cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Shaxnoza Xolmaxamatova

Qashqadaryo viloyati 134- Yakkabog’ saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 👇 @Shaxnoza_Xolmaxamatova

Больше
Рекламные посты
770
Подписчики
+124 часа
-67 дней
-5030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
“Parlament bilimdoni” tanlovi g‘oliblari aniqlandi Yakuniy natijalarga ko‘ra,
14-18 yosh toifasida: 1-o‘rin Hamidova Odina Shavkat qizi (Namangan viloyati); 2-o‘rin Tursunov Elyorbek Ergashali o‘g‘li (Samarqand viloyati); 3-o‘rin Azamov Sardorbek Zikrullo o‘g‘li (Jizzax viloyati).
19-25 yosh toifasida: 1-o‘rin Abduvaliyeva Roziya Abduvali qizi (Namangan viloyati); 2-o‘rin Sultonova Sevinch Bekmurod qizi (Qashqadaryo viloyati); 3-o‘rin Ergashev Ilhom O‘tkirovich (Toshkent shahri) sohibi bo‘ldi.
Parlament bilimdonlarini tavriklaymiz! Yuksak parvozlar tilaymiz!!!
Показать все...
👍 6🔥 3👏 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
🔥 6👍 1👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yuqoridagi 8 ta kitobni 80 kunda o’qing va 20 million so’m yutib oling.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oyina.uz portali zo’r marafon boshlabdi.
Foydali marafonlarda ishtirok etaylik!
Falonchini marafoniga falon so’m berib ham vaqtimiz ham naqdimizni isrof qilgandan ko’ra kitob o’qib ruhiyatimizni bilim bilan boyitaylik!
Kitob aslida bizni har qanday tushkunlikdan olib chiqadi va eng to’g’ri yo’lni ko’rsatadi. To’liq ma’lumot va marafon manzili shu yerda 👉 @oyinatanlovbot
Показать все...
👍 4🔥 4👏 2
Senat tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi. @Shaxnoza_Xolmaxamatova
Показать все...
👍 8🔥 2👏 2
Muhandis, mening nazarimda, o‘z ixtiro va ishlanmalari orqali odamlarning mushkulini yengil qilishga oshiqadigan, shunga salohiyati yetadigan ilm odami bo‘lishi kerak.
Afsuski, o‘z vaqtida "muhandis tayyorlayapmiz" deb o‘zimizni o‘zimiz ovuntirganimiz o‘zimizga qarshi ishladi. Aksariyat oliy ta’lim muassasalari u yoki bu sabab malakali muhandis tayyorlash salohiyati va sharoitiga ega bo‘lmadi. Korxonalar esa yetuk mutaxassis izlab, ovorayu-sarson bo‘ldi. O‘rtada bilimga chanqoq yoshlarning umri behuda o‘tgani qoldi. Prezidentimiz ishtirokida bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhandislarni tayyorlashda “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida ish yuritilishiga oid tashabbus e’tiborimni tortdi.
Agar ta’lim muassasasi korxonalarning buyurtmasi asosida mutaxassis tayyorlasa, talabalar o‘qish avvalidanoq ilm bilan amaliyotni uyg‘un ravishda o‘zlashtira olsa, sanoatimiz, iqtisodiyotimiz yangi bosqichga ko‘tarilishiga umid bog‘lasa bo‘ladi. Chunki xohlaymizmi, yo‘qmi, iqtisodiyotni faqatgina ilmli yoshlar yordamida rivojlantira olamiz va shunday bo‘lishi ham kerak aslida.
Prezidentimiz oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdilar. Demak, o‘z o‘rnida biz, parlament a’zolari ham qonunlarimizni mehnat bozorining yangi talablari asosida qayta ko‘rib chiqishimiz, ayniqsa, ilmli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normalarni ishlab chiqishda faol bo‘lishimiz darkor.
Показать все...
👍 8👏 2🔥 1
Prezident Shavkat Mirziyoev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo`yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. 2025 yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o`qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi. Attestasiyadan o`tolmagan, tajribasi etarli bo`lmagan o`qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog`cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo`lga qo`yilishi belgilandi. Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga o`tkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish vazifasi qo`yildi. Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog`cha va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi tashkil qilinishi aytildi. Taqdimotda Qori-Niyoziy nomidagi O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish taklifi ham muhokama qilindi. Yangilangan institutga “mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuchaytirish, ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, jadidlarning tarbiyaviy qarashlarini ilmiy tadqiq etish kabi vazifalar qo`yiladi.
Показать все...
👍 6🔥 2👏 2
#Prezident_qarori “Kinomatografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, kinomatografiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini aks ettiruvchi 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (“Tirik tarix”) tasdiqlandi Shuningdek, “Kinochilar uyi” “O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi” deb qayta nomlandi. O‘zbekiston milliy kinomatografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinomatografiya sohasi uchun o‘rta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (kinomaktab) tashkil qilinadi.
Показать все...
👍 6🔥 2👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni Hizr bil.
Jaloliddin Rumiy
Показать все...
👍 13🔥 5👏 2
05:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
- Кўп миллионли аудиторияни ўзида жамлаётган ижтимоий тармоқларни ҳам кузатдик: ҳақиқатдан ҳам, 5-6 та рисолани варақлаб чиқиб, одамларнинг ишончига кириб, уларнинг руҳий, маънавий дунёсига дахл қилаётган “психолог”лар кўпайганини кўриб турибмиз.
• Шахноза Холмахаматова Олий Мажлис Қонунчилик палалатси депутати 🚀 @deputatlar_nima_deydi саҳифасини кузатиб боринг
Показать все...
Sh Xolmaxmatova - psihologlar tg.mp434.43 MB
👍 11🔥 3👏 3
#TozaSuv💧 “Toza suv”- toza ichimlik suvi bo’lmagan qishloq, ovullarda quduq qazib, suv tozalash stansiyasini o’rnatish loyihasi boshlanibdi!!! Toza suvning qadr qimmatini suvi yuq qishloqlarda yashayotgan, yashagan insonlar juda yaxshi bilishadi. Shu sababli bu loyihani to’liq qo’llab quvatlayman. Loyihaga o’z hissamizni qo’shaylik do’stlar!!! Payme ilovasi “Ona foundation” orqali “Toza suv” loyihasiga pul o’tkazish mumkin ekan.
Показать все...
IMG_1935.MP416.95 MB
IMG_1934.MP410.38 MB
👍 7🔥 2👏 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.