Yoʻldoshev | Kontentblog
Открыть в Telegram
4 408
Подписчики
-424 часа
+107 дней
-1830 день
Архив постов
Blogimni kuzatadiganlar bilsa kerak, 2021-yilda kurs oʻtganman
Oxirgi paytlarda esa kanalda postlar ham kamaydi. Shu joyida shogirdlarim, menda oʻqiganlarning bloglarini ulashib ketmoqchiman
1. @tgads_haqida – Jamoliddin, birinchi shogirdimning blogi, hozir TgAds boʻyicha ishlaydi. Oylik €100-200K lik byudjetlar bilan ishlayapti
2. @jaydari_kopirayter – Doniyorbekning blogi. Kopirayting, layfstayl postlar qoʻyib boradi.
3. @ulmasbek_kontent – Oʻlmasbekning blogi. Oʻlmasbek ham ancha paytdan beri 3-4 yoʻnalishda bloglar yuritdi va hozir oʻz blogini ochibdi. Kuzatib borsangiz boʻladi.
Shunaqa gaplar. Hozir Unilever (London)da ishlab turibman. Undan tashqari Uzum bilan bir ajoyib loyiha qilyapmiz. Ishlarimdan ortib, foydali postlar qoʻyib boraman
@copirayt
Qanchalik kreativligimizni bilmoqchi bo'lganlar, qilgan ishlarimizga boqsin))
Bitta oʻrtogʻim Malayziyada MBAni bitirib keldi
Endi ikkov oʻtirib startap qilyapmiz))
Biznesni ich-ichidan tushunadigan marketologlar sanoqli
Ko‘pchilik voronkalar, pozitsiyalash va mijoz yo‘li (customer journey) haqida chiroyli gapirishni biladi. Ammo gap aniq mahsulot, aniq bozor va aniq byudjetga taqalganda, nazariya chetda qoladi. Qo‘lda esa chiroyli rezyume va dovdiragan nigohli odamning o‘zi qoladi.
Shohzod Po‘latovning blogini ancha vaqtdan beri kuzatib boraman. Premier Electronics’ning sobiq marketing direktori — faqat o‘z tajribasidan o‘tgan narsalarni bo‘lishadiganlardan. Kitoblarni qayta aytib bermaydi, havoni pullamaydi.
Uning ortida $100 000 zarar ko‘rgan loyihasi bor. Lekin u bu yo‘qotishdan ko‘plab g‘alabalaridan-da ko‘proq narsa olgan. Bunday tajribani kurslarda sotib ololmaysiz.
Hozir Shohzod aka 30 kunlik chellenj boshlagan: har kuni marketing va savdo psixologiyasiga oid bittadan real instrument. Bular xaridor xulq-atvorini sezdirmay boshqaradigan o‘sha mexanikalardir.
Masalan, nima uchun menyudagi eng qimmat taomni deyarli hech kim buyurtma qilmaydi, lekin uni olib tashlab ham bo‘lmaydi. Nima uchun “10% tejab qoling”dan ko‘ra “10% yo‘qotyapsiz” degan gap kuchliroq ishlaydi. Har birining zamirida aniq qonun, nazariya va real misollar tahlili yotadi.
Aniq bilamanki, bu instrumentlarni o‘zlashtirgan mutaxassis bozor haqida butunlay boshqacha fikrlaydigan bo‘ladi.
Tavsiya qilaman 👉: @scaleupuz
Ayrim kompaniyalar mening taklifimni koʻrib chiqmaydi ham. Chunki men “mahalliy” mutaxassisman
Keyin ular xorijiy agentlikni yollashadi. Xorijiy agentlik kichik summaga ishlamaydi
Keyin xorijiy agentlik meni yollaydi. Men ham xorijliklar bilan kichkina summaga ishlamayman.
Oqibatda men va xorijiy agentlik yutuqda, kompaniya esa zararda
*shunday holatlar boʻlga, men qilgan ish uchun qoʻshni davlat agentligi TAF!da Gold olib ketgan
Bu foydali faylni 2 toifa insonlar ko'radi
1. Siz kanalga onbuna bo'lgansiz. Bu fayl boshqalarga ham foydali bo'lishi uchun tanishlar, hamkasblar, do'tlaringizga ulashing
2. Siz kanal obunachi emassiz, sizga bu faylni do'stingiz ulashgan. Yana shu kabi foydali ma'lumotlarni doimiy olib turish uchun @copirayt kanaliga obuna bo'ling
Nega menga obunachilar kerak?
6 yildan beri kopirayting, kontentneyking bilan shug'ullanib kelaman. Shu 6 yil ichida Yandex, Unilever, OLX, payme, IMAN, Uklon, VISA kabi mahalliy va xalqaro brendlar bilan ishlab kelaman
Hozirda Ozarbayjon, Rossiya, Qozog'iston, O'zbekistondagi marketing agentliklari bilan doimiy ishlab kelaman
Ko'proq obunachilar, reksiyalar, izohlar bilimimni doimiy ulashib borish uchun ko'proq kuch beradi. Ulashing, obuna bo'ling va foyda oling: @copirayt
#foydali
Aslida hech qanday sklad yoʻq)
“Malika”ga borasiz va dialog quyidagicha boʻladi:
- Aka iPad Air M1 512 kerak edi, bormi?
- Ha bor aka
- Koʻrsam boʻladimi?
- Ha aka, oladigan boʻlsangiz, “sklad”dan opchiqib beraman (yoki narigi doʻkonimizdan)
Aslida “sklad” yoʻq. 1-2 ta arzon va tez sotadigan doʻkonlar bor. “Sklad”dan deb, oʻsha doʻkondan 500$ ga olib, ustiga 50-70$ qoʻyib, sizga sotishadi
https://t.me/mixproduct_uz shunaqa doʻkonlardan biri. Trade-in'ga ham yaxshi narxda olib qoladi, sotishda ham insof bilan sotadi.
2023-yil MacBro'da ishlaganimdan beri koʻpchilikni tanib, koʻp sxemalarni bilib qolganman))
Xullas shunaqa gaplar, bu reklama ham emas. Borib “Nurbekni nomidan keldik” desangiz, 10-20$ oʻtib ham beradi
*agar iPad, Mac olishda chiplarga tushunmasangiz, shu doʻkonda “kiydirib” yuborishmaydi, avval tushuntirib, keyin sotishadi.
Chunki iPad Pro A12Z Bionic'ni M2 deb sotganlarni ham koʻrganman.
Apple yoli yaxshi Android kerak boʻlsa, boraverasizlar. Oʻzim faqat shu yerdan olaman
Yakuniy qaror
Dushanbadan toʻliq onlayn formatda ishlashga oʻtaman. Ofis formati menga toʻgʻri kelmas ekan
Faoliyatimni
- Yandex Moscow'da kontent boʻyicha konsultant
- Feelin Almaty'da muharrir
- Endorphin Baku'da kontent muharriri
- Yevropadagi fintex kompaniyasida UX writer
- Xususiy universitetda kontent menejer sifatida davom ettiraman.
Oʻxshash ishlar boʻlsa, bemalol hamkorlik qilaveramiz. Albatta onlayn formatda (haftada 1-2 kun ofisga borishim mumkin)
Murojaat uchun: @copirayter
Aktrisa kerak
Assalamu alaykum, bugun soat 13:50 da Mirobodda syomkamiz bor. 30-37 yoshlardagi aktrisa kerak. 10 yoshli bolaning onasi rolini oʻynaydi
*kelishgan aktrisamiz safarga ketib qolibdi
Oʻzimga yozasizlar: @nurbekyuldoshiy
Hozir Ozarbayjonning Endorphin agentligi bilan bitta loyiha ustida ishlayapmiz
Uklonni uzuuuuuun va noodatiy reklamalari bor-ku
Shularni SEED (Kz) bilan birga qilganmiz
Texnologga 4000$?!
Yuqorida universitetlardagi eng “past tabaqa” yoʻnalish. 2010-2018 yillarda kirish ballariga qiziqqanman. Eng past kirish bali shu yoʻnalishga toʻgʻri kelar, umuman tayyorlanmaganlar shu yoʻnalishga topshirar edi. Hozir ham kirish bali 60-70
Lekin…
Yaqinda Yevropaga katta hajmda quruq meva eksporti bilan shugʻullanadigan kishi bilan ishladim. Gap orasida oziq-ovqat texnologlari haqida gaplashib qoldik. Yaxshi texnologning maoshi oʻrtacha 3-4 ming dollar ekan
Oʻzbekistonda eng qadrsiz ta’lim yoʻnalishlaridan birini bitirgan mutaxassis shuncha maosh olar ekan
Albatta, bunga yetarli talablar bor. GMP, Britaniya, Yevropa standartlari degan narsalar bor
Aytmoqchimanki, zoʻr odam boʻlish uchun 3-4 yil kurslarga qatnab, milliy sertifiklarni olib, 189 ball bilan universitetga kirish shart emas. Shunchaki yaxshi yoʻnalishni tanlab, til oʻrganib, 70 ball bilan grantga kirib, Yevropaga 1 marta 6 oylik scholarship yutish osonroq
Eng muhimi, AI hech qachon bu kasbni tortib ololmaydi
@copirayt
Siz kopirayter boʻla olmaysiz!
Siz 20 yoshdasiz va toʻsatdan kopirayter boʻlgingiz kelib qoldi. Endi taxminiy jarayonni aytib oʻtaman
1. Siz kopirayting haqida ma’lumotlar izlay boshlaysiz va qandaydir guruhni topasiz. Qaraysiz, hamma kopirayter, hamma muvaffaqiyatli
2. Keyin kurs qidira boshlaysiz. Kurs ham topasiz, narxi 200-500$
3. Kursni bitirib, ish izlay boshlaysiz va bu ham oson emas
3-4 oy umr, 500$ mablagʻ, oʻsha 500$ ni topishga ketgan mashaqqat…
Hammasi havoga uchadi. Chunki siz konditer boʻlish siz uchun osonroq ekanligini anglaysiz
Bu xatoni qilmaslik ham mumkin
Shunchaki bepul manbalardan kopiraytingni tatib koʻrasiz. Bu siz uchun “kopirayting siz uchun yoki yoʻq”ligini bilishga yordam beradi
Bepul manbani ham tartibli, tushunarli qilib berilganlari bor
Masalan: https://t.me/copirayt/2501
Hozirgacha +10 000 inson men mualliflik qilgan bepul videodarsliklarni koʻrgan va ularning koʻpchiligi kopirayting ham oson emasligini allaqachon tushungan
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
