cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Milliy sertifikat | INFO

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus! 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz! 📞 1195 Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Больше
Рекламные посты
14 002
Подписчики
-3124 часа
-1587 дней
-73630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

⚡️Rasman: Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi 🇺🇿 Prezidentining Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi: ➖xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; ➖gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; ➖boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida. ✅ Milliy sertifikat | INFO👇 https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Показать все...
Ta'lim nazorati

⚡️Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi Prezidentining Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi: ➖xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; ➖gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; ➖boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi. ❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Показать все...
02:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇬🇧 Bilimni baholash agentligi tomonidan har oy o‘tkazib kelinayotgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar soni borgan sari oshib bormoqda. 🤝 Eng quvonarlisi, mazkur imtihonlarda yosh yigit-qizlar ham ishtirok etmoqda va chet tilidan tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmoqda. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Xotin-qizlarga beriladigan 500 ta kvota uchun tavsiyanoma qancha muddat amal qiladi? Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga davlat oliy taʼlim muassasalariga 500 ta kvota ajratiladi. Hozir talabgorlardan ariza olinyapti. Kimlar tavsiyanoma ololadi? ➖ o'rta ma'lumotli; ➖ OTMda o'qimagan; ➖ 5 yil staji borlar. ❗️Tavsiyanomaning amal qilish muddati — 3 yil. Ya'ni uni olgan talabgor o'qishga kirolmasa, jami 3 yilgacha undan foydalanishi mumkin. ✅ Milliy sertifikat | INFO👇 https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Показать все...
Xorijiy til sertifikati olishda katta muammolardan biri imtihonda qanday savol tushishini o'ylab qo'rquvda yurish. Aniqrog'i, oylar hatto yillarni til o'rganishga emas, tushgan va tushishi mumkin bo'lgan savollarni yodlashga sarflash. Buni bartaraf qilishni usuli — tilni mukammal o'rganish. Bu tilni mukammal o'rgansangiz savollarga tayyorgarlik ko'rishga hojat qolmaydi. Modomiki,xorijiy tilni bilish darajangizni o'lchaydigan imtihonlar sizni biror savolga qanchalik tayyorgarlik ko'rganizni emas, o'sha tilni qanchalik o'rganganizni baholaydi. "Qaysi, qanday savollar tushar ekan?" deb imtihongacha stressda yurgandan ko'ra tajribali ustozlardan tilni mukammal o'rganing, yetarli. Asabingizni ham, vaqtingizni ham, naqtingizni ham tejagan bo'lasiz. Qaysi xorijiy tilni o'rganish va tajribali kurs topishda o'ylanib yurgan bo'lsangiz sizga  dars o'tishda yuqori malakaga ega turk tili o'qituvchisinig kursini taklif qilamiz. 3 oyda B1 daraja, 4 oyda B2, 5 oyda C1 daraja olish kafolati bera oladigan o'qituvchi.(Albatta o'qituvchining talablariga javob berolsangiz...) Darslar onlayn.(Zoom) 📌O'qituvchi darajasi:C1+ 📌 O'qituvchi: Sherzod Davlatov(oliy ta'lim Turkiyada olingan) 📌 O'qituvchi tajribasi: 3.5 yillik turk tilidan dars o'tish tajribasi. 6 yillik Turkiya madaniyati tajribasi. Darslar dushanba, chorshanba va shanba kunlari soat 21:00'da Darsga kirib ko'ring va dars sifatiga o'zingiz baho bering! 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/+A_3ohqzfcCtkZjQ8 Ustozning yangi ochilayotgan, noldan boshlaydigan guruhiga yozilishga kechikmang! Joy to'lib qolsa keyingi guruh ochilishini kutishizga to'g'ri keladi. Sherzod Davlatovning o'zi bilan boğlanish uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.
Показать все...
Turk tili onlayn dars

Sherzod Davlatov invites you to join this group on Telegram.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi ✅ 2024-yil 18-19-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 📝 Unda jami 32,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 49 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. 🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi. Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 2
⚡️DIQQAT! ONLAYN TEST BOSHLANDI!Testda qatnashmaganlar afsuslanadi!Yakunda barchaga sertifikat beriladi! 📆 Bugun, 17-may kuni @imtihonmarkazi tomonidan 6⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testlar sifatiga 100% javob beriladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart! Yo‘nalish tanlab, testlarni yuklab oling! 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Ona tili + Русский язык 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish@imtihonmarkazi
Показать все...

👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️ Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi ✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar. ❕ Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz. 📅 Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 19-may kuni to‘xtatiladi. ❗️ Qabul qilingan buyurtmalar 24-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 31-maygacha qabul qilinadi va 4-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 7
01:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚡️11 yoshli o'quvchi IELTS'dan 7.0 ball'ni qo'lga kiritdi! 🇺🇿 Toshkent shahrida 6-sinf o‘quvchisi Hamrayeva Saida Xalqaro IELTS imtihonida Overall 7.0 natijani qoʻlga kiritdi. — E’tiborlisi shundaki, hatto ko‘p o‘qituvchilar qiynaladigan bu imtihonda u osonlik bilan, yosh bo‘lishiga qaramay uddaladi! 👏 Barakalla, tabriklaymiz! Saidaning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!@Abituriyent_Off
Показать все...
👍 30🔥 6👏 2
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Bilimni baholash agentligi
Показать все...
👍 5🔥 5🤯 2