cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

English faculty II

SamDCHTI Ingliz tili II fakultetining rasmiy kanali! Siz bu kanalda fakultetimiz hayotiga doir yangiliklar, tanlovlarga oid maʼlumotlarga ega boʻlasiz! Dars jadvali uchun @Ingliz_tili_II_fakultetibot Fikr-mulohazalar uchun @Mediateam_bot

Больше
Рекламные посты
1 096
Подписчики
Нет данных24 часа
-87 дней
-3230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida Konfutsiy Instituti tashkil etilganligining 10 yilligi tantanali nishonlandi Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir. Joriy yilning 8-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida Konfutsiy Instituti tashkil etilganligining 10 yilligi tantanali nishonlandi. Shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim vaziri janob Huai Jinpeng hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti prezidenti Li Yansonglar boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi. Martabali mehmonlar uchun institutda xitoy tilini o'rganayotgan talabalar tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda talabalarning xitoy tilidagi badiiy chiqishlari ishtirokchilarga havola etildi. Tadbir davomida SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy Institutining 10 yilligi munosabati bilan institutga (Smart Screen) “Interaktiv doska” delegatsiya a’zolari tomonidan tuhfa qilindi. Ma’lumot uchun, ushbu Konfutsiy Instituti faoliyati to‘liq Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi huzuridagi Til ta’limi va Hamkorlik markazi hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti tomonidan moliyalashtirilmoqda. Institutda bugungi kunda 6 nafar xitoylik malakali mutaxassislar turli yoshdagi 150 nafar tinglovchilarga xitoy tili va madaniyatini o‘rgatishmoqda. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
Показать все...
👍 2
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Ishga_marhamat TALABA YOSHLARNI ISHLAB CHIQARISH KO‘RXONASI SOTUV BO‘LIMIGA ISHGA TAKLIF ETAMIZ Talablar: 👉 Ish tajribasi 2 yildan oshiq 👉 Yoshi 20-30 yosh oralig'ida 👉 O‘zbek, rus va tojik tillarida erkin suhbatlasha olish 👉 Kompyuterdan yaxshi foydalana olish (Word, Excel dasturlarida) Bizda sharoitlar: 🔹 3 mahal ovqat 🔹 Alohida ofis 🔹 Ahil jamoa 🔹 Kasbiy rivojlanish 🔹 Ishga kelib ketish xarajatlari qoplanadi ❗️OYLIK MAOSH: (KPI%) SOTUVDAN FOIZ AJRATILADI Manzil: Samarqand shahar, Motrid. Ma'lumot uchun: +998770242714, 24/7. KASBIY RIVOJLANISH UCHUN MALAKALI MUTAXASSISLAR TOMONIDAN TRENING DARSLARI DOIMIY O'TIB BORILADI.
Показать все...
👍 2😁 1
Repost from SamTVR | MTRK
03:05
Видео недоступноПоказать в Telegram
DIYOR YANGILIKLARI | YANGI LOYIHA AMALDA 3.07.2024-YIL #samarqandmtrk Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Показать все...
5.03.07.2024.mp422.88 MB
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
AQShning Vebster universiteti magistratura "MA TESOL" dasturi 2024-2025 o'quv yilida ham davom etadi Bugun, 3-iyul kuni Toshkentdagi Vebster universitetida tashkil etilgan uchrashuvda magistratura "MA TESOL" dasturi bo'yicha AQShning Vebster universiteti, Toshkent shahridagi Vebster universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unda institut rektori Bahodir Xoliqov ham ishtirok etdi. Ushbu bir yillik magistratura "MA TESOL" dasturi to'lig'icha AQShning Vebster universiteti o'quv dasturi bo'lib, Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshiriladi hamda dastur bitiruvchilariga AQShning Vebster universiteti diplomi beriladi. Ma'lumot uchun, magistratura "MA TESOL" dasturi Samarqand davlat chet tillar institutida 2018-yildan buyon davom etib kelmoqda. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
Показать все...
👍 3
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan yana bir loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Samarqand davlat chet tillar institutida Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengashining O‘zbekistondagi ofisi ko‘magida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi granti asosida "English Access Microscholarship" loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida Samarqand viloyatining umumta'lim maktablari hamda akademik litsey o‘quvchilari orasidan asosan kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 33 nafari saralab olinib, ingliz tili 2022-yil oktabr oyidan 2024-yil iyul oyiga qadar bepul o‘rgatildi. Boshlang'ich darajadan boshlangan darslar yakunida barcha o‘quvchilar B2 darajaga erishishdi. Loyiha yakunlangunga qadar Samarqand davlat chet tillar institutining o‘qituvchilari, ya’ni Qahramon Xakimov, Tozagul Nasrullayeva, Fahriddin Bakiyev hamda Sohib To‘ychiyevlar o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berishdi. Bugun, 2-iyul kuni loyihaning yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda SamDCHTI rektori Bahodir Xoliqov, AQSh elchixonasining ingliz tilini o‘qitish regional ofisi direktori Kevin Mc Caughey, elchixona xodimasi Umida Boltayeva hamda Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengashining O‘zbekistondagi ofisi direktori William Shane O‘roarklar ishtirok etishdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
Показать все...
English Access Microscholarship" loyihasi

👍 1
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Bilasizmi ❗️2-iyul – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun 🔰 Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. 📌 O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart. ▶️ Jinoyat kodeksiga asosan, Davlat gerbiga hurmatsizlik qilish BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
Показать все...
❗️Айрим ёшлар тил ўрганганлиги учун моддий рағбатлантирилади
🔰 Қарорга кўра: ➖имтиҳон топшириш харажати қопланадиган халқаро имтиҳон тизимлари бўйича инглиз, немис, француз, корейс, хитой ва япон тилларидан камида С1 ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги сертификат олган ёшларни имтиҳон топшириш харажатларини компенсация қилишга қўшимча равишда ўқиш харажатларини қоплаш учун БҲМнинг 3 баравари (1 млн 20 минг сўм) миқдорида бир марталик моддий рағбатлантириш тизими жорий этилади; ➖2024 йил 1 сентябрдан 2027 йил 1 январгача ёшларнинг немис, француз, корейс, хитой ва япон тиллари бўйича халқаро имтиҳон тизимларида имтиҳон топшириш харажатлари қоплаб берилиши учун улар томонидан тўпланиши лозим бўлган баллнинг (сертификат даражасининг) минимал кўрсаткичи бир поғона пасайтирилади. ✅ Шунингдек, умумий ўрта таълим муассасаларининг синф хоналарини таълим жараёнидан бўш вақтда касб-ҳунар ва хорижий тилларни ўқитиш фаолиятини амалга ошириш учун тўғридан-тўғри шартномалар асосида текин фойдаланиш ҳуқуқи билан хусусий ўқув марказларига беришга рухсат этилади. ❕Бунда тегишли умумий ўрта таълим муассасаларининг рўйхати Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан тасдиқланади. 👉 @Asilbek_Abduraimov
Показать все...
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Xabar Xitoy Xalq Respublikasining Ta'lim vazirligi qoshidagi Til ta'limi va hamkorlik markazi hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti rahbariyati vakillari ishtirokidagi delegatsiyaning Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishi kutilmqoda. Xitoy Xalq Respublikasining Til ta'limi va hamkorlik markazi hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan Samarqand davlat chet tillar instituti bir necha yillardan buyon yaqindan hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Bugun, 1-iyul kuni institut rektori Bahodir Xoliqov hamda institut qoshidagi Konfutsiy institutining O'zbekiston tomondan direktori Shahriyor Safarovlar joriy yilning 8-iyul kuni tashrif buyurishi kutilayotgan delegatsiyani munosib kutib olish, so’ngra uchrashuvlar va tadbirlar tashkil etish bo'yicha amaliy ishlarni belgilab olishdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
Показать все...
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Yoshlarga_tabrik Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Xoliqov Bahodir Aliqulovich 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo'lladi 👉 Tabrik bilan tanishish
Показать все...
🔥 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.