cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

OTFIV Xorazm

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi 📲 Murojaat uchun tel: +998 93 286 53 50, +998 97 790 04 94

Больше
Рекламные посты
320
Подписчики
Нет данных24 часа
-47 дней
-1230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Xizmat_safari #Xalqaro_hamkorlik Rektor Nejmettin Erbakan univeristetida boʻldi Ayni paytda Turkiya davlatida xizmat safarida boʻlib turgan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev tashrif doirasda Turkiyaning koʻplab oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish hamda mavjud aloqalarni mustahkamlashga erishmoqda. 5-iyul kuni rektorning navbatdagi tashrifi Nejmettin Erbakan univeristetiga boʻldi. Ushbu nufuzli universitet bilan 2023-yil noyabr oyida koʻp qirrali memorandum imzolangan. Tashrifdan maqsad mavjud aloqalarni yanada rivojlantirishni belgilaydi. Universitetimiz yetakchilarini Nejmettin Erbakan univeristeti rektori Prof. Dr. Cem Zorlu iliq kutib oldi va universitet vakillari oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida har ikkala oliy taʼlim dargohlarining bugungi kundagi faoliyati, erishilayotgan yutuq va marralari haqida soʻz bordi. Urganch davlat universitetining Turkiya OTM lari bilan aloqalari atroflicha eʼtirof etildi. ✔️Shundan soʻng, universitetlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, xususan, hamkorlikda simpoziumlar tashkil etish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvini amalga oshirish, birgalikda ilmiy maqolalar chop etish boʻyicha oʻzaro manfaatli takliflar ilgari surildi. Ushbu rejalarni 2024-2025 oʻquv yilida amalga oshirish maqsadida rektorlar tomonidan kelishuv imzolandi. Tashrif yakunida rektor B.Abdullayev Nejmettin Erbakan univeristetining oʻquv binolari bilan tanishdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
👍 1
#Xizmat_safari #Xalqaro_hamkorlik 🔘5-iyul kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Turkiyaning Konya shahridagi Konya texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida oliygohga tashrif buyurdi. Universitetimiz yetakchilarini Konya texnika universiteti rektori Prof. Dr. Osman Nuri Çelik iliq qarshi oldi. Shundan soʻng, universitet vakillari oʻrtasida rasmiy muloqot boʻlib oʻtdi. Unda har ikkala universitet rektorlari tomonidan oliy oʻquv yurtlari faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ta’lim yoʻnalishlari va texnika sohasida amalga oshiralayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi. Oliygohlar oʻrtasida istiqbolli aloqalarni oʻrnatish yuzasidan takliflar bildirildi. Jumladan, professor-oʻqituvchi va yosh olimlarning stajirovka kurslarini va talabalar almashinuv dasturlarni tashkil etish, xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish boʻyicha muzokaralar olib borishdi. ✅Muzokaralar natijasi oʻlaroq, kelgusida universitetlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Urganch davlat universiteti va Konya texnika universiteti oʻrtasida Anglashinuv memorandumi imzolandi. Tashrif yakunida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Konya texnika universitetining ramziy kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
#xalqaro_hamkorlik | #Turkiya Ankara Yildirim Bayazid universiteti bilan memorandum imzolandi Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va institut xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Jaloliddin Sadullayevlar Istanbul OTMlari bilan muzokaralardan so'ng, Turkiyaning poytaxti Ankara shahriga yetib keldilar. Ankara shahrida vakillarimiz Yildirim Bayazid universitetiga bordilar. U yerda UrDPI rektori Feruza Madraximova va Ankara Yildirim Bayazid universiteti rektori, professor Ali Cengiz Koseo'g'lu o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Muzokaralarda ikkala OTM o'rtasida o'quv va ilmiy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikrlar almashdilar. Uchrashuv yakunida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 🌐 @UrDPI_UZ
Показать все...
#xalqaro_hamkorlik | #Turkiya Turkiya Respublikasiga xizmat safari davomida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va institut xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Jaloliddin Sadullayevlar Istanbul Gelishim universitetidan so'ng, Istanbul Zaim universitetiga tashrif buyurdilar. Istanbul Zaim universitetida UrDPI rektori F.Madraximova Zaim universiteti rektori, professor Ahmet Cevat Acar bilan uchrashib, o'quv va ilmiy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikrlar almashdilar. Uchrashuv yakunida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 🌐 @UrDPI_UZ
Показать все...
#xalqaro_hamkorlik | #Turkiya Xabar berganimizdek, ayni paytda Urganch davlat pedagogika instituti Feruza Madraximova va institut xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Jaloliddin Sadullayevlar Xorazm viloyati hokimligi delegatsiyasi tarkibida Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo'lib turibdilar. Bugun delegatsiya a'zolari Istanbul Gelishim universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Xorazm viloyatidagi OTMlar (UrDU, TATU Urganch filiali), xususan, UrDPI instituti rektori Feruza Madraximova Istanbul Gelishim universiteti rektori, professor Bahri Shahin bilan ichrashib, o'quv, akademik va ilmiy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, xususan, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ta’lim sohasida o‘zaro tajribalar almashish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikrlar almashdilar. Uchrashuv yakunida xalqaro hamkorliklarni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolashga kelishib olindi. 🌐 @UrDPI_UZ
Показать все...
Repost from Feruza Madrakhimova
Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига! УрДПИда ўқишни хоҳлаган ва институтнинг ҳудудида касбий (ижодий) имтиҳонларни топширадиган абитуриентлар ва уларнинг Ота-оналарига МУРОЖААТ. Шу кунларда юртимизда 2024-2025 ўқув йили учун хужжатларни қабул қилиш жараёнлари якунига етиб, имтиҳон жараёнлари бошланишига тайёргарлик ишлари кетмоқда. Ушбу жараёнда касбий (ижодий) имтиҳонларни ташкил этиш бўйича ҳам қатор вазифалар белгиланган. Бу йўналишда масъул бўлган ОТМлар томонидан, хусусан Урганч давлат педагогика институтида ҳам жисмоний маданият, тасвирий санъат ва мусиқа таълими йўналишларида ижодий имтиҳонлар топширилиши белгиланган. Бугунги кунда ушбу имтиҳонларни ташкил этишга тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда. Шу ўринда эслатиб ўтамиз, ижодий имтиҳон жараёнлари тўлиқ шаффоф ташкил этилиб, унда имтиҳон ўтказиладиган барча хоналарда кузатув камералари ўрнатилади. Ота-оналарга фарзандининг имтиҳон жараёнлари тасвирларини бевосита кузатиб ўтиришлари учун тўлиқ имкониятлар яратилади. Барча тасвирлар ёзилиб, сақлаб олинади. Ижодий имтиҳонлар Олий таълим, фан ва инновациядар вазирлигидан тасдиқланиб, рўйхат асосида республикадан юборилган ишчи гуруҳ вакиллари томонидан олинади. Шундай экан, қадрли абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари, агар Сизга бирор манфаат эвазига фарзандингизнинг имтиҳон жараёнларига ёрдам беришни ваъда қилаётган шахслар бўлса, уларнинг гапларига асло ишонманг! Бундай шахслар Сизларга алдов йўли билан моддий манфаатдорликни касб қилган фирибгарлардир! Агар қабул жараёнлари билан боғлиқ фирибгарлик ҳолатлари бўйича институт томонидан бирор маълумот аниқланадиган бўлса, ушбу ҳаракатларга таалуқли бўлган фуқаролар шу заҳотиёқ институт раҳбарияти томонидан Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идораларига тақдим этилиши бўйича огоҳлантирамиз. Азиз абитуриентлар, Сизга имтиҳонларда ёрдам берамиз дейдиган таъмагир ва фирибгарларнинг таклифларидан эҳтиёт бўлинг! Унутманг, Қонунларимизда пора берганга ҳам, олганга ҳам жавобгарлик муқаррар. Фақат ва фақат ўз билимингизга ишонинг. Келажагингиз ўз қўлингизда! Феруза Мадрахимова, УрДПИ ректори, педагогика фанлари доктори. 🌐 @fmadraximova
Показать все...
👍 1
#Xizmat_safari #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇹🇷Xorazm viloyati delegatsiyasi Istanbul Texnika universitetida boʻldi 4-iyul kuni kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari Turkiyaning eng nufuzli universitetlaridan biri boʻlgan, dunyoning TOP-500 talik oliygohlari reytingidan joy olgan (Qs World University rankings-326) Istanbul Texnika universitetiga tashrif buyurishdi. Xorazm viloyati hokimi J.Raximov boshchiligidagi delegatsiyani Istanbul Texnika universiteti rektori Prof.Dr. İsmail Koyuncu mamnuniyat ila kutib oldi. Shundan soʻng, tomonlar oʻrtasida rasmiy muloqot boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim tizimidagi islohotlar haqida soʻz yuritilib, Oʻzbekistonda texnika va muhandislik sohalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Bu borada Urganch davlat universitetida olib borilayotgan tizimli ishlarga toʻxtalib oʻtildi. Rektor Baxrom Abdullayev muhandislik sohasini rivojlantirish borasidagi fikrlarini ilgari surib, Istanbul Texnika universitetini hamkorlikka chorladi. Shuningdek, uchrashuvda rektor B.Abdullayev Istanbul Texnika universiteti rahbariyatini videolavha va taqdimot orqali Urganch davlat universiteti bilan yaqindan tanishtirdi. ✔️Ushbu nufuzli oliygohga tashrif natijasi oʻlaroq, Urganch davlat universiteti hamda Istanbul Texnika universiteti oʻrtasida muhandislik sohasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish hamda ilmiy yoʻnalishda hamkorlik qilish borasida shartnoma imzolashga kelishib olindi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Показать все...
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.