ru
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Больше
4 822
Подписчики
-1324 часа
-267 дней
+630 день
Архив постов
Youtube’da videoda gaplashilgan mavzularni boshlanish vaqtlarini belgilasa bo’ladi. Ko’pchilik buni qo’ymaydi. Ba’zan o’zim ham erinaman. Chetelda ba’zi bag’rikeng odamlar esa, videolarni ko’rayotgan jarayonida, mavzularga vaqtini belgilab ketishadi va kommentda qoldirishadi. Bu ko’pchilikka foydali. O’zbek jamiyatida ham shu narsani yo’lga qo’ysak yaxshi edi. Oxirgi podkastimiz mavzulariga o’z vaqtlarini o’zim qo’ydim. Ammo, savol javob qismida mavzularni o’zi qoldi, vaqtini qo’ymadim. Biror bag’rikeng odam chiqar. :) Link: https://www.youtube.com/live/CUhE1xbS46c?si=fD5TvCJHqGo1OTan #podcast @JoshDeveloper

Podkast ajoyib bo’ldi. Ravshan akani o’z telegram bloglari va Youtube kanallari mana: Telegram: https://t.me/dev_thinking_loud Youtube: https://www.youtube.com/@ravshansbox #podcast @JoshDeveloper

2 daqiqada boshlaymiz inshaaAlloh Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c

Eslatib o’taman, bugun 21:00 da, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni bo’lib o’tadi. Podcast mavzusi 📃: “Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.” Mehmonimiz 👥: - Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile) Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c #reminder @JoshDeveloper

Diqqat, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni e'loni. 🎙 Podcast mavzusi 📃: “Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.” Mehmonimiz 👥
Diqqat, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni e'loni. 🎙 Podcast mavzusi 📃: “Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.” Mehmonimiz 👥: - Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile) Sana va vaqti 🕔: 14-Oktyabr, 21:00 Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi. #podcast @JoshDeveloper

Stay tuned...

"G'alaba kuchlilar uchun. Kuchlilar g'alabaga loiq." kabi tor fikrlilar ko'payib ketibdi. Ayniqsa Isroil Falastin mojarosi ostida. Bu haqida fikrim qanday? Ahmoqona fikr. Qaysi befarosat o'ylab topgan? Ko'chada ayolingiz va onangiz bilan ketayotganingizda, bir kuchli kelib sizni ham, ayollarni ham urib o'ldirib ketsa ham shu gapni aytasizmi? Katta janglarda ham xuddi shunday. Adolat birinchi o'rinda bo'lishi kerak. G'alabaga haqdorlar loiq. Nima kimning haqqi bo'lsa, o'sha uniki bo'lishi kerak. Haqni taqsimlash esa Allohning o'lchovi bilan. Siz kuchsiz haqdor va kuchli zolim o'rtasida kuchlini tanlamang. Insonlarda kuch bilan bir qatorda, qalb degan narsa bor. Shunday qalblar borki, millionta kuchga qarshi turganda g'alabaga loiqroq. Boshimizni ichida miya bor. Bu to'g'ri fikrlash uchun, shundan foydalanishsin o'sha fikrdagilar. #tanqid @Josh_shares

Repost from Umar shares
Falastinga yahudiylar ko'chib kelgandan keyingi holat. Ularga o'z yeridan joy berishgan Falastinliklar. Vaqt o'tishi bilan ko
Falastinga yahudiylar ko'chib kelgandan keyingi holat. Ularga o'z yeridan joy berishgan Falastinliklar. Vaqt o'tishi bilan ko'chib kelganlar esa isroil deb davlat e'lon qilishdi va Falastin bilan urushga kirishdi. Oqibatda Falastinni juda juda katta qismini egallab olishdi. Hozir esa o'z yerlari uchun kurashayotgan Falastinni terrorist deyishyaptimi?! #history @Josh_shares

Yaponiyada dasturlashga imkoniyatlar ko'p ekan. Xususan quyidagi postdagisi, Juniorlar uchun yaxshi imkoniyat. Postga link: https://t.me/doniyor_tojikhonov/42 #share @JoshDeveloper

TypeScript ishlatish shartmi? JS dasturchilari ichida juda mashxur bo’lishga ulgurgan TypeScript’ni ishlatish shartmi? Mening javobim: Sizda shunday tanlov bo’lsa, loyihaga qarab turib aniq bir qarorga kelsangiz bo’ladi. Agar loyiha juda ham kichik bo’lsa yoki qisqaroq muddatda yozilib, davomiy rivojlantirilib borilmaydigan bo’lsa yoki TypeScriptni umuman bilmasangiz va loyihani tezroq qurish shart bo'lsa, TypeScript’siz ham yozsangiz bo’ladi. Ammo, umumiy qoida ishlatgan afzal. Loyihada TS ishlatish sizga ko’plab qulayliklar beradi. Boshida biroz qiyinroq bo’lgani bilan, to’g’ri yo’lga qo’yib olgandan so’ng oddiy JS’da yozgandan ancha tez yozasiz. Muommolarni oldini olasiz. Lekin, loyiha boshidan TS’dan to’g’ri foydalanish niyatingiz bo’lmasa, hamma joyga ‘any’ qo’yib ketaversangiz, TS bilan ishingiz biroz sekinlashadi. Undan oladigan foydalaringizdan zarar ko’proq bo’ladi. Shunchaki hamma ishlatayotgani uchun ishlatishdan, loyihangiz, jamoangiz va boshqa faktorlarni hisobga olib nima ishlatishni tanlaganingiz yaxshiroq. #TypeScript @JoshDeveloper

Do’stimiz @UmarMuhandis React’ning ustunliklari kabi bo’m-bo’sh kanal ochibdi. Angular’niki kabi to’lib-toshishini tilab qolamiz. Obuna bo’lib qo’yinglar. (Holis tavsiya aslida 🙂️️) https://youtube.com/@umarmuhandis #reklom #joke @JoshDeveloper

Onboarding qanday bo'lishi kerak? Dasturchining o'zini yaxshi ko'rsata olishi Onboarding'ning qanday yaxshi bo'lganiga katta bog'liq bo'ladi. Shu paytgacha birnechta kompaniyalar(+klient kompaniyalar)da ishlab, "Onboarding" o'tagan inson sifatida o'z fikrlarimni aytsam. Fikrimcha, yangi qo'shilgan dasturchi uchun eng qulay va kompaniyalarga maslahat beradiganim quyidagicha: 1. Yangi kirgan dasturchiga kompaniya haqida to'liq tushuntirish. Qanday kompaniya? Ichki ko'rinishi qanday? Darajalar qanday? Qanday bo'limlar bor? Ofis bo'lsa ofis haqida va hokazo. 2. Atrofidagi insonlarni tanishtirish. Ya'ni, yangi dasturchining ish jarayonida tanishi kerak bo'lgan insonlar va vazifalari bilan tanishtirish. 3. Kompaniya qoidalari bilan tanishtirish. 4. Loyiha haqida ham texnik, ham biznes tomonlana to'liq tanishtirish. Loyiha maqsadi nima? Qanday biznes logikada tuzilgan? Arxitekturasi qanday? Nimalar ishlatilgan? va hokazo. 5. Boshlang'ich 3 oylikda har oy kamida bir marta One-to-One meeting o'tkazib, barcha savollar va tushunmovchiliklarga javob berish. Yana nimadir qolib ketmadimi? #maslahat @JoshDeveloper

Josh*Podcast'ni keyingi soni nima haqida bo'lishini kutyapsiz? #podcast @JoshDeveloper

Ustozlar kunini foydali tomonidan biri, odamlar o'ziga ilm bergan ustozlaridan minnatdor bo'ladi va rahmat aytadi. Odamlar o'zlariga berilgan ne'matdan boshqalarga ulashgan insonlardan minnatdor bo'lishi kerakligi dinimizda buyurilgan amallardan. Aslida har doim shu ustozlarni, yaxshilik ulashgan barcha insonlarni hurmatini qilish, minnatdor bo'lish kerak. Ammo, bizda shu narsalar ko'p ko'tarilib ketgan. Shu sabab ham 1-oktabr kuniga manfaatli bir muhr qo'yilganki, ustozlarni eslasinlar deya. Barcha ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin, jannatda jamlasin. #teachers @JoshDeveloper

HTML o’rganayotganlar uchun ekan. 😅 #joke @JoshDeveloper
HTML o’rganayotganlar uchun ekan. 😅 #joke @JoshDeveloper

Bun degan yangi JavaScript runtime chiqqan ekan. To’liq ishlatib ko’rmadim hali. Shunchaki loyihamizda Node/npm o’rniga replace qilib ishlatib ko’rdim. Negadir 2 barobar sekin ishladi. 😅️️️️️️ Nimadir xato ketdi deb yaxshi umid qilib qo’yaqoldim. Sinab ko’rganlar bormi ? #bun #news @JoshDeveloper

Tepadagi mavzularni Frontint.uz kursida o’tganman va aynan shu dars videosini tekinga kanalga yuklaganman. Xabaringiz bo’lmasa deb eslatyapman. 🙂️️️️️️ Videoni ko’rish va kurs haqida ma’lumot uchun: Frontint.uz saytiga kirsangiz bo’ladi. #reklom @JoshDeveloper

JSchilarga savol: Execution Context, Closure, Scope va Hoisting haqida bilimingiz bormi?
Anonymous voting

Repost from Umar shares
Ask me anything Bugun shu @Josh_shares (ishchi kanal 😄) kanalimizda avvalgidek “Ask me anything” ko’rinishida “Live stream” o’tkazamiz. Kimda nima savol bo’lsa, Alloh qodir qilgancha javob berishga harakat qilaman inshaaAlloh. Vaqti: 16:00 Suhbat bu safar yozib olinmaydi. Savollarni mana shu post kommentiga yozsangiz, birinchi shulardan boshlaymiz inshaaAlloh. #ama @Josh_shares

Boost so’rab yotibdimi hamma kanal? Tovba, bitta story qo’yish uchun shuncha harakat. Mana bu yerga qarab yuboring: https://t.me/JoshDeveloper?boost #story #joke @JoshDeveloper