cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

RESPUBLIKA YOSH OLIMLAR KENGASHI RASMIY KANALI

🇺🇿 O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh olimlar Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Murojaat uchun: @Asilbek_Madolimovwww.ryok.uzfb.me/yosholimlar.uzbinstagram.com/yosholimlar_uz

Больше
Рекламные посты
6 200
Подписчики
-1324 часа
-267 дней
-15630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
📣📣Web of Science kompaniyasi tomonidan maxsus oʻquv dastur tashkil etilmoqda Milliy ilm-fan nufuzini mustahkamlash va oʻzbek tadqiqotchilarining dunyoda tan olinishini kengaytirish, shu bilan birga akademik nashriyot faoliyatining xalqaro ilmiy hamjamiyatlarda nufuzini oshirish maqsadida xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Shu munosabat bilan, Vazirlik xodimlari, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari uchun Web of Science tomonidan maxsus oʻquv dasturi tashkil etilmoqda. Dasturga tanlov asosida qabul qilinib, modul boʻyicha 30 balldan yuqori ball toʻplagan qatnashchilarga sertifikat topshiriladi. Barcha professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlarni mazkur dasturda ishtirok etishga taklif etamiz. 📆27-maydan -7-iyungacha (dushanba, chorshanba va juma) ⏰15:00-16:30 🌐onlayn Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/VBi3osxrYam8Y8Vv6Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
Показать все...
👍 8🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Kelajak kasblari-2024” forumi o‘tkaziladi 18 mingdan ortiq yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarda bepul taʼlim olishga imkon yaratgan loyihadan yana bir yangilik. 💼Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, hayotda o‘z yo‘lini topayotgan yoshlar va respublikamizdagi eng sara o‘quv markazi rahbarlari “Kelajak kasblari-2024” forumida jam bo‘lishadi. 🧾Forum joriy yilning 5-7 iyun kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tadi. 3 kun davomida forum ishtirokchilari uchun bir-biridan qiziqarli master-klasslar, sarhisob uchrashuvlar va poytaxtdagi yetuk IT markazlariga sayohatlar tashkil etiladi. #KelajakKasblari #forum ✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
Показать все...
👍 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
Harvardning ilk o‘zbek fan doktori 🇺🇿O‘zbekistonlik Botir Qobilov jahonga mashhur Harvard universitetida fan doktori ilmiy darajasiga erishdi. Bu bilan hamyurtimiz bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. Taʼkidlash lozim, Botir Qobilov “O’zbekistonlik” filmining bu yilgi AQSHda suratga olingan 5-epizodi qahramoni. Shuningdek, u o‘zining iqtisodiyotga oid chiqishlari bilan ko‘pchilik yurtdoshlarimizga yaxshi tanish .
🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Botir Qobilovni tabriklaymiz va barcha yoshlarimizga shunday yutuqlar yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
Показать все...
👍 8🔥 6
00:50
Видео недоступноПоказать в Telegram
O'zbek tilidagi "Tiyin" so'zi qanday ma'noni anglatishini bilarmidingiz? Qadimgi turk tilida mo'ynasi qimmat jonzod "olmahon" — "tiyin" deb atalgan. ✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
Показать все...
👍 2
#siz_buni_bilarmidingiz O'zbek tilidagi "Tiyin" so'zining ma'nosi qanday ekanini bilarmidingiz?Anonymous voting
  • Aqcha
  • Tanga
  • Olmahon
  • Hissob
0 votes
#Siz_buni_bilarmidingiz O'zbek tilidagi "Tiyin" so'zining kelib chiqishi sizningcha qanday m'noni anglatadi?Anonymous voting
  • Aqcha
  • Tanga
  • Olmahon
  • Hissob
0 votes
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 12-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi. Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi. TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi) Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar: 🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma 📞 (95) 515-68-68 Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Akademik_viktorina ✅ Xabaringiz bor Innovatsiyalar milliy ofisi, Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh olimlar kengashi hamkorligida “Akademik viktorina” tanlovi o'tkazilgan edi. 2 bosqichda o'tkazilgan mazkur tanlovda jamolar o'zlarining bilim va ko'nikmalarini ko'rsatib berishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra: 🥇Alfa - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 🥈Unique - O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi 🥉Business and medical ladies - Farg'ona Davlat universiteti + Toshkent tibbiyot akademiyasi IT kurs g'oliblari: 🥇 Agrowomen - Toshkent davlat agrar universiteti 🥈 Qaqnus - O'zbekiston Milliy universiteti 🥉 Yosh filolog olimalar - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamolari go'liblikni qo'lga kiritishdi. ⭐️G'olib jamoalarga “PhD sari qadam” loyihasining 3-mavsumi uchun sertifikatlar topshirildi. ✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
Показать все...
🔥 7👍 5
“Akademik viktorina” tanlovining 2-bosqichiga start berildi. Jamoalar mazkur bosqichda "case study solution" (ishtirokchilarni o'rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq yechimi variantlarini izlashga yo'naltiradigan aniq real yoki sun'iy ravishda yaratilgan vaziyat) ko’rinishida tasvirlab berishlari lozim. ✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
Показать все...
👌 6👍 1🕊 1
Ayni paytda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi binosida, Innovatsiyalar milliy ofisi, Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh olimlar kengashi tomonidan tashkil etilgan 18-30 yosh oralig’idagi yosh olima va tadqiqotchi qizlardan tashkil topgan12 ta jamoa ishtirokida “Akademik viktorina” tanlovi o'tkazilmoqda. ⭐️G'olib 3 ta jamoa “PhD sari qadam” loyihasining 3-mavsumi uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi. ✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 💬Telegram 💬 Facebook 📷Instagram
Показать все...
🔥 2