ru
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Больше
5 040
Подписчики
-424 часа
-97 дней
-3530 день
Архив постов
Kelinglar, ozgina vaqt qoldi boshlanishiga 🌚

Nima deb o’ylaysiz nima berishar ekan? Maqtov yorliq? Ikki kalla kampet 🍬 ? https://t.me/cp_uz/110 Xushxabardan hursandman. Tabriklayman. Soliqlarimizdan shunday insonlarga ham yaxshiroq mukofot berish kerak deb hisoblayman. Shundaylar bizga kerak. Kelajagimiz uchun zarur. #tabrik @JoshDeveloper

Ertangi “speech”ni prezentatsiyasini qilib o’tiribman. Mavzu “Top 10 RxJS operators in Angular” bo’lsada, suhbat boshidan RxJS o’zi nima ekanini tushuntirib ketishga harakat qilaman. Bu bilan boshqa “stack”dagilarga ham yangi bilim bo’ladi deb umid qilaman. Ertaga ko’rishguncha, inshaaAlloh. #reminder @JoshDeveloper

Ochiq vakansiyalardan biriga yozishgan ekan... Resume qani? Mavzu qani? Ma'lumot qani? 😢 #sad @JoshDeveloper
Ochiq vakansiyalardan biriga yozishgan ekan... Resume qani? Mavzu qani? Ma'lumot qani? 😢 #sad @JoshDeveloper

Boradiganlarga maslahatim, shunchaki kelib ketmang. Kamida quyidagilarni qiling: 1. Biror nima o'rganing. 2. Biror kimdir bilan tanishing. Contact alishing. #maslahat @JoshDeveloper

Kimni qatnashish niyati bor?
Anonymous voting

Repost from GDG Tashkent
🔥 GDG Tashkent-dan uzoq tanaffusdan keyingi birinchi kuzgi Web Dev Meetup #3 ni kutib oling! Kelayotgan shanba kuni yurtimiz
+4
🔥 GDG Tashkent-dan uzoq tanaffusdan keyingi birinchi kuzgi Web Dev Meetup #3 ni kutib oling! Kelayotgan shanba kuni yurtimiz va dunyoning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilar bilan Web Dev Meetup o’tkazamiz. 💥 Spikerlar ichida: - Ravshan Samandarov, Oxagile; - Diyorbek Sadullaev, Pinterest; - Doniyor Yusupov, Uzum Market; - Umar Sadullaev, Unicon Soft; Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi! 👀 Sana: 7-Sentabr, 2024 🕙 Vaqt: 14:00 📍 Joy: IT Park, Muminov 7/1 Ishtirok etish narxi: BEPUL. 🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-dev-meetup-3/ * Joylar soni chegaralanganligi tufayli "First come first serve" qoidalari amal qiladi. Joy sig’imi 180 kishi. Tadbir online translatsiya qilinadi. @gdgtashkent

Frontend intervyulari oson emasligini ko'rgandirsizlar a? 🙂 Mana bu taklif hali ham o'z kuchida 😉: https://t.me/JoshDeveloper/2405 #eslatma @JoshDeveloper

Kechagi intervyu ancha yaxshi bo'ldi. Shahzod Tursunov aka ancha yaxshi qatnashdilar. Ba'zi tomoshabinlar Senior uchun boshqacha savol so'rash kerak edi deb aytishdi. Intervyu siz azizlar uchun tashkillangan edi va asosan Frontend texnologiyalariga asoslangan edi. Senior'lik darajalarini tekshirish uchun emas. Unday bo'lganda biz Soft skill'larni ham tekshirishimiz kerak bo'lar edi. Frontend'dan tashqariroq mavzularda ham gaplashishga to'g'ri kelar edi. Xudo xohlasa, daraja bo'yicha ham intervyularni yo'lga qo'ysak bo'ladi buyoqiga. Kamron Fozilov aka o'tib beraman deyaptilar 🙂 #interview @JoshDeveloper

Intervyu ajoyib bo’lyapti. Jonli efirga link: https://youtube.com/live/MKNDgtyvfR4 #interview

Biz boshlayapmiz, 2 daqiqa…

Bugun 21:00 da texnik intervyumiz jonli efirda boshlanadi inshaaAlloh #eslatma @JoshDeveloper

Shok xabar 😮 Seshanba kuni soat 21:00 da, Uzum kompaniyasida Team Lead Shahzod Tursunov bilan intervyu uyushtiramiz. Bu safar ularni Umumiy Frontend bo’yicha bilimlarini sinab ko’ramiz 🌚 Intervyuni o’zim(@JoshDeveloper) va Vue Expert Kamron Fozilov olamiz. Intervyu Umumiy Frontend’dan bo’lib o’tadi. Oxirida VueJS’dan ham biroz savollarni ko’rish mumkin bo’ladi. Jonli efirga link: https://youtube.com/live/MKNDgtyvfR4 O’tkazib yubormang 😉️️ #interview @JoshDeveloper

Intervyuda kimni tanlash kerak? Ishga intervyu olganda eng qiyin joyi kim haqliroq degan savolga javob topish. Hammada o'ziga xos "unique" tajriba bor. Kimdir bilganni kimdir bilmaydi. Shu sabab ham intervyularda hamma so'raydigan savollarni emas, balki kompaniyani talablaridan kelib chiqib savol berish kerak. Masalan, oddiy "Unit testing" mavzusi. Ba'zi kompaniyada bu hayot-mamot masalasi bo'lsa, boshqalari uchun hech narsa emas. #interview @JoshDeveloper

Repost from Umar shares
Pullar kimniki? Oxirgi paytlardagi mavzulardan biri byudjet pullari haqida bo'layotgan ekan. Nihoyat qiziqroq mavzu. Shu joyda bir fikrimni siz azizlarga bildirsam degandim. Shu paytgacha dasturlash bo'yicha ishlagan pullarim 93 000$ atrofida ekan(Xudoga shukur). Ko'pincha IT Park rezidentligi ostidagi kompaniyalar bilan ishlaganimni hisobga olsak, oddiy oylik daromad solig'im 7.5% bo'ladi. Endi ozgina matematika: 93 000 * 0.075 = 6 975 Demak shu paytgacha jonajon davlatimizga tahminan 6 975$ daromad solig'i to'laganman. Iya ha? Byudjet pullari qayerdan kelayapti ekan? Juda katta qismi siz va bizni soliqlarimizdan, biznesmenlarni soliqlaridan va hokazo. Bu barcha davlatdagi kabi bizda ham shunday. Bu normal. Shu sabab byudjet sarfi haqida gaplashar ekanmiz, o'zimizni pulimiz haqida gaplashamiz. Kimgadir sportchilarga shuncha milliard so'mlab berilishi yoqmasa, bu uning haqqi. Chunki o'sha pullar ichida uning ham haqqi bor. Ha aytgancha, internetda "naushnikcha"larni taqib olib, "podkastcha"larda o'zini aqllidek ko'rsatadigan hammani ham eshitavermanglar. #thoughts #byudjet @umar_shares

Hozir AI'dan to'g'ri va sifatli foydalanuvchi dasturchilarni davri. Undan unumli foydalanib, ish sifatingiz va tezligingizni ba'zi joylarda 10x'ga ham oshirsangiz bo'ladi. #reminder @JoshDeveloper

Bizga yana Middle va Senior Angular dasturchilar kerak. Asosiy talab: Angularda 2.5+ yil tajriba Email: joshdeveloper22@gmail.com #vacancy @JoshDeveloper

Intervyuni ko'rganlar orasida 68% inson birinchi tanlovni bosibdi. Bu degani, keyingi intervyu Shahzod aka bilan bo'ladi, Xudo xohlasa. E'lonni vaqtlarni kelishgandan so'ng chiqaramiz inshaaAlloh. #reminder @JoshDeveloper

"Ortda qolyapman" demang. Juda foydali post yozibdi Linkedin'da bir inson. Shunga o'z izohimni yozmoqchiman. Barchaning o'z "
"Ortda qolyapman" demang. Juda foydali post yozibdi Linkedin'da bir inson. Shunga o'z izohimni yozmoqchiman. Barchaning o'z "timezone"i bor. Barchada vaqt har xil. Bu xuddi, hozir Yaponiyada soat 19:08 bo'lsa, bizda hali 15:08. Bu degani biz 4 soat ortda qolayotganimizni bildirmaydi. Balki, biz o'z vaqtimizdamiz. Ular o'zinikida. Siz ham o'z vaqtingizni yashayapsiz. Boshqalar o'zinikini. O'z vaqtingizni birovnikiga solishtirmang. Kimdir 20 yoshida erishgan narsaga, siz endi 25 yoshingizda erishgandirsiz, ammo siz kech qolgansiz deyilmaydi. Siz o'zingizga berilgan vaqtdan foydalanyapsiz, ular o'zinikidan. Kimniki qancha ? Alloh biladi. Chunki, qancha yutuqlarga erishib, erta o'lganlar talaygina. Boshqa tomonda esa qariganda muvaffaqiyatlarga erishganlar ham yo'q emas. Shunday ekan, boshqalar bilan o'zingizni solishtirmasdan, o'z hayotingizda, o'z vaqtingizda yashang. Ularga hasad qilmang. Balki, o'z vaqtingizni mehnatga, ilm olishga sarflang. Ustingizda ishlang. Siz qo'lingizdan kelgan harakat ila erishganingiz, o'z vaqtida erishganingizdir. Na kech va na erta. "Arxiv"dan ;) #thoughts @JoshDeveloper

Intervyuda aytganimizdek ko'rganlar ichida 50% inson xolis “o’tdi” deb belgilasa, Shahzod akani intervyu qilamiz. inshaaAlloh. #reminder @JoshDeveloper