1117 дней
+99830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
📍 Jahon chempionati kundaligi Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 24 jamoa guruhdagi raiqblarini bilib olishdi. FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan bu galgi turnir joriy yilning 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida otkaziladi. 🇱🇾 Tanishing: Liviya futzal terma jamoasi 🏆 Bosh murabbiy: Rikardu Iniges Yetakchi futzalchilar: Mahmud Abdulvahob, Muhammad Said, Ali Shoshan Jamoa laqabi: O‘rta Yer ritsarlari 🏆 Jahon chempionatlari tarixi Ishtirok: 2 marta Gʻalaba – 0 Durang – 1 Mag‘lubiyat – 6 Eng yirik mag‘lubiyat: Braziliya 13:0 Liviya (2012) Eng yaxshi to‘purar: Muhammad Rahoma (5 gol) Eng yaxshi natija: Guruh bosqichi ✅ JCH yo‘llanmasini qanday qo‘lga kiritgan: Futzal bo‘yicha Afrika millatlar kubogi-2024 3-o‘rin sohibi Guruh bosqichi 🇪🇬 Misr 4:0 Liviya 🇱🇾 🇲🇷 Mavritaniya 4:5 Liviya 🇱🇾 🇱🇾 Liviya 11:5 Namibiya 🇳🇦 Yarim final 🇲🇦 Marokash 6:0 Liviya 🇱🇾 3-o‘rin uchun bahs 🇱🇾 Liviya 2:2 Misr 🇪🇬 Penaltilar seriyasi — 3:1 💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Показать все...
👍 22🔥 2👏 2
00:40
Видео недоступноПоказать в Telegram
⏳ Vaqt ta’sir o‘tkazmaydigan inson 💳 Uzcard | ⚡️ t.me/Futsal_Uzbekistan
Показать все...
👍 38🔥 4🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📍 Jahon chempionati kundaligi Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 24 jamoa nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan bu galgi turnir joriy yilning 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida otkaziladi. 🇰🇿 Tanishing: Qozog‘iston futzal terma jamoasi 🏆 Bosh murabbiy: Paulo Rikardu Figeyra Silva (Kaka) Yetakchi futzalchilar: Duglas Junior, Leo Igita, Taynan Jamoa laqabi: Lochinlar 🏆 Jahon chempionatlari tarixi Ishtirok: 3 marta Gʻalaba – 6 Durang – 2 Mag‘lubiyat – 6 Eng yirik g‘alaba: Qozog‘iston 10:0 Solomon Orollari (2016) Eng yirik mag‘lubiyat: Braziliya 12:1 Qozog‘iston (2000) Eng yaxshi to‘purar: Duglas Junior (7 gol) Eng yaxshi natija: Yarim final (2021) ✅ JCH yo‘llanmasini qanday qo‘lga kiritgan: UEFA saralash raundi, “A” guruhi g‘olibi 💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Показать все...
👍 35 3🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📋 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi Qarorga koʻra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi: ✔️ 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi; ✔️ 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi. Shuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika boʻylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida roʻyxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi. 2024-yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati oʻyinlariga chiptalari mavjud boʻlgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yoʻl chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi. Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Показать все...
👍 33🔥 2👏 2 1🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📍 Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng jamoalar bosh murabbiylarining dastlabki taassurotlari qanday? 🇺🇿 Xose Venansio Lopes – O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Ajoyib, FIFA Futzal Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi qur’a. Ayniqsa, marosim o‘tkazilgan manzil hayratlanarli va unutilmas atmosferaga boy edi. Sport tomonlama aytadigan bo‘lsam, juda xursandman. Guruh bosqichida biz uchun oson bo‘lmasligi aniq. Barcha jamoalar teng darajada kuchga ega. Biz ushbu Jahon chempionatiga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz, ayniqsa mezbon davlat bo‘lganimiz uchun yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Bizning maqsadimiz, avvalo, guruh bosqichidan o‘tish.
🇳🇱 Migel Andres – Niderlandiya bosh murabbiyi
Ushbu qur’adan so‘ng jahon chempionatini yanada orziqib kutyapman. Mundialning ochilish o‘yinini mezbon davlat jamoasiga qarshi o‘tkazish, albatta, ajoyib. lekin bu ham katta qiyinchilik. U yerda o‘zbekistonlik muxlislar ko‘p bo‘ladi, shuning uchun biz birinchi kundanoq 100 foiz tayyor bo‘lishimiz kerak. Shuningdek, guruhimizda Paragvay kabi qiyin raqib bilan bahs olib boramiz. Ular Yevropaning kuchli klublarida to‘p suradigan ko‘plab tajribali futbolchilarga ega jamoa. Kosta-Rika haqida biroz kamroq ma’lumotga egaman, lekin ularga qarshi uchrashuvga ham yaxshi tayyorgarlik ko’ramiz.
🇵🇾 Karlos Chilavert – Paragvay terma jamoasi bosh murabbiyi
Juda murakkab shu bilan birga teng kuchli jamoalar joy olgan guruh. Agar biz keyingi bosqichga chiqib, dastlabki maqsadimizga erishmoqchi bo‘lsak, mundialga eng yaxshi holatda yetib borishimiz zarur.
🇨🇷 Aleks Ramos – Kosta-Rika bosh murabbiyi
Kosta-Rika raqobatlasha oladigan guruhga tushganimizdan juda xursandmiz. Guruhimizda uchta juda kuchli raqib bor. Eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, ularga qarshi munosib tarzda kurashishimiz kerakligini yaxshi tushunib turibmiz.
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Показать все...
👍 33 1🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗓 FIFA yurtimiz mezbonlik qiladigan Futzal boʻyicha Jahon chempionati oʻyinlarining taqvimini eʼlon qildi 👉 BATAFSIL
Показать все...
👍 21🔥 6🤩 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
📷  Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchiga O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining libosi taqdim etildi. 🔔 Bizni kuzatishda davom eting. Tez kunlarda, yana bir yutuqli viktorina e'lon qilinadi va keyingi gʻolib aynan siz boʻlishingiz mumkin. 💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Показать все...
🔥 16👍 7 1🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🤝 FIFA Futzal Jahon chempionati-2024 “A” guruhi jamoalarining bosh murabbiylari Toshkentda! Chapdan o‘ngga: Migel Andres (Niderlandiya), Xose Venansio Lopes (Ozbekiston), Aleks Ramos (Kosta-Rika), Karlos Chilavert (Paragvay) 💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Показать все...
👍 55👏 6🔥 5 1🤩 1
📍 Bunyodkor stadioni kassalarida Superkubok o’yini chiptalarining sotuvi boshlandi. 🌟 Sizda shuningdek, chiptalarni onlayn sotib olish imkoniyati ham mavjud. 🎫 Chipta sotib olish 📲 @uzpfl
Показать все...
👍 14🔥 3👏 1
01:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
📹 Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi qanday oʻtdi? 💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Показать все...
👍 12🔥 2👏 1🤩 1