cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Masofatalim™

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Больше
Рекламные посты
32 508
Подписчики
-5324 часа
-4737 дней
-2 14530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
Yilning eng zo‘r oyi – yoshlar oyligi start oldi Bugun, 10-iyundan boshlab O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi boshlandi. Yoshlar oyligi doirasida har bir hudud va tumanlarda – hamma joyda yoshlar uchun ajoyib bayramlar tashkil etiladi. Har yili nishonlanadigan turli sanalar bor, shular orasida aynan yoshlar oyligi eng ko‘p vaqt davom etadigan, yoshlarga xos energiya bilan o‘tadigan va eng asosiysi, unutilmas hamda takrorlanmas kayfiyatni baxsh etadigan oylikdir. Yoshlar oyligi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan start olmoqda. 10-iyun kuni soat 19.30 da Nukus shahrida yoshlar bayrami boshlanadi! @masofatalim
Показать все...
nukus.mp43.67 MB
👍 14🫡 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hozir agar qish fasli bo‘lganda quyidagi gaplar “O‘zbekneftgaz”ga zo‘r javob bo‘lardi: 😁 Qadamda metan zapravka, orada benzin zapravka Lek afsus topilmaydi metani yo benzini bor zapravka Zapravka ham bisyor, go‘yo butun zapravkalarda metan yo benzin bor Lek moshinni yurgazishga metani tugamaydigan zapravka yo‘q bekor. @masofatalim
Показать все...
🤣 109👍 13😱 5 3🔥 2
“Ma'rifat soati” Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etilar ekan.. Navbatdagi o‘quvni quyidagi havola orqali tomosha qiling. https://www.youtube.com/watch?v=JdT9ACdf_Fw
Показать все...
"Ma'rifat soati"

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga! Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

👍 6👀 1
00:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
Klipmeykerlar, kino bilan ishlaydiganlar, bo‘ldida endi. Qachongacha qishloqda o‘sgan yigit-qizlarni dovdir yoki ovsar rolida ko‘rsatasizlar? Xatti-harakatlarini kulguli tarzda olib chiqasizlar? Videoda shunga bir misol keltirildi, bunaqa kliplar esa YouTube’da tiqilib yotibdi. Ssenariysi bir xil – qishloqda o‘sganlarni dovdir rolida, shaharda o‘sganlar esa oliy nasab qiyofasida ko‘rsatiladi. Miyalaringni bir tozalab olinglar, nimani propaganda qilyapman, deb sal o‘zlaringga savol beringlar. Odamlar chekka joydami yoki qishloqda o‘sganmi, shahardami, farqi yo‘q, hammasiyam teng huquqli inson. Hammani o‘z aql-zakovati, qobilyati bor. Qishloqda katta bo‘lgan odamlar yoki yoshlar sizlar bir pulga qimmat kliplaringda olib chiqib ko‘rsatayotgandek bunaqa dovdir bo‘lavermaydi. San’at erkinlik talab qilar, lekin klipdagi mana shu joyi endi erkinlik emas, aksincha maynavozchilik, qishloqdagilar dovdir bo‘ladi, deyishdan boshqa narsa emas, nazarimizda. Qishloqdan chiqqan yoki chekka hududda katta bo‘lgan yigit-qizlarni xohlagan qiyofada ko‘rsatishni bas qilinglar endi. Hammamiz – O‘zbekistonlikmiz! @masofatalim
Показать все...
ssstwitter.com_1717757243928.mp41.94 MB
👍 123🔥 20 4😢 2😱 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Xoliqov Bahodir Aliqulovich – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vaziri kotibiyatining Davlat tilini rivojlantirish departamentida faoliyat yuritgan. @masofatalim
Показать все...
👍 37😱 6😢 4👀 4🫡 1
Nurmatov Batir Erkinovich – Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi. @masofatalim
Показать все...
👍 12🫡 2
Aytishlaricha, Samarqand davlat chet tillar institutiga bugun rektor tayinlanishi kutilmoqda. Yangi rektor Vazirlar Mahkamasidan boradi. @masofatalim
Показать все...
👍 15👀 3😱 2😢 1🫡 1
Sezon boshlandi: o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi   Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. fuqaro A.N ni tanishlari yordamida Namangan muhandislik-qurilish institutining “Informatika” yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departamentning Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro I.M. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 3 000 AQSH dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida IIV akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 1 400 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.   @masofatalim
Показать все...
10👍 5🤣 5😱 4👏 3
Toshkentda yirik shaxmat turniri boʻlib oʻtmoqda Toshkent shahrida 5-15-iyun kunlari davomida mukofot jamgʻarmasi 166 ming AQSh dollari boʻlgan “UzChess Cup” xalqaro turniri oʻtkaziladi. Turnir shunisi bilan ahamiyatliki, poytaxtimiz shaxmat boʻyicha ilk bor bunday nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Buni unda ishtirok etayotgan nomlardan ham koʻrish mumkin. “Masters” guruhida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shahriyor Mamadiyorov, Aleksandr Grischuk, Parham Maghsudlu singari FIDE reytingi 2700 dan baland boʻlgan shaxmat ustalari ishtirok etadi. Bahslar Yoshlar ishlari agentligining “Shekspir” majmuasida boʻlib oʻtmoqda. Yoshlar ishlari agentligi va AloqaBank musobaqa homiylari sifatida qayd etilgan. Maʼlumki, Nodirbek Abdusattorov ham aynan AloqaBank ambassadori hisoblanadi. Turnirda vatanimiz sharafini himoya qilayotgan vakillarimizga omad tilab qolamiz! Turnir tashkilotchilari: Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Yoshlar ishlari agentligining “Uzchess” loyihasi Turnir bosh homiylari: AloqaBank, Uzbekistan Airways @masofatalim
Показать все...
👍 16 2👏 1🫡 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Reyting natijasi o‘zi bugun e’lon qilingan bo‘lsa, bannerlar-u bo‘yindagi sharflar ham tayyor turgan ekanda :) Tabriklaymiz! @masofatalim
Показать все...
🤣 142👍 25🔥 10👀 1🫡 1