cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ERK Demokratik Partiyasi

siyosiy partiya

Больше
Рекламные посты
262
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

HAR BIR MILLAT FAQAT OʻZ TILI BILANGINA TIRIK QOLISHI MUMKIN Biz bugun davlat tilini boy berdik. Chunki Ingliz tili oʻqituvchisi ustama haq oladi. Rus tili oʻqituvchisi ustama haq oladi. Oʻzbekistonda faqat Ona tili - О'zbek Tili oʻqituvchisigina ustama haq olmaydi... Oʻzbek tiliga boʻlgan e'tibor darajasi shu. Ota-bobolarimiz Sovet Imperiyasi davrida qoʻrqmasdan... Bu tilning davlat tili maqomini olishi uchun kurashdilar. Bizning esa hali ham ruscha gapirganlarni oʻz tilimizda gapirtirishga kuchimiz yetmayapti... Yaqinda Toshkentda bir taksichi oʻzbek yigitga sukingan Moskvalik rus shallaki hotinning munosabatini koʻrib men juda uyalib ketdim. Nahotki biz oʻzbeklar oʻz yurtimizda bizni haqorat qilishlaridan himoya qilishga ham ojiz boʻlsak? Bu yigit timsolida men oʻzbek tilimni koʻrdim. Biz kimning avlodlarimiz oʻzi? Еng yakin tarixga bir qaraylik: 1989-yil... Sovet hukumati davrida OʻZLIGING... OʻZ TILING deb maydonga chiqish uchun OʻLIMNI boʻyniga oladigan darajada jasorat kerak edi insonga. Mana shu videodan olingan бир jumla: 👇 "Men til boʻyicha komissiya a'zosiman. Va barcha kenggashda qatnashib shuni koʻrdim-ki,u yerda BIZ TAKLIF QILGAN NARSALAR BIR SIRLI QOʻL BILAN OʻZGARTIRILIB,BIZ HAMMASINI QAYTADAN BOSHLASHGA MAJBUR BOʻLDIK. Beshinchi modda, keyin 8-modda yana 12-modda oʻzgartirilgan. 30-moddada til oʻrganish uchun yana oʻn yil vaqt koʻrsatilgan. Oʻn yil koʻp vaqt. Agar rahbarlar oʻzbek tilini oʻrganish uchun yana oʻn yil kerak boʻlsa bu juda ayanchli ahvol. Chunki chet eldan kelganlar bir yilda tilni oʻrganishmoqda. Oʻzlari Oʻzbek boʻlgan rahbarlar bir yilda oʻrganolishmas ekan-da"!... bu nutq О'qilganiga 34 yil boʻlibdi. TASAVVUR ETING, ORADAN 34 yil oʻtib ham OʻZLARI OʻZBEK BOʻLGAN RAXBARLAR OʻZBEK TILINI OʻRGANOLGANI YOʻQ. Ular bayramlarda Oʻzbek xalqini birinchi boʻlib rus tilida tabriklashga oʻrganganlar. Biz esa jimmiz... Bizning tilimiz jim. Oʻzbek Tilimiz... Ota-bobolarimiz jon olib jon berib kurashgan Tilimiz... Milliy gʻururimiz esa toptalishda da'vom etmoqda. Sababi:ORADAN O'TTİZ TOʻRT YIL OʻTIB HAM OʻZLARI OʻZBEK BOʻLGAN MANSABDORLAR OʻZBEK TILINI OʻRGANOLMADILAR!!
Показать все...
Показать все...
МИРЗИЁЕВ, АЁЛНИНГ ЮБКАСИ ОРАСИГА БЕРКИНМАНГ!

Фото недоступноПоказать в Telegram
QACHON XALQ BO'LASAN OLAMON? (O'zingizga nina sanching Janob Mirziyoyev Og'rimasa xalqqa bigiz!! BIZ UCHINCHI O'LIMLARDAN CHARCHADIK!!) Siz kursidamisiz ? Men yerdaman. Balki bu maqolani yozib tugatgunimcha sizdan oldingilarni tark etgan kursini, tark etarsiz siz ham. Balki maqolani o'qiyotganingizda men bo'lmasman yerda...? Hozir qayerdasiz? Agar yurayotgan bo'lsangiz toʻxtang. O'tirgan bo'lsangiz atrofdagi hamma narsani unuting. Aytingchi sizni ona tuqanmi? Toʻqqiz oy yuragining ostida ko'tarib yurib. Bir oyogʻi go'rda,bir oyogʻi yerda dard chekib... dunyoga keltirganmi sizni ham? Bir parcha etligingizdan to bo'yingiz bo'yi qatori bo'lguncha narvon bo'lganmi sizga? Silaganmi kechalari boshingizni yig'lab? O'n besh yil otasiz mulzam ko'zlaringizga termulganmi onangiz? Olib berolmagan kiyimi uchun? Yedira olmagan taomi uchun kechalari yig'lab chiqqanmi? Eti suyagiga yopishib, yirtilgan kovushini yamab paxta dalasida bolamga deb chanoq yulganmi? Oyoqlaringizga boshini qoʻyib yig'laganmi kechalari? Har kecha yostiqqa bosh qo'yganda endi bolam ulg'aydi "oz qoldi" deb ertaga umid bilan boqqanmi? O'sha ertalarning birida sizning onangizga sizning murdangizni keltirib berishsa... Yuzingiz nega nam? Yig'layapsizmi?... Nega? Agar yig'lamagan bo'lsangiz... O'rgating menga ham yig'lamaslikni. Butun umr ko'z tikkan nurideydasidan bir kunda ayrilgan onaning xoliga yig'lamaslikni o'rgating menga ham... Endi qanday yashaydi u? Maslahat bermaysizmi? Musibat seniki bo'lmaganda sabr haqida gapirish naqadar oson?! Butun bir millatning yuragini kalamush kabi kemirib yotgan yuz emas,ming emas,millionlab yeb to'ymaslarni kursidan, kursiga oshirganlarimizning badalini o'n besh yashar yetim o'z umri bilan to'ladimi ? Siz va bizning gunohimizning tovoniga qoldimi-u? Har oyda xalqning pulariga bir marta moshinasining markasini alishtiradiganlarning "toychog'iga" olib beradigan bitta oyoq kiyimining narxiga shunday yetimlar bir oy yashaydi... Ular yer tepib yursinda... Kambag'alning bolasi o'lib ketaversinmi? Bu ona har kecha eti suyagiga yopishgan o'g'lining qiynoqlar ostida onajon deb chinqirab jon berganini tush ko'rar ekan ... Siz qanday o'z o'rningizda bemalol o'tiribsiz. Nega biz o'rnimizdan qalqmaymiz... 17-ming so'm uchun bir yetimni IIBga olib ketish kerak bo'lsa... Ichib,chekib yo'lda avtohalokat sodir qilib bir nechta odamlarning hayotiga zomin bo'lgan... Birovning gulday qizini bulg'agan amaldorlarning toychog'ini qayerga olib borish kerak. Milliardlab pullarni o'margan amaldorlar uy qamog'ida o'sha o'marilgan yetim-yesirlar haqqini paqqos tushirayotganda bu norasida 17-ming so'mlik bitta ichimlig-u, ikkita qurt uchun o'lib ketaversinmi? Agar dilida o'g'irlik bo'lganda kattaroq narsa o'g'irlamasmidi? Ha bu yurtda "Katadan" katta narsa o'g'irlagan "Kattalar " omon qoladi-yu badalini yo kambagʻalning bolasi yo yetim-yesirlar to'laydi. QANI ADOLAT? Aslida birinchi marta bunday holatda ushlangan bolani Buvaydadagi "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga"olib borishga haqlari yoʻq edi. Holat birinchi marta bo'lganligi sabab: Yo tushuntirish hati, yoki ogohlantirish bilan bitta dalolatnoma qilib bolani uyiga eltib onasidan bitta tilhat olish bilan yakunlanishi kerak edi bu ish. Sababi bu holat bolaning ruhiy holatiga qattiq taʼsir qilishi mumkin. Qolaversa u yerda "akademiklar o'tiradi" bolani tarbiyalash maqsadida butkul tarbiyadan chiqishiga sabab bo'lib qolish mumkinligi bois ... Takror aytaman holat birinchi marta sodir bo'layotgani uchun bolani uyga qaytarishlari kerak edi. IKKINCHIDAN:Bir bolani o'lguncha qancha kaltaklash kerak?! Nahotki bir norasidani sas sadosiz kaltaklab o'ldirish mumkin? Agar itni shu qadar ursalar o'sha it ham uvlab dunyoni buzadi-ku? Shu qadar urib o'ldirginlaricha nahotki o'sha norasidaning inq etgan ovozi chiqmagan? Yoki muassasa xodimlari qayerga qaragan? Qachon o'ldirib bo'lib bizni chaqirisharkin deb poylab turishganmi?
Показать все...
UCHINCHIDAN:Bunday muassasalarda har doim kamera ishlab turadi. Sababi;Bolalar tarbiyaga muhtoj bolalar bo'lgani uchun,yashirincha chekishi,bir-birini urushi, hatto o'z joniga qasd qilishi,tomirini kesishi,dori ichishi mumkin. Shu sababli ularning har qadamini zalda ham xonada ham kamera orqali kuzatib turishadi. Xoʻsh bu holatlarni yashirish unda kimga va nima uchun kerak? Qaysi tashkilotning aybi yashirilishi uchun holat yopib yuborilayapti??? Ertaga chiqadigan o'liklarning o'limiga to'siq bo'lmasin deb yashirilayaptimi bugungi o'lim? Bu olamoning onalari bolalariga jimlikni oʻrgatdi. Oqibatda oʻzlari bolalarining murdasi ustida jim yigʻlamoqda. Bu millatning otalari qoʻrquvda saqlangan bolalar edi... Shu sabab bugun qoʻrquv ortilgan yelkalariga bolalarining tobutini ortib ketmoqda... Qachon xalq bo'lasan olamon? Ayt qachon qalqasan oyoqqa? QACHON MORGXONALARINGNI BOLALARINGNING MURDASI BILAN TO'LDIRISHNI BAS QILASAN? Axir qurbaqani bosang ham vaq etadi. Devorga kesakni otsang kesakdan ham chirs etgan ovoz chiqadi. Nahotki sening ovozingni kaltaklar ostida jon talbasasida tirik qolish ilinjida yordam so'rab chinqirgan hayotga tashna o'spirining ovozidek hech kim eshitmasa xalqim. Yoki hali ham uchinchi o'limdan g'alaba kutmoqdamisan? UCHINCHI OʻLIMDAN KUTMOQ GʻALABA- gʻalati...!! Tupukrang koʻzlarga qaramoq Tupurmoq chaynalgan tillarga, Bitta xalq qarshimda har kuni... Qul bola misoli ulgʻaygani- Gʻalati.. Yurakning chekilgan qismidek, Kuldonga bosildi gʻalaba (Qoʻllari sogʻ turib kurashmoq- haqida "oʻylar-u ...talabi") Sirtmoqdan "QUTQARGAN" boʻynidan, boshini uzgani- G'alati... Bir xalqki oʻzining moliga begona oʻgʻridek qaradi. Oʻng qoʻlin, chap qoʻli har kecha koʻrsatib-koʻrsatmay... Taladi! Xoʻngraging kelsa-yu koʻzlaring "Bajarsa" qah-qaha talabin- Gʻalati... Nahotki oʻlmading.Har kecha- soʻroqlar, jangchini-tushlari... Ichida tugʻulgan ozodlik ichinda borarkan kichrayib. Uchmoqqa shay turgan qoʻllarning- Choʻntakda qarigan mushtlari Gʻalati! Ichkarida men borman .. Tashqarida u. Chappak chalaversam solmoqda uvos, Yonib borayotgan oyoqlaringni Qanday kishanlardan etarsan xolos? Oʻrtamizda esa solanar sirtmoq... "Sirtmoqda kishani yecholgan ovoz"- Gʻalati... Yo "sirtmoqqa osilar". Yo "yonar yerda", Balki oʻzgarajak jallod talabi... NAHOTKI BIR ASR JIMLIKNI QOʻLLAB "UCHINCHI OʻLIMDAN" KUTMOQ GʻALABA... GʻALATI...!! (Iltimos shu oxirgi jumlani ko'zgudan o'zingizga qarab o'qing). RAVSHAN SENING BEVAQT YUMILGAN KO'ZLARING-DA OCHMASA BU XALQNING KO'ZLARINI... ERTAGA MENING KO'ZLARIMNING YUMILMASLIGIGA HECH KIM KAFIL BOʻLA OLMAYDI!!
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
3)Ва "Ал-Кимёгар" ўзини учинчи кўрсатувнинг охирги дақиқасида буткул сотиб қўйди. "Мени Хожи Акбар дххнинг техникалари билан таништирган ва уларни очиқламаслигим учун тилхат ёздириб олган деди у". Биринчидан:Дхх ҳеч қачон ўзи билан ишлашни истамаган ва ўзи ишонмаган одамга давлат хавфсизлик хизмати аппаратлари ҳақида маълумот бермайди. Улар фақат ўзларининг ишончини оқлаган ҳақиқий агентлар билангина шундай мулоқот қилиши мумкин. Иккинчидан: Ўзбекистон ичида "Ал-Кимёгар"га бу апаратларнинг кераги йўқ эди. Сабаби, ватан ичида шундоғам ҳамма жойни эшитиш қудратига эгалар! Яъни "катта душман" билан курашга кирмаётган агентни хавфсизлик аппаратлари билан таништиришдан не наф? Қолаверса бу агент дхх билан ишлашни истамайди-ку? Масаланинг ёпишмаган жойи шунда. Дххнинг бундай "Ишончсиз Агент " билан ишлашга вақти йўқ эди. Чунки уларда, биз бир Эркчи сифатида учратганларимиздан аниқ айтоламиз-ки "Ал-Кимёгар"га ўхшаганлар ниҳоятда етарли. Давлат хавфсизлик хизмати аппаратлари билан таништирилиши- Н.Оллашукурованинг ҳақиқий агент бўлганлигини... Ва у тўлиқ ишончга кирганлигини,бунгача етарлича хизмат қилганлигини,бунда кераклича тажриба эга эканлигини,ва айнан шу сабаб "Махсус мухолифат ичига киритилган агент эканлигини "исбот этади! Бугун фақат Н.Оллашукурованинг Ал-Кимёгар қиёфаси очиқланмади. Унинг Ал-Кимёгар ниқоби остида бутун дектатурага асослаган тизимнинг жирканч қиёфаси очилди. Миллатнинг асл фарзандларини йўқ қилиш мухолифат ни обрўсизлантириш , ЭРКНИ ҚУЛАТИШ учун Н.Оллашукурова каби минглаб жирканчли тарзда махлуққа айланган манқуртлар яратилган. Аммо ҳайратда қолганмиз. Н.Оллашукурова аввал мухолифат ледирининг ёнига келди. Шуҳрат Бобожон, Малоҳат Эшонқуловалар билан бирга бўлди. Сўнг ҳаммасининг тузини еб тузлиғига тупурди. Куни кеча Мирзиёев ва унинг куёвларини қоралаётганди бугун улардан ёрдам сўрамоқда. Вақт ва вазият талабига қараб Буқаламун каби минг ҳил тусга кира оладиган бундай жосуслар Ўзбекистон махсус хизматларининг ЯРАТИҚЛАРИ ВА ЮТУҚЛАРИДИР! Улар бундай манқуртларни мухолифат учун яратаётганда албатта бу махлуқотлар кун келиб ўзларини-да тупукга қориштириб кетишидан бехабар бўлганлар албатта! Бизнинг миллатимиз ёшларимизни улкан ғоя йўлида тарбия этолгани йўқ... Бизнинг армиямиз қудратли кучга айлангани йўқ. Аммо биз ниҳоятда ҚУДРАТЛИ ЖОСУСЛАРГА ЭГА ЭКАНМИЗ! Албатта бу Ўзбек разведкасининг УЛКАН ЮТУҒИ! Ўзбек миллатининг эса УЛКАН ФОЖИАСИДИР! Энг дахшатлийси эса бу халқ фожиа остида яшашга кўникиб бўлганлигидадир. Аммо тарих энг одил ҳакамдир. У баъзи бир инсонларнинг олтин каби қийматини фақат оширади. Баъзи бир инсонларни эса ,ишлатилган қоғоз каби ғижимлаб ахлат қутисига улоқтириб юборади. Биз эса сўзимиз сўнгида: Бутун Эрк жумҳурияти номидан дектатура тизимига аталган сўзимиз бошида келтирганимиз бир жумлани айтоламиз холос: УЛАР ГУЛАРНИ КЕСИШГА ҚОДИР , АММО БАҲОРНИ ТЎХТАТА ОЛМАЙДИЛАР. УЛАР ЭРКНИНГ ГУЛАРИНИ КЕСИШГА ҚОДИР... АММО ВАТАНГА ҚАЙТАЁТГАН ЭРКИНЛИК БАХОРИНИ ТУХТАТИБ ҚОЛИШГА ЭМАС!!
Показать все...
УЛАР ГУЛЛАРНИ КЕСИШГА ҚОДИР АММО , БАХОРНИ ТУХТАТА ОЛМАЙДИЛАР. "Макр қилдилар.Аллоҳ ҳам макр қилди.Аллоҳ макр қилувчиларнинг энг яхшисидир". (Ал-Имрон:03) "Бир пайтлар мен фаришта бўлганман...Ҳозир эса фақат қанотларим ечиб қўйилган",дея асл қиёфасини яшириб инсонлар устидан мағзавали ахборот сиздираётганлар... Унутманг: Бир замонлар шайтон ҳам фаришта бўлган!! Шу йилнинг 1-март куни шундай фаришталикга даъво қилиб мухолифат ледирининг уйига борган, Нафосат Оллашукурованинг юзидаги ниқобларини вақтнинг қўллари сидириб ташлади. Зеро кўзгу инсонинг аксини, вақт эса унинг асл башарасини кўрсатади... дея шу йилнинг 12-апрелида ёзилган мақоламда айтар эканман... Вақт Шабнам Оллашукурованинг "Ал-Кимёгар" эканлигини бу қадар тез фош этишини хаёл ҳам этмагандим албатта. Аммо билардим-ки Аллоҳ истаса ҳеч бир яширин сир қолмайди. Фитначилар ўз фитналари орқали фош бўладилар. ЭРК ўзининг ярим асрга яқин умри давомида: дектатурага асослаган тизим хомашёсига айланган жуда кўп хоинларга рўппа-ру келди. Эрк пайдо бўлган кундан бошлабоқ уни ичидан қулатиш, эрк истаган исёнкор қалбларнинг қўл оёқларини кишанбанд этиш учун минглаб жосуслар яратилди.Ва яратилмоқда ҳам... Бу сўзларимизнинг бугунги исботи Шабнам Оллашукурованинг Ал-Кимёгар номли билан ўз тасдиғини топди. Ҳар бир Инсон ўзи кабилар билан бирлашади. Эрк жумҳуриятининг атрофида бирлашганларнинг барчалари миллат тақдири ва Ватан манфаати учун курашганлиги сабаб: Уларга қарши Оллашукуровага ўхшаган хоинлар армияси ишлаб чиқилди. Бу оламда фақат иккита чексиз нарса бор: коинот ва инсонинг аҳмоқлиги, гарчи менинг биринчисига ишончим комил эмас. Аммо иккинчисининг чексизлигини Ш.Оллашукурова ўзининг мухолифат ичидаги инсонларга қилган бўҳтонлари билан яққол намоён этган. Албатта Ҳеч қачон аҳмоқ билан тортишишнинг кераги ёʻқ,сабаби аҳмоқ билан тортишган одам унинг даражасига тушиб қолади. Н.Оллашукрованинг "Аторнинг қутисига сиғмайдиган" бўҳтонларига қарши ... Эрк раҳбари ва эркчиларнинг биргина жавоби бўлди менимча: Инсон ўз сукунатининг эгаси Сўзларининг эса қулидир.. Н.Оллашукурова ўз сўзларининг қулига айланди. Аммо унинг бугун очишни истамаган яна бир қартаси шунда эди-ки: Унинг йиллар давомида катта тажрибага эга бўлган миссияси мўхолифат лидери ва Эрк демократик партияси билан боғлиқ эди. Оллашукурованинг чет элда бажарган миссиясида очилмай қолган фактлар кўп. Нега Оллашукурова буларни яширияпти? Сабаби Халқ ва омманинг қаҳридан қўрқаяпти. Ўзининг аниқ месия бажариш учун чиқарилганлигини ва бу месия кўнггилдагидек якунланмаганлигни сабаб дхх билан орада келишмовчилик чиқанлигини сир тутаяпти. Ваҳоланки у бу гапларни ўн йил аввал ва бундан ўн йил кейин ҳам гапириши мумкин эди. Нега бугун? Чунки бугун ундан дхх юз бурди... Сабаб? Сабаб шунда-ки: Оллашукурова ўзининг ким эканлигини мухолифат орасида етарлича фош этиб бўлди. Ва энди у ортиқ Мухолифат лидери ,Эрк демократик партияси ва биз Эркчиларни обрўсизлантириш учун етарлича кучга эмас эди. Я'ни вазифасини ўтаб бўлган буюм каби улоқтиришди уни. Мантиқ билан ўйлаб қаралганда: 1)Айнан ҳозир Ватан ичида бўлган бирорта Эркчи, мухолифат аъзоси, ё ҳақиқатни сўзлаган бирор ҳуқуқбон ўз истаги билан исталган вақтда Ватандан чиқиб кета олмайди. Биз истаймизми йўқми дххнинг назорати остидамиз. Айниқса эркин фикрли одамларнинг кириш,чиқишини қаттиқ назорат остига олишади улар. Шунда Хоразмдан Тошкентга келиши назоратда бўлган (Ал-кимёгар) яъни Н.Оллашукурованинг Ўзбекистондан Украинага чиқиб кетиши тасодиф бўлиши мумкин-ми? 2)"Тасодифий" тарзда Украинада "пайдо бўлган" Н.Оллашукуровани Украинада пайдо бўлиш фонидан бошлаб Туркияга саёҳатидан то бугунгача иқтисодий томондан ким ёки кимлар таъминлаган? Тошкентда иқтисодий жиҳатдан қийналгач дххннинг "Хожи Акбари"дан иш ва ёрдам сўраган "Ал-Кимёгари"- Чет элда иккита фарзанди билан ҳеч қаерда ишламасдан яна исталган вақтда у мамлакатдан бу мамлакатга "саёҳат" қилоладиган даражадаги маблағни ҳаводан тўплаганига ишониш ғалати?
Показать все...
Barcha muammolarimizning ildizi ta'limda! O'qituvchilarning oyligini keskin oshirishimiz kerak. Shunda haqiqiy oʻqituvchilar oʻz oʻrniga qaytadi. Xususiy ta'lim muassasalarini koʻpaytirish, ularga subsidiyalar ajratish, boshlangʻich va oʻrta ta'limda davlat nazoratini qisqartirish kerak. Finlandiya tajribasini oʻrganayotganlar, Finlandiyada ta'lim vazirligi yo'qligini bilishar? Shuni ham oʻrganib, byurokratiya botqogʻiga botgan XTBlarini tugatishsa ham to'g'ri boʻlardi. Rasmda bugungi kunda sohalar boʻyicha ish haqilar reytingi? Saylovda berilgan ming dollarlik va'da bu ketishda va'daligicha qolib ketadi. Kelajagimiz esa sariq chaqaga ham ishlashga tayyor savodsiz pedagoglar qoʻlida qoladi. @AsliddinKamol
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Din siyosatga taalluqli emas degan insonlar yo dinni bilmaydi, yo siyosatni bilmaydi. ©Maxatma Gandi @AsliddinKamol
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.