💜•𝐏𝐔𝐑𝐏𝐋𝐄 𝐋𝐈𝐆𝐇𝐓•💜
Открыть в Telegram
Hɪ Kᴘᴏᴘᴇʀ🙋🏻♀️ Bɪᴢɴɪ ᴋᴀɴᴀʟɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ💜 ғᴀɴғɪᴄs_ᴍᴇɴᴜ : @Fanfic_menu_Light💜 Hᴀᴍᴋᴏʀ ᴋᴀɴᴀʟʟᴀʀ : @UzbBTS 💜 ᴄʀᴇᴀᴛᴏʀ : @Jk_Miso⛓️🖤 ᴏᴄʜɪʟɢᴀɴ sᴀɴᴀ : 03.07.2021💜
БольшеТаджикистан11 777Категория не указана
373
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней
Архив постов
Jo'mrak oldida og'zida bintni tutib qo'lini bog'lamoqchi bo'lgan Sejongni ko'rib bir muddat joyida qotib qoldi.
Sejong: J-Janob..
Bint jo'mrak ichiga tushdi. Sejong sarosimada, hozirgi ko'rinishida o'zini noqulay his qilardi. Seokjin buni sezib, boshini eggancha eshikni yopdi.
Jin: qo'lingni bog'lay olasanmi?
Sejong: ha.. Ha, Janob.
Jin: keyinroq xonamga kel.
Tashqarida eshik ochilib-yopilgani eshitilgach, qiz o'zini biroz bo'lsa ham yengil his qildi. 5 daqiqa o'tar-o'tmas, bilagidagi kichik jarohat ustidan tez-tez o'rab yuvinish xonasidan chiqdi.
Javonni ochib ustiga boshqa ko'ylakni kiyib, biroz to'zg'igan sochlarini tartibga keltirgach Seokjin xonasi tomon yurdi. Qizni hech qanday aybi bo'lmasa ham ichidagi qandaydir qo'rquv uni tinch qo'ymasdi. Sejong xona eshigi oldiga yetib kelgach jim qoldi. Ichkarida Seokjin kimdir bilan g'azab ohangida suxbatlashardi va singan ovoz eshitildi. Vaqt o'tib, shovqin tingach Sejong eshikni taqillatishga ikkilanib turardi. "Tinchlikmikin? Balki keyinroq kelarman.. agar 1 soat o'tib kelsam hech nima bo'lmaydi to'g'rimi?"
Jin: oh, keldingmi?
Sejong to'g'riga qaradi. Doimgidek ish kiyimida, Jin odatiy sokin nigohlari bilan eshikni ochgan ekan. Qizga zimdan nazar soldi va negadir xo'rsinib qo'ydi.
Sejong: h-ha..
Kirishga buyruq berilganidan so'ng, qiz asta xonaga kirdi. Bu uning shaxsiy xonasi bo'lgani tufayli Sejong hadik bilan xonani ko'zdan kechirardi. Oddiy yotoq, ish stoli, devorda 3-4 surat. Did bilan bezatilgan, xattoki gilam rangi ham xonaga ko'rk bag'ishlardi. Deraza oldida kreslo. Devorga osilgan soat va... xonaning bir chetida siniq vaza.
Sejong siniq idishlardan ko'zlarini olib qochdi. Jin ish stoli oldida turgan stulga taklif qildi. O'zi esa joyiga o'tirib, stol ustidagi qog'ozlarni taxlardi.
Jin: qo'ling.. yaxshimi?
Sejong: ha.. hammasi joyida, Janob.
Jin: tushunarli..
"Qanday qilib oddiy qiz 2ta barzangini oyog'ini qayirishi mumkin..?? Nahotki Suga aytganlari.. qiziq, Janob Song, uning qizi.. ularning o'tmishi juda sirliligidan arang ma'lumot topilmoqda.. O'z ko'zim bilan ko'rishim shart. " Yigit hujjatlarni bir chetga qo'ygach, qo'llari bilinar-bilinmas qaltirayotgan Sejongga qaradi.
Jin: tayyorlan, bugun ofisga boramiz. 15 daqiqadan so'ng pastda kut.
Sejong: hop Janob.
Jin: ketishing mumkin.
Qiz biroz ta'zim qilib xonadan chiqdi.
Jin: hali ham o'zini xizmatkordek tutmoqda..
•••
"La'nati.. Sejong ularni kamroq tepish kerak edi.." qiz ich-ichida o'zini qarg'agancha kiyim tanlardi. "Bilgandim, Janob shubhalanyapti. Ammo, uyga bostirib vayron qilishganda-chi? Lekin.. anavi kishi.. Janobning do'sti.. shoshma."
Sejong xotiralarda uni 7 notanish kimsalar chaqirgani-yu so'roq qilishgani yodiga tushdi. Ular orasida bugun uni to'xtatib qolgan yigit ham borligini eslagach javonga suyanib qoldi. Kipriklari pirpirar, ichida xavotir uyg'ondi. "Nahotki meni sinashayotgan bo'lishsa.. agar, hozir o'sha joyga borsam.. yana kimdir bilan urushishim kerakmi??" Qiz peshonasiga urdi.
Sejong: kimnidir qo'lini sindirib qo'ysam, nima qilaman... Janob kechiring...
💎Tez orada davomi Marsdan Yerga tushadi💎
#Juuzou
Assalomu Alaykum sevimli obunachilar.. baribir bu fanfikdan, miyamda aylanayotgan tinmay voqealardan voz kecholmadim, baribir ming xato bo'sayam, vaqt aaaAAAncha bo'sayam yozgim keldi💔 Sejong ichimdan yemirmoqda😂💜
Qaysidir epizodda chiqadigan
bonus mini-tini sovg'a~(#Juuzou buni ko'rsatishni xohlamasdi ammo o'chirib ham yubora olmaydi)
Sejong: erta uyg'onibsiz, Janob
Jin: tonggi quyoshni o'tkazib yuborish xato deb o'yladim
Sejong: tonggi quyosh.. sayyoralarga qiziqasizmi, Janob?
~~~~
Jin: ko'zguni sindirib yuborishim kerak.
Sejong: nima uchun..
Jin: quyosh o'z aksidan yomg'irga aylanishini istamasdim. O'zingdan uyalma. Ayniqsa meni yonimda..
Sejong: *qizarish*
#JuuzouSizniYaxshiKoradi🫶
#JuuzouFanfikniDavomEttirmoqchi🌱
#SogBoling🤍
💜• @purple_lights •💜
J-hope: menimcha, Janob Song bekorga qizdan qul yasamagan. Bilasanmi, yana nima?
Jin: ....
J-hope: Janob Song 3-4 marta yashash joyini o'zgartirgan. Avval Incheondan Seulga, Namdonggu va Yaponiya. Avval 3ta joyni tekshirib ko'rarmiz, siniq chinnilar chiqib qolsa..)
Jin: yaxshi, odamlarimni yuboraman.
Suga: va..
Jin: yana nimadir bormi?
J-hope to'satdan jilmaygancha eshik tomon yura boshladi.
J-hope: shunchaki..
Suga: qizning kuchini sinamoqchimiz.
Jin: yo'q.
Suga: 1-2 odamlarimizni yuboramiz
Jin: yigitlar, aqlingizni yedingizmi?
J-hope: hey. Buncha qayg'urmasang, hech nima bo'lmaydi, shundoq ham qonuniy xotin..
Jin: bilganingizni qiling.
Eshik yopildi. Jin ichidagi g'azabini negadir bosa olmasdi. Bir tomondan do'stlarini ahmoqona ishlarini yoqtirmasligi tufaylimi yoki uyda o'zi qolgan qiz uchun qayg'urayotganidanmi tushunmasdi.
"Faqat chegaradan chiqmang"..
•••
Sejong: tugatdim~
Uy ishlaridan so'ng qiz o'zini divanga tashladi. Devordagi soatga qarab qo'ygach, Janob Kim hali beri kelmasligini taxmin qildi. "Menimcha erta kelsa kerak.." Eshik qo'ng'irog'i chalindi. Sejong o'rnidan turdi. Qayta chalinaverdi. Kimdir qattiq taqillata boshladi.
Sejong: kim ekan.. hm..
Ichida nimadir noxushlikni sezgancha eshik oldiga bordi. Tashqarida yo'g'on ovoz elas-elas eshitilar, Sejong kim kelganini taxmin qilardi. "2 kishi.. Shvabra qayerda edi"
Birozdan so'ng eshik ochildi. Eshik oldida ikki kishi. Qora kiyingan, ko'rinishidan kuchli va baquvvat noma'lum shaxslar. Biri og'zida sigaret bilan eshikni ochgan qizga g'alati tikilardi.
1kishi: Kim Seokjin uyimi?
Sejong: ha, kimsiz?
1kishi: Yaqin do'stlari. Bir narsa olib ketishimiz kerak, kirsak..
Birinchi kishi eshik tutqichini ushlab kirmoqchi bo'lganida, qiz eshikni qattiq ushladi.
Sejong: mumkin emas.
1kishi: Yo'ldan qoch) Ah qo'lim!
Uy ichkarisidan chiqqan shvabra zarbidan og'rigan qo'l eshik tutqichini qo'yib yubordi. Sejong eshikni qattiq yopdi.
2kishi: Ahmoq oddiy qiz-ku.. Qoche..
Sejong eshik oldidan biroz uzoqlashdi. Kutganidek 2-kishi eshikni tepib ochgach, yuzidagi sokinlik o'rnini jiddiylik egalladi. Noma'lum kishi qo'lidagi pichoq bilan qiz tomonga qadam bosdi.
2-kishi: bitch.. tarbiya qilishmagan shekil-a? Heh, hozir ko'rasan..
Sejong: kirish mumkin emas.
•••
20 daqiqa.
Suga: kech qolishyapti.. ofisda ish ko'p..
J-hope: chiq, qara.
Suga: nega ekan? Bu seni odamlaring..
J-hope: aysh.. O Jin qo'ng'iroq qilyapti.. Allo?!
Jin: hoziroq uyimdan odamlaringni olib ket!
J-hope: ...)
•••
Sejong: kirish mumkin emas.
Polda hushsiz yotgan ikki notanish kishi nega kelgani qizni ancha qiziqitirib qo'ygandi. "Balki Janobni poylash uchun kelishganmi? Hm.." Yuzi qattiq shishib ketgan 2-kishi ko'zini ochayotganini ko'rib, Sejong oshxonaga yugurdi. Birozdan so'ng qo'lida olovda qizigan temirni qo'lida ushlagancha hushiga kelayotgan kishini tepasiga keldi.
2kishi: Ah.. sen..
Sejong: kimsan? Kim seni yolladi?
2kishi: o'-o'chir.. seni..
Sejong: javob noto'g'ri
Qiz temirni uni yuziga bosmoqchi bo'lganida kimdir uni to'xtatdi. Baquvvat qo'llar temir tutgan qo'lni qattiq ushlar, Sejong qimirlata olmasdi.
J-hope: ma'zur tutasan..
Qarshisida turgan J-hopeni ko'rib, qo'lidagi temirni tashladi. "Bu Janobni do'sti.. " J-hope qizni qo'lini qo'yib yuborgach, Sejong ortga tisarildi.
J-hope: Kettik.
Polda yotgan kishilar to'satdan o'rnidan tura boshlashdi. Sudralib uydan chiqishar ekan, J-hope ularni ahvolini ko'rdi-yu qiz tomonga qaradi.
J-hope: yomonmas.
Sejong: ...
J-hope so'z demay eshikni yopib chiqib ketdi. Qiz hozir bo'lgan hodisaga tushunmay bir muddat eshikdan ko'zini uzmasdi. Biroz o'ziga kela boshlagach, chap bilagini ushladi. Ko'ylak yengi qizil tusga kirayotganini ko'rib, yuvinish xonasiga tomon yurdi.
Sejong: Janob ko'rmasligi kerak..
•••
Jin: qon..
Uyga shoshib kelgan yigit poldagi qizil dog'ni ko'rgach qo'lidagi sumkani yerga tashlagancha yuqoriga ko'tarildi. Qizning xonasini taqillatdi. Javob bo'lmagach eshikni ochib xonaga kirdi. Hech kim yo'q. Yuvinish xonasidan suv ovozi eshitilgach, Jin shoshgancha chap tomondagi eshikni ochdi.
#Fanfic_by_Juuzou
#Fanfic #IDEAL
`𝐈𝐃𝐄𝐀𝐋´
💎#15_qism💎
• 𝐇𝐨𝐦𝐞 𝐚𝐧𝐝 𝐖𝐨𝐫𝐤 𝐢𝐧 𝐁𝐮𝐬𝐚𝐧: 15.2 •
Sejong yangi Janob uyida yashashni boshlar ekan, Seokjinning 2 xil ko'rinishiga guvoh bo'lib borardi. Tongda yuzida sokinlik va biroz kulgi, ko'zoynak taqqan, o'qituvchilarga xos, sodda kiyingan Jin qo'lidagi sumka bilan uydan chiqsa, kechasi sumka narida tursin, usti boshi qop-qora tusda, yuzini jiddiylik va sovuq ko'zlar nigohi qoplagan boss Jinni tanib borardi. Ammo haftaning boshi bunday boshlanishini kim ham bilibdi..👇
Sejong doimgidek barvaqt turib yangi Janobiga nonushta tayyorlardi. Ichidagi qandaydir muhabbat yoki umid tuyg'usi bilan emas, balki qo'rquv va shu uyda "tekin yashash" mas'uliyati bilan stolga taomlarni qo'yardi. Birozdan so'ng oshxonaga Jin kirgach, qo'lidagi qahvani stolga qo'ydi.
Jin: hm, nonushta..
Sejong: h..hayrli tong. Janob qahvangiz.
Yigit indamay stulga o'tirdi. Oldidagi to'q jigarrang ustiga razm soldi.
Jin: ko'rinish 9/10
Sejong uning nima deganini tushunmadi, bir so'z demadi. Hozir bor e'tibori Seokjinning xatti-harakatlarida va qahvani ichishiga qaratilgan edi. Jin vanihoyat qahvani qo'liga oldi va biroz xo'pladi. Yigitning yuzi sokinlikdan jiddiylikka aylanganini ko'rgan Sejong ichida sarosima uyg'ondi.
Jin: ...6/10
Sejong: A..
Jin: na ta'm, na ko'rinishda ma'no bor.
Sejong: ...
Jin: agar ichimlik shu ahvolda bo'lsa, ovqatga ham "til ojiz". Nima deganimni tushungandirsan?
Miyaga otilgan o'qdan ham qattiq teshib yuboruvchi sovuq ko'zlar Sejongni battar zir titratardi.
Jin: u yerda qancha vaqt turmoqchisan?
Sejong: a?
Jin: LOR ko'rigiga olib borish kerakmi deyman.. O'tir.
Nonushta shu tarzda davom etdi. Qiz noqulay va ikkilanish bilan ovqatlanar, ba'zan Jinga ko'z tashlab qo'yardi. O'zi yoqtirmagan qahvani allaqachon chetga surib, suv ichayotgan yigit esa o'z fikrlari og'ushida salatdan tanovul qilardi. Nonushta jimlik va yeyish tovushlari bilan o'tdi.
•••
Jin: uy tozaligiga har kuni mas'ulsan. Birgina chang topsam mendan yaxshilikni "y"sini ham topolmaysan.
Sejong: hop Janob.
Jin: ha, faqat xonamni tozalama. Buguncha. Qachon tozalashni o'zim aytaman.
Sejong: tushundim, Janob.
Jin: begonalarni kiritma, hech nima buyurtma qilma, zaruriyat bo'lsa qo'ng'iroq qil.. ammo uyda hammasi yetarli..
Sejong: hop Janob.
Jin: qaltis ish qiladigan bo'lsang, oxirini ham qaltis qilaman, kelishdikmi?
Sejong: ha..
Eshik qars yopildi. Sejong barcha eshitganlarini tinmay takrorlab oshxona tomon ketdi.
•••
J-hope: WhY YoU Think that 'bout nUde?😃
Suga: 'Cause YOUR View's so rUDE?😬
Jin: Nima kerak?
J-hope: Think OutsiDE the BOX!😚
Suga: ThEn YOU Like.. Oh! Sal qoldi..
Suga ortidagi devorga qadalgan o'tkir pichoqni sug'urgancha ish stolida ishlayotgan Jin tomon qadam tashlardi. Divanga o'zini tashlagan Hoseok esa past ovozda qo'shiqni aytgancha Jin tomonga qaradi.
J-hope: BabY, how do I LOOK!? Hyung, How Do I LOOK?!
Jin: ....
J-hope: WhY So Serious?!
Jin: maqsadga o'ting, nega keldingiz?
Suga: tajriba quyoni ishi qanday ketayotganini bilgimiz keldi.. ts..
J-hope: bAng Bang!
Suga: aytgancha..
Stol ustiga papka otildi. Jin ko'zining qiri bilan bir papkaga bir Sugaga qaradi. So'ng, oldidagi noutbukni yopdi.
Suga: pismiqlarni o'tmishi juda qiziq bo'larkan.. hm.. ma'lumotni olish oson bo'lmadi, to'g'rimi Hobi?
J-hope: ha~ juda charchadim..
Jin: xo'sh?
Suga: qiz - karate bo'yicha yaxshigina professional, bundan tashqari boshqa jang san'at turlarini ham o'rgangan.. ammo chalaroq..
J-hope: o'zining tilla cho'chqa otasi shug'ullantirgan.. va mish-mishlarga ko'ra, o'ta "qora ishlar"ga ham aralashgani bor..
Jin: tushunarli.
Suga: o'zi, bironta g'ayritabiiy narsa sezmadingmi? Deyarli 2 haftadan beri bir uydasiz..
Jin: o'zgarishsiz.
Albatta o'zgarishsizmi? Qizning tanasidagi chiziq-chandiqlar-u kuragi ostidagi tattoo, doimgidek sovuq yuz.. negadir bu hodisalarni Jin o'zida saqlashni ma'qul ko'rdi. Ammo, unga kelgan ma'lumot bir nechta chigal ishni yechimi bo'layotgani ham joiz emas)
кейинги кисмини фикрилага караб ташиман билмиману силага фанфик йоквотими ози йоми?🌚💙
deya qichqirib yig'lardi..........💔
Oradan bir necha soatlar o'tib.......
Doktor: Janob hozir buni aytishni mavri emas ammo bu siz uchun muhim bo'lishi mumkin...
~Jungkook ko'zi qonga to'la yosh bilan hech bir so'z demay xona burchagida o'tirardi....
Doktor: Otangizning ko'zlarini...... Uni ko'zlarini Miso xonimning buvisiga qo'yishimiz mumkin agar siz bunga rozi bo'lsangiz. Albatta buvingiz o'ziga kelishi bilan....
~Doktorning bu gaplaridan so'ng Jungkook boshini pasga egib yana baland ovozda "OTA" deya yig'lay boshladi.......💔
Jungkook tong otguncha otasini tanasi(jasad) ustiga boshini qoygancha yig'i bilan uyg'ondi shu vaqt ichkariga Doktor kirib keldi.
Doktor: Janob hush habar buvingiz o'ziga keldi!
Jungkook: Rostanmi?
Doktor: Ha janob u hozir sizni so'rayabdi.
Jungkook: ......
Doktor: Janob kechagi gapimni o'ylab ko'rdingizmi? Bir qarorga kelgan bo'lsangiz vaqtni yo'qotmaylik.
Jungkook: ...... Il~timos buvim bilan gaplashib kelay
Doktor: Yaxshi chiqganingizdan so'ng aytasiz degan umiddaman.
~Jungkook yerga egilgancha palataga kirayotib.....
Davomi bor...
💜 @Purple_Light 💜
#Fanfik
#Tragedy
#Love
🖤𝙌𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝘿𝙖𝙧𝙙🖤
29-Qism
Jeon: O'G'LIM QANI TURAQOL MISO TIRIK U TIRIK SEN ALBATTA BAXTLI BO'LSAN! SENI YAXSHI KO'RAMAN"
~Deya panjaradan uzoqlashdi. Ortiga o'grilib uyerdan shoshilgancha chiqib ketdi. Soxchi jasadni olib chiqayotganda qo'lga tushgan edi. U janob Jeon o'ldirganini aytib uni sotib qo'ygan edi. Signalizatsiyadan buni tushungan Jeon uyerdan qochishga urindi.......💔
~U qamoqxonadan tashqariga chiqdi. Militsiyalar uni payqab qolishdi. Janob Jeon qochayotganida yo'lning narigi betiga o'tayotgan vaqt tezlik bilan kelayotgan 🚛 uni bosib o'tdi........💔
Barcha odamlar uyerga to'planishdi shu payt chaqmoq ⛈ qattiq urib yomg'ir 🌧 kuchli yog'a boshladi. Uning tanasidan oqayotgan qonni yuvardi. Go'yo osmon Jeonni ko'rib ko'z yosh to'kayotgandek edi....💔
Jeon.....
O'g'lim meni deb baxtsizliklarga uchrading
...............................................................................
Men hayotda qilgan qabix ishlarim uchun
sen jabr ko'rding
...............................................................................
Sen baxtli bo'lishga haqlisan!
...............................................................................
Senga noloyiq ota bo'ldim kechir meni
...............................................................................
Seni judayam yaxshi ko'raman O'g'lim....💔
...............................................................................
Yomg'ir⛈ kuchli yog'ardi. Atrof tim qorong'u oy yorug'i 🌙 go'yo janob Jeonga tushib turgandek edi. Yomg'ir tomchilari 💧uni tanasidan yerga oqayotgan🩸 qonni yuvardi. Uni ahvoli va o'limi juda ayanchli edi chetdan qaraganda kimdir bu manzarani ko'rib qo'rqsa kimdir ich etini yeb Jeon uchun yig'lardi. 🚑 kelib Jeonni olib ketdi.
~Shaharni lahzaga keltirgan ⛈ chaqmoq ovozidan hushiga kelgan Jungkook o'rnidan turishga harakat qildi..... Juda qiyin nafas olish ham qiyinlashyabdi o'zida kuch topa olmayotgandek turishga harakat qilardi. Yuragi qattiq sanchishni boshladi negadir yig'lashni istardi......💔 Jungkook o'tirgan bo'limga bir soxchi shoshilib kirib keldi. Navbatchini yoniga kelib o'pkasini bosolmay gapirishni boshladi. Jungkook esa uni eshitib...........💔
~Bugun qanday kun bo'ldi o'zi?
~Nima bo'ldi ranging oqargan?
~Tashqarida halokat yuz berdi bir janobni yuk mashinasi* tasvirlashga ham qo'rqyabman juda ayanchli edi ahvoli....
~U janobni tanisanmi?
~Unchalik emas ammo hozir aytib bergan voqeam ikkinchi noxushlik,
~Nima?
~Eshit o'sha janob FFqamoqxonamizdagi soxchini o'ldirgan o'limidan 10 daqiqa oldin qochishga harakat qilayotganida esa o'zi ham nariga dunyoga ravona bo'ldi bechora.....
~Qaysi soxchimiz? Nega axr?
~Kan! U yana har doimgi ishini qilgan!
~Kan? U o'ldimi?
~Ha o'ldi qilgan ishiga yarasha! o'sha janobni o'g'li qamoqga tushgan ekan. Marxum janob Kan uni o'g'liga bosim o'tkazib har xil dorilar💊💉 yuboryotganini bilgach hech bir gapini eshitmay Kanni o'ldiribdi bugun
~JINURSIN! Ishongim kelmayabdi!?
~bor suxbatni eshitgan Jungkook yerdan turolmagancha panjara tomon sudralib "OTA" deya keldi...💔 Ikki soxchi esa tilini ichiga yutib unga qarab qolishdi.....
Jungkook: OTA? OTAA OTAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA
~Deya bor ovozi bilan qichqirdi. Uning ovozi butun qamoqni qamrab olgandi go'yo💔
Jungkookning alamga to'la qichiriq va yig'isi qamoqxonani titratdi.....
~Ertasi kuni Janob Jeon uchun sud ochildi.
Sudda Janob Jeon oqlanib bor ayblovlar marxum o'sha tunda o'lgan soxchini sherigini bo'yniga qo'yildi. "Jungkookga noqonuniy dorilarni berib unga bosim o'tkazishda va marxum xamkasbi bilan kelishmovchilik yuzaga kelib uni qasddan o'ldirib barcha ayblarni Janob Jeonni bo'yniga qo'yganlikda ayblanib 21 yilga ozodlikdan maxrum qilindi"🧑⚖ deya qaror chiqdi. Jungkook ham ozodlikga chiqdi. U to'g'iri kasal xonaga bordi. Otasini jasadi yotgan palataga kirdi. Janob Jeon huddi go'daklardek yuzida jilmaygancha yotardi. Jungkook bardoshi yetmay baqirib otasini qo'lidan o'pib goh yuzidan goh bag'riga bosib
Jungkook: OTA OTAJON NEGA MENI TASHLAB KETDINGIZ
Repost from N/a
7FATES:CHAKHO / 7TAQDIR:CHAKHO
- Episode 1 - Episode 2
- Episode 3 - Episode 4
- Episode 5 - Episode 6
- Episode 7 - Episode 8
- Episode 9 - Episode 10
- Episode 11 - Episode 12
- Episode 13 - Episode 14
- Episode 15 - Episode 16
- Episode 17 - Episode 18
- Episode 19 - Episode 20
- Episode 21 - Episode 22
- Episode 23 - Episode 24
- Episode 25 - Episode 26
- Episode 27 - Episode 28
- Episode 29 - Episode 30
- Episode 31 - Episode 32
- Episode 33 - Episode 34
- Episode 35 - Episode 36
- Episode 37 - Episode 38
- Episode 39 - Episode 40
- Episode 41 - Episode 42
- Episode 43 - Episode 44
- Episode 45 - Epispde 46
- Episode 47 - Episode 48
- Episode 49 - Episode 50
- Episode 51 - Episode 52
[END]
MANHWALAR DUNYOSI🔥🦾
👉@WEBTOON_UZB👈
Гуглда Банг Шихеки лични информациясида бугунги малумотла озгарди.
2023 24-май Банг Шихек оламдан отган 💔
хали толик малумот юк шу сабаб хакикатни билмимиз рост йоки йоклигиги шунчаки гуглга кириб озила фикр билдирсела болади.
🖤𝙌𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝘿𝙖𝙧𝙙🖤 fanfigini o'qimaganimizga ancha bo'ptiyu🥲 davomini haliyam kutvotganla bormi?🌚
Keyin rek alishmoqchila o'shetga borurila, man kutvolama uyoda rek dvorsela alshvoruramz😅😂
Xayrli kun yaxwimisla, man adminka #Juuzou💫
Hozrda ff yozmayapman shunga webtoon tarjima/edit qilishga qiziqqanimga @Webtoon_Uzb kanalda man tarjima/clean qvotgan webtoon ya'ni koreys komikslarini ko'rasila💫
Yana romantik, boevik, ekshn, horror, isekai janrladagi mashhur va zo'r komiksla bor, o'qib ko'rsela vaqtila ketganiga achinmisila, chunki zo'r tarjimon editor adminkala erinmi tayyorlashadi🌞💫
+ har kuni har xil komikslar chiqadi🥰
Xullas zerikkanla, har xil janrlani o'qishni qidirvotganla, o'qib dam omoqchilani taklif qilaman~
Kesela komment/chatda "keldim Juuzou, choy quyasmi, Hayitli bo'g'irsoqlani bering😂" dib qo'yarsila
😉🫖💜
Mehmonla uchun adres: 👉@Webtoon_Uzb
LOOKISM
- Episode 1 - Episode 2
- Episode 3 - Episode 4
- Episode 5 - Episode 6
- Episode 7 - Episode 8
- Episode 9 - Episode 10
- Episode 11 - Episode 12
- Episode 13 - Episode 14
- Episode 15 - Episode 16
- Episode 17 - Episode 18
- Episode 19 - Episode 20
- Episode 21 - Episode 22
- Episode 23 - Episode 24
- Episode 25 - Episode 26
- Episode 27 - Episode 28
- Episode 29 - Episode 30
- Episode 31 - Episode 32
- Episode 33 - Episode 34
- Episode 35 - Episode 36
- Episode 37 - Episode 38
- Episode 39 - Episode 40
- Episode 41 - Episode 42
- Episode 42 - Episode 43
- Episode 44 - Episode 45
- Episode 46 - Episode 47
- Episode 48 - Episode 49
- Episode 50
Davomi >
- WEBTOON UZB
« #𝐈𝐍𝐒𝐓𝐀𝐆𝐑𝐀𝐌_𝐒𝐓𝐎𝐑𝐘✔︎»
« #𝐑𝐌🐨 »
Tez orada ko'rishguncha.. aka
@ uarmyhope 🩶
💜• @purple_lights •💜
« #𝐈𝐍𝐒𝐓𝐀𝐆𝐑𝐀𝐌_𝐏𝐎𝐒𝐓✔︎»
« #𝐉𝐡𝐨𝐩𝐞🐿 »
🐿: Hammasi joyida bo'ladi, sog'-salomat borib kelaman!!
💜• @purple_lights •💜
