cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Fikr

Oddiy fikrlarim, hazilarim, ko'rgan, bilgan, eshitganlarim. Bir oddiy insonnig fikrlarida qisqasi...

Больше
Узбекистан84 984Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
141
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

​​#kitob_tavsiya 📚 «Мартин Иден» романи буюк ёзувчи Жек Лондоннинг қаламига мансуб бўлиб, биринчи марта 1908–1909 йилларда The Pacific Monthly журналида чоп этилган, 1909 йилда эса Macmillan Company нашриётида алоҳида китоб сифатида нашр этилган. 📚 Роман асосан автобиографикдир: Мартин Иден ва Жек Лондоннинг ўхшаш жиҳатлари жуда кўп. Иккаласи ҳам жамиятнинг қуйи табақасидан чиққан ва фақат ўз кучи билан адабиётда улкан ютуқларга эришган. Лондон ёшлигида ўзини жуда кўп ишларда синаб кўрган; у денгизчи, завод ишчиси, кир ювиш ширкати ишчиси сифатидаги тажрибасига таянган ҳолда моҳирона асарлар ёзди. Руф образи эса Жек Лондоннинг биринчи муҳаббати Мэйбл Эпплгартдан олинган. Bizni kuzatib boring👇👇👇 Telegram | Facebook |Instagram
Показать все...

#shunchaki Tomchi tog'ni yemiradi. Qadimda Xitoy o'zining qo'rqinchli jazo turlari bilan juda mashxur bo'lgan. Ulardan biri shunday edi: jinoyatchi yotqizilib qo'l-oyog'i mahkam bog'lanardi.(qimirlay olmaydigan qilinib) Keyin esa jinoyatchini tepasidan esa katta suv idishi qo'yilib uning boshiga suv tomg'iziladi. Bu juda ham daxshatli azob edi, odamning miyasini qattig'i chiqib ketardi, ammo unda bir ajoyib haqiqat yashiringan edi. Xa, bu daxshatli azob turi haqida o'qib, uni tasavvur qilgan kimnidir ko'ngli behuzur bo'lgandir. Lekin bundan maqsad sizga oddiy suvning o'zgacha harakatini nimalarga qodirligini ko'rsata bilish edi. Mantiqan olib qaraganda suv suyuq modda, muz xolatida bo'lmasa albatta. U o'zidan qattiq jisimni yemirishi tabiiy emasdek, ammo mutassil harakat orqali u toshni yemirayabdi. Endi bir o'ylab ko'ring, bir oddiy suyuq modda bir ishni qayta-qayta, chekinmasdan qilgani uchun o'zidan bir necha bor qattiq jismni parchalayabdi. A siz esa ongli mavjudotsizlar, lekin ozgina og'riq sabab o'z maqsadidan voz kechadigan... Shunchaki xuddi shunga o'xshash yana bir harakatga misol : "Shoushenkdan qochish" filmida Eddi Dyufreynning kutubxonaga yangi kitob va javonlarni olish uchun qilgan ishini bir eslang. Bu shunchaki film deyishingiz mumkin, ammo azizlar, hayotda ham bu misollar bir qancha, sizning atrofingizda ham millionlab qalashib yotibdi. Faqat siz buni anglamaysiz, chunki biz negadir bu haqida hech o'ylab ko'rmagansiz. Ps: Mayda va arzimas bo'lsa-da, maqsad sari harakat qiling, ingiliz tilini o'rganish uchun siz kuniga 2 ta so'z yodlasangiz bu bir yilda 730 ta so'z degani va siz ancha yo'l bosgansiz. Toshni yemiruvchi suv bo'ling! @fikrlarimni
Показать все...
#shunchaki Hamma yerda reklama... @fikrlarimni
Показать все...
#hayotiy Inson xotirasidagi ajoyib mo'jiza! Unda bizni hayotimiz davomizagi xotiralarimiz saqlanadi. Yaxshi va yomon xotiralar... Albatta yaxshi xotiralar bizni kayfiyatimizni ko'taradi, foydasi tegadi qaysidir ma'noda. Ammo yomon xotiralarni ham unutmaylik. Inson miyasi telefon kabi tozalanmaydi. Shuningdek yomon xotiralardan ham qutulish oson emas. U aylanib fikrlarimizga kelib qolaveradi, biron bir o'xshash, yoki eslatuvchi narsa bo'lsa bas. Bu esa bizni azoblaydi, xo'sh nima qilish kerak? Uni o'chirib bo'lmaydi to'g'ri, ammo unga munosabatni o'zgartirishimiz mumkin. Yomon xotiralar yodingizga tushsa, shunchaki ularga munosabat bildirmang. Agar munosabat bildirishda davom etaversangiz bu sizni charchatadi, bundan o'zgasi emas. @fikrlarimni
Показать все...
#shunchaki Sendan havotir olishlarini yoqtirasan, lekin havotir olganlarni emas... @fikrlarimni
Показать все...
#hayotiy Do'st tanlashda adashishni xohlamasangiz, tanlamang! @fikrlarimni
Показать все...
#shunchaki Shamol ham bir nimani bilgandek hammayoqni vayron qilayabdi... @fikrlarimni
Показать все...
#hayotiy Stipendiya degich, Odam yegich qachon tushar ekan.. @fikrlarimni
Показать все...
#диёнат. Ҳар сафар султон Абдулҳамиднинг пойабзали йиртилганда уни ўзи қайтадан тикиб таъмирлаб олар эди. Сарой хизматчилари ундан "нега янги пойабзал сотиб олмайсиз"- мамлакатнинг бойлиги ўз қўлингизда-ку? - деб сўрашганида ,султон ; "Хазинадаги бойлик меники эмас - халқники, мен мусулмонларни ҳақини ўз эҳтиёжим учун сарфлай олмайман, ахир мен бу ерга уларни беҳуда сарфлаш учун эмас, уни муҳофаза қилиш учун келганман"- дер эди. Шу сабабдан у ўз касби бўлмиш дурадгорлик билан шуғулланиб, ёғочдан ҳар хил буюмлар ясар, хизматчилар эса, буюмларни бозорда сотиб келишар, бундан тушган пулни султон ўзи ва оиласи эҳтиёжи учун сарфлар эди. Султон Абдулҳамидни тахтдан ағдаришгач, унинг саройига талончилар ишонч билан, катта бойлик умидида "ҳойнаҳой султон чексиз бойликни яширган бўлса керак" - деган хаёлда киришади. Талончилар бирор тешик туйнукни ҳам қолдирмасдан, ҳаммаёқни тинтув қилиб чиқишгач, у ердан бор йўғи, таҳорат қилиш учун сув тўлдирилган обдаста, артиниш учун сочиқ ва жойнамоздан бўлак ҳеч нарса топа олмайдилар ва ноумид ҳолда у ердан қайтиб чиқиб кетадилар. @fikrlarimni
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.