cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Urganch shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali.

Ушбу канал орқали Урганч шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими тизимда бўлаётган янгиликлар ва таълим тизими ходимлари учун меъёрий хужжатлардан намуналар бериб борилади.

Больше
Рекламные посты
568
Подписчики
-224 часа
-47 дней
-530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#Live "Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi boshlandi 🔴 Ayni damda ko’hna va hamisha navqiron Buxoro shahrining "Poyi Kalon" ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. ❗️Birozdan so’ng tanlov g’oliblari e’lon qilinadi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Repost from Sardor Bazarbaev
Hokim olimpiadasining 4-turiga jami 1065 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!
📆 7-iyun kuni soat 9:30 da Bog‘ot tumanidagi 3-IDUM maktabida matematika (5-6 va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan "Viloyat hokimi olimpiadasi" ning 4-turi o‘tkaziladi! 📍 Lokatiya: ➡️ MAKTAB JOYLASHUVI ❗️ BU MUHIM: Barcha o‘quvchilari o‘z titul raqamlarini bilib olishlari shart. Javoblar varaqasini qanday to‘ldirish haqidagi video-yo‘riqnoma bilan tanishing: ➡️ VIDEO-YO‘RIQNOMA ❗️ESLATMA: Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kech qolgan o‘quvchilar olimpiadaga qat'iyan kiritilmaydi va natijalari hisobga olinmaydi!
Показать все...
7-iyun Bog‘ot tumani.pdf7.86 KB
👍 2
Show comments
01:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
#2024_2025_o’quv_yili #Qabul_jarayoni 📣📣📣 𝐃𝐈𝐐𝐐𝐀𝐓, 𝐄'𝐋𝐎𝐍 ! 𝐐𝐀𝐁𝐔𝐋 𝐉𝐀𝐑𝐀𝐘𝐎𝐍𝐈 𝐁𝐎𝐒𝐇𝐋𝐀𝐍𝐃𝐈! 💢 URGANCH SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHGAN MAKTAB-INTERNETI Qabul quyidagi sinflarga amalga oshiriladi: 5-SINF ANIQ FANLAR YO‘NALISHIGA; 7-SINF TABIIY FANLAR YO‘NALISHIGA; 👉 𝐁𝐨'𝐬𝐡 𝐨'𝐫𝐢𝐧𝐥𝐚𝐫𝐠𝐚: Aniq fanlar yo'nalishiga: ▪️𝟖-𝐬𝐢𝐧𝐟𝐠𝐚 4 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐫 𝐨'𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢; ▪️𝟏𝟎-𝐬𝐢𝐧𝐟𝐠𝐚 2 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐫 𝐨'𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐪𝐚𝐛𝐮𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐧𝐚𝐝𝐢. Tabiiy fanlar yo'nalishiga: ▪️𝟏𝟎-𝐬𝐢𝐧𝐟𝐠𝐚 3 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐫 𝐨'𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐪𝐚𝐛𝐮𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐧𝐚𝐝𝐢. 🪪 Hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali onlayn topshiriladi. ➡️ 𝐒𝐡𝐨𝐬𝐡𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠, 𝐨'𝐫𝐢𝐧𝐥𝐚𝐫 𝐬𝐨𝐧𝐢 𝐜𝐡𝐞𝐤𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧.
Показать все...
IMG_0829.MP424.12 MB
Xabaringiz bor, 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ikki nafar o‘quvchimiz yuqori natijalarni qo‘lga kiritishgan edi. Xususan, Hazorasp tumanidagi To‘lqin FM nodavlat ta'lim tashkilotining o‘quvchisi Munisbek Bekchonboyev kumush medalni, Urganch shahridagi 3-sonli maktab o‘quvchisi Sulaymon Matnazarov bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bugun o‘quvchilarimiz viloyatimizga qaytib keldi. O‘quvchilarimiz Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida munosib kutib olindi. Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i X.Bektemirov o‘quvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirildi. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Sulaymonning sinfdosh do‘stlaridan sovg‘a 👍
Показать все...
Repost from Hilola Umarova
00:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Показать все...
Vazirlik 1-Iyun Bolalar Kuni.mp412.64 MB
👍 1
04:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
sdsd.mp460.86 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#1_Iyun #Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni 📣📣📣🌈🌈🌈Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg'ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, hayot, millat davomchisi. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishni uyg'otadilar. Ko'zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg'och misolidir. ✨✨✨✨✨✨ 📌 Hurmatli kitobxonlar! Joriy yilning 1-iyun kuni 📘📕📗viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan "1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan faol kitobxonlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tadi.⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Manzil: Urganch shahar Amir Temur istirohat bog`i. #Xorazm_viloyat_bolalar_kutubxonasi_axborot_xizmati Telegram |Facebook |Instagram |You tube
Показать все...
#Xorijiy_hamkorlik #Касб_ҳунарга_ўқитиш ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitishda zamonaviy tendensiyalar” mavzusida oʻquv seminar tashkil etildi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Savdo sanoat palatasi mutasaddilari va tadbirkorlik subyektlari hamda UNICEF, UNESCO, USAID kabi qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va o‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirish, ularni katta hayotga tayyorlashning ahamiyati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Tadbirda shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalaridagi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat koʻrsatish shoʻba masʼullari, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi kasb-hunarga oʻqitish joriy etiladigan maktab direktorlari qatnashdi. ❗️Tadbir doirasida Hilola Umarova o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va o‘qitish yo‘nalishida mehnat qilayotgan tizimdagi bir guruh ustozlar va mutaxassislarni taqdirladi. Bundan tashqari, tadbir doirasida bu yo‘nalishdagi samarali hamkorlik aloqari olib borilayotgan – Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ “TexVET” loyihasi rahbari Mattias Klingenbergga "Tashakkurnoma" topshirildi. 🏢 Shuningdek, seminar doirasida maktab hududi bo‘ylab kampus-tur tashkil etildi. Unda o‘quvchilarni kasb-hunarga hamda o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
❗️❗️❗️❗️📼📼📼📼 🥳Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida Xorazmlik oʻquvchilar 🥈kumush va 🥉bronza medallarni qo'lga kiritishdi 😄 14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi. 📊 Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi. 😎 Olimpiada yakunlariga kora ikki nafar o'quvchimiz kumush va bronza medalini qo'lga kiritishdi. 🥈Hazorasp tumanidagi To'lqin FM nodavlat ta'lim tashkilotining o'quvchisi Munisbek Bekchonboyev kumush; 🥉Urganch shahridagi 3-sonli maktab o'quvchisi Sulaymon Matnazarov bronza medallarini qo'lga kiritishdi. O'quvchilarimizni kelgusi ishlariga rivoj tilaymiz 😎 @T_Nurmetov
Показать все...
👍 1