cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные сообщения
9 480Подписчики
+25024 часа
+9267 дней
+1 90930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

"Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-aprel kunidagi "Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 212-son Qaroriga asosan, 2024-yil 27-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani MMTB ga qarashli 44-maktabda "Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada 68-,40-,44-,15-,58-,42-maktab jamoalari faol ishtirok etishdi. Unda g‘oliblar 7-ta shart bo‘yicha aniqlanib, 3- o‘rinni 15-maktab, 2-o‘rinni 40-maktab egalladi. Faxrli 1- o‘rinni egallagan 68-maktab o‘quvchilari musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respubliki bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
Показать все...
Показать все...
PF-59-SON FARMONI ASOSIDA TO‘RTKO‘L TUMANIDA HAM TARG’IBOT TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA.

Показать все...
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 78-SESSIYASI BO'LIB O'TDI

TO'RTKO'L TUMANIDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 78-SESSIYASI BO'LIB O'TDI.

#YANGILIK 🔔 TO'RTKO'L TUMAN ADLIYA BO'LIMI YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARKAZI BOSH YURISKONSULTI NASIBA RAJABOVA INTERVYUSI. ‼️TTV TELEKANALI YANGILIKLARI‼️👇👇 https://t.me/TTV_NEWS_N1 📱
Показать все...
To‘rtko‘l tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda majburiy ijro byurosi tashabbusiga ko‘ra «2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» munosabati bilan band bo‘lmagan aholi hamda kam ta’minlangan oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari, aliment to‘lovchi ishsizlar va yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si tashkil etiladi. To‘rtko‘l tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, mas`ul tashkilot va ish beruvchilar, tadbirkorlik sub`ektlari hamda “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi hamkorligida tashkil etiladigan mazkur yarmarka 2024-yil 29-aprel kuni soat 10-00 da tuman Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi. Bugungi kunda tumandagi 106 ta korxona va tashkilotlarda 377 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Yarmarkada siz ushbu ish o‘rinlariga ishga kirishga yo‘llanma olishingiz yoki boshqa bandlik xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Shu bilan birga xususiy sektorda mavjud ish o‘rinlari va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan ijod namunalari bilan tanishishingiz hamda o‘z tadbirkorligingizni boshlash uchun kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishingiz mumkin. Yarmarkaga marhamat!
Показать все...
HURMATLI YURTDOSHLAR!
Показать все...
JINOYАT MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligi katta majlislar zalida “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan o‘ta og‘ir jinoyat muhokama qilindi. Unda tuman hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.To‘rabekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari B.Navro‘zbaev, sektor rahbarlari hamda ovul fuqarolari yig‘inlari yettiligi ishtirok qilib, sodir qilingan qasddan odam o‘ldirish kabi o‘ta og‘ir jinoyat yuzasidan muhokama bo‘ldi. Muhokama davomida ishtirok qilgan mahalla va ovul fuqarolar yig‘ini yettiligiga har-xil turdagi noxush holatlarning, jinoyatlarning oldini olish maqsadida aholi bilan profilaktik tadbirlarni tizimli o‘tkazish topshirildi.
Показать все...
#Qaror_va_ijro INSON MANFAATLARI UCHUN O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2022 yilgi 500-sonli qaroriga muvofiq joriy yilda ham To‘rtko‘l tumanidagi ko‘pgina mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘chalardagi tuproq yo‘llarni qum-shag‘al yo‘llarga o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ayni damlarda To‘rtko‘l tumani “Yashnaobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘chalarda ish qizg‘in sur’atlarda davom etmoqda. Mahallada jami 15,4 km uzunlikda ishlar bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda 8 kilometrdan ziyod tuproq yo‘llar tekislanib, qum-shag‘al aralashmasi yotqizilmoqda.
Показать все...
❗️ Хўжалик юритувчи субъект раҳбарлари, ер қазиш техникаси эгалари ва ердан фойдаланувчилар диққатига! ☎️ Агар сизда ер ости алоқа кабелларининг муҳофаза ҳудудларида ер қазиш ва қурилиш ишларини амалга ошириш зарурияти туғилса, магистраль алоқа кабели трассаси белгисида кўрсатилган манзилига ёки 1133 қисқа рақамига мурожаат қилинг. Ҳамда мутахассислар кўрсатмаси асосида иш олиб боринг.
Мурожаатингиз Cалл-марказлар томонидан ўз вақтида қабул қилинмаган ёки муносабат билдирилмаган тақдирда, "Ўзкомназорат" инспекциясининг 1144 телефон рақамига мурожаат қилинг. Биз ҳолатни албатта назоратга оламиз.
❗️ Эсингизда бўлсин, алоқа линияларига етказилган зарар авария-тиклаш ишларини олиб бориш учун талаб этиладиган харажатлар сизнинг ҳисобингиздан қопланиши мумкин. Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube
Показать все...
Repost from O‘zkomnazorat
📌 Мобил алоқа сифати ёмонми, Wi Fi ишламаяптими? Электрон давлат хизматлари сифатсиз кўрсатиляптими? 📞 "Ўзкомназорат" инспекциясининг қисқа рақамли 1144 ишонч телефонига мурожаат қилинг! Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube
Показать все...