Umar Sadullayev | Blog
Открыть в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Больше4 809
Подписчики
+624 часа
-217 дней
+1030 день
Архив постов
"Notes" yozib yuring.
Ishdagi vazifalarni qaysi statusda ekanligini, nima haqida ekanligini, nima ish qolganligini yozib yurishni boshlaganimdan beri ishimda ancha samara oshgan.
Ba'zan bir vaqtni o'zida 4-5 talab vazifalar ustida ishlayman. Biri falon statusga yetganda, boshqasi boshqa jarayonda bo'ladi. Hammasini miyada saqlab yurish bir kun kelib xato qilishingizga sabab bo'lishi mumkin.
Shu sabab o'zingiz uchun "notes" yozib yuring. Masalan, "Notion" dasturi orqali. Tugagan ishni ✅qilib qo'yish ham bir "mazza".
Oxirida esa, ortga qarasangiz, shuncha narsa yozgan bo'lasiz va nimalar qilganingiz yaqqol ko'rinib turadi.
#maslahat
Ulashing ✈️
@JoshDeveloper
10 kishiga sovg'a.
Yangilik, Frontint.uz kursimizga 10 ta sharoiti og'irroq bo'lgan insonlar uchun 100% chegirma beriladi. (Tekin degani 😉)
Kursni olishni xohlayotgan, ammo sharoitingiz yetmayotgan bo'lsa, unda pastdagi formani bemalol to'ldirishingiz mumkin.
Ma'lumotlar ochiqlanmaydi.
Qanday tanlab olamiz 10 ta insonni ?
18-Mart kuni shaxsan o'zim 10 ta insonni tanlab olaman va ularga bog'lanamiz.
Forma: https://forms.gle/nsxwjRdnY5bgF9h56
@JoshDeveloper
IT sohasi hammaga ham emas.
Buni aytishni xohlamayman, ammo, hozir dasturlash bo'yicha mutaxassis va mentor bilan suhbatimdan keyin, buni ham aytmasam bo'lmaydi. Boshqa yo'nalishdagilar uchun ham muhim.
- Agar IT'dan tashqarida biror narsani o'rganishni qoyillatib qo'ymagan bo'lsangiz, IT'ga kirib ovora bo'lmang. Masalan, ingliz tili yoki rus tili. Yoki matematika kabi fanlarni o'rganib ko'rgan va eplagan bo'lsangiz, IT'ni eplashingiz ham birozgina oson bo'ladi. Mantiqiy fikrlash ham shu o'rinda.
Agar hech vaqoni o'rganmagan, o'rganishga layoqatingiz bo'lmasa, IT'da qiynalib ketasiz. Chunki bu soha "O'rganish"dan iborat. O'z ustingizda ishlashni shakllantira olmasangiz, sizga pul berib eng zo'r kursga yuborsak ham foydasi yo'q. Eng qimmat kurslarni tekin qilib bersak ham foydasi yo'q. Agar shundaylar qatorida bo'lsangiz, yaxshisi boshqa sohalarda o'zingizni sinab ko'ring. Masalan savdogarlik va hkz.
Bu gaplarimni qandaydir nafratdan yoki jahldan yozayotganim yo'q. Bloger sifatida, Musulmon sifatida, haqiqatlarni aytishim kerak.
Siz eshitayotgan falon ming dollar'lik oyliklar yo'q. Ularga yetishish uchun juda katta sinovlar bor. O'z ustingizda davomiy ishlamasangiz, unga yetib bora olmaysiz. Oylik tugur, ish topishni o'ziga 2-3 yil ketib qoladi bu yo'nalishda ba'zilar uchun.
"Hayp" ortidan quvmasdan, o'z qobiliyatingiz nimaga yetsa, nima ish sizga yoqsa, halol bo'lsa, shunda o'sing.
Qo'lingizda pichoq bo'lsa, daraxt kesa olmaysiz, arra bo'lsa non kesa olmaysiz. Nimangiz borligiga qarang.
IT'ni boshlayotganlarga yuboring.
#maslahat
@JoshDeveloper
IT'ni "hayp" qilayotgan "mutasaddi"lar endi ishsiz yurganlarni tayyorlash uchun byudjet ochishsa adolatdan bo'lardi.
#tanqid #taklif
@JoshDeveloper
Qaysi yo'nalishdan sifatli tezkor kurs xohlaysiz ?
O'zim chiqaman mutaxassislariga bu haqida. InshaaAlloh narxi ham arzon bo'ladi.
Rivojlanishimiz kerak.
Jahon bozorini ko'ryapsiz. Ishchilar bo'shatilyapti. Ammo, o'rniga odam olinyaptiku deysiz. Ha to'g'ri. Ammo, olinayotgan odamlarni katta qismi "Hindiston, Belarusiya, Polsha va hkz davlatlar"ga to'g'ri keladi. Bizdan esa kam.
Nega ?
1. Ishonch yo'q hali bizga. Endi oshyapti.
2. Sifatli kadr kam.
Sifatli kadr oshsa, ishonch ham oshadi.
Sifatli kadr tayyorlashimiz esa, siz va menga bog'liq.
Shaxsiy profilimga juda-juda ko'pchilik odam ishsizlikdan yozadi. Bularni ko'rib be-ixtiyor siqilaman. Nima qilsak bo'larkan deb. Shu insonlarni ko'pchiliki React dasturchi bo'lganiga, Angular'ni "hayp" qilishni boshladim shunga. Ozgina bo'lsa ham bozorni muvozanatiga ta'sir qilar deya. Ammo, bu ham muommoni yechishga haqiqiy javob emas.
Haqiqiy javob esa ham aniq...
Ko'pchilik sifatli kadr emas. Tajriba ham kam.
Shu lahzada, tajribali dasturchilar faqat o'ziga vaqt ajratavermay, 50-100 ta shogird olib, 1-2 oy o'z yo'nalishidagi qiyin mavzularni o'rgatib tashlasa bo'lmaydimi deb qolaman.
Boring mayli pullik qilar. Ammo, sifatli kadr chiqarsin. Ozgina o'rgatib qo'yib, "bo'ldi, tugadi" deyayotgan o'quv markazlar sabab ham shaxsiyimda shuncha yuzlab odamlar bordir balki.
Birlashib ko'tarilsak nima qiladi axir ? Bozor dengiz kabi chayqalib yotgan davrda, biz unga qarshi turadigan kema bo'lsak nima qiladi ?
Bilmadim.
Oramizda biror tajribali mard odam bo'lsa, biror foydali nimadir qilar deya yozyapman.
Sizda qandaydir takliflar bo'lsa, bemalol yozishingiz mumkin. Ishsizlikka qarshi kurash ochamiz inshaaAlloh.
@JoshDeveloper
Yaxshi yangilik ham bor 😄
10 000 ishchini o'rniga baribir yana qanchadir olishadi. Faqat biroz kamroq oylikka. Kamroq oylik ham biz uchun katta oylik aslida. Bu ham bizga bir imkoniyat Meta'ga kirishga.
Yana, Meta'dan chiqqanlar ko'pisi Startup'lar qiladi, kompaniyalar ochadi va ishchi olishadi.(O'zim guvohi bo'ldim buni)
Bu degani yana ish joyi ko'payadi.
Xullas, bu yomon yangilik emas, "gazini bosish kerak" degan yangilik. 😉
@JoshDeveloper
Meta yana 10 000 ishchisini ishdan haydayotgan ekan. 👀
Manba: https://www.nytimes.com/2023/03/14/technology/meta-facebook-layoffs.html
Bunga fikringiz qanday ?
Bozorga qanday ta'sir qilishi mumkin bu narsa ?
React'chilarni haydagan bo'lsa, yana ko'payishasizlar😢, hazil)
#yangilik
@JoshDeveloper
GPT-4 ham chiqib kelibdi birpasda🌚
Manba: https://openai.com/product/gpt-4
#yangilik
@JoshDeveloper
Remote ishlaydiganlar, Sizlarda ham oddiy narsalar uchun ham "Let's have a call" deyaveradigan hamkasblaringiz bormi ? 😄
#joke
@JoshDeveloper
Josh*Podcast'ni keyingi sonini kutayotganlar bormi ?)
Keyingi soni nima haqida bo'lishini tahmin qilingchi 🌚😄
#stayTuned
@JoshDeveloper
Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana.
#maslahat
@JoshDeveloper
Frontend yo'nalishi O'zbekistonda shu ketishda ketsa, oxiri borib "Frontend'chiga beradigan qizim yo'q" deyish ham ko'payib qolsa kerak. 😄😄
#joke
const prevMeaning = this.post.meaning;
this.post.message = this.post.message.replace("Frontend", "React");
console.log(this.post.meaning === prevMeaning); // true
🌚
@JoshDeveloperAngular'dan intervyularga tayyorgarlik kursi qilsam qatnashasizmi ?
Talablar: Angular va TSni boshlang'ich bilimini bilish.
Narxi: 750 000 so'm
Davomiyligi: 1 oy (8 ta dars, 2-3 soatdan harbiri)
Qatnashishi xohishi borlar + yuborsin kommentda. Talabni ko'rmoqchiman. Shunga qarab ochish ochmaslik aniq bo'ladi. InshaaAlloh.
@JoshDeveloper
Sun'iy intellekt yot e'tiqodlarni singdirish quroliga aylanishi mumkinmi?
Shu mavzuda Anvar aka AzonTV'da gapirgan ekanlar. Musulmon dindoshlarimizga juda kerakli ma'lumotlar ekan. Eshiting.
Link: https://youtu.be/t8uFN1o__P0
#AI
@JoshDeveloper
It does not matter how many resources you have. If you don't know how to use them, it will never be enough. (Linkedin'dan)
Tepadaig so'zlarni dasturchilarga yo'llamoqchiman.
Bizda Google, ChatGPT, Telegram guruhlar(Community)lar bor.
Agar foydalanishni bilsak, oddiy savollarga ham bosh qashib o'tirmasdan, darrov javobini topsak bo'ladi.
"Falon narsa nima ?, falon qanday ishlaydi ?, falonni qanday ishlatadi ?" kabi savollarga shunchaki shu miyangizdagi savolni Google'ga yoki ChatGPT kabi AI'larga tashlashingiz o'zi kifoya. Javobini olasiz.
Asosiysi imkoniyatlardan foydalana bilish.
@JoshDeveloper
Bugundan frontint.uz kursimizga chegirmalar tugaydi.
Buyoqiga faqat "Referral" orqali chegirma qilib sotib olsangiz bo'ladi.
Referral ? 🤔
Ha. Bugundan kursimizni sotib olgan barcha, kimnidir taklif qilish orqali o'zi ham daromad qilishi va olib kelgan o'quvchisiga 10% chegirma ham berishi mumkin.
Ya'ni, agar siz frontint.uz kursini sotib olgan bo'lsangiz va bir do'stingizga rost ma'lumotlar bilan kursimizni taklif qilsangiz, do'stingizga 10% chegirma beriladi, sizga esa BONUS puli.
Bonus puli qancha deysizmi ? 🌚
Keling bunisi o'quvchilar uchun sir bo'lib qola qolsin. 😉(Tag'in biznes qilaman deb kelmanglar) 😄
#frontint
@JoshDeveloper
Bugun bir qancha insonlarga yozib chiqdim.
Frontint.uz kursimizni bo'lib berishga olib, vaqti o'tib ketgan ko'pchilikni.
Nega bizda shu qarz muomalalari shunchalik rivojlanmagan xayronman. 🤷♂️
Ba'zilarni beradigan kuni o'tib ketgan, bir og'iz ogohlantirishmagan. Oxiri majbur o'zim yozyapman.
Pul bo'lmasa, oldindan aytib qo'yishsa kim tushunmaydi.
Chiroyli muomalada qolishga nima yetsin axir. Ayniqsa pul masalasi bo'yicha.
Hamayli, yangilik bor. 10-mart kuni frontint.uz kursiga 20% chegirma beriladi. Kimdir olmoqchi bo'lsa shu kuni ancha arzonga olsa bo'ladi.
Olib qo'yavering, kerak bo'lib qoladi. Sizga bo'lmasa manga🌚😄hazil :)
@JoshDeveloper
Medium'da O'zbek kontenti ko'payayotganini ko'rib hursand bo'ldim.
Bir obunachimizning bloglarini ko'rib qolgandim.
O'zbek tilida maqolalar yozib borayotgan ekanlar.
https://medium.com/@khaitbekdev
Post kommentiga foydali deb bilgan o'zbek tilidagi dasturlashga oid maqolalar bo'lsa yuboring. Kimgadir foydasi tegar.
@JoshDeveloper
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
