ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Больше
5 144
Подписчики
-524 часа
-227 дней
-5930 дней
Архив постов
Podcast qanday bo'ldi ?

Bugun 19:00 da React.js haqida ajoyib mehmonlar bilan ajoyib podcast bo'lib o'tadi, Youtube live linki shu kanalga tashlanadi. inshaaAlloh. Savollaringiz bo'lsa shu post kommentiga yozishingiz mumkin. #stayTuned @JoshDeveloper

Vue.js bo'yicha qilingan podkastimiz Youtube'ga chiqdi. Marhamat. Link: https://youtu.be/w3Q2WoD-h30 #podcast @JoshDeveloper

Frontint.uz kursimizdagi "poll"ga 54 ta odam fikrini bildiribdi. 51 tasiga kurs ma'qul kelgan ekan. 😎 Olaymi yo'qmi deb o'yl
Frontint.uz kursimizdagi "poll"ga 54 ta odam fikrini bildiribdi. 51 tasiga kurs ma'qul kelgan ekan. 😎 Olaymi yo'qmi deb o'ylanib yurganlarga aytdimda 🌚 #frontint @JoshDeveloper

Diqqat, "Josh*Podcast"ning ikkinchi soni e'loni. 🎙 Podcast muvzusi 📃: "React.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish" Mehmonl
Diqqat, "Josh*Podcast"ning ikkinchi soni e'loni. 🎙 Podcast muvzusi 📃: "React.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish" Mehmonlarimiz 👥: - Khumoyun Inoyatov (Senior Software Engineer @ EPAM) - Azizbek Jonibekov (Software Engineer @ Toptal) Mezbonlar qatorida men bilan birgalikda Odil Nizamov bo'ladilar. Sana va vaqti 🕔: 23-Fevral, 19:00 Manzil 📍: youtube.com/@JoshDeveloper (LIVE, shu kuni kanalimizda link yuboriladi.) #podcast

Kechagi suhbatni video ko'rinishida YouTube'ga joylamoqchi edik. Ammo, yaxshi chiqmadi. Shu bo'yicha yordam bera oladigan yaxshi inson bo'lsa hursand bo'lardik. Adashmasam bu ishni, Motion Designer qiladi. Yordam bera olsangiz kommentga "hey" deb yuboring. (Qilishni bilganlar yozsin iltimos :)) Oldindan rahmat. Spoiler: Podcast keyingi seriyasi React.js bilan davom etishini xohlaysizmi ? 🌚 @JoshDeveloper

Jonli efir nihoyasiga yetdi. Barcha qatnashganlarga katta rahmat.Podcast audiosini yaqin kunlarda taqdim qilamiz inshaaAlloh. Barchaga rahmat. @JoshDeveloper

10 daqiqaga boshlaymiz inshaaAlloh. Savollaringizni yozib qoling ertaroq. #stay_tuned @JoshDeveloper

Bugun 19:00 da tepada aytib o'tganimdek, Josh*Podcast'ning ilk soni bo'lib o'tadi. Podcast muvzusi 📃: "Vue.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish" Savollaringiz bo'lsa shu post kommenti siz uchun ochiq. Marhamat. @JoshDeveloper

Ana boshlandi... #joke @JoshDeveloper
Ana boshlandi... #joke @JoshDeveloper

Senior bo'ldim(mi?) Xo'sh, bugun sizlarga bir narsani qilib ko'rsatmoqchiman. Man bugundan o'zimni o'zim "Senior Frontend Engineer" deb e'lon qilaman. 🥳 Ko'rsatmoqchi bo'lganing shumidi deb kulyapsizmi ? 😄 Ha. Bundan maqsad bor. Shaxsan o'zimni tajribamdan kelib chiqib, ko'pincha keyingi darajaga chiqish orqali shu darajaga mos inson bo'linar ekan. Shaxsan o'zim, Middle bo'lganimda Middle emas edim. Keyin o'zimni Middle sifatida ko'rish orqali kattaroq darajadagi narsalarni o'rganishga, ustimda ishlashga ko'proq kuch topganman. Keyinchalik haqiqiy Middle bo'lganman. Siz ham, 1-2 yildan beri ishlab yuribsiz-u, haliyam Junior'misiz ? Unda o'zingizni o'zingiz Middle deb e'lon qiling. Keyin shunga yarasha ishlashni, Middle dasturchi qanday bo'lsa siz ham shunday bo'lishni boshlang. Keyin haqiqiy Middle bo'lasiz. Kompaniyangiz sizga beradigan daraja orqali bo'lishni kutish shart emas. Hozir kompaniyamda Strong Middle'man(lvl 5). Bugundan esa norasmiy ravishda Senior'man. Endi o'zimni haqiqiy Senior'dek his qilib harakat qilaman. Kodlarimni ham shunga qarab yozishga urunaman. Shu orqali kompaniya aytmasidan oldin Senior bo'lib bo'lgan bo'laman. 🙂 P.s: Bu narsani keyingi darajaga biroz yaqinroq qolganda qilsa foydasi yaxshi. Tag'in o'zingiz hali dasturlash tilingizni yaxshi bilmasdan turib, Senior-penior bo'lib olmang. 😄 Bilim oling, tajriba oling. Senior bo'lish mazza ekan 🌚 @JoshDeveloper

Biz oxiri hal qildik. Angular va React jangi nihoyasiga yetdi. Kim yutdi deysizmi ? Vue 🔥🤣 #joke @JoshDeveloper

Diqqat 🌚 "Josh*Podcast"ning ilk soni boshlanish arafasida. 🎙 Podcast muvzusi 📃: "Vue.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish
Diqqat 🌚 "Josh*Podcast"ning ilk soni boshlanish arafasida. 🎙 Podcast muvzusi 📃: "Vue.js: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish" Mehmonlarimiz 👥: - Mirjalol Norqulov (Frontend dasturchi) - Muhammadamin Ibragimov (Frontend dasturchi) Mezbonlar qatorida men bilan birgalikda Odil Nizamov bo'ladilar. Sana va vaqti 🕔: 19-Fevral, 19:00 Manzil 📍: @JoshDeveloper telegram kanali #JoshPodcast #podcast

Angular vacancy Angular guruhida ish e'lonini ko'rib qolgandim. Shunga kim qiziqsa, mana linki https://t.me/angular_uz/18660 #angular #vacancy @JoshDeveloper

Ishlash uchun juda yaxshi joy bo'libdi bu filial ham. Xatto, birinchi qavatga stol tennis ham olib kelishibdi. Svet ham o'chmadi. Bugungi taasurotlarimdan kelib chiqib, cspace.uz'ning Yunusobod filialini holis tavsiya qila olaman ishlashga. 👍 Aytgancha, namoz o'qishga va tahoratga yaxshi sharoitlar ham bor. Masjid ham yaqin. Uyimga ham yaqin bo'lsa zo'r bo'lardi-da. 😢😄 #tavsiya @JoshDeveloper

Lay-off'lar bizda tugadi adashmasam. Dasturchilardan hech kimni chopishmadi adashmasam. Hamma joy tinchku kelsam. 😄 Recruiter opalar xafa bo'ladigan bo'ldi.🌚 @JoshDeveloper

Bugun ChatGPT'ni haqiqiy ishimda, haqiqiy muommolar ustida ham qo'llashni boshladim. Mazza. Undan qo'rqish kerak emas. Ko'pchilik qo'rqyapti ishimizni olib qo'ymasmikan deb. Qaytanga, undan foydalanish kerak. Mentor o'rnini bosyapti masalan. Qiynalgan joyimda, savol so'rayman. Javob beradi. Yozib bergan kodiga qarayman, xato joylarini to'g'irlab yozdiraman, olaman kodni, dasturga moslab chiqaman... Bu yerda asosiy rolni baribir biz dasturchilar o'ynaymiz. 5-6 soat ustida o'tirishimiz mumkin bo'lgan muommolarni 20-30 daqiqada yechib tashlay olamiz. Bu yaxshiku ?) Kim hali ishlatib ko'rmagan bo'lsa, sekin yo'lini topib ishlatishni boshlasin. Bilimingiz ham ancha tez o'sadi bu bilan. Yangi narsalar o'rganyapman o'zim masalan. Shunaqa gaplar 🙂 Sayti sal qotib ishlashi mumkin. Angularda qilishmapti. Bo'laveradi ishlatsa lekin. 🌚 #chatgpt @JoshDeveloper

EPAM sumkasida, ITransition ofisiga(CSpace Yunusobod) keldim bugun. 😄 Shuyerda bugun ishlab ko'rmoqchiman. Bilishimcha chiroq bilan bo'lgan muommolar hal qilingan ekan. Shunday bo'lsa, shuyerga qatnashni davom etishim ehtimoli katta. Ikki hafta dam olishdan keyin, endi bugun mana ishga chiqdim. Dam olish yaxshi ekan 😂. Shunaqa gaplar 🙂 @JoshDeveloper