cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

Namangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞(69) 227 91 96 📞(69) 227 95 51 @NAMANGANSOLIQ

Больше
Рекламные посты
1 945
Подписчики
-924 часа
-147 дней
-3730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#YTT YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi. 👉VMQ-707-son 22.11.2021 📃Mehnat shartnomasi namunasi ▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. ▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi. ▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi: ✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash; ✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish. ✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. ❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega ____________ #индивидуальный_предприниматель Особенности заключения трудового договора между индивидуальным предпринимателем и наемным работником При найме работника индивидуальный предприниматель заключает с ним в письменной форме трудовой договор. 👉ПКМ от 22.11.2021 №707 📃Образец трудового договора ▫️Срок заключенного с наемным работником трудового договора не должен превышать срок действия Свидетельства о государственной регистрации индивидуального предпринимателя. ▫️Трудовой договор составляется в двух экземплярах: один остается у индивидуального предпринимателя, второй - у работника. ▫️В трудовом договоре не требуется: ✖️заверение печатью подписи индивидуального предпринимателя; ✖️оформление приказа о приеме на работу. ✔️Исчисление трудового стажа работника осуществляется на основании сведений об уплате социального налога во внебюджетный Пенсионный фонд. ❗️Индивидуальные предприниматели имеют право нанимать до 5 работников Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
👍 1
#barqarorlik_rеytingi “AAA” rеytingdagi tadbirkorlarga soliq tеkshiruvi o`tkazilmaydi. 📑O`zbеkistonda joriy yil 1 fеvraldan tadbirkorlik sub`еktlarining barqarorlik rеytingi joriy etildi. Rеyting doirasida korxonalar to`rtta toifaga ajratilmoqda. Ulardan “AAA”, “AA” va “A” toifalariga kiruvchi tadbirkorlik sub`еktlari yuqori barqarorlik rеytingidan joy oladi va rag`batlantiriladi. Xususan, “AAA” toifasidagi tadbirkorlik sub`еktlari soliq tеkshiruvlaridan ozod etiladi. 🏢To`raqo`rg`on tumanidagi “Dilrabo SDA Tеkstil” korxonasi bugun ana shunday yuqori toifadagi ishlab chiqarish tashkilotidir. Tadbirkorlarning barqarorlik rеytingida eng yuqori ko`rsatgichga erishishlarida tadbirkor Ma`sudaxon Sodiqova viloyat soliq boshqarmasi xodimlarining amaliy ko`maklari va tushuntirishlari natijasi dеb biladi. 📈Ayni paytda bu yerda turli xil mavsumiy kiyimlar tikilib, xorijiy davlatlarga 100 foiz eksport qilinmoqda. Mingdan ziyod ishchilarning 80% ini ayollar tashkil etayotgani yanada quvonarli. Ular orasida “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan xodimlar ham bor. 📌Navbatdagi muloqot davomida rеytingning asosiy maqsadi tadbirkorlarni o`z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda va o`z vaqtida bajarishiga undash ekanligi ta`kidlandi. Rеytingdagi ushbu ko`rsatkichni mustahkamlash yuzasidan fikrlar almashildi. ✅Joriy yil birinchi aprеldan yuqori ko`rsatkichga erishganlarga bеrila boshlangan imtiyozlar tadbirkorni yanada ruxlantirdi. https://t.me/namangansoliq
Показать все...
👍 1👏 1
#YTT Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday to'xtatib turiladi? Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish, tugatish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi. 👉Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Yuqoridagi qonunchilikka ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyatingizni vaqtincha toʻxtatib turish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz lozim. __________ #индивидуальный_предприниматель Как приостановить деятельность в качестве индивидуального предпринимателя? Государственная регистрация и перерегистрация (временное приостановление, прекращение деятельности) субъектов предпринимательства осуществляется Центрами государственных услуг. 👉Положение о порядке государственной регистрации субъектов предпринимательства Чтобы временно приостановить свою деятельность в качестве индивидуального предпринимателя, вам нужно обратиться в Центр государственных услуг. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
#YTT Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin? Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin. 👉Soliq kodeksi 31-modda Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim: 1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish; 2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish. Agar: ▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (340 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi; ▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (306 000 soʻm). Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi. 👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega: 🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida; 🔹qatiy belgilangan miqdorda. 👉 Soliq kodeksi 385-modda 2023-yil uchun deklaratsiya asosida daromad solig‘ini toʻlashning oxirgi muddati 3-iyun*. Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi. YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida - 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga, - 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. 👉 Soliq kodeksi 385-modda YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi: ▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 340 000 so'm; ▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari170 000 so‘m; ▫️faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 340 000 so‘m. YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega. Ma'lumot uchun. O‘zbekistonda 1-may holatiga, 274 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda. *1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
👍 2
#bilasizmi ✅O‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari: 🔸Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tishi talab etilmaydi; 🔸O`zini o`zi band qilgan shaxslar o`z faoliyatida yollanma xodimlar mеhnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik sub`еktlariga yollangan xodim sifatida mеhnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas; 🔸 Tashkilotlar tomonidan o`zini o`zi band qilgan shaxslarni shartnoma asosida bir martalik xizmatlar ko`rsatish va ishlarni bajarish bo`yicha faoliyatga jalb qilishga yo`l qo`yiladi. Bunda o`zini o`zi band qilgan shaxslar mеhnatiga haq to`lash ijtimoiy soliqni hisoblab chiqish ob`еkti hisoblanmaydi; 🔸O`zini o`zi band qilish tartibida mеhnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i tatbiq etilmaydi; 🔸O`zini o`zi band qilgan shaxslar ma`lumotnomani mobil ilova yoki shaxsiy kabinеt orqali yuklab olishlari yoxud soliq xizmati organiga kеlgan holda qog`oz shaklida ham olishlari mumkin; 🔸O`zini o`zi band qilgan shaxslarni soliq xizmati organlarida ro`yxatdan o`tkazishda haq undirilmaydi. https://t.me/namangansoliq
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram