ru
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Больше
4 803
Подписчики
-124 часа
-287 дней
-1030 день
Архив постов
Tester'larni ham ishga olish payti keldi fikrimcha O'zbekiston kompaniyalariga ham. Qachongacha foydalanuvchilar bu ishni bajaradi ? Haq to'lashsa ham mayli edi ... 😄 @JoshDeveloper

Bu sayt "development modeda ishlayaptimi yoki "production"mi ? *Shuncha xatolik, yetmaganidek endi birinchi o'rinda turgan "O
Bu sayt "development modeda ishlayaptimi yoki "production"mi ? *Shuncha xatolik, yetmaganidek endi birinchi o'rinda turgan "Ommabop"larni ham ko'rsatishmayapti. Dasturchilarni yomonlashdan yiroqman. O'zim ham dasturchiman. Ammo ... *anonim savol yuborsam profilimda hamma odam ko'ra olarkan 🤦‍♂️🤷‍♂️ @JoshDeveloper

Class'lardagi property/metod'lar default holatda public bo'lishini bilamiz. Private qilish uchun esa eski usul(_) eskirganidan xabaringiz bormi ? Endilikda hashtag(#) orqali class ichidagi property/metod'larni private qilishingiz mumkin. Batafsil: https://developer.mozilla.org/en-US/docs/Web/JavaScript/Reference/Classes/Private_class_fields Ulashing ✈️ @JoshDeveloper

Repost from Umar Sadullayev
Azizlar, yana bir taklifimni yozdim. Bu safar o'z oilamda chamasi 14 yildan beri bo'lgan va hozir ham bo'layotgan bir muommoni yechish maqsadida. (Ularni yechimini kutish niyatimiz yo'q albatta) Bizga bo'lmasa boshqalarga ushbu taklifimiz juda ham kerakligi aniq. Kimga ma'qul kelsa o'z ovozingizni yo'llang. Zora bu kichik taklifimiz asosida biror islohotlar ro'y bersa. Taklif nomi (Foizsiz uylar sonini ko'paytirish) Taklif: https://meningkonstitutsiyam.uz/proposal/foizsiz-uylar-sonini-kopaytirish

"Qachonki ilmiy ishingiz oxirida haqiqatni yozsangiz" deb nomlangan rasm😄 #joke @JoshDeveloper
"Qachonki ilmiy ishingiz oxirida haqiqatni yozsangiz" deb nomlangan rasm😄 #joke @JoshDeveloper

Birinchi o'ringa chiqdi taklifimiz. Alhamdulillah. Duo ham qilaylik-ki, muslimalarimizni ro'moliga ta'qiqlar to'xtasin. Keyingi o'quv yilidan boshlanadigan majburiy "yagona" formalarga o'zgartirishlar kiritilsin-ki, hamma bundan hursand va rozi bo'lsin.🤲 🤲 Ovoz berishni to'xtatmaylik, yaqinlaringizga ham yetkazing, ma'qul kelsa ulardan ham ovozlar kelib qolar Xudo xohlasa. @JoshDeveloper

Aslida bu yozgan taklifim konstitutsiyaga yozilishi kerak bo'lgan narsalar emas. Shunchaki, ko'pchilik "katta"larga yetib boradigan platformadan unumli foydalanishga harakat qildim. :) Qancha ko'p ovoz to'plasak, bu mavzu shuncha ko'p e'tiborni tortadi va bu muommoni yechish kerakligini tushunib yetishadi. (deb umid qilaman) @JoshDeveloper

DIQQAT! Konstitusiyamizga bergan taklifim chiqibdi. Hammaga tarqating. Kimga ma'qul kelsa o'z ovozini bersin. Marhamat: https://meningkonstitutsiyam.uz/proposal/maktab-formasi @JoshDeveloper

May oyi uchun o'tkazilishi kerak bo'lgan intervyumiz ishtirokchimizni texnik muommolari sabab biroz qoldirilib turibdi. InshaaAlloh 1 - 1.5 hafta ichida intervyu videosini YouTube orqali ko'rish imkoniga ega bo'lasiz. Kechikishlar uchun uzr so'raymiz. @JoshDeveloper

Weekend ham tugadi... Endi yana keyingi weekend'ga yetib borish uchun 5 kun ishlaymiz 😄😢 #weekend @JoshDeveloper

Kimlar "Google I/O Extended Tashkent: Web Edition '22!"ga boryapti ? :) Men 14:00'dagi Hojiakbar aka Karimovning Micro-frontend mavzusi uchun boraman inshaaAlloh. Balki shuyerda ko'risharmiz. 😉 _______________________ 📫 You can find the full agenda here: https://bit.ly/ioweb-agenda 👀 Date: May 29, 2022 🕙 Time: 09:00 📍 Venue: Inha University in Tashkent 🎟 Get your FREE ticket here: https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-io-extended-tashkent-web-edition-22/ See you at Google I/O Extended Tashkent: Web Edition '22! @JoshDeveloper

"Universitetga kirish shart" degan fikrni miyangizdan chiqarib tashlang. Universitetda o'qigan yaxshi. Ammo bu "shart" emas. Sharoiti yo'qlar ustiga battar yuk ortib bo'lmag'ur universitetga kirib olib, 4 yil oilasini qiynagandan ko'ra, 1-2 yilda kasbini o'rganib o'qiganlardan ko'proq "soqqa" qilgani yaxshiroq menimcha. Sharoiti borlar marhamat yaxshi joy bo'lsa o'qisin. 🙂 @JoshDeveloper

EPAM haqida o'z fikrlarimni yozishimni xohlaysizmi ? Siz uchun qiziqmi ?
Anonymous voting

Eshitgan savollarim ichida eeng g'alatisi: "Universitetni bitirdim, endi nima ish qilsam ekan 🤔" Tugadi. @JoshDeveloper

Habrda ajoyib maqola chiqibdi. 35 yoshli sotuv menejeri "do'stlar"ining "yoqtirmaydigan ishingni tashla va IT sohasini o'rgan" kabi maslahatlariga quloq solgan va ishidan bo'shab, dasturlashni o'rgangan aka o'z "tajriba"larini ulashibdi. O'xshash holat a? Iqtibos: "Не могу больше. Это не моё. Я не тяну. Всю ночь не спал, ворочался, вставал, курил, читал, пытался смотреть телевизор, снова ложился… Ненавижу." Bu maqolani dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan, endi bu sohaga kirmoqchi bo'lganlar o'qisa foydali bo'ladi deb o'ylayman. PS: rostan ham bizni soha g'alati, kimnidir yozganini kavlab o'tirish, tushunish kerak. - O'qituvchilar unday qilishmaydi - shifokorlar ham eski shifokorni ishini kavlamaydi - sotuvchi, kassirlar ham - pechkachilik ham - operatorlik ham - nonvoylik - arxitektor - quruvchi - yana kim boshqani qilgan ishini kavlaydi aytingchi?!

Maktab formasi haqida o'z taklifimni yozdim. Ko'ramiz qabul qilisharmikan, qabul qilishsa ovoz berish uchun kanalga tashlayman, taklifim kimga ma'qul kesa ovoz beradi . InshaaAlloh. @JoshDeveloper

Azizlar, hozirda bo'layotgan "muommo"larga yechim sifatida bir taklif yozaylik. O'zingiz bilasizku qanaqa "muommo"lar borligini (🧔‍♂️🧕). Faqat chiroyli qilib, bexato mazmunli bo'lsin. @JoshDeveloper

Конституцияни ўзгартириш бўйича фуқаролардан таклиф йиғиш бошланди Ўзбекистон Конституциясини такомиллаштириш жараёнида фуқар
Конституцияни ўзгартириш бўйича фуқаролардан таклиф йиғиш бошланди Ўзбекистон Конституциясини такомиллаштириш жараёнида фуқаролардан Meningkonstitutsiyam.uz портали, Telegram-бот ва колл-марказ орқали таклифлар йиғилади. Порталда ягона ID тизими орқали рўйхатдан ўтилади. Билдирилган таклифлар модератор маъқуллаганидан кейин эълон қилинади. 👉 kun.uz/26083842 Kun.uz расмий канали

Maktabdan qutilayotganlar oramizda bormi ? 😄 Buyoqiga mas'uliyatni yanada ko'proq his qilish payti keldi. Katta hayot boshlandi. Majburiy *"ta'lim"dan majburiy "hayot"ga o'tyapsiz. Alloh hammangizni madadkoringiz bo'lsin. 🤲 *shunday deyish mumkin bo'lsa. @JoshDeveloper